Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

Marjona Shavkat qizi Sobirova TSPU named after Nizami

7-sinflar o’rtasida informatika fanidan online olimpiadada g’olibligi uchun taqdirlandi

III. Yangi mavzu bayoni: Avvalgi darslarda axborotni aniqlash va undan foydalanishga oid mashqlarni bajardingiz. Bunda Siz berilgan qonuniyatlarga ko’ra axborot oldingiz, ya’ni axborot to’pladingiz (hosil qildingiz), olingan axborotni daftaringizga qayd etdingiz, ya’ni saqlab qo’ydingiz, shu axborotga asosan
o’ylab ko’rib xulosa chiqardingiz, ya’ni qayta ishladingiz va berilgan vazifani hal etdingiz, ya’ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko’rinishga o’tkazishga to’gri keldi. Bu darsda shu kabi axborotlar ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko’rib chiqamiz. Axborotli jarayonlar Axborot ustida hosil qilish, to’plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o’lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko’rinishga o’tkazish, tarqatish, bo’laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko’plari Sizga tanish. Masalan, axborotni to’plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o’zlashtirish jarayonida, boshqa ko’rinishga o’tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko’p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz. To’plangan axborotlardan kerak bo’lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo’yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. Shu kabi axborot tashish vositalariga ko’plab misol keltirish mumkin. Axborotni qayta ishlash va uzatish A xborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko’paytirish va ko’rinishlarini o’zgartirish uchun zarurdir. Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to’plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan boshqa, kerakli ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya
  1. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
  2. Axborotni hosil qilish, to’plash, soddalashtirishga misollar keltiring.
  3. Inson tanasida axborotni to’plash va qayta ishlashga misol keltiring.
  4. Axborotni nusxalash, o’lchash, buzishga misollar keltiring.
  5. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
  6. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.
  1. Kodlash deganda nima tushuniladi?
  2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?
  3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?
  4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?
  5. Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?
  6. O’zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” iborasini kodlang.
  7. O’zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do’stingizga axborot uzating

IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa.

III. Yangi mavzu bayoni: Kompyuter bilan bog‘liq sanoq sistemasi faqatgina ikkilik sanoq sistemasini emas, balki sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemasini ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli sanab o‘tilgan sanoq sistemalari sonlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhimdir.Bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq sistemasida tasvirlash Asosi o‘n bo‘lmagan pozitsiyali sanoq sistemasidagi manfiymas butun sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uni ixcham ko‘rinishidan yoyiq ko‘rinishga o‘tkazish va yig‘indi natijasini hisoblash kifoya. Masalan:

  1. O‘nlik sanoq sistemasidagi butun son boshqa sanoq sistemasiga qanday o‘tkaziladi?

IV. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash: V. Uyga vazifa:

2. a) O`nlik sanoq sistemasidagi 5310 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 5310 = 1101012 b) Ikkilik sanoq sistemasidagi 10111012 sonini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 10111012 = 9310 3. Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring: a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458 b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112 4. Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring: a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102 5. Bir kitobda 640 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilganda necha daqiqa vaqt sarflanadi? Yechilishi: Kitobdagi axborot hajmi: 640*32*72= 1 474 560 bayt = 1440 Kbt. Sarflanadigan vaqt: 1440 kbt:24Kbt/sek=60 sek=1daqiqa
III. Uyga vazifa Takrorlash.

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya
  1. Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz?
  2. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.
  3. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi?

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qanday dasturlar bor? 2. Web-brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering. 3. Birinchi Web-brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan? 4. Nima sababdan Internet Explorer boshqa brauzerlarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi? 5. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko’rsatib bering. V. Uyga vazifa Mashqlar 1. Chap ustundagi so’zlarni o’ng ustundagi jumlalarga moslab qo’ying.

MS Word Web-brauzerlar
Opera
MS Internet Explorer
MS Paint Microsoft firmasi dasturlari
Netscape Navigator
AdWiper

2. Nuqtalar o’rniga o’ng ustundagi mos keladigan so’zlarni joylashtirib ko’chiring.

Birinchi . 1990-yil Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan. Web-sahifa
Web-brauzerlar . ni ko’rsatishni ta’minlovchi dastur Tahrir menyusi
. yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish amallari bajariladi. Web-brauzer
  1. TK1-kommunikativ kompetensiya
  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?
  2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so’zlab bering.
  3. Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?
  4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
  5. Axborot qidiruv tizimlarida bo’iimlardan nima uchun foydalaniladi?
  6. Agar qidiruv tizimi bir nechta hujjatni topsa, ulardan keraklisini qanday aniqlash mumkun?
  7. Axborot qidiruv tizimi yordamida O’zbekiston davlati haqida ma’lumot toping.
  8. Axborot qidimv tizimi yordamida Internetdan sportga oid yangiliklarni toping.
  9. Internetdan kompyuterlarga oid yangiliklarni toping.
  1. TK1-kommunikativ kompetensiya
  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak?
  2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so’zlab bering.
  3. Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz?
  4. Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak?
  5. Axborot qidiruv tizimlarida bo’iimlardan nima uchun foydalaniladi?
  1. Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
  2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
  3. Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
  4. Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so’zlab bering.
  5. Outlook Express dasturida uskunaiar paneli tugmalarining vazifalari haqida so’zlab bering.
  6. Outlook Express dasturining papkalar oynasi haqida so’zlab bering.
  7. Elektron pochta qutisiga ega bo’lishning qanday imkoniyatlarini bilasiz?
Web-sahifa Elektron pochtalar
Kelganlar
edunet.uz
Pochta qutisi Web-saytlar
eduportal.uz
Qabul qilish

2. Nuqtalar o’rniga o’ng ustundagi kerakli so’zlarni joylashtirib ko`chiring.

. . . dastur interfeysining ko’rinishini o’zgartirish, shrift o’lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi ishlari bajarishga mo’ljallangan Fayl menyusi
. . . yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish, xabarlarni qabul qilish, dastur parametrlarini o`zgartirish kabi amallar bajariladi Ko’rinish menyusi
. . . yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval hosil qilingan xabarni ochish, xabarni chop etish, dasturdan chiqish amallari bajariladi Servis menyusi
  1. TK1-kommunikativ kompetensiya
  1. Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
  2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
  3. Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
  4. Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so’zlab bering.
  • Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz “kirish” va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish;
  • Internetda uzatilayotgan axborotlarni yo`lda ushlab olinib, ulardan nusxa olish yoki o’zgartirish;
  • Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni o’chirish, o’zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo’shilib olish, “yuqish” xususiyatiga ega bo’lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga “yashirib qo’yish”;
  • Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonaiarga tegishli axborotlarni o’g’irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda tolov talab qilish;
  • Jamiyat mafkurasi va ma’naviyatiga zid axborotlarni Internetda e’lon qilish.
  • Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish;
  • Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish;
  • Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish;
  • Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish.
  1. Axborotlarni himoya qilish nima uchun kerak?
  2. Internet orqali kompyuter va uning axborot resurslariga qanday zarar yetkazilishi mumkin?
  3. Viruslarning qanday guruhlari bor?
  4. Fayi viruslari qanday “ko’payadi”?
  5. Axborot xavfsizligi va “elektron jinoyatchi”lardan himoyalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar haqida so’zlab bering.
  6. Kriptografiya deganda nimani tushunasiz?
  7. Kompyuter viruslari yaratilishiga kim turtki bo`lgan?
  8. Kompyuter viruslariga qarshi qanday kurashish mumkin?
  9. Boot-viruslar haqida so`zlab bering.

Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________

SINF 7”____” 7”____” 7”____” 7”____”
SANA ___ – _______201__ yil ____ – _______201__ yil ____ – _____201_ yil ____ – _____ 201__ yil

Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash. I. Tashkiliy davr II. Nazorat ishi topshiriqlarini bajarish. 1. Informatika faniga qachon asos solindi? A) XX asrning 60-yillarida. B) XX asrning 40-yillarida. C) XX asrning 50-yillarida. D) XX asr boshida. 2. „Informatsiya” so’zining ma’nosi? A) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „avtomatlashtirish” degan ma’noni anglatadi. B) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „ma’lumot”, „tushuntirish”, „tavsiflash” degan ma’nolari anglatadi. C) lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, „hujjatlashtirish” degan ma’nolari anglatadi. D) to`g`ri javob berilmagan 3. “Axborot” deganda nimani tushunamiz ? A) barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog’liqlik darajasini. B) kindalik axborotlar C) eshitgan voqealarimiz D) ko`rgan hodisalarimiz. 4. Axborot qanday shakllarda uchrashi mumkin? 1. matn, 2. rasm, 3. chizma, 4.ovoz signallari; 5. radioto’lqinlar; A) 1,2,3; B) 1,2,3,4,5; C) 1,2,3,5; D) 1,4,5; 5. Axborot asosan qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak? A) aniqlik, ishonchlilik, cheksizlik; B) takrorlanuvchanlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik C) aniqlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik; D) aniqlik, ishonchlilik, alohidalik 6. Axborotlar shakliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi? A) uzluksiz, uzlukli B) chekli, cheksiz C) tovush, matn D) rasm, chizma 7. Axborotni qayta ishlash uchun qulay bo’lgan belgilar bilan almashtirish jarayoni nima deb ataladi? A) axborotni to`plash B) axborotni kodlash C) axborotni uzatish D) to`g`ri javob berilmagan 8. Analog axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 9. Diskret axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 10. Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar: … 1. axborotlarni to`plash; 2. axborotlarni qayta ishlash; 3. axborotlarni uzatish. A) 1 B) 2 C) 2va 3 D) 1,2,3 11. Rim raqamlarida 2008 soni qanday yoziladi? A) MM00VIII B)MMVIII C) LLVIII D) CCVIII 12. Ayirishni bajaring: 1010 – 1012 A) 9092 B) 1012 C) 112 D) 1102 13. O`nlik sanoq sistemasidagi 15 sonini ikkilik sanoq sistemasida yozing. A)10112 B) 11112 C) 11012 D) 10012 14. Dastlabki Web-brauzer qachon, kim tomoni-dan yaratilgan? A) 1990 yil, T. Brauzer-Li B) 1990 yil, T. Berners-Li C) 1992 yil, B. Geytis D) 1991 yil, P. Norton 15. Web-sahifalar adreslari hamisha qaysi yozuv-dan boshlanadi? A) html:// B) htpp:// C) http:// D) www:// E) @:// 16. Elektron pochta adresida Web-sahifa adresidan farqli qanday belgi bor? A) @ B) // C) # D) * E) hech qanday 17. Elektron pochtadan qaysi dastur yordamida foydalaniladi? A) Internet-Explorer B) Outlook-Express C) E_mail D) MS Access E) Word 18. Keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo’lgan dastur muallifi? A) Igor Danilov B) Fred Koen C) Kasperskiy D) Aniq emas 19. Kompyuter viruslari shartli ravishda qanday guruhlarga ajratiladi? A) fayl viruslari; Boot-viruslar; havfli viruslar; tarmoq viruslari. B) fayl viruslari; yangi viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. C) tezkor viruslar; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. D) fayl viruslari; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. 20. Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslarda himoya qiluvchi dasturlar … deb ataladi. A) himoya dasturlari B) brauzerlar C) antiviruslar D) doktorlaz

Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Marjona Shavkat Qizi Sobirova

Maqolada tarbiya fani dars jarayonida didaktik vositalardan foydalanishda o’quvchilarning psixologik, yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligi misollar asosida isbotlangan. Dars jarayonini samarali tashkil etish uchun mo’ljallangan metodlardan misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по социологическим наукам , автор научной работы — Marjona Shavkat Qizi Sobirova

TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
TARIX FANINI ILG’OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITISH
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini aqliy faoliyat usullariga o’rgatish texnologiyasi
XOREOGRAFIK TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Bоshlang’ich sinflarda o’qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar»

Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or

Marjona Shavkat qizi Sobirova Nizomiy nomidagi TDPU

Annotasiya: Maqolada tarbiya fani dars jarayonida didaktik vositalardan foydalanishda o’quvchilarning psixologik, yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligi misollar asosida isbotlangan. Dars jarayonini samarali tashkil etish uchun mo’ljallangan metodlardan misollar keltirilgan.

Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, innovasion texnologiya, ta’lim-tarbiya, didaktik vosita, ta’lim samaradorligi, kommunikatsion texnologiyalar.

Advanced pedagogical technologies used in primary school

Marjona Shavkat qizi Sobirova TSPU named after Nizami

Abstract: The article proves on the basis of examples the need to take into account the psychological, age characteristics of students in the use of didactic tools in the teaching process of educational science. Examples of methods designed to effectively organize the teaching process are given.

Keywords: pedagogical technology, innovative technology, education, didactic tool, educational effectiveness, communication technologies.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar, innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’limning samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga ta’lim jarayonining eng dolzarb vazifalaridan bo’lib bormoqda. Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o’rta ta’lim jarayonida ma’lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to’g’ri yo’naltirish lozim”, – dedi I.A.Karimov o’zining “Barkamol avlod orzusi” asarida.[3]

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’quvchilarni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, olinayotgan bilimlarni tahlil qilishlariga, xato xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratiladi..

O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Ushbu jarayonda o’qituvchi boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida o’quvchi asosiy obyektga aylanadi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:

Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida;

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi;

Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi;

To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi.[4]

O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o’qituvchidan ko’proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o ‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

“Dumaloq stol” metodi: Topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varaq davra bo’ylab aylantiriladi. Har bir o’quvchi o’zining javob variantini yozib qo’ygach, varaqni boshqa talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo’ladi: noto’g’ri javoblar o’chiriladi, to’g’ri javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni 3-4-sinflarda yozma shaklda, 1-2-sinflarda og’zaki shaklda ham qo’llash mumkin. Berilishi mumkin bo’lgan topshiriqlarga misollar:

– tarbiyali bola deganda kimni tushunasiz?

– halolik deganda nimani tushunasiz?

– Sobir Rahimov kim bo’lgan?

– Oftob urganda qanday yordam beriladi?

– mehnatsevarlik deganda nimani tushunasiz.

– yong’in sodir bo’lganda kimga telefon qilinadi?

– 103 raqamiga telefon qilib kimni chaqirasiz?

– Zaharlangan odamga birinchi yordam qanday ko’rsatiladi?

Yuqoridagi savollar 4-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Shuni esda tutish kerakki, qo’yilgan savol javobning yarmini o’zida aks ettirishi lozim.

“Ruchka stol o’rtasida” metodi. Butun guruhga topshiriq beriladi. Masalan, dam olish kuni uydagilarga qanday ishlarda yordam berasiz? (3-sinf misolida). Har bir o’quvchi bitta javob variantini bir varaq qog’ozga yozib, uni qo’shnisiga beradi, o’z ruchkasini esa stolning o’rtasiga surib qo’yadi.

“Bobolarimizning bebaho merosi-mavzusini mustahkamlash asosida yuqoridagi metodni uyushtiramiz. O’qituvchining guruhga beradigan topshirig’i – qomusiy olimlarga ta’rif berib o’ting. Bunda keng ma’lumotlardan chekingan holda qisqa va lo’nda, aniq bitta gap bilan ta’riflanadigan gap bilan misol keltirish talab etiladi. Masalan, Alisher Navoiy – so’z mulkining sultoni. Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko’proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog’ozga yozilgan topshiriq bir o’quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. O’quvchi javobni yozib, qog’ozni keyingi talabaga uzatadi, ruchkasini esa, o’ziga ro’baro’ qilib, stolga qo’yib qo’yadi. Javobni bilmaydigan o’quvchi qog’ozni keyingi o’quvchiga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo’lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo ‘lishiga bu o’rinda yo’l qo’yilmaydi. Topshiriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog’oz o’qituvchida. U o’sha variantlarni sanab o’tadi. Variantlar sanab o’tilar ekan, ularning har biri guruhda muhokama qilib boriladi. Takror javoblar inobatga olinmaydi. “Ruchka stol o’rtasida” metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, o’qituvchi mashg’ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko’rib turadi, o’quvchilarda qomusiy olimlar haqida tezkor beriladigan javob variantlari shakllantiriladi.

Bu metod guruhda olib boriladigan ish bo’lib, o’quvchilar intizomini mustahkamlaydi, ularni guruh shaklida ishlash malakasini shakllantiradi, guruhni jipslashtiradi, o’quvchilarni tezkorlikka, tez fikrlashga undaydi. Chunki o’z variant ustida juda uzoq o’ylab o’tiradigan o’quvchi butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, o’quvchi mashg’ulotga tayyor bo’lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi. Bu holatda tushmaslik uchun har bir o’quvchi har bir darsga tayyor bo’lib kelishga intiladi. O’quvchilar o’z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og’zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Bu esa mavzuni yanada mukammal egallashga imkon beradi. Bu kabi ta’lim jarayonida qo’llaniladigan interfaol usullar o’quvchilarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.

Interfaol usullar interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari – norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish kabilardan iborat. Interfaollik, bu – o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o’quv-biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda yoki o’qituvchi-o’quvchilaming o’zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (subyekt-subyekt) suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi – o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o ‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. [2] Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o ‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o’qigan, ko’rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin, erkin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta’lim o’z xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o’z ichiga oladi.

1. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». – T.: O’zbekiston, 1997-yil.

2. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. T. 2006

3. Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi. «SHarq». T.1999 y. Saidaxmedov N. Ochilov A. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi”. T.1999 y. 7-55 bet.

4. Ro’ziyeva D va b. 3-sinf tarbiya fani darsligi. T. «SANO-STANDART». 2020 y.

5. Shermuxamedova S va b. 4-sinf tarbiya fani darsligi. T. «O’zbekiston» 2020

6. Abdullaeva B. S. et al. The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world //Journal of

Advanced Research in Dynamical and Control Systems. – 2020. – Т. 12. – №. 2. – С. 2706-2714.

7. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.

8. Tursunboyevich Ozod Abduganiev. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students. // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Year : 2021, Volume : 11, Issue : 3

9. Tokhirov A.I. “WRITING CONTROL PROGRAMS FOR COMPUTER NUMERAL CONTROL MACHINES” // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2021. 5(86). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/11810. DOI -10.32743/UniTech.2021.86.5.11810

10. Tokhirov A.I. “APPLICATION PROCEDURE CAD/CAM/CAE -SYSTEMS IN SCIENTIFIC RESEARCH” // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2021. 6(87). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/11836. DOI -10.32743/UniTech.2021.87.6.11836

11. Tokhirov A.I. “USING THE GRAPHICAL EDITOR “КОМПАС 3D” in teaching computer engineering graphics” // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2021. 7(88). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/12076. DOI: 10.32743/UniTech.2021.78.8-3.12076

Qiziqarli malumotlar
Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»