BOLALAR UCHUN ERTAKLAR

BOLALAR UCHUN ERTAKLAR

Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi.
Ovchi to‘r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to‘rni ham ko‘tarib, uchib ketishibdi. Qushlarning bir tan, bir jon bo‘lib, ustiga-ustak, to‘r tuzoqni ham ko‘tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.
Yo‘lda bir odamga duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so‘rabdi. Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko‘rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:

Bolalar ertak kitobi

Til va yurak

(Rivoyat)

Luqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmu hikmatni gohi-gohida sinab ko‘rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:

– Ey Luqmon, menga bir qo‘yni so‘yib, eng yaxshi a’zosini olib kelgin.

– Bosh ustiga, – dedi Luqmon va qo‘yni so‘yib, tili bilan yuragini xojasiga eltdi.

Ancha muddat o‘tgandan keyin xoja uni yana chaqirib, dedi:

– Ey Luqmon, bir qo‘yni so‘ygin-da, menga uning eng yomon a’zosini olib kelgin.

Xo‘roz bilan bo‘ri

Bir bo‘ri daraxt ustida o‘tirgan Xo‘rozni ko‘ribdi va uni tutib yemoqchi bo‘lib, daraxt ostiga keldi. Hiyla bilan bechora Xo‘rozni daraxtdan tushirmoqchi bo‘libdi: “Ey, Xo‘roz o‘rtoq! Men senga bir yaxshi xabar keltirdim. Hayvonlar bilan qushlar o‘rtasida sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmaslikka, biri ikkinchisini tutib yemaslikka qaror qilindi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lib, birga o‘ynaylik”, – dedi.

Oy bilan Shirin

Qadim – qadimda Shirin degan qiz bo‘lgan ekan. U shunday go‘zal ediki, tug‘ilib, balog‘atga yetgandan so‘ng, husnining ta’rifi butun olamga yoyilgan edi. O‘sha zamonda Oy o‘zini chiroyli sanab yurar ekan. Hamma go‘zallikda tengi yo‘q Oyni maqtar ekan. Shirin balog‘atga yetib, go‘zalligi kundan-kun orta borgach, odamlar Oyni maqtamay, Shirinning husnini tilda doston qilibdilar.

Notanish “do‘st”

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Kapa degan qurbaqa bor ekan. U suvda juda yaxshi suzar ekan. Yana kuylashni xush korarkan.

Qishning sovuq ammo quyoshli kunlarining birida Kapa muzlagan suv yuzasida o‘tirib, hayol surib turganida, suv ostida bir mavjudodni unga boqib turganini ko‘rib qolibdi.

— Salom, qirg‘oqqa chiq, birga o‘ynaymiz, — deb taklif qilibdi Kapa.

Qalam va sichqon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi.

— Iltimos, meni qo‘yib yubor — deb yalinibdi Qalam. — Meni nima qilmoqchisan? Yog‘ochdan yasalgan bo‘lsam, meni yeb bo‘lmaydi.

Aqlli qarg‘a

(Abdulla Avloniy)

Kunlar yoz fasli o‘ldig‘indan har yerda suvlar qurirmush. Bechora Qarg‘a suv yo‘qlig‘indan nihoyatda suvsarmish. Tillari osilub, har tarafdan suv axtarmoqda ekan, birovning oldinda turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelub boqsa, ichinda suv bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmaydi. Biroz o‘ylandi-da, tumshug‘i ila toshlarni yeg‘ub, ko‘zaning ichiga tashlay boshladi.

Daraxtning oyog’i

(Ibrohim Rahim)

Bog‘cha hovlisida Hasanjon bilan Husanjon o‘ynab o‘tirib, ro‘paradagi panjara orqasida bir oyoqlab turgan tovuqni ko‘rib qoldilar.

— Uni qarang, Hasan aka, anavi tovuqning bir oyog‘i yo‘q ekan. Bir oyoqlab qocholmaydi. Ushlab olaymi?

Hasanjon ham da’fatan tovuqning bir oyoqda turganini ko‘rib qoldi. Ukasining shunga fahmi yetmagani uchunmi, unga bir karomat ko‘rsatmoqchi bo‘lib, dedi:

— Shu tovuqni bir zumda ikki oyoqli qivoraymi?

BOLALAR UCHUN ERTAKLAR

Ertaklar – o’zbek xalq ertaklari, jahon xalq ertaklari

Bizning veb-saytimizning bolalar uchun ertaklarga bag’ishlangan bo’limida o’zbek xalq ertaklari, shuningdek, xorijiy va o’zbek mualliflari: Andersen, aka-uka Grimmlar, Perrot, Pushkin, Tolstoy, Suteevlar va boshqa ko’plab mualliflarning ertaklar to’plami keltirilgan. Sayt doimiy ravishda yangi mualliflar va asarlar bilan to’ldirilib boriladi.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz har bir ertakning qisqacha tavsifini yozdik va yorliqlar (teglar) tizimini ishlab chiqdik. Ularning yordami bilan siz ertaklarni yoshi va afzalliklari bo’yicha osongina topib olishingiz mumkin. Sizga kerak bo’lgan muallifni tezda topish uchun menyudan foydalaning. O’qishdan zavqlaning

Xalq ertaklari

Ovchi va qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi.
Ovchi to‘r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to‘rni ham ko‘tarib, uchib ketishibdi. Qushlarning bir tan, bir jon bo‘lib, ustiga-ustak, to‘r tuzoqni ham ko‘tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.
Yo‘lda bir odamga duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so‘rabdi. Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko‘rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:

O‘tinchi yigit bilan sher

Bir yigit dalaga o‘tin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib, uni yiqitmoqchi bo‘libdi. Shu payt bir sher kelib:
— Ey, odam, bu yerga nimaga kelding? — debdi.
— Mana shu terakni qulataman, — debdi yigit.
— Men shunday kuchim bilan bu terakni qulata olmayman-ku, sen qanday qilib qulatasan? — debdi sher.
— Ey, jo‘ra, men juda zo’rman, — debdi yigit o‘zini tetik tutib.
— Sen zo‘r bo’lsang, kel ikkovimiz kurashib, kuchimizni sinaymiz, — debdi sher.
— Mayli, kurashamiz, — debdi yigit o‘zini yana-da mag‘rur tutib. — Lekin kuchimning yarmi uyda qolibdi, borib olib kelay.

Tulki bilan xo’roz – o’zbek xalq ertagi

Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi.
Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib:
— Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? — deb so‘rabdi.

Qiziqarli malumotlar
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR