Ona tili kitob skachat

Ona tili kitob skachat

38-39-mavzular. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar (2 soat).

Ona tili – millatning ruhidir

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Bundan 27 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bo‘larmidi.

Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.

Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YuNeSKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta’minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta’lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.

Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.

Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.

Bugungi kunda dunyoda 6809 ta til mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi sakkizta davlat – Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh va Rossiya xissasiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p tilli mamlakat sifatida Hindiston tan olinadi. Bu mamlakatda axoli 845 til va laxjada so‘zlashadi. Ikkinchi o‘rinda esa 600ta til va shevada so‘zlashuvchi Papua — Yangi Gvineya turadi. Sayyoramizda eng ko‘p aholi so‘zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o‘nlikka hindi, bengal, arab, portugal, nemets, rus va yapon tillari ham kiritilgan. Jaxon tillarining atigi 4 foizi Yevropa qitasiga to‘g‘ri kelsa-da, eng ko‘p so‘zlashuvchi tillarning teng yarmi “ko‘hna qita”da ekani ma’lum bo‘ldi. 341 million kishi ingliz tilini ona tili sifatida tan oladi, biroq yana 350 million kishi bu tilni ikkinchi ona tili sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan. Taxlilchilar xitoy va ingliz tillari foydalanish bo‘yicha o‘z mavqeini oshirib borayotganini aytishadi. Vaziyatni o‘rganayotgan kuzatuvchilarning fikricha, foydalanuvchilar soni bo‘yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, XXI asr o‘rtalariga borib, xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin.

Mavjud tillarining 90%ning har biridan 100.000 aholi foydalanadi. Mana shuning o‘ziyoq bu tillarning kelajagi qorong‘uligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 357 tilda atigi 50 nafar kishi so‘zlashar ekan. 46 tildan esa atigi bir kishining foydalanishi aytiladi. Ularning o‘limi bilan bu tillar ham yo‘qoladi. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta.

YuNeSKO tomonidan nashr qilinadigan “Yo‘qolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari atlasi”da Yevropadagi 50ta, Tinch okeani mintaqasida esa 200ta til yo‘qolib ketish arafasida ekani ta’kidlanadi. Afrikadagi 1400ta tildan 600tasi kelajakda, 250tasi esa yaqin orada butunlay yo‘qolishi xaqida bong urilmoqda.

AQSh hududlariga yevrropaliklar qadam qo‘yganlarida bu mintaqada minglab tillar mavjud edi. Ayni damda shimoliy Amerika hindularning kamida 150ta tili saqlanib qolgan. Leyptsig universiteti xodimi Baltazar Bikelyaning so‘zlariga qaraganda, Kavkazda atigi 3-4 kishi so‘zlashuvchi tillar bor.

YuNeSKO xomiyligida Leyptsigda bo‘lib o‘tgan lingvistlarning xalqaro anjumanida kam sonli xalqlarning tillari yo‘qolib ketishiga globalizatsiya aybdor ekani aytildi. Biroq ayrim taxlilchilar, tillarning yo‘qolishiga globalizatsiyadan tashqari ayrim xukumatlar olib borayotgan siyosat xam aybdor ekanini eslatib o‘tishdi. Bu kabi vaziyat asosan Afrika mamlakatlarida uchramoqda.

Olimlar insoniyat tarixida 9000 mingdan ortiq til yo‘q bo‘lib ketganini aytishadi. Nafaqat bosib olingan xududlardagi xalqlarning tillari, balki fotihlarning tillari xam yo‘qolib ketgani tarixdan ma’lum. Bu borada qadimgi yunon, oromiy, lotin, sanskrit, vediy, assuriy, qadimgi fors tillarini misol sifatida keltirish mumkin. YuNeSKO mutaxassislari o‘lib va yo‘qolib borayotgan tillarni qutqarib qolish mumkinligini aytishadi. Misol tariqasida o‘tgan asrning 80 yillarida atigi 8 kishi so‘zlashgan Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi ayn tilini keltirish mumkin. Bugungi kunda tiklangan bu tilda bir necha ming kishi gaplashmoqda. Ikki ming yil davomida o‘lik til xisoblanib kelingan ivrit tili xam qayta iste’molga kiritildi. Bugungi kunda ivrit tilida 9 million kishi suxbatlashadi.

Qadimda xalqlar o‘z turar joylaridan majburan ko‘chirilganlari bois ular boshqa mintaqalarda so‘zlashuvchi xalqlar bilan qorishib ketib, ularni tillarini o‘zlashtirishga majbur bo‘lgan. Lotin Amerikasidagi ayrim xalqlar esa alkogol va giyoxvand moddalar iste’moli tufayli yo‘q bo‘lib ketgan. Endilikda esa kichik bir xalq yoshlarining kelajagi porloq sifatida ko‘riladigan ikkinchi xalq tilidan foydalanishga urinayotgani bois tillar yo‘qolmoqda.

Qachonki bolalar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘htatar ekan, o‘sha til yo‘qolib ketish arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog‘liq. Til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak

Sharofiddin To‘laganov

Ona tili fanidan o‘quv dasturi (1-, 2-,4-sinf) uqtirish xati

(1-, 2-,4-SINF)
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.

Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Alifbe” darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Ona tilining fonetik tizimi:

nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);

bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);

So‘z tarkibi: asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi;

So‘z ma’nosi: so‘zlarning ma’nosiga ko‘ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va tartibini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).

Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;

gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);

gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar yordamida);

Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;

Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.

1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi tayanch kompetensiya elementlari shakllantirilib boriladi.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;

televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;

darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.

media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;

mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;

rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;

kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;

kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.

og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish;

o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etish;

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;

davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;

maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;

sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish;

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;

sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildirish

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish;

maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;

yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;

milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.

Vatanimizda mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni hamda tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

sinfida va oilada necha nafar kishi borligini, sinf xonasi jihozlari va o‘quv qurollari sonini bilish;

Mamlakatimizda nishonlanadigan bayram kunlari sanalarini aniq aytish;

kundalik faoliyatida turli jadvallardan foydalanish;

ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h. k.) tejab foydalana olish;

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qish.

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish.

Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

  1. TK1 – kommunikativ kompetensiya
  2. TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  3. TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  4. TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  5. TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
  6. TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  1. FK1 – nutqiy kompetensiya
  2. FK2 – lingvistik kompetensiya

fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

I bo‘lim. TOVUSHLAR VA HARFLAR

( 28 soat)
1-2-3-mavzular. “Ona tilim” she’ri (Muhammad Yusuf). Tovush va harflar (3 soat).

So‘zlarning tovushlardan tuzilishi. Tovushlarning so‘z ma’nosini farqlashi. Tovushlarning o‘rin almashishi bilan yangi so‘zlar hosil bo‘lishi.

4-mavzu. Unli tovushlar va harflar (1 soat).

Tovushlarning talaffuzi va ma’no farqlashi, harflar bilan ifodalanishi. Unli tovushlar, ularning talaffuzi, harflar bilan ifodalanishi va imlosi.

5-6-7-mavzular. A va o unlilarining talaffuzi va imlosi. I va U unlisi (3 soat).

A unlisining o tarzida talaffuz qilinishi va imlosi. i va u unlilari, ularning talaffuzi va imlosi, u unlisining i tarzida aytilishi va yozilishi.

Nazorat ishi (1 soat).

8-mavzu. U unli tovush va harfini mustahkamlash (1 soat).

Nazorat ishi: a va o, i va u unlilari, ularning talaffuzi va imlosi yuzasidan o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakasini aniqlash.

9-10-mavzular. Undosh tovushlar va harflar (2 soat).

Undosh tovushlarning harfiy ifodasi. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi (d-t , b-p, z-s, j-ch, g-k, v-f undoshlarining talaffuzi va imlosi), so‘z oxirida ketma-ket kelgan (d,t) undoshlarning talaffuzda tushib qolishi, lekin yozuvda saqlanishi.

11-mavzu. X va h tovush va harfi (1 soat).

X va h undosh tovushining talaffuzi va imlosi.

12-mavzu. J harfining ikki xil tovushni ifodalashi va ularning talaffuzi, imlosi (1 soat).

J harfining j (portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashi.

13-14-15-mavzular. Harf birikmalari. Q va g‘ tovushlari (3 soat).

Sh, ch, ng harf birikmalari, ularning bitta tovush ifodalashi va talaffuzi hamda imlosi. Q va g‘ tovushlari, ularning harfiy ifodasi, so‘z oxirida kelganda q tovushining g‘ tarzida, so‘z o‘rtasida kelganda x tarzida (maqsad-maxsad) talaffuz qilinishi va imlosi.

16mavzu. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlar (1 soat). So‘zdagi tovush va harflarni aniqlash. Aytilishi va yozilishida farqlanadigan undoshlarni ajrata bilish.

17-mavzu. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlar (1 soat).
Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarga jufti bor b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlar kirishi, ularning talaffuzi va imlosi.

Nazorat ishi (1 soat).

18-19-mavzular. Tutuq belgisi (2 soat).

Tutuq belgili so‘zlarning talaffuzi va imlosi: Tutuq belgisini (’) so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga, oldingi bo‘g‘inning keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilishi, so‘z ma’nolarini farqlashi. O‘quvchilarning undosh tovush va harflar yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish.

20-21-mavzular. Alifbe va alifbo (2 soat).

Alifbo harflarning ma’lum bir tartibda joylashuvi ekani, harflarning bosh va kichik shakllari. So‘zlarni alifbo tartibida yozish. Alifboning amaliy ahamiyati. Tovush va harflarga doir tahlil.

22-23-mavzular. Bo‘g‘in. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi (2 soat).

So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va chiziqcha bilan yozish. Unlining bo‘g‘in hosil qilishi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi.

24-25-26-mavzular. So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish (3 soat).

So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlab ko‘chirish tushunchalarini farqlash, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirishga ko‘ra bo‘g‘inlarga bo‘lish, bir unlidan iborat bo‘g‘inlarni oldingi satrda qoldirmaslik va keyingi satrga ko‘chirib bo‘lmasligi, ko‘p bo‘g‘inli, tutuq belgili so‘zlarni, yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bir satrdan keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Harf birikmali (sh, ch, ng) so‘zlarning bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.

Nazorat ishi (1 soat).

II bo‘lim. SO‘Z

27-28-29-mavzular. So‘z ma’nosi (3 soat).

So‘z, so‘zlarning ma’nolariga ko‘ra farqlanishi, so‘roqlari asosida so‘z ma’nolarini farqlash, guruhlash. So‘zlarning kim?, nima?, nima qildi?, qanday?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi.

30-31-mavzular. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar (2 soat).

Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar. Ularning so‘roqlariga ko‘ra farqlanishi. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlarni kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishiga ko‘ra guruhlash.

32-33-mavzular. Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

ko‘rgan rasmlari asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;

unli tovushlar, ularning talaffuzi, harflar bilan ifodalanishini, J harfining j (portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashini, sh, ch, ng harf birikmalari, ularning bitta tovush ifodalashini, aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarni, ya’ni b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlarni, so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini tinglab tushuna oladi;

mashq matnidagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi, tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g‘inlab yoza oladi, tutuq belgili so‘zlarni yoza oladi, tutuq belgisining o‘rniga ko‘ra, ya’ni tutuq belgisidan oldingi unlini cho‘ziqroq aytib va tutuq belgisi undoshdan so‘ng kelganda bo‘g‘inlarni ajratib o‘qiy oladi;

so‘z oxirida ketma-ket kelgan (d-t, (nd, st, rg, lt) g-k) undoshlarini yozuvda yoza oladi. Tutuq belgisi qatnashgan so‘zlarni, ya’ni o‘zidan oldingi unli va undosh bilan qoldirib yozishni biladi. Alifbodagi bosh va kichik harflarni alifbo tartibida yoza oladi, sh, ch, ng harf birikmali so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga ko‘chirib yoza oladi. Gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;

joy nomlarining bosh harf bilan, ya’ni Respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryo nomlarini bosh harf bilan yoza oladi, shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, miqdorini bildirgan so‘zlarni yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga bog‘lab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi.

Lingvistik kompetensiya:

o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;

bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;

mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.

Nazorat ishi (1 soat).

34-35-mavzular. Joylarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi (2 soat).

Respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryolarga atab qo‘yilgan nomlar joy nomlari ekani, ularning bosh harf bilan yozilishi.

36-37-mavzular. Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi (2 soat).

Hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, ularning bosh harf bilan yozilishi. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

38-39-mavzular. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar (2 soat).

Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar, ularning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi va imlosi. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

40-mavzu. Mustahkamlash (1 soat).

41-mavzu. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar (1 soat).

Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi.

42-43-mavzular. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar (2 soat).

Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi, ma’nosi, gapdagi vazifasi. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning imlosi.

44-45-mavzular. Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so‘zlar (2 soat).

Shaxs va narsaning miqdorini, tartibini bildirgan so‘zlarning necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Miqdorni va tartibni bildirgan so‘zlarni so‘roqlari va ma’nosiga ko‘ra farqlash. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

46-47-mavzular. So‘z ma’nolarini takrorlash (2 soat).

Shaxs va narsaning nomini, belgisini, miqdori va tartibini, harakatini bildirgan so‘zlarni gap tarkibida aniqlash va ularning ma’nosini farqlash. So‘roqlari asosida ajratish. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

Nazorat ishi (1 soat).

III bo‘lim. NUTQ VA GAP

(12 soat)
48-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).

Nutq, nutqning og‘zaki va yozma shakllari.

49-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).

Og‘zaki nutqning tovushlarga asoslangan bo‘lishi. Yozma nutqning harfiy ifodalar bilan shakllantirilishi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, gaplarning mazmun jihatdan aloqador bo‘lishi.

50-51-mavzular. Gap (2 soat).

Gap. Gapning so‘zlardan tuzilishi, uning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgilarining qo‘yilishi.

52-mavzu. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (1 soat).

Gapning oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘yilishi; gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash.

53-mavzu. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (1 soat).

Rasmlarga qarab gap tuzish va yozish; savol-javob gaplar; savol-javob tuzilishidagi matnlarning yozilishi; nutq odobi.

Nazorat ishi (1 soat).

54-55-mavzular. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (2 soat).

Xabar mazmunini, so‘roq mazmunini bildirgan gaplar, ularni mazmuniga ko‘ra farqlash, gapning oxiriga mazmuniga mos tinish belgilarni, ya’ni nuqta va so‘roq belgilarni qo‘yish.

56-57-mavzular. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (2 soat).

Xabar mazmunini, so‘roq mazmunini bildirgan gaplar, kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplar, ularni mazmuniga ko‘ra farqlash, gapning oxiriga mazmuniga mos tinish belgilarni, ya’ni nuqta, so‘roq va undov belgilarni qo‘yish. Gapdan kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlash.

Nazorat ishi (1 soat).
IV bo‘lim. O‘QUV YILI OXIRIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH (4 soat)
58-59-60-mavzular. O‘quv yili oxirida o‘tilganlarni takrorlash (3 soat).

So‘z ma’nosi. Gap, unli va undosh tovushlar, shaxs, narsa, harakat, belgi, miqdor va tartibni bildirgan so‘zlar, mustahkamlovchi mashqlar.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

ko‘rgan rasmlari va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, matnni mazmunan bog‘langan gaplar bera oladi;

kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;

gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladi, rasmlarga qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, 15-20 so‘zli diktant yoza oladi.

Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Nazorat ishi (1 soat).
HUSNIXAT

Yozuvga oid malakalarni shakllantirish: harflarni yozuv chiziqlari orasida to‘g‘ri joylashtirish; harflarning qiyaligi, ulanishini hamda so‘zlar orasini bir xil tenglikda chamalash. Kichik va bosh harflarni alifbo tartibida husnixat bilan yozishni mashq qilish.

Ayrim yozuv qoidalari. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni belgilangan qiyalikda qo‘yish; ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; har bir harfni to‘g‘ri tutashtirish, harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq yozish.

O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: ajdar, arg‘imchoq, achchiq, bodring, boyqush, bog‘bon, bog‘cha, burgut, daraxt, eshik, garaj, harf, havo, holva, jahl, jahon, jajji, kombayn, kuch, mag‘rur, mehmon, oyoq, og‘a-ini, pishloq, pochta, qaldirg‘och, qarindosh, qarz, qasr, qirg‘ovul, qishloq, quruvchi, quzg‘un, qo‘shiq, qo‘g‘irchoq, qo‘zichoq, sanchqi, san’at, savatcha, sirk, siyoh, sochiq, Toshkent, uloqcha, urishqoq, uchrashmoq, xirmon, xontaxta, yong‘oq, zinapoya, yashnamoq, o‘rik, o‘yinchoq, o‘quvchi, o‘q, shaftoli, shahar, shamol, sholg‘om, shudring, sho‘rva, chaqaloq, chinni, chiroyli, chumchuq, chuchuk, chuchvara, chorraha, choynak.
Mavzularni o‘rganish uchun – 60 soat

Nazorat ishlari uchun – 8 soat

Jami – 68 soat

Qiziqarli malumotlar
Ona tili kitob skachat