8 sinf informatika yangi darslik

8 sinf informatika yangi darslik

ONLINE TESTLAR (6)
  • 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
  • 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
  • Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
  • Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
  • Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
  • Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
  • Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
  • Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
  • Tarbiya (16)
  • ENG-ENG-ENG… (1)
  • Siz buni bilasizmi? (13)
  • Tarix fanidan videojamlanma (7)
Mart 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Apr
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

Arxivlar

Yangi sharhlar

  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
  • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
  • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
  • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
  • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga

Boshqaruv paneli

© 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi

Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.

Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

Yangi fikrlar

  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
  • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
  • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga

Murojaat qiling:

  • Jizzax v, Do’stlik tumani
  • Telefon: + 998 (94) 918 02 27
  • Email: Shuhratbek.uz@umail.uz

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari
fanidan bosqichli nazorat
8-sinf
Tushuntirish xati

Imtihon uchun o‘qituvchi tomonidan ko’p variantli yozma ish variantlari quyida keltirilgan topshiriqlar asosida tuziladi.

Kompyuter bilan ta’minlanmagan maktablar uchun

1-topshiriq
1. Dastlabki eng sodda sun’iy hisoblash asboblari haqida to’liq ma’lumot bering.
2. Mexanik hisoblash mashinalari haqida ma’lumot bering.
3. EHM avlodlari va xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
4. Sistema blokini tashkil etgan qismlar va qurilmalar haqida ma’lumot bering.
5. Tezkor xotiraning vazifasi va qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot bering.
6. Egiluvchan magnit disklar va qattiq disklar haqida ma’lumot bering.
7. Optik disklarning turi va hajmi haqida ma’lumot bering.
8. Kompakt disklardagi axborotni o‘qish va yozish jarayonini izohlab bering.
9. Chop etish qurilmalari haqida ma’lumot bering.
10. Qobiq dasturlar haqida ma’lumot bering.
11. Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari haqida ma’lumot bering.
12. Operatsion sistema sinflari haqida ma’lumot bering.
13. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering.
14. WINDOWS operatsion sistemasi tarixi haqida ma’lumot bering.
15. WINDOWS operatsion sistemasi bilan bog’liq tushunchalar haqida ma’lumot bering.
16. Dasturiy ta’minot haqida ma’lumot bering.
17. Interfeys haqida ma’lumot bering.
18. Fayllar haqida ma’lumot bering.
19. Kataloglar haqida ma’lumot bering.
20. Kompyuterning tashqi xotiralari bilan bajariladigan amallar haqida ma’lumot bering.
21. Windowsning Bosh menyusi haqida ma’lumot bering.
22. Mening kompyuterim qobiq dasturi haqida ma’lumot bering.
23. Windows yo’lboshlovchisi qobiq dasturi haqida ma’lumot bering.
24. Excel elektron jadvali elementlari haqida ma’lumot bering.
25. Excel elektron jadvalida formulalar va murojaatlar haqida ma’lumot bering.
26. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta mantiqiy funksiyani misollar orqali izohlang.
27. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta statistik funksiyani misollar orqali izohlang.
28. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta mantiqiy matnli funksiyani misollar orqali izohlang.
29. Excel elektron jadvalining kamida 3 ta matematik funksiyani misollar orqali izohlang.
30. Excel elektron jadvalidagi diagramma, gistogramma va grafiklar haqida ma’lumot bering.

2-topshiriq
1. Mantiqiy amallarga mos rostlik jadvalini yozing. Hosil bo‘lgan jadvaldan foydalanib A= «rost», В= «rost», D = «rost» qiymatlar uchun quyidagi mantiqiy ifodalarni qiymatini toping. 1.2.1
2. Agar D = 5,3; E = 4,0; A= «rost»; B = «yolg‘on» bo‘lsa, quyidagi mantiqiy ifodalarni qiymatini toping. 1.2.2
3. Mantiqiy ifodalarning qiymatini toping. 1.2.3
4. Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida qanday qiymat hosil bolishini bosqichma-bosqich ko‘rsating. 1.2.4
5. 1.2.5 formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.
6. 1.2.6 formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.
7. 1.2.7 formula orqali berilgan mantiqiy mulohazaning rostlik jadvalini tuzing.
8. Agar D = 5,3; E = 4,0; A= «rost»; B = «yolg‘on» bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring: 1.2.8
9. Agar D = –7; E = 11; A= «rost»; B = «rost» bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring: 1.2.9
10. Quyidagi mantiqiy ifodalar sonli o‘zgaruvchi a ning ihtiyoriy qiymatida qanday qiymatga erishadi? 1.2.10
11. Quyidagi mantiqiy sxema chiqishida qanday qiymat hosil bolishini bosqichma-bosqich ko‘rsating. 1.2.11
12. Quyidagi sxemaning chiqishida 0 hosil bo’lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo’lishi kerak? Javobingizni bosqichma-bosqich izohlang. 1.2.12
13. Quyidagi sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring. 1.2.13
14. Quyidagi mantiqiy sxemaning chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak? Javobingizni bosqichma-bosqich izohlang. 1.2.14
1.2.15-22
1.2.23-30

Kompyuter bilan ta’minlangan maktablar uchun

1-topshiriq
1. “Mening hujjatlarim” katalogida “1”, “2”, “3” nomli papkalarni hosil qil-ing. Bu papkalarning har birining ichida “A”, “B”, “D” nomli papkalarni hosil qiling.
2. “Mening hujjatlarim” katalogida “Nusxa1” va “Nusxa2” nomli papkalar hosil qilib, ular ichiga fayllar guruhini nusxalang.
3. Disketni formatlang va ichida “Birinchi” nomli papka va shu papka nusxasini hosil qiling.
4. Disketni diskyurituvchiga joylashtirib antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo’lsa virusdan tozalang.
5. Flash-xotirani USB portga ulang. Uni antivirus dasturi yordamida tekshiring, zarur bo’lsa virusdan tozalang. Undagi ma’lumotlarni ko’rib chiqing. Flash xotirani kompyuterdan xavfsiz uzing.
6. Disket ustida quyidagi amallarni bajaring.
a) vinchesterning D diskida “DisketA” nomli papka hosil qiling;
b) disketdagi ma’lumotlarni “DisketA” nomli papkaga ko’chiring;
d) disketni formatlang;
e) “DisketA” nomli papkadagi ma’lumotlarni disketga ko’chirib o’tkazing.
7. Flash-xotira ustida avvalgi mashqdagi kabi amallarni bajaring.
a) vinchesterning D diskida “FleshkA” nomli papka hosil qiling;
b) flash-xotiradag ma’lumotlarni “FleshkA” nomli papkaga ko’chiring;
d) flash-xotirani formatlang;
e) “FleshkA” nomli papkadagi ma’lumotlarni flash-xotiraga ko’chirib o’tkazing.
8. Bosh menyuning Qidiruv bo’limi yordamida kompyuteringizdagi barcha rasmli fayllarni aniqlang.
9. Bosh menyuning Sozlash paneli yordamida sichqoncha ko’rsatkichi ko’rinishini va ko’rsatkich harakati tezligini o’zgartirishni amalda ko’rsatib bering.
10. “Mening kompyuterim” katalogi uskunalari orasiga ajratuvchi chiziq (разделитель) joylashtirib chiqing.

2-topshiriq
1. Excelda kitob oching. Uni maktabingiz nomi bilan saqlang. Kitobdagi varaqlarni familiya, ism va sharifingiz bilan nomlang.
2. Excel kitobiga 3 ta varaq qo’shing. Varaqlarni 1 dan 6 gacha nomlang.
3. Excelda A5, A6, A7 katakchalarning fonini mos ravishda qizil, sariq va ko‘k rang bilan bo‘yang. Katakchalarning chegara chiziqlarini turli rang va qalinlikda o‘tkazing
4. Excelda A5, A7 katakchalarni matnli va 2 xona kasr qismli sonli formatga o‘tkazing.
5. Excelda A5 katakchaga familiyangizni sariq, A6 katakchaga ismingizni yashil rangda kiriting.
6. Excelda A1 katakchaga joriy yilni kiriting va u orqali A7 katakchada yoshingizni hisoblang.
7. Excelda 5 ta sinfdoshingizni familiyasi va ismini, mos ravishda, E va F ustunlariga kiritib, fizika fanidan olgan baholarining o‘rtachasini hisoblash jadvalini tuzing.
8. И(3>5, 15/2-4>3), ИЛИ(99-27*3=5; 78/2-39>=-1) funksiyalar natijasini aniqlang.
9. ЗАМЕНИТЬ(“Yasha”; 5; 1; “na”) va ЛЕВСИМВ (“Vatanparvar”; 5) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtib uzunligini aniqlang
10. ЗАМЕНИТЬ(“Maqsud ”; 5; 1; “a”), ПРАВСИМВ(“Barkamol”; 5) va ЛЕВСИМВ(” topishmoq”; 7) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtiring.
11. Quyonning tezligi A m/s, baliqni tezligi B km/soat. Ularni tezliklarini taqqoslab A7 katakchada “Quyonni tezligi katta” yoki “Baliqni tezligi katta” yozuvini aks ettiring.
12. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kattasini 3-belgisini C3 katakchada aniqlang.
13. A1 katakchadagi butun sonni B1 katakchadagi natural songa bo’lganda butun qismini A2 katakchada, qoldig’ini B2 katakchada aniqlang.
14. A1:A6 va B2:B5 katakchalardagi sonlardan kichigini 3-raqamini D1 katakchada aniqlang.
15. A1 va B2 katakchadagi sonlardan kichigini birinchi raqamini D2 katakchada aniqlang.
16. C1:D6 katakchalarga sonlar kiritib ulardan eng kattasini 1- va 2- raqamlari ko’paytmasini A2 katakchada aniqlang.
17. A1:A3 kataklarchadagi sonlarni o’rta arifmetigini va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta geometrigiga ko’paytmasini C3 katakchada aniqlang.
18. A1:A5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigi va B3:B5 katakchalardagi sonlarni o’rta arifmetigini kattasini C3 katakchada aniqlang.
19. A1:A15 katakchalardagi har xil ishorali sonlarga teskari ishorali sonlarni D2:D16 ustunda aniqlang.
20. A1 katakchadagi sonni toq yoki juftligi javobini B1 katakchada aniqlang.
21. A2 katakchadagi son 7 ga karrali yoki karrali emasligi javobini B1 katakchada aniqlang.
22. B1:B5 katakchalar blokida sonlar berilgan. Shu sonlardan nechtasi 0 dan farqliligi C3 katakchada aniqlang.
23. A1 katakchadagi matnda “a” harfi bor yoki yo’qligini B1 katakchada aniqlang.
24. Informatika fanidan olgan ballaringizni o’rtachasini B2 katakchada aniqlang.
25. x ning [-5;5] oraliqdagi butun qiymatlarida y= – x–23 funksiyasining qiymatlarini va nuqtali grafigini hosil qiling.
26. O’zingiz va 2 ta sinfdoshingizni informatika fanidan shu chorakda olgan ballaringizni o’rtachasini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.
27. Tomoni 8 ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va parallelogrammni perimetrini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.
28. O’zbekiston avtomobillarining tezlik ko‘rsatkichi va quvvatini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
29. y = 7x+21 funksiyaning grafigini [-3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.
30. A1 katakchadan A10 katakchagacha har xil uzunlikdagi so‘zlar kiritib, B ustunda ularning uzunligini hisoblang va taqqoslash diagrammasini hosil qiling.

Informatikadan dars ishlanma

2) Tarbiyaviy maqsad: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi orqali Vatanni sevish, insonlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

3) Rivojlantiruvchi maqsad: OAxborotlar bilan ishlay olish kompetensiyasi orqali ommaviy axborotlardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlay olishni shakllantirish.

Dars tipi: Yangi bilim va ko’nikma hosil qilish

Dars uslubi: ko’rgazmali – amaliy.

Dars jihozi: Kompyuter qurilmalari, darslik

Dars bosqichlari: Tashkiliy qism (3m)

O’tilgan mavzuni mustahkamlash (12 m)

Yangi mavzu bayoni (15 m)

Yangi mavzuni mustahkamlash (10 m)

Vazifa berish va tushuntirish (2m)

O’quvchilarni baholash (3m)

DTS: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida ma’lumotga ega bo`lish.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun takrorlash savollari

  1. Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?
  2. Kompyuterning inson sog’lig’iga zararli tomonlarini so’zlab bering.
  3. Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?
  4. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini so ‘zlab bering.
  5. Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak?
  6. Yangi mavzuni o`rganish

Insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog’oz o’ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.

Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo’lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.

Avvallari kam nusxadagi qo’lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to’g’ri kelardi. Ba’zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi kitob yoki qo’lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo’lmagan.

Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo’ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo’lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o’qish, filmlarni ko’rish, biror joyga xat jo’natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirish mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.

Demak, inson tafakkurining mahsuli bo’lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o’rganish lozim.

Kompyuter qanday tuzilgan?

Kompyuter ko’rinishidan uch asosiy bo’lakdan iborat:

Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o’xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko’rilayotgan film unda namoyon bo’ladi.

Monitor har xil ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot va buyruqlar kiritiladi.

Sistema bloki himoya g’ilofiga o’ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig’ilgan bo’lib, asosiy plata deyiladi.

Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi.

U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.

Ma’lumotlar qanday saqlanadi?

Biz ma’lumotlarni (kino, klip, qo’shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo’yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.

Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumotlarni ko’chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma’lumot yozish va undagi ma’lumotni o’qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko’p ma’lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.

Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?

Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo’llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o’ng tugma yordamchi amallar ro’yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro’yxat kontekst-menyu deb ataladi.

Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog’ozga chop etish mumkin.

Kino, klip, qo’shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.

Kompyuter qanday ishga tushiriladi?

Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;

® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;

® monitor alohida ishga tushiriladigan bo’lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.

Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo’ling.

  1. Mustahkamlash
  2. Monitorning vazifasi nimalardan iborat?
  3. Klaviaturada nimalar bor va uning vazifasi nimalardan iborat?
  4. Sistema bloki haqida so ‘zlab beting
  5. Protsessor haqida so ‘zlab bering.
  6. Ma’lumotlar kompyuterning qaysi qurilmalarida saqlanadi?
  7. Disketa va vinchester nima uchun tashqi xotira deb ataladi?
  8. Kompyuterning qanday tashqi xotiralarini bilasiz?
  9. Ma ‘lumotlami qog’ozga chop etish uchun qanday qurilma ishlatiladi?
  10. Sichqoncha haqida so ‘zlab bering.
  11. Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligini so ‘zlab bering.
  1. Chap ustundagi qurilmalami о ‘ng ustundagi xususiyatlariga mos qo’ying.

Qiziqarli malumotlar
8 sinf informatika yangi darslik