Boshlangʻich sinflarda ona tili o qitish metodikasi
Pechat shriftining namunasi bo‘lib oddiy standart shrift xizmat qilashi mumkin. U (DTS) tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish
Письмо – мощный инструмент для обмена идеями и приобретения знаний. Письменная речь связывает поколения и длится долго. Благодаря письму человеческий разум, знания, приобретенные человечеством, передаются из поколения в поколение и живут вечно.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.
Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish
BUXORO – 2020
Ushbu metodik qo’llanma bo’shlang’ch sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatishda boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun metodik yordam sifatida tayyorlandi.
Salimova Yulduz Ne’matovna – Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi
S.S.To’rayeva – Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedra o’qituvchisi
G.T.Yadgarova – Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, Pfn, dotsent
F.M.Qosimov – BuxDU, Pfn, dotsent
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Jamiyat qanday bo‘lsa, maktab ham shunday qiyofa kasb etadi. Ta’limning yangi mazmuni o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishiga, ularning bilimini takomillashtirishga qaratilgandir. Ayniqsa, bolalarni xat-savodga o‘rgatish, lug‘atini boyitish, nutqlarini rivojlantirish orqali boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishga erishmoq lozim. Shuningdek, husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o’qitish usullarini, yozuvga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarni tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
O‘qituvchi Salimova Yulduzning “Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish” metodik tavsiyasi boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun tayyorlangan bo‘lib, maktabda boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini chiroyli husnixatga o’rgatishda amaliy yordam beradi.
G.T. Yadgarova- Pfn, dotsent
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish
Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Husnixat (chiroyli yozuv) -chiroyli yozish sanʼati. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganish boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish, tarbiyalash vazifalarini bajaradi.
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z xato kamchiliklarini o’ylab ham ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga o’qiyotgan kishining ko’p vaqt sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi bir nechta o’quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa, o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi ta’limiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi qoidalarni ham o‘z ichiga oladi. Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik ko‘rgazmalilik yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko‘rgazmalilik prinsipi chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol o‘ynaydi.
Husnixatga o’rgatishning grafik asoslari
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud.
Bu harflar turli xil katta va kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega.
harflar bosmasdan yozishga mo‘ljallangan;
harflar qo‘l uzmasdan tutash yoziladi.
O‘zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Yozma kichik harflar:
Ikki chiziq oralig‘iga yoziladigan harflar:
a, e, i, m, n, o, r, s, u, v, x, o‘, sh, ch.
Ikki chizig‘ning yuqorisiga ko‘tarilib yoziladigan harflar:
Chiziqdan pastga tushib yoziladigan harflar:
chiziqdan yuqori va pastga tushurilib yoziladigan harflar:
Yozma bosh harflarning hammasi chiziqdan yuqorida yoziladi.
Yozma kichik harflar tutashtirilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi.
Yuqori kesishishdan tutashtiriladi: o, o‘, v
Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e
O‘rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b, f, g, j
Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar
Yozma kichik va bosh harflarning qator oralig‘ining qayeridan boshlanib yozilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
Qator oralig‘ining ustki chizig‘idan boshlanib yoziladigan harflar.
Qator oralig‘ining ostki chizig‘idan boshlanib yoziladigan harflar.
Kichik yozma harflar o‘z navbatida 2 guruhga bo‘linadi.
qator oralig‘ining ustki ustki chizig‘idan boshlanadigan harflar.
i, j, m, n, p, t, u, v, y, ng.
qator oralig‘ining ustki chizig‘ining pastidan boshlab yoziladigan harflar.
a, g, o, q, r, s, x, z, g‘, o‘, sh, ch, b, d, e, h, k, l
Bosh yozma harflar esa quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar:
B, D, E, F, G, H, J, K, O‘, I, O, P, Q, R, S, T, U, V, Z, Y, Z, G‘, SH, CH,
Pastdan boshlab yoziladigan harflar:
Hozirgi alifbodagi harflarni quyidagi unsurlari asosida guruhlash mumkin:
Kichik harflar va ularning tutashtirilishi. Alifbodagi harflar yozilish shakliga ko‘ra yo‘zma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi. Bularning har biri yozilish shakli va qo‘llanish o‘rni jihatidan kichik harflar va bosh (katta) harflarga bo‘linadi.
Yozma harflar, odatda, qo‘lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan, yozuvga oid texnika vositasida, shuningdek, qo‘lda ham ifodalanadi.
Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma’qullangan shaklda bir-biriga tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o‘ng tomonga 65 daraja qiya qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o‘ng va chap tomonidan, bosh harflar esa o‘zidan keyingi harf bilan tutashadi.
Bosh harflarning tutashtirilishi.Yozma bosh harflarning bo‘yi 8 mm bo‘lib, ular o‘zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi.
Bosh harflar o‘z tarkibida tutashtiruvchi unsuri bor yoki yoqligiga ko‘ra ikki guruhga bolinadi:
tutashtiruvchi unsurli bosh harflar;
tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar. (Tutashtiruvchi unsursiz bosh
harflarga yozish vaqtida unsur qo‘shiladi).
Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar: A, E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X, Y,Z, E,Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o‘zbekcha so‘zlarda qollanmaydi: bu tovush bilan so‘z boshlanmaydi, ba’zi chet so‘zlarda ikki mustaqil fonemani bildiradi: Ngiliy);
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar:
B, D, F, N, O, P, S, T, V,O‘
Bosh harflar qaeridan tutashtirilishiga ko‘ra ikki turga bolinadi:
o‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:
A,L, Y,J, G,G‘ – pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:
E. B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch
1. O‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar o‘zidan keyingi ikki chiziq orasiga yoziladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi, misollar:
Anzirat, Iso, Yulduz, Gulnoz, G ‘ulom
Bu harflar ikki chiziqning yuqorisiga ko‘tariladigan harflarning o‘rtasiga tutashtiriladi:
Akbar, Ilyos, Ikrom, Adham, Abdulla, Idriz, Alixon, Ahmad, Abdullayev, Afandi
O‘rta qismidan tutashtiriladigan harflar z, r, x, s harflarining chap tomonidagi chiziqqa tutashtiriladi:
Aziza, Arofat, Izzat, Asom, Islom
2. Ostki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar ikki chiziq orasiga yoziladigan harflarning ostki qismidan tutashtiriladi:
Omon, Vasila, Hakim, Tohir, Kamol, Lobar, Muhiddin, Qumri, Rahima, Ulfat, Xadicha, Bobur, Dilbar, Farhod, Nafisa, Olimjon, Po‘lat, Sobir, O‘lmas, Zayniddin
Husnixat darslariga qo’yiladigan gigiyenik talablar
Gigiyenik talablarga ko‘ra maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlarning natiijasiga ko‘ra o‘quvchi bir – biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mas holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak.
Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi lozim. Devorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun devorga (plintus qalinligida) santimetrlarga bo‘lingan doskani qoqish kerak bo‘ladi.
O‘quvchini devor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir kateti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli devorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi.
O‘quvchilarni o‘tqazish paytida ularning ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Yaxshi ko‘rmaydigan yoki eshitmaydigan o‘quvchini o‘qituvchining stoli yaqiniga o‘tqazish maqsadga muvofiqdir.
Sinfda yorug‘lik me’yorda bo‘lishi kerak. Sinf o‘quvchi yozuv taxtasiga yozilishi lozim bo‘lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. Yorug‘lik o‘quv xonasining chap tomonidan tushib turishi lozim.
Agar oynalar o‘quvchining old tomonida joylashgan bo‘lsa, yorug‘lik unga old tomonidan tushadi va ko‘z setkachasini zararlantiradi. O‘ng tomondan joylashgan oynalar o‘quvchi qo‘lining soyasi qog‘ozga tushib uni qorong‘ulashtirib qo‘yishi bilan noqulaylik tug‘diradi.
Agar yorug‘lik manbai orqada joylashgan bo‘lsa, stolga o‘quvchining butun gavdasining soyasi tushadi.
Bu talablarga sinfdan tashqari holatlarda ham rioya qilinadi.
Husnixat bilan to‘g‘ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi ishlarda ham o‘quvchiga singdirib boriladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan sharoitda ham tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ega, ular bolalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Pechat shrifti bilan yozilgan, aniqrog‘i chizilgan harf ko‘proq aniq pechat shriftiga aylanadi. U esa o‘z navbatida cherto‘jlardagi yozuvlarda qo‘1 keladi. Pechat shrift bilan yozilgan devoriy gazetalar o‘ziga xos uslubga ega bo‘ladi.
Pechat shriftining namunasi bo‘lib oddiy standart shrift xizmat qilashi mumkin. U (DTS) tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yozishga o‘rgatishda avval qoidalar o‘tirish bilan tanishtirish va to‘g‘ri o‘tirish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bir necha darslardan so‘ng o‘qituvchining birgina to‘g‘ri o‘tiring so‘ziga talab qilinayotgan holatda o‘tirishlariga erishishi zarur.
1. Yozish jarayonida yozayotgan o‘quvchi oyoqlari oyoq kaftlari polga yoki stol (parta)ning oyoq qo‘ygichiga tegib turishi lozim.
2. Gavdaning ko‘krak qismi stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak.
3. Erkin holda o‘qish uchun bosh stolga ozgina egilgan holatda bo‘ladi. Ruchkaning uchidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 25-30 sm bo‘ladi. Bundan tashqari boshni yozuv jarayonida to‘g‘ri tutiladi. Boshni yon tomonga (pastga) engashgib o‘tirshga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
4. Ikkala qo‘1 stol ustida to‘g‘ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib turishi lozim. Qo‘lning bunday holatda turishi gavdaning stol ustiga engashib va ko‘kragini stolga tegib turishini oldini oladi.
5. Yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘ ri ushlash qoidasi o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi. Ruchkani ushlash qoidasi o‘rgatiladi.
Ruchka uchta barmoq orasida tutiladi, ko‘rsatkich va o‘rta barmoq bilan ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda ruchkani tutiladi. Ko‘rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o‘rtachasi – uni o‘ng tomondan, katta barmoq esa – chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq – nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq bo‘lib qog‘ozga engilgina tegib turib unda sirg‘anishi kerak. Ruchkaning uchi o‘ng yelkaga qarama-qarshi turishi kerak.
Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak.
6. Daftar o‘quvchining ko‘kragining to‘g‘risida o‘rtada, uning o‘ng burchagi chapidan yuqori bo‘lishi kerak. Boshning va gavdaning o‘rtacha u yoki bu tomonga burilishini oldini olishi uchun bir necha so‘z yozilganidan so‘ng chap qo‘1 bilan chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo‘1 ko‘krakning o‘rrasidan unchalik uzoqlashib ketmasligi kerak.
Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o‘ngga qarab harakatlanadi.
Bu usullarning barchasi o‘z holicha oddiy va ulami bolaga tushuntirish, ko‘rsatib berish oson, lekin ularni o‘rganish va amalda qo‘lash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Buning sababi bolalar bir vaqtning o‘zida bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Bularga o‘z gavdasini to‘g‘ri tutishga, daftarning turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlarning, kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o‘zida halo tanish bo‘lmagan yangi harfni yozishga to‘g‘ri keladi.
Dastlabki kundanoq bolani daftarni to‘g‘ri va ozoda tutishga o‘rgatib borish lozim.
Daftar ustidagi yozuv uning pechatlangan matniga mos holda, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra to‘ldirilishi lozim.
Daftarni qog‘oz bilan o‘rash mumkin emas, chunki buklangan qog‘ozning qalinligi yozishga halaqit beradi. Daftarni muqovalagandan ko‘ra o‘quvcMn partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza qog‘oz varag‘ini qo‘yishga o‘rgatib boorish kerak. Ularning hammasi o‘quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o‘rgatadi.
Daftarning tashqi ko‘rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o‘tish lozim.
1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:
2. Qatorning qayeridan so‘z yozishni boshlash lozimligini;
3. Qatordagi so‘zlaning oraliq masofasi qanday bo‘lishi kerakligini;
4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;
5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.
Husnixatga o‘rgatishning metodik shartlari
1. O‘qituvchining namunaviy yozuvi – bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalga oshadi. O‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o‘quvchining daftaridagi harflarning joylashishiga mos holda bo‘lishi kerak. Amaliyotning ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni keyingi qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llarini o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi.
1. O‘qituvchi bolalarning daftarini ehtiyotsizlik bilan tekshirishi natijasida bolaning ehtiyotsizlik bilan yozishiga olib keladi.
2. Aniq va to‘g‘ri husnixatda yozishga nafaqat sinf ishida, balki barcha sinf ishlarining turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, o‘quvchilarning yozma arizasi, ular tomonidan tayyorlanadigan ko‘rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.zo) amal qilish kerak.
Orfografik – to‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining pala – partish yozuvini va bir parcha qog‘ozga yozilgan yozmfini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o‘quvchining daftari tartibli bo‘lishiga erishish kerak.
3. Harflarning yozilishi sodda va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Pedagogik amaliyotda, boshlang‘ich 1-2- sinflarda o‘rganiladigan shriftlarning namunasi ishlab chiqilgan. 3 va 4- sinflar amaliyotida qo‘llanadigan tez yozuv malakasining boshlang‘ich sinflaridagi yozuvdan anchagina farq qiladi. Xarakterli jihatlaridan biri shundaki, tez yoziladigan yozuvda ayrim so‘zlar qog‘ozdan qo‘l uzmasdan yoziladi.
4. Yozuvga o‘rgatish izchil va ketma-ketlik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. O‘rgatish jarayonida o‘qituvchining dastur materialini, o‘quvchini soddaroq shakily k’rinishga ega bo‘lgan harflardan, murakkabroq ko‘rinishga ega harflarga o‘tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o‘tkazishda e’tibor beriladi.
Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfni to‘g‘ri yozishni o‘rganib olmaguncha tez yozuvga o‘tkazish mumkin e-mas. Shuning uchun ham dasturda tez yozishga o‘tkazish maktabning kattaroq yoshdagi bolalariga o‘ragtish ko‘zda tutilgan.
5. Ayrim o‘quvchilarning yozuvi individual farqlanishi mumkin. Bu farq o‘ta qiya yozilishda va hokazolarda kuzatiladi.
Dastlabki yozuvga o‘rgatish paytida yorqin individual ajralib turadigan tomoni bo‘lmaydi, bu holni faqatgina yuqori sinflarda oddiy va tez yozadigan paytda kuzatishimiz mumkin.
Yozuvdagi individual o‘ziga xoslikni ajratish masalasi 4- sinflarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida aniq bo‘ladi, chunki bu davrda o‘quvchilar to‘g‘ri yozish qoidalari bilan tanishadigan dars soatlari tugagan va ularni mustaqil ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o‘tgan paytlari bo‘ladi. O‘quvchida aniq individual yozuv hosil bo‘lishi ushun o‘qituvchi o‘quvchining butun diqqatini harfning chiroyli yozilishiga , o‘qiganda boshqa harf bilan qo‘shilib ketmasligiga, har biri bir – biridan o‘ziga ko‘rsatilgan o‘lchashga xos yozilgan va ajralib turishi lozim.
6. O‘quvchilarda husnihat bilan to‘g‘ri yoza bilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun to‘g‘ri ish olib boribgina qolmay, bu yo‘lda sistematik tarzda ish olib borish talab etiladi. Shuning uchun ham o‘quvchilar to‘g‘ri yozuvning har kungi ko‘nikmasi bilan cheklanib qolmay, uzluksiz ravishda nazorat tekshiruv ishlarini yoki yozuvning sifatini ‘ko‘rish’ ishlarini olib borishlari zarur bo‘ladi.
O‘quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma’qul, chunki bungacha ruchkadagi kamchilikni va daftarni tayyorlab qo‘yishga vaqt ajratadilar. O‘qituvchi to‘g‘ri, husnixat bilan yoziv taxtasiga 3,5 qator yozadi, bolalar esa bu materialni daftarlariga ko‘chirib oladilar, bunga 15 daqiqadan ortiq vaqt ketishi kerak emas. Ish tugaganidan so‘ng bolalar o‘z ishlarini almashadilar va o‘qituvchi bilan birgalikda sifatini analiz qiladilar. Eng yaxshi ishlar ‘o‘quvchi burchagi’ga ilib qo‘yiladi.
Shu o’rinda 1-sinf o’quvchilarining husnixat malakasini oshirish uchun quyidagi mashqlar ham yaxshi natija berishi mumkin:
-husnixat darslarida o’quvchilarga berilgan harflarni yozishini talab qilgan vaqtda, o’quvchilar talab darajasida yozishga qiynalib qolsalar, ularni tashqariga olib chiqib har birini qo’liga bo’r berib, maktab hovlisida maxsus tayyorlab qo’yilgan asfalt erga yozdirish mumkin.
– keyingi mashg’ulotda har bir bolaning qo’liga kichik cho’pcha (masalan sanoq cho’pchalardan foydalanish mumkin) berib maktab hovlisida maxsus belgilab, tayyorlab qo’yilgan tuproqli yerga bosh va kichik harflarni yozdirish mumkin. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi.
Yuqori sinflarda to‘g‘ri yozishni nazorat tekshiruv paytida husnixat qoidalariga rioya etgan holda yozilganiga qarabgina qolmay, balki yozuvning o‘ziga ham e’tibor berish lozim (buning uchun yozuvga ma’lum bir vaqt ajratiladi), harfning to‘g‘ri yozilganligiga, matn oson o‘qilishiga, yozuv bir tekisligiga, matnni o‘qish uchun va qog‘ozni tejashni rejalay olishga va h. zolarga e’tibor berish lozim bo‘ladi. Muntazam ravishda nafaqat ona tili darslaridagi yozma ishlarini, balki o‘quvchining boshqa o‘quv fanlaridagi yozuvini ham tekshirib boorish lozim.
Nazorat – tekshiruv ishlarini bir – biri bilan solishtira olish uchun o‘quvchilarning ishlarini maxsus joyga ilib qo‘yiladi. Buning uchun nazorat – tekshiruv ishlarini alohida qog‘ozga yozish kerak va u uncha katta bo‘lmagan matn asaosida bo‘lishi kerak. Yozuv malakasini yaxshilanganligini solishtirib borish uchun har bir o‘quvchining nazorat – tekshiruv ishlarini saqlab qo‘yish lozim.
O’quvchilar husnixatining chiroyliligi va yozuv daftarining talab darajasida tutilishini o’qituvchi tomonidan tez-tez tekshirib turilishi, chiroyli yozuvlar solishtirilib, rag’batlantirib borilishi o’quvchilar husnixatining chiroyli bo’lishiga, tozalik hamda taptibga rioya qilishlariga sezilarli ta’sir etadi. Sinfda “Kimning xati chiroyli”, “Husnixatimni ko’ring, o’zingiz baho bering” burchaklari tashkil etilsa, chiroyli yozuvli daftarlarni namuna shaklda olib qo’yilsa, barcha o’quvchining chiroyli yozishga undaydi.
Chiroyli yozuv darslarida so’zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Bu ishlarning izchillikda amalga oshirilishi boshlang’ich ta’limda husnixat darslarining sifat va samaradorligini oshirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.–T.: “O‘zbekiston”, 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017.
3.Bоshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshlang‘ich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 21-33-betlar.
4.Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// Boshlang‘ich ta’lim, 2014
5.Boshlang’ich ta’lim dasturi. XTV 2017-yil , 3-iyun, 190-sonli buyrug’i
6. Qоsimоva K., Matchоnоv S., G‘ulоmоva X., Yo‘ldоshеva Sh., Sariеv Sh. Оna tili o‘qitish mеtоdikasi. Tоshkеnt: Nоshir, 2009. – 352 b.
7. Rustamоv A. So‘z xususida so‘z. Tоshkеnt, 2010. – 136 b.
8. G‘ulоmоv A. Оna tili o‘qitish prinsiplari va mеtоdlari. Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1992.
9. G‘ulоmоv M. Chirоyli yozuv malakasini shakllantirish. Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1992.
10. G‘ulоmоva H. va bоshqalar. Birinchi sinfda оna tili darslari. Tоshkеnt: O‘qituvchi, 2009.
Boshlangʻich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
Ona tili o’qitish ona tili o’qitish usuliyoti pedagogik fanlar qatorida turadi.. Ona tili usuliyotini amaliy fan deb nomlash mumkin, chunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi. Boshqa fanlar kabi ona tili o’qitish usuliyotining ham o’z predmeti bor. Ona tili o’qitish usuliyotining o’rganish predmeti ta’lim berish (o’qitish) sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, yozuv, o’qish, grammatika, fonetika va boshqalarni bilib olish jarayoni hisoblanadi. Ona tili usuliyoti o’zbek tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, grammatikadan va til haqidagi fanning boshqa bo’limlaridan ilmiy tushunchalar tizimini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi. Bunday o’rganishning natijasi bilib olingan qonuniyatlar asosida til o’rgatishning eng qulay, eng oson tizimini ishlab chiqish uchun puxta zamin vazifasini bajaradi. Bu tizim har bir o’quvchini tilga oid bilim, ko’nikma va malakaning zaruriy minimumi bilan ta’minlashi lozim. Usuliyot ta’limga qo’yilgan qator talablarni, ya’ni ta’lim berish bilan bir vaqtda o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularning tafakkurini o’stirishga yetarli yordam berish, shuningdek, ta’limning foydali, ixcham bo’lishini ta’minlashga oid talablarni hisobga oladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish usuliyoti amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
.Nimani o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlaydi. Demak, ta’lim mazmunini, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va turli o’quv qo’llanmalari yaratib beradi, ularni doimiy takomillashtirib, muvofiqligi va samaradorligini tekshirib boradi.
2.Qanday o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlab beradi. Demak, ta’lim berishning metodlari, metodik priyomlari, mashqlar tizimi, u yoki bu qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, o’quvchilar amaliy ishlarining izchillik tizimini, dars va uning turlarini ishlab beradi.
3.Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlab beradi. Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlangan metodlarni asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish va boshqalar tushuniladi.
Qiziqarli malumotlar
Boshlangʻich sinflarda ona tili o qitish metodikasi