Ustoz va muallimlarimiz haqida eng sara she’rlar
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.
O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2020
O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2020.
Учебник по чтению для 4 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
1991-yil 31-avgust O‘zbekistonimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi. Shu kundan boshlab O‘zbekiston zaminida mardona «Mustaqillik» so‘zi tilimizga ko‘chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi. O‘tgan davr mobaynida yoshi ulug‘lar ham, yoshi kichiklar ham qayta tug‘ildi. Bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik. Shoh va shoir, sarkarda Bobur Mirzoning ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy va Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab ajdodlarimizni bilib oldik.
QODIR BOBONING ORZUSI.
«Kasbini kim egallarkin?» Keyingi kunlarda shu o‘y Qodir boboni xiyla o‘ylantirib qo‘ydi. Bu yil saksonga to‘ladi, umr oqar daryo, ko‘z ochib yumguncha shu yoshga yetib qoldi. Ozod Vatanda, mustaqil yurtda shukronalik bilan qariyalik gashtini suryapti-yu, ammo birgina shu o‘y unga tinchlik bermaydi. Asaka shahrida yengil mashinalar ishlab chiqarish zavodi qurila boshlaganida, hali ancha tetik, baquvvat, bardam edi.
Zavq-shavqqa to‘lgan holda yеng shimarib, birinchilar qatori ishga kеldi. Endi bizning ham o‘z avtomobillarimiz bo‘ladi, dеgan shirin o‘y unga qanot bag‘ishlab, bir quvonchiga o‘n quvonch qo‘shdi. Birinchi o‘zbеk avtomobillari — «Tiko», «Damas», «Nеksiya»larning zavoddan turnaqator chiqayotganini ko‘rganda esa o‘zini dunyodagi eng baxtli odamdеk his etgani esida. Mustaqillik shunday imkoniyat va quvonch bеrganidan juda-juda mamnun edi.
MUNDARIJA.
ULUG‘ VA AZIZ VATANIM, MANGI BO‘L OMON.
S. Barnoyev. Mangulikka tatigulik kun.
A. Oripov. Iqboli buyuksan.
T. Hayit. Qodir boboning orzusi.
T. Ilhomov. Na’matak haqida qo‘shiq.
N. Norqobil. Xarita.
A. Jo‘rayev. Kichik Vatan.
SAXOVATLI FASL.
D. Shomalikova. Kuz hayajonlari.
H. Rahmat. Kuz ko‘rinishlari.
Sh. Sa’dulla. Qovun sayli.
R. Bekniyoz. Mo‘jiza.
A. Akbar. Oltin kuz.
ILM DARGOHI MAKTAB, UNING KALITI KITOB.
M. A’zam. Mardlik va aql yorug‘ligi.
Oybek. Alisherning yoshligi.
Yusuf Xos Hojib. Odamdan nima qoladi?.
M. Osim. Kitobga ixlos.
S. Gafurov. Jiyron.
HUNAR — HUNARDAN RIZQING UNAR.
Hunarsiz kishi o‘limga yaqin.
N. Karimov. Rivoyat.
Donishmand ustoz.
Gʻ. Jahongirov. Ko‘k arg‘umoq.
KUMUSH QISH.
Q. Hikmat. Qish to‘zg‘itar momiq par.
Olloyor. Rangin qorlar.
R. Isoqov. Qomusim.
O. Husanov. Qor odamning sovg‘asi.
P. Qodirov. Xatarli uchrashuv.
M. Nizanov. Chang‘i.
S. G‘afurov. Sassiqpopishak.
Q. Muhammadiy. Qushlar qayda qo‘noqlar?.
BORDIR VATAN POSBONLARI — TINCH OSUDA OSMONLARI.
S. Bahodirova. To‘maris.
Z. Ne’mat. Ajdodolar xitobi.
E. Samandar. Shahzodaning bolaligi.
Z. Ne’mat. Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar.
F. Shohismoil. Ona-Vatan.
BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB VORISLARMIZ.
Najmiddin Kubro.
N. Samarqandiy. Sulton Mahmud va Beruniy.
Ibn Sino bilan tabib.
H. Hamidov. Pahlavon va shoir.
Hidi, tilimi va mazasidan.
XALQ OG‘ZAKI IJODI.
Boychechak.
Davlat.
Xo‘p hayda.
Ziyrak uch yigit.
ZUMRAD BAHOR.
Q. Hikmat. Bahor.
Yusuf Xos Hojib. Bahor ta’rifida.
X. To‘xtaboyev. Erkacholning o‘rigi.
Yaxshidan bog‘ qoladi.
A. Abdurazzoq. Danak ichidagi daraxt.
G‘ayratiy. Buzilmagan uya.
JAHON BOLALAR ADABIYOTI.
X. K. Andersen. Bolalar gurungi.
A. S. Pushkin. Baliqchi va baliq haqida ertak.
Aka-yka Grimmlar. Bir xurmacha shavla.
F. Erdinch. Rustam.
S. Marshak. Eshikni yop.
Ch. Aytmatov. Jimjiloq.
XOTIRA MUQADDAS, TINCHLIK VA DO‘STLIK ULUG‘ NE’MAT.
Sh. Sa’dulla. Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r.
X. To‘xtaboyev. Do‘stlik.
R. Isoqov. Mangu olov.
S. Barnoyev. Askar qaytgan kun.
D. Rajab. Alining kundaligi.
H. Rahmat. Yaxshi niyat.
H. Nazir. Shoira.
YOZ O‘TADI SOZ.
Sh. Sa’dulla. Yoz.
M. Xidir. Oydin kecha.
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN.
X. To‘xtaboyev. Nihollarning nolasi.
Izohli lug‘at.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Ustoz va muallimlarimiz haqida eng sara she’rlar
1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bag’ishlangan eng sara she’rlar to’plami siz uchun maxsus.
Ustoz – otangday ulug‘
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Aziz muallim
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim
Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.
Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.
Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.
Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.
Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin.
Ustoz
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbe kitob.
Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.
Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.
O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor?
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alhol,
Uzib bo’larmikan yuzta ganj bilan.
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
Sizgadir yurakda asragan so`zim,
Тo mangu ta’zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim,
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!
Usтozimga
Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.
Тunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.
Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?!
Yillar o`tib ulg`ayib,
Bergan so`zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Тurishingiz xohlayman.
Olтin esdalik
Umrning eng go`zal lahzalarida
Do`stim, sen-la birga partadosh edik.
Iqbol kitobidan misralar o`qib,
Kamolot yoshiga yonma-yon yetdik.
Yurak eshigini qoqadi sog`inch,
Qaytmas kunlar yodi silar sochlarim.
Bir yorug` sinfda o`qib, sirlashib,
So`ng yuksakka uchgan qaldirg`ochlarim.
Ustozlar sabog`i dilimga tutash,
Oltin hikmatlarin yurakdan tuydim.
Maktab yillarida bahoga to`lgan
Jajji kundaligim avaylab qo`ydim.
Unutib bo`larmi o`sha damlarni,
Qayda bo`lmay hamroh munavvar yodi.
Sinfdoshlarimning umr yo`li keng,
Barq urgan tolega to`lsin hayoti.
Yuragimga joylandi
Quchog`ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko`z edim.
Kun sayin g`o`r dilimni,
Uyg`otardi saboqlar.
Men bag`ringda ko`p topdim,
Dugona-yu o`rtoqlar.
Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so`zlari.
Maktabim, yo`llaringda,
Qoldi jajji izlarim.
Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.
Makтab chirog`i
Ustozlarni ko`p ulug`laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o`chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo`lma hech.
Bilsang faqat u seni o`ylar,
Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko`p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz
Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?
Ustozga
Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im
Omon bo‘ling, ustozim.
Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya
Omon bo‘ling, ustozim.
Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo‘ling, ustozim.
Qalbi daryo muallimlar
Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.
Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
Navnihol bog’larning bog’boni
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!
Qiziqarli malumotlar
Ustoz va muallimlarimiz haqida eng sara she’rlar