Savdogarlar ustozi kitobi haqida

Savdogarlar ustozi kitobi haqida

Xoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida tug’ilgan. Uning vafot etgan vaqti ko’pgina manbalarda hijriy 562 (1166/67) yil deb yozilgan (Yassaviyning yashagan umri va va qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida “yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim”, deydiki, bu so’zlar tarixiy haqiqatga ko’ra, manoqibiy mazmunga

Ahmad Yassaviy, Ustozi Arslon Bob va yassaviylikda “Devoni hikmat”ning o‘rni Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

Turkiston mulkining Shayx-ul mashoyixi / Boqirg‘on kitobi / Arslon Bob / Ahmad Yassaviy / Zangi Ota / Hikmat / Irshod va da’vat maqomi / Amir Temur / yassaviylik / Sheikh-ul mashayikhi of Turkistan property / The book of Bokirgon / Arslan Bob / Ahmed Yassavi / Zangi Ota / Hikmat / Irshod and calling status / Amir Timur / yassavism

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Toshqulova

Ushbu maqolada Turkistonlik mashhur shayx, O‘rta Osiyoda Yassaviylik nomi bilan mashhur bo‘lgan tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, Ahmad Yassaviyning ustozi Arslon Bobning shogirdigacha bo‘lgan hayoti hamda keyinchalik yassaviylikning keng yoyilishida o‘ziga xos o‘rin tutgan “Devoni hikmat ” kitobi haqida ham muhim ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям , автор научной работы — Sh. Toshqulova

Жазнь Исмаила Саффара Бухари и его научное наследие
O‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati
“Matbaai Is’hoqiya” tarixidan

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish

Mumtoz adabiyot vakili Ogahiy ijodida ishq mavzusi
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ahmed Yassavi, his teacher Arslan Bob and the role of “Divani hikmat” in yassavism

This article contains information on the life and activities of the famous Sheikh from Turkestan, Khoja Ahmed Yassavi , the founder of the sect known in Central Asia as Yassavism . At the same time, important information was also provided about the life of the Arslan Bob , the teacher of Ahmad Yassavi, as well as the book “Devoni hikmat ”, which later took a special place in the wide spread of yassaviy.

Текст научной работы на тему «Ahmad Yassaviy, Ustozi Arslon Bob va yassaviylikda “Devoni hikmat”ning o‘rni»

Ahmad Yassaviy, Ustozi Arslon Bob va yassaviylikda “Devoni

Sh.Toshqulova, O’zbekiston milliy universiteti

Annotatsiya – Ushbu maqolada Turkistonlik mashhur shayx, O’rta Osiyoda Yassaviylik nomi bilan mashhur bo’lgan tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, Ahmad Yassaviyning ustozi Arslon Bobning shogirdigacha bo’lgan hayoti hamda keyinchalik yassaviylikning keng yoyilishida o’ziga xos o’rin tutgan “Devoni hikmat” kitobi haqida ham muhim ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar – Turkiston mulkining Shayx-ul mashoyixi, Boqirg’on kitobi, Arslon Bob, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota, Hikmat, Irshod va da’vat maqomi, Amir Temur, yassaviylik.

Ahmed Yassavi, his teacher Arslan Bob and the role of “Divani

hikmat” in yassavism

Sh.Toshqulova, National university of Uzbekistan

Abstract – This article contains information on the life and activities of the famous Sheikh from Turkestan, Khoja Ahmed Yassavi, the founder of the sect known in Central Asia as Yassavism. At the same time, important information was also provided about the life of the Arslan Bob, the teacher of Ahmad Yassavi, as well as the book “Devoni hikmat”, which later took a special place in the wide spread of yassaviy.

Keywords – Sheikh-ul mashayikhi of Turkistan property, The book of Bokirgon, Arslan Bob, Ahmed Yassavi, Zangi Ota, Hikmat, Irshod and calling status, Amir Timur, yassavism.

Turkiy xalqlar tarixda yuksak shon -shuhratga va munosib ma’naviy yetuklikka erishgan ulug’ allomalari bilan bugun ulkan faxr hissini tuyadilar. Shunday ulug’ allomalardan biri, buyuk tasavvufning mashhur namoyandasi, yirik tariqat asoschisi, shoir (Ahmad Yassaviy chig’atoy tilida ijod qilgan. “Devoni hikmat” shu tilda yaratilgan.), Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, “Turkiston mulkining Shayx-ul mashoyixi” Ahmad Yassaviydir. Buyuk allomaning ajdodlari ham tariqat namoyondalari bo’lishgan. Jumladan, otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo’lgan.

Ta’kidlash lozimki, Ahmad Yassaviy faqatgina yangi tariqat yaratuvchisi emas, hikmatnavislik an’nasini boshlab bergan turkiy tasavvuf she’riyatining birinchi ijodkori hisoblanadi. Biroq, Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti, ijodiy faoliyati hamda avlodlarining taqdiri to’g’risida bizgacha yetarli darajada

ma’lumotlar yetib kelmagan. Shunga qaramay, Sulaymon Boqirg’oniyning “Boqirg’on kitobi”, Mavlono Safiyuldin Ko’yliqiyning “Nasab-noma”, Husayn Voiz Koshifiyning “Rashahot aynil hayot”, Fozlulloh Isfahoniyning “Mehmonnomai Buxoro”, Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror in amvojil bahor”, Shayx Muhammad Olim Siddiqning “Lamahot min nafahat ul’quds”, Muhammad Fuod Kuprulizodaning “Turk adabiyotida ilk mutasavvuflar” asarlarida shayxning hayoti, ijodi va tariqat qonun-qoidalarining ayrim jihatlari yoritilgan.

Xoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida tug’ilgan. Uning vafot etgan vaqti ko’pgina manbalarda hijriy 562 (1166/67) yil deb yozilgan (Yassaviyning yashagan umri va va qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida “yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim”, deydiki, bu so’zlar tarixiy haqiqatga ko’ra, manoqibiy mazmunga

ega. Uning “oltmish uchda yer ostiga kirdim mano”, degan hikmatidan kelib chiqib ham 125 yillik uzoq umrining yarmidan ko’pini yer ostida o’tkazganiga shubha bilan qarash holatlari bor. Lekin ko’pchilik tadqiqotchilar uning vafoti tarixini 1166 – 1167 yillar oralig’i sifatida qayd etishadi). Bu oilada dastlab qiz farzand dunyoga keladi va unga Gavhar Shahnoz deb ism qo’yishadi. Ahmad tavallud topgach, ko’p o’tmay onasi vafot etadi. Yetti yoshida otasidan ham ayriladi. Ahmad opasi Gavhar Shahnoz tarbiyasida qoladi. Ular Yassi shahriga ko’chib borishadi. Bu yerda u birinchi ma’naviy ustozi bobosi Arslon Bob bilan uchrashadi.

Yetti yoshda Arslon bobni izlab topdim,

Har sir ko’rib parda birla bukib yopdi.

“Bob” arabchada “eshik” ma’nosini ifodalaydi, turk tilida esa islom dinini targ’ib qilishda fidoiylik ko’rsatganlarga nisbatan qo’llanilgan. Arslon Bobning hayoti haqida Fahriddin Ali Safining “Resehat-i Aynu’l-hayat”, Hazini’ning “Camiu’l-mursidin”, Hasan Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab”, Alim Seyh Azizan’ning ”Lemehat min nefehati’l-kuds”, Muhammad Sharif Buxoriyning “Huccetu’z-zakirin”, Shayx Zinda Alining “Semeratu’lmesayih”, G’ulom Sarvar Lohuriyning “Hazinetu’l-asfiya”, Kamoliddin Haririzadaning “Tibyanu vesaili’l- hakayik”, Huseyin Vassafning “Sefine-i Evliya” asarlarida batafsil bayon etilgan. Mazkur asarlarda Arslon Bobni mashhur so’fiylardan ekanligi aytiladi. Hatto “Sefinetu’l evliya” asari muallifi Dara Sukuh bu zotga “Azim-i mesayih-i Turk” (Turk shayxlarining buyuklaridan) deya ta’rif beradi.

Hasan Xoja Nisoriyning “Muzekkir-i Ahbab” tazkirasida Arslon Bobning to’rt yuz yil umr ko’rganligi va Xoja Ahmad Yassaviyga atalgan xurmoni tishining kovagida saqlaganligi haqida quyidagi rivoyat keltiriladi: “Hazrati payg’ambar sardorligidagi bir urush chog’ida ashobi ikrom ul zotning yonlariga kelib, och qolganliklarini aytishibdi. Payg’ambarning duolari tufayli Jabroili amin jannatdan bir lagan xurmo olib kelibdi. Shunda xurmolardan bir donasi yerga tushibdi. Jabroil bu xurmo sizning ummatlaringizdan Ahmad Yassaviy otlig’ bir buyukning nasibasidur”, debdi. Har omonatni

o’z sohibiga yetkazishga qat’iy amal etuvchi Hazrati payg’ambar ashoblaridan kimdir bu vazifani zimmasiga olishini taklif qilibdilar. Ammo ularning hech biridan sado chiqmagach, Arslon Bob bu ishni o’z zimmasiga olibdi. Payg’ambar Muhammad (s.a.v) xurmo donasini Arslon Bobning og’ziga irg’itgani zamon bir parda zohir bo’libdi. Shunda Hazrati payg’ambar unga Ahmad Yassaviy qanday kishi bo’lishini ta’riflab, uning tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishini amr aylabdi”.

Muso Sayramning “Tarih-i Emniyye” asarida Arslon Bobning nasabi bayon etiladi. Unga ko’ra, Ali bin Abu Talibdan boshlanib, Kamoliddin Bob, Imom Muhammad Hanafi, Abdulfattoh Bob, Abduljabbor Bob, Abdurahmon Bob, Ishak Bob, Ismoil Bob, Umar Bob, Usmon Bob, Iftihor Bob, Mahmud Bob, Ilyos Bob va Aliyyo’l Murtazogacha davom etgan. Ba’zi manbalarda Ilyos Bob Ahmad Yassaviyning katta bobosi bo’lib, Kamoliddin Bobning ajdodi bo’lmish Arslon Bob ibn Ilyos Bob Ahmad Yassaviyning otasi Shayx Ibrohim-ning amakisi ekanligi qayd etilgan. Arslon Bobning o’g’li, ya’ni Ahmad Yassaviyning ilk xalifasi Mansur Ota va uning avlodlari Abdumalik Xoja, Toj Xoja, Zangi Ota kabi so’fiylar ularning diniy-irfoniy qarashlarini davom ettirgan.

Ilk tahsilni otasi Ibrohim shayxdan, so’ngra Hazrati Hizirning suhbatlarida qalb ko’zi ochilgan Ahmad, nihoyat Arslon Bob tarbiyasini oladi. Ma’lumotlarga ko’ra, Ahmad Yassaviy Yassida botiniy ilmlarni mukammal o’rgangan. Arslon Bob esa Ahmad Yassaviyga diniy va Qur’oni Karimdan saboq berib, botiniy va zohiriy sirlarni o’rgatgan.

Tolibman deb yururlar, ko’ngilda yo’q zarra nur,

Chin tolibni so’rasang, ich-u tashi guhardur,

Haqqa aynan sirlari, tabmishlari safa nur,

Arslon bobom so’zlarini eshitsangiz, tabarruk.

Arslon Bob vafotidan so’ng 23 yoshli Ahmad islomiy ilmlar markazi Buxoroga, mashhur mutasavvuf olim va so’fiy Shayx Yusuf Hamadoniy huzuriga keladi. Arslon Bob vafotidan ilgariroq shogirdiga Movarounnahr-ning yirik ilm markazi bo’lgan Buxoroga

borishga ko’rsatma bergan edi. Ahmad Yassaviy qisqa vaqt ichida shayxning e’tiborini qozonib, Hamadoniyning oddiy murididan ma’naviy farzandi bo’lish sharafiga erishadi. Aytish joizki, Xoja Yusuf Hamadoniyning muridzoda-lari ko’p bo’lgan, lekin ularning ichida eng suyuklilari Abdulloh Barqiy, Xoja Xasan Andoqiy va Abduxoliq G’ijduvoniylar edi. Ahmad Yassaviy esa ular bilan hamsuhbat va hammaslak bo’ladi. Yuqorida nomlari zikr qilingan shogird-muridlar ustozlari qarshisida shu darajada yuqori martabaga erishadilarki “Men vafot etganimdan so’ng jasadimni Abdulloh Barqiy yuvsin, Abduxoliq G’ijduvoniy suyasin, go’rimni Andoqiy qazisin, Ahmad Yassaviy go’rimda “An-nazoat”ni o’qib tursin”, – deb, vasiyat qilgan ekan.

Ahmad Yassaviy Buxoroda ekanligida arab tili bilan birgalikda fors tilini ham chuqur o’zlashtiradi. Bu orqali Ahmad Yassaviy forsiy tilda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan yaqindan tanishish imkoniga erishib, o’zining diniy va tasavvufiy ilmini yanada boyitishga muvaffaq bo’ladi.

Ahmad Yassaviy bilimlarini boyitib, yirik diniy shaxsga aylangach, o’z yurtiga – Yassiga qaytadi. Yassida u yangi tariqatga asos soladi va yirik murshid sifatida shuhrat qozonadi. Bu holatga “G’azal mulkining sultoni” (XX asrning taniqli shoirlaridan biri bo’lgan Maqsud Shayxzoda (1908 – 1967) o’z ijodida Alisher Navoiyga ana shunday ta’rif bergan.)Alisher Navoiy “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g’oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish”, – deya ta’rif beradi.

Ahmad Yassaviy “Irshod va da’vat maqomi” ni olgach, Turkistonda o’z tariqatiga asos soladi. Ushbu tariqat tasavvufdagi boshqa tariqatlardan odob va arkon jihatidan farq qilsada, tub mohiyati bir xil Alloh vasliga yetmoq edi. Ahmad Yassaviyning tariqatining barcha aqidalari asosiy asari bo’lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan.

“Devoni Hikmat” haqida fikr yuritganda shuni aytish o’rinliki, bu kitobning yassaviya tariqtida tutgan o’rni yuqori. Chunki, Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarni islom diniga yanada kengroq yaqinlashtirish va o’zining tassavufiy

g’oyalarini xalq ko’ngliga chuqur singdirish maqsadida she’riyatdan imkon qadar foydalan-gan. Ana shu sababdan Ahmad Yassaviy o’z fikrlarini she’rlar orqali ommaga singdirish maqsadida hikmatlarini yozadi va yakunda “Hikmat” devoni to’planadi (O’z davrining yirik diniy yetakchisi bo’lgan Ahmad Yassaviy birinchi bo’lib o’sha paytda chig’atoy tilida o’z ko’rsatmalarini beradi. Bu esa yuqorida ta’kidlanganidek, “Devoni Hikmat”ning shu tilda dunyoga kelishini ta’minlagan edi).

Ahmad Yassaviy nuqtai nazariga ko’ra hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g’aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega hisoblangan. Manbalarga ko’ra, Yassaviy shaxsan o’zi “Devoni hikmat” nomi ostida biron kitobni yaratmagan. Ushbu nodir kitob uning o’z davridagi murid va izdoshlari tomonidan tartib berilib, to’planib, bugungi kungacha saqlangan holatiga keltiril-gan. Bu esa bevosita hikmatlar majmuasining Ahmad Yassaviyga borib taqalishini ko’rsatadi. So’fi Olloyor esa bu haqida: “Shariatda ul edi oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe “, deya o’z tazkirasida aytib o’tgan. “Devoni hikmat”da ilohiy ishq va haqiqiy oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy, eng muhimi oddiy xalq vakillari ham bemalol tushunadigan tilda bayon etilib, ta’sirli ohanglar bilan boyitilgani ham uning mavqeini oshiradi. Yassaviy hikmatlaridagi g’oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo’nalishlari uning izdoshlari tomonidan yaratilgan hikmatlarda ham o’z aksini topgan. Bu esa ularning o’z ustozlari izidan muqim tarzda borganliklarini ko’rsatadi. Jumladan, Sulton Ahmad Haziniyning “Javohir ul-abror min amvoji bihor” asari ham Yassaviy hayoti, ijodi va tariqatiga doir ma’lumotlar bilan buni to’la tasdiqlaydi.

Demakki, Yassaviy tariqatidagi diniy mukammallik ham o’ziga xos tarzda edi. “Devoni hikmat”da bayon etilgan she’riy hikmatli yo’riqnomalar o’z davri uchun yuksak ahamiyat kasb etgan. Uning she’rlari esa keyingi davr ijodkorlarining ham e’tiborida bo’lib kelgan. XX asrning yirik jadid namoyandasi

Abdurauf Fitratning ta’kidlashiga ko’ra, Yassaviyning “adabiyotda tutgan yo’li sodda xalq shoirlarimizning tutg’on yo’lidir. Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she’rlar bilan barobar”dir.

Yassaviy tariqatining asosiy manbai bo’lgan “Devoni hikmat”da ilohiy ishq g’oyasi va ma’rifiy, ma’naviy mazmun ilgari surilgan. Hikmatlar ma’no va mohiyat e’tibori bilan Qur’oni Karim va Muhammad (s.a.v.)ning hadislariga chuqur bog’langan. Bu esa islom dining asosiy kitobi va Payg’ambar (s.a.v.)ning hadislaridagi ma’nolarni yanada xalq e’tiboriga yaqinlashtirishda katta o’rin tutgan.

Buguni kunda “Devoni hikmat”ning 20 dan ortiq nusxalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti jamg’armasida saqlab kelinmoqda. Asar qo’l-yozmalaridan eng qadimgisi XVII asrga tegishli bo’lib, bu Yassaviy vafotidan keyingi besh asr davomida uning hikmatlari xalq og’zaki ijodida yashab, yassaviylik tariqatiga amal qiluvchilar tomonidan uzoq vaqt davomida saqlanganidan dalolatdir.

Arslon Bob va Ahmad Yassaviyning ma’naviy merosi va tasavvufiy qarashlari keyingi asrlarda ham keng xalq ommasi, hatto hukmdorlar tomonidan yuksak baholangan. Xususan, Amir Temur tomonidan XIV asrda O’trorda Arslon Bob qabri ustiga, Yassida Ahmad Yassaviy qabri ustiga mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan. Rivoyatlarda, Amir Temur Ahmad Yassaviy qabriga maqbara qurishni niyat qiladi. Lekin qancha harakat

qilmasin, har kecha bino bir tarafdan yiqilardi. Shunda Sohibqironga bir kishi avval Arslon Bobga, so’ngra shogirdi Ahmad Yassaviyning qabriga maqbara qurdirishi aytadi. Amir Temur Arslon Bob qabri ustiga maqbara qurdirganidan keyin 1389- 1395 yillarda Ahmad Yasaviy maqbarasini bunyod etishga kirishadi. Ammo, Amir Temur vafotidan so’ng qurilish to’xtab qolgan. Keyinchalik bino oldidagi ulkan peshtoq Buxoro hukmdori Abdullaxon II tomonidan tiklangan.

Yassaviy merosi va tariqati keng va boyligi sabab xorijda ham unga qiziquvchi tadqiqot-chilar ko’p. L.Massignon, A.Arberri, M.Smitt, X.Kisling, F.Mayer, A.Shimmel, R.Xartman, F.Ko’prulu, J.Trimingem, K.Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis kabilar shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda Rossiyada A.Krimskiy, I.Petrushevskiy, E.Bertels; O’zbekistonda esa A.Fitrat, A.Sa’diy, E.Rustamov, B.Qosimov, I.Haqqulov, N.Hasanovlar tomonidan ham Ahmad Yassaviy ijodi va faoliyati chuqur tadqiq etilgan.

Xulosa o’rnida aytish joizki, Ahmad Yassaviy Arslon Bobni o’ziga ustoz deb bilgan bo’lsa, O’rta Osiyo shayxlari, eshonlari Yassaviyni o’zlariga pir, ustoz deb biladilar. Yassaviy hikmatlarida Alloh inson borlig’ining eng oliy zuhuroti ekanligi ifoda etiladi. Zotan, Xudo dilda yashaydi. Bu dil ilohiy joziba kasb etmog’i uchun Alloh inoyati ila tubdan yangilanadi. Shundagina qalbda evrilish sodir bo’ladi. Bu -haqiqiy ishq. Arslon Bob va Ahmad Yassaviy esa ana shu ishqning haqiqiy sohiblaridir.

[1] ИДаккул, А^мад Яссавий, Тошкент, Гафур Гулом, 2001

[2] Okutman Sezai Gunesh, Dokuz Eylul Universitesi Otrak Zorlunlu derslar turk dili bo’lumi, Ahmet Yesevi ve Eseri Hakkinda, Buca Egitim fakultesi yanin organi, 1993

[3] Ислам – энциклопедический словарь, Москва, Наука, 1991

[4] Nadirhan HASAN, Arslan Bab ve Ahmed Yesevi, Tasavvuf ilmi ve akademik arastirma dergisi 24, 2009/2

[5] Därä Sukuh, Sefinetü’l-evliyä, Leknev, 1862

[6] Hasan Hoca Nisäri, Müzekkir-i Ahbäb, Taskent Biruni Sarkiyyat Enstitüsü Ktp., nr. 4282, vr.

[7] Fuat Köprülü, Türk Edebiyatinda DlkMutasavvflar, Ankara: Diyanet Dsleri Baskanligi, 1991

[8] Э.Рустамов, Ахмад Яссавий хикматларида тарих ва хаёт садоси, Узбек тили ва адабиёти журнали, 1972, № 4-5

[9] A.Fitrat, Ahmad Yassaviy: Tanlangan asarlar (nashr. tayyorl. H.Boltaboyev), 2-jild, Тошкент, Ma’naviyat, 2000

[10] А.Саъдий, Яссавий ким эди? (нашрга тайёрл. Б.Дусткораев), Тошкент, 1994

[1] ИДаккул, А^мад Яссавий, Тошкент, Гафур Гулом, 2001

[2] Okutman Sezai Gunesh, Dokuz Eylul Universitesi Otrak Zorlunlu derslar turk dili bo’lumi, Ahmet Yesevi ve Eseri Hakkinda, Buca Egitim fakultesi yanin organi, 1993

[3] Ислам – энциклопедический словарь, Москва, Наука, 1991

[4] Nadirhan Hasan, Arslan Bab ve Ahmed Yesevi, Tasavvuf ilmi ve akademik arastirma dergisi 24, 2009/2

[5] Därä Sukuh, Sefinetü’l-evliyä, Leknev, 1862

[6] Hasan Hoca Nisäri, Müzekkir-i Ahbäb, Taskent Biruni Sarkiyyat Enstitüsü Ktp., nr. 4282, vr.

[7] Fuat Köprülü, Türk Edebiyatinda DlkMutasavvflar, Ankara: Diyanet Bsleri Baskanligi, 1991

[8] Э.Рустамов, Ахмад Яссавий хикматларида тарих ва хаёт садоси, Узбек тили ва адабиёти журнали, 1972, № 4-5

[9] A.Fitrat, Ahmad Yassaviy: Tanlangan asarlar (nashr. tayyorl. H.Boltaboyev), 2-jild, Тошкент, Ma’naviyat, 2000

[10] А.Саъдий, Яссавий ким эди? (нашрга тайёрл. Б.Дусткораев), Тошкент, 1994

Savdogarlar ustozi kitobi haqida

Ustozlar uchun she’rlar.. Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir. Karimov I. A Sizgadir yurakda asragan so`zim, Тo mangu ta’zimda turaman o`zim. Dilimning tubida yangragan sozim — Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing, Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring, Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring, Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim, Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim, Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim, Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim! Mohinur ERGASHEVA, Qashqadaryo viloyati Yillar suronimi sochingizdagi oq, Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi? Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz, Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi? Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz, Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz. Ularning yutug‘i sizning yuzingiz— Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi? Kamola AMIROVA, Surxondaryo viloyati, Angor tumani Ustozlarni ko`p ulug`laymiz, Otaga ham qiyosdir qadri. Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir Тinglaymizmi, ustozning qalbin?! Ustoz xuddi maktabga ziyo Olib kirgan o`chmas chiroqdir. Bu otashga tinmay kuch bergan Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir. Ey sinfdosh, ustozlar garchi Koyisa ham xafa bo`lma hech. Bilsang faqat u seni o`ylar, Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar. Shu bois — har soniyaning ham Qadrin bilib yashamoq kerak. Ustozlardan ko`p bilim olib Kelajakka yuz ochsin tilak. Adiba JO`RAYEVA, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Qadri bilinadi menga endi goh, Olis maktabimning o’sha behasham… Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham. Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim. Odddiy muallim-da, oddiy muallim. Tuproqdek xokisor, bezota jonlar, Ammo qanotida tog’dek ulug’vor, Ammo Temurdayin Sohibqironlar Pirim deb , etgain o’pgan bor. Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim? Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan, Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan, Husaynni – Ibn Sinolar qilgan, Iloh so’z o’rgatgan kim? Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan, Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan, Otadek ezilgan g’ussaga botsa, Boladek quvongan yutuqlaridan, Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim. Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh — Halim topolmadim undan halimroq. Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh, Olim topolmadim undan olimroq. Bola yuragimda bеbaho tilsim — Oddiy muallim-da, oddiy muallim. Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa— Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa, So’nggi safar sari otlangan chog’im, Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim, Oddiy muallim-da, oddiy muallim! MUALLIM Фан боғининг боғбонисан, муаллим, Миллион диллар достонисан, муаллим. Сен ургатдинг маърифатдан зўр китоб, Бул китобки, нур сочишда зўр офтоб. Хазинасан, калбинг меҳр дарёси, Унда порлар улуҳларнинг зиёси. Дустлик, мардлик, садоқатдан дарс бердинг, Аклу, идрок, фаросатдан дарс бердинг. Бутун умринг жонинг фидо фарзандга, Етаклайсан доим олий максадга. Бахту, икбол доим Сенга ёр булсин, Ватанимиз шону шухратга тулсин Sizning ta’limingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. Olimmi, shoirmi va yo san’atkor, Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan Bitta harf dardida riyozat chekib, Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson. Ne ajab sizlarni bahtiyor etib, O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on. Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan. Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol, O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan USTOZ Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob, Millat ravnaqida murabbiy — oftob. Zamonlar o’zgarar, asrlar o’tar, Quyoshdek o’zgarmas Alifbo kitob. Kundaligim varag’ida baholar, Goho a’lo, goho ikki jazolar. Yo’l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo’ldi — Bolalikda to’g’rilandi xatolar. Esdalik daftarimni qo’lga oldim, O’quvchilik davrimga nazar soldim. Kechirgansiz qancha sho’xligimizni, Sabru-toqatingizga qoyil qoldim. Keksa ustozimning sochlari oppoq, Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq. Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon, Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq. O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan, Manglayida qator ajinlar qolgan. O’sha ajinlari tufayli xalqni Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan. USTOZLAR OMMON BÖLING. Yana qalam ushladim. Sher yozishni boshladim. Talablarga binoan. Ustozlarni maqtadim. Xalqimizda bugun bayram. Jonajon ustozlar kuni. Xar bir ilm olgan odam. Qadirlaydi ustozini. Ex ustozlar bor böling. Doyimo kulib yuring. Biz yoshlarni baxtiga. Doyimo omon böling. Xammon yodda saqlanar. Birinchi sinf darsliklar. Alifboni ochib berib. Ustoz bergan saboqlar. Gox söylaysiz xayotdan. Bilim berasiz kitobdan. Saboqlariz olgan odam. Xech qörqmaydi sinovdan. Qancha maxtov bölsa kam. Chunki siz bor yorug’ olam. Ustoz körmagan odamni. Tan olmaydi bu olam. Bilib bilmay sizlarni. Köp rajitib qöyamiz. Umir ötib kech bölgaoda. Afsus qilib yig’laymiz. Tög’ri bazi payitlarda. Siz xam qarab turmaysiz. Qöl ishlatib ursangizda. Yomon böl deb urmaysiz. Bölsin erkak yo ayol. Tilim berar extimol. Ular bergan saboqdan. Özligingni anglab ol. Nima deb atay mualimmi. Yoki ustoz, domlajon. Siz siz xayot xayotmi. Barchangizdur jonajon. Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam, Turli xil sohadan berasiz ta’lim. Uni tinglaganda kichik jussam ham, Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim. Qalbingizda doim ilm porlaydi, Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi. Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim, Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Комментарии 39

24 сен 2016
Поделиться 0
16 сен 2018
ta’lim berganingiz uchun boshim yerga tekkuncha ta’zim sizga ustozlar
Поделиться 0
17 сен 2018
Super sherlar
Поделиться 0
27 сен 2018
Поделиться 0
30 сен 2018
Ustoz haqida yaxwi wer topib berila ertagacha iloji bosa
Поделиться 0
30 сен 2018
Birinci wu haqida keyin marjona haqida
Поделиться 0
30 сен 2018
Zòr chikibdi sheriz gap yok
Поделиться 0
4 окт 2018
Поделиться 0
10 окт 2018
Blllaaa tawamayszlaraa
Поделиться 0
10 окт 2018
Поделиться 0
27 мая 2019
Ustoz gapizga tuwunmadim uzur
Поделиться 0
31 авг 2019
Поделиться 0
8 сен 2019
Azimova ответила FARZANDLARIM
Поделиться 0
21 сен 2019
Поделиться 0
21 сен 2019
Поделиться 0
22 сен 2019
Поделиться 0
1 окт 2019
Поделиться 0
Новые комментарии
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
добавлена 9 апреля 2021 в 13:30

Ассалому алайкум Рохматиллоху ва боракатуху Россия да ишлаб юрган биродарлар ИШГА ТАКЛИФ КИЛАМИЗ Курилишга ёток жой ва озик овкат билан таминланади АЛЛАХ РИЗОСИ учун сизга илиндик 8901 363 85 47 Искандар

Ойлик 30000рублдан 60000рублгача
добавлена 31 июля 2018 в 21:55

Ҳар бир кундан лаззатланишнинг 3 усули Психология 1-усул. Ўзингизни англанг Ёдда тутинг: ҳаёт бу – йўл, бўлишингиз олдиндан белгилаб қўйилган пункт эмас. Сийқаси чиққан, бироқ долзарб фикр. Тўлақонли ҳаёт кечириш – ҳар бир кунни ҳис этиш, янги нарсаларни ўрганиш, бир нарса йўлида қолганларини қурбон қилмаслик. Бошланишида сиз ўйлагандек бўлмаса, тушкунликка тушманг. Бу нормал ҳолат. Ўзингиз ва атрофдагиларга нисбатан ҳақгўй бўлинг Ёлғон қувватни “сўриб олади” ва одамни бахтсиз қилади. Тасаввур қилиб кўринг-а, алдаётган вақтингизда кутилмаганда оғзингиздан чиқиб кетмаслиги учун қанча нарсани эсда тутиш керак. Бу ерда ҳеч қандай бахт бўлиши мумкин эмас. Бундан ташқари, агар ўзингизга н

Qiziqarli malumotlar
Savdogarlar ustozi kitobi haqida