Rangli qog’ozdan qush yasash
ish stollari tayyorlab olinadi. Ish stoli ustiga qog’oz yozib, qaychi, yelim, chizg’ich, qalam, rangli qog’ozlar to’plami, qora rangli karton olinadi.
1–4 sinflar
Qog‘oz va uning turlari, qog‘ozdan buklash usulida turli o‘yinchoqlar, qog‘ozdan savatcha, kitob uchun xat cho‘p, “Qish” manzarasini applikatsiya usulida ishlash, archaga osiladigan turli o‘yinchoqlar (ho‘tikcha, chiqindi materiallar uchun paket, soyabonli shapka, quticha, stakan, buzoqcha) yasash. Turli bayramlar uchun niqoblar, maydalangan rangli qog‘ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Rangli qog‘ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash. Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning urug‘idan applikatsiya usulida yo‘lsimon naqsh tuzish.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tikuvchilik haqida ma’lumot. Kasblar haqida ma’lumot. Quruvchilik kasbi. Kasb va hunarlar. Kimlar kaerda ishlaydi? Tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va xavfsizlik texnika qoidalari. Chok turlari haqida ma’lumot, to‘g‘ri chok tikishni o‘rganish.
Plastilin va loy ishi (6 soat)
Loy yoki plastilindan ishlash qoidalari haqida tushuncha. Plastilindan turli haykalchalar, jo‘ja shaklini yasash. Pazandachilikda ishlatiladigan xomashyolar, asbob-uskunalar haqida suhbat. (Plastilindan tort, mevalar shaklini yasash) Odamlar nima uchun mehnat qiladilar?
Turli materiallar bilan ishlash (4 soat)
“Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlash. Qishloq xo‘jalik mehnati turlari, o‘simlik va gullarni parvarishlash. Ilm va hunarning hosiyati haqida donolar o‘gitlari. Bahorgi dala ishlari. Mehnatning mahsuli — mahsulot va uning turlari.
Badiiy qurish-yasash (8 soat)
Tabiiy va turli materiallardan o‘yinchoqlar, parranda yoki hayvonlar shakllarini qurish-yasash. Hokandoz, rangli qog‘ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash, qog‘ozni buklash va yelimlash orqali o‘yinchoqlarni, turli maketlar va uchuvchi planer qurish – yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog‘ozlarni buklash usullari, rangli qog‘ozlardan turli gullar shaklini yasash. Qog‘ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova tayyorlash. Rangli qog‘ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog‘ozlardan quyoncha, oq qush, baliq, qayiq, pingivin, samolyot, pirpirak; ikkiga buklangan qog‘ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasash. Qog‘oz va karton yordamida “Bahorgi guldasta” applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog‘oz qush yasash. Qog‘ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog‘ozdan turli o‘yinchoqlar yasash.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (5 soat)
Tikuvchilikda xavfsizlik texnika qoidalari. To‘g‘ri chok turidan foydalanib, igna uchun yostiqcha, gul shaklini tikish.
Texnik modellash (2 soat)
Harakatlanadigan o‘yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy ishi (4 soat)
Turli shakllarga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o‘yinchoqlar, plastilindan uy jihozlarining namunalarini yasash. Ustoz va shogird. Tovar nima? Hamma mahsulot ham tovar bo‘ladimi? Xizmatlar va ularning turlari. Svetofor maketini qurish-yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (7 soat)
Tabiiy urug‘lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Tuxum po‘choqlaridan hajmdor o‘yinchoqlar yasash. Mozaika usulida qo‘qongul shaklini, turli sabzavot va mevalarning urug‘laridan yo‘lsimon va kvadart ichida naqshlar tuzish, tabiiy materiallar bilan ishlash, quritilgan barglardan hayvonlar shaklini, tabiiy materiallardan jonivorlar, chiqindi materiallardan o‘yinchoqlar yasash. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish.
Badiiy qurish-yasash (3 soat)
Rangli qog‘ozlardan archa bezaklarini, Navro‘z bayramiga sinfni bezash uchun turli materiallardan osma o‘yinchoqlar qurish-yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (13 soat)
Qog‘ozdan turli parrandalar, turli geometrik shakllar, rangli qog‘ozlardan lola, qo‘ziqorin, sichqon, o‘yinchoqlar, gerlandiyalar, archa bezaklarini tayyorlash va bezash, mozaika usulida o‘yinchoqlar yasash. Rasm uchun ramka tayyorlash. Qog‘ozdan gullar, pape-mashe usulidan idishlar, hajmdor gul, applikatsiya usulida bayramlarga tabriknomalar yasash. Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlaridan foydalanib, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o‘yinchoq tikish. Tadbirkorlar kimlar? Tadbirkorlar nima bilan shug‘ullanadilar? To‘qish turlari haqida ma’lumot, to‘qishning oddiy usullari, turli geometrik shaklarni to‘qish.
Texnik modellash 2 soat
Turli harakatli o‘yinchoqlar yasash.
Plastilin va loy ishi (3 soat)
Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o‘yinchoqlar yasash
Turli materiallar bilan ishlash (2 soat)
Tabiiy materiallardan turli o‘yinchoq yasash. Chiqindi materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash.
Badiiy qurish-yasash (7 soat)
Tabiiy xom-ashyolardan applikatsiya usulida, urug‘lardan mozaika qurish – yasash. “Qush bolasi bilan” kompozitsiyasini qurish-yasash. “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (10 soat)
Mehnat ta’limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanish. Qog‘ozlarni turli ko‘rinishda murakkab shakllarda buklab, o‘yinchoqlar yasash. Turli bayramlarga applekatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Farovonlik hayot ko‘rki. Duradgorlik, temirchilik kasb-hunarlari haqida ma’lumot. Ustaxona jihozlari. Ustaxonada tayyorlanadigan mahsulotlar. Qog‘ozdan turli buyumlar savat, qaldirg‘och, kabutar, xo‘roz yasash. Qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasash. “Kuz” manzarasini applikatsiya usulida ishlash. To‘g‘ri to‘rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh tuzish. O‘z kuchi bilan ko‘rgazmali o‘quv qurollarini yasash. Gilamdagi naqshlar. Kulolchilik kasbi haqida ma’lumot. Pape-mashe usulida kosa yasash. Xamir tayyorlashga o‘rgatish (qog‘ozdan chuchvara).
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)
Chok turlari, yumshoq o‘yinchoqlar tikish, to‘qish haqida ma’lumot, to‘qishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ulardan foydalanish va xavfsizlik qoidalari, to‘qish usullari. Gazlama gullaridan applekatsiya usulida guldasta tayyorlash. Ipdan o‘yinchoq yasash.
Texnik modellash (2 soat)
Uchuvchi, suzuvchi va harakatlanuvchi texnik modellar yasash.
Plastilin va loy ishi (5 soat)
Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari bilan tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlari yasash. Uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan tanishtirish. Plastilindan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash.
Turli materiallar bilan ishlash (5 soat)
Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug‘lardan gul, tabiiy material, xom-ashyolardan gullar yasash. Gullarni o‘stirish. Suv uchun haq to‘lash. Elektr uchun haq to‘lash.
Badiiy qurish-yasash (5 soat)
Urug‘lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil ravishda tabiiy xom-ashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish- yasash. Duradgorlik asboblari bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni bezash. Geometrik shakllardan “Kuz” manzarasini qurish-yasash.
Похожие:
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы
База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации
Rangli qog’ozdan qush yasash
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mavzu: Rangli qog’ozdan xonqizi shaklini yasash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: xonqizi, qaychi, rangli qog’ozlar
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi: rangli qog’ozdan xonqiz shaklini yasashni o’rganish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi,
Metod: og’zaki bayon qilish, suhbat, tushuntirish, tahlil qilish, aqliy hujum
Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash
Jihoz: qog’ozni turli shakllarda qirqish, buklash usullaridan namunalar, qog’ozdan yasalgan xonqizi namunalari, slaydlar, rangli qog’oz, oq qog’oz, qaychi, yelim va boshqalar
Nazorat: O’quvchilarning darsdagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta’limiy: O’quvchilarga qog’ozni turli shakllarda buklash, qirqish haqida mhlumotlar berish. Qog’ozni buklab, qirqish orqali quticha shaklini yasashga o’rgatish
Tarbiyaviy: Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, estetik didni shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Qog’ozni turli shakllarda qirqish, buklash ko’nikma va malakalarini shakllantirish
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar qog’ozdan xonqizi shaklini yasash malakasiga ega bo’ladilar.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
Bajariladigan ish nomi
Metod
Vaqt
1-bosqich Tashkiliy qism
O’quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori ishlab chiqiladi.
1. O’tgan darsda berilgan vazifa so’raladi, o’quvchilarning amaliy ishlari baholanadi.
2.Rangli qog’ozdan xonqizi shaklini yasash haqida dastlabki tushuncha berish, ish qurollaridan foydalanish haqida ma’lumot berish
3. Xonqizi shaklini yasashni o’rgatish
Og’zaki bayon qilish
1.O’quvchilar darsda o’rgangan xonqizi shaklini mustaqil yasaydilar
5-bosqich Baholash. Darsni yakunlash
O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, ballari e’lon qilinadi va dars yakunlanadi.
Xonqizi shaklini boshqa rangli qog’ozlardan yasab kelish
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: Salomlashiladi. Davomat aniqlanadi. Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e’lon qilinadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tsam. Bular
5. O’ng qo’l qoidasi
6. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi)
Endi bugungi darsimiz shiorini e’lon qilsam.
MEHNAT, MEHNATNING TAGI ROHAT.
2. Uyga vazifani so’raladi.
O’qituvchi: O’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: Uyga rangli qog’ozlardan archa o’yinchoqlari yasab kelish yasab kelish vazifasi berilgan.
O’qituvchi: Hamma yasab keldimi?
O’quvchilar: ….
O’quvchilarning amaliy ishlari tekshiriladi, baholanadilar.
O’quvchilar bugungi darsimizni boshlashdan oldin ish joylarimizni tayyorlab olishimiz kerak. (barcha o’quvchilar, kerakli ish qurollari va materiallari bilan tahminlanadilar)
3. Yangi mavzu bayoni:
Darsning boshlanishida o’quvchilarning qog’ozni buklash usullari orqali turli o’yinchoqlar yasash haqidagi tushunchalarini aqliy hujam yordamida aniqlayman.
A) darsda qanday ish qurollaridan foydalanamiz?
B) buklash usulida yasalgan qanday o’yinchoqlarni bilasiz?
Qog’ozni buklash, qirqish usulida xonqizi yasay olasizmi?
Bugun biz sizlar bilan honqizi shaklini yasaymiz.
Xonqizi qanday rangda bo’ladi?
ish stollari tayyorlab olinadi. Ish stoli ustiga qog’oz yozib, qaychi, yelim, chizg’ich, qalam, rangli qog’ozlar to’plami, qora rangli karton olinadi.
Qog’ozni buklash, qirqish usullari haqida tushuncha beriladi. Qog’ozni teng ikkiga, to’rtga, sakkizga buklash orqali xonqizi shaklini yasash usullari bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg’ulotni nazoratga olinadi.
Amaliy ish:
O’quvchilarga qog’ozni buklash, qirqish orqali xonqizi shaklini yasashga, qaychi bilan ishlash qoidalariga amal qilib, qirqish usullari ko’rsatiladi,
Xonqizi shaklini yasash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1-bosqich. Qizil rangda kvadrat shaklidagi qog’ozni olib, uni teng ikkiga, keyin diagonal bo’yicha yana buklang
2- bosqich. Do’ppi shaklidagi uchburchakni hosil qiling. Bu xonqizining asosiy modeli hisoblanadi
3- bosqich. Qora kartondan xonqizining oyoqli tana qismi shaklini kesib oling. Qizil rangdagi uchburchakka qo’yib, shaklni kesib oling.
4- bosqich. Qirqib olingan shaklni qora rangdagi tana qismiga yelimlang
5- bosqich. Xonqizining bosh qismini, yelkasidagi xollarini qora marker yordamida chizib chiqing.
6 – bosqich. Xonqizining oldindan tayyorlab qo’yilgan ko’zlarini, mo’ylovini yelimlang.
Mana xonqizi shakli ham tayyor bo’ldi.
Darsning yakuniy qismida o’quvchilarning bajargan ishlari tahlil qilinadi. Har bir o’quvchining bajargan ishlari izohlanib baholanadi.
Uyga vazifa
Xonqizi shaklini boshqa rangli qog’ozlardan yasab kelish vazifasi beriladi.
Dars yakunida ish o’rinlari tozalanadi.
Qiziqarli malumotlar
Rangli qog’ozdan qush yasash