Amir temur haqida kitob

Amir temur haqida kitob

Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.

Amir temur haqida kitob

SOHIBQIRON AMIR TEMUR

Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.

Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.

Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.

1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.

Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarga kirishdi.

Amir Temur saltanati O‘rta Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.

Amir Temur harbiy yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan xavfining oldini oldi; Oltin O‘rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi shunday yordam ko‘rsatdi. 1402 yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan Yevropa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alabani qozonib, usmonlilarning Konstantinopolni istilo etishlarini yarim asrga surib yubordi. Frantsuz tarixchisi R.Grusse 20-asr boshlarida “Amir Temurning Boyazid ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, deb yozgan edi.

Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro 1, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob sifatida tarixga kirdi.

Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin, mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-xo‘jalik aloqalari kengaydi.

Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi haqida “Temur tuzuklari” degan nomda mashhur bo‘lgan maxsus kitob yozilgan edi. Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi.

“Kuch adolatda” shiori butun Amir Temur davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.

XIV-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharqning tijorat, iqtisod va madaniyat markaziga aylanib bordi. Chingizxon qo‘shinlari tomonidan tag-tubigacha vayron qilingan Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent , Marv, Hirot kabi va boshqa qadimiy shaharlar obod bo‘la boshladi. Masjidu madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va hammomlar qurildi.

Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand, Amir Temurning niyatiga ko‘ra, kurrayi zamindagi eng chiroyli shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan shaharga aylandi. Me’mor va bunyodkor ustalarning bahamjihat sa’y-harakatlari tufayli jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi va u ijodning go‘zal namunalarini in’om etdi

Amir Temur hayotlik paytida bunyod etilgan o‘nlab me’moriy yodgorliklar inson tafakkuri, aqli va salohiyatining benazir tajassumi edi.

Amir Temur XII-asrda yashagan islom ilohiyotchisi, shoir va mutafakkir Xoja Ahmad Yassaviy dahosiga ehtirom ko‘rsatib, uning sharafiga Turkiston shahridagi kichik daxma ustida ulug‘vor maqbara bunyod ettirdi. Maqbara bugungi kunda ham o‘zining salobati, ko‘rki va ajoyib sopol bezaklari bilan kishini hayratlantiradi.

Xoja Ahmad Yassaviy adolatni, insonning axloqiy poklanish va komillikka erishish g‘oyalarini targ‘ib etguvchi so‘fiylikning “yassaviya” tariqati asoschisi edi. Amir Temur Xoja Ahmad Yassaviyni o‘zining piri deb bilar, dinga kishilarni ma’naviy va axloqiy kamolotga yetaklovchi, mamlakat kuch-qudrati va ulug‘vorligini mustahkamlovchi kuch sifatida yondashardi.

XV-asr tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “obodonchilikka arziydigan bir qarich ham yer bo‘sh qolmasin”, deb qayg‘urardi.

Ulkan va qudratli saltanat barpo etgan Amir Temur yangicha tarixiy vaziyatda mamlakatda ma’naviyatning gullab-yashnashi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Amir Temur va Temuriylar sulolasi vakillarining gumanitar sohalarga alohida e’tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishildi.

Amir Temur va Temuriylarning ayollarga bo‘lgan mehribonlarcha munosabatlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Amir Temur o‘zining suyukli rafiqasi Bibixonim sharafiga Samarqandda ulug‘vor jome masjid qurdirdi. Bibixonim nomi bilan ataluvchi bu masjid Amir Temur davrining eng mahobatli binolaridan biri sanaladi. Masjid 1399-1404 yillarda qurilgan va hozirga qadar yaxshi saqlangan. Buyuk bobokalonidan o‘rnak olgan boburiy Shohjahon suyukli rafiqasi Mumtoz Mahal begim uchun 1652 yilda maqbara – dunyo mo‘’jizalaridan biriga aylangan nodir me’moriy yodgorlik qurdirdi.

Amir Temur va Temuriylar davrida adabiyot, amaliy va tasviriy san’at rivojlandi. Ayniqsa, islomga qadar mavjud bo‘lgan devoriy monumental rasm va kitob miniatyurasi san’ati yuksaldi.

Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Frantsiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.

Amir Temur savdo-iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar va mamlakatlar orasida yagona makon yaratishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. U Ispaniya qiroli Genrix III Frantsiya qiroli Karl IV, Angliya qiroli Genrix saroylariga elchilar yo‘lladi; ayni paytda o‘z saroyida ispan, frantsuz, ingliz, xitoy va boshqa xorijiy mamlakatlarning elchilarini qabul qildi.

Amir Temur umrining ko‘p qismini yurishlarda o‘tkazdi. Sharqqa qilgan yurishi paytida Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni O‘tror shahrida vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 23 fevral kuni Go‘ri Amirda, nabirasi Muhammad Sulton daxmasida dafn qilindi.

Yevropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan to‘rt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553 yilda Florentsiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub “Skiflik buyuk Tamerlan” kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi.

Yevropa tillarida (ispan, ingliz, frantsuz) e’lon qilingan yozma manbalar ichida birinchi o‘rinda ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)” turadi. Buyuk Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Amir Temurni uning vorislari Umarshayx, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbar davrasida tasvirlaydi.

XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek o‘zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya XVI asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.

Bir necha yevropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. XVI asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.

Bugun jahonning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. O‘tgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, Sharq tillarida esa 900 dan oshdi.

Amir temur haqida kitob

“Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi”.
A. Yu. Yakubovskiy, rus olimi

“Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi”.
F.Shlosser, nemis olimi

“Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”.
M.Veber, nemis olimi

: “Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi”.
Lyangle, fransuz olimi

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

AMIR TEMURNING TURLI YILLARDA ISHLANGAN PORTRETLARI

Fransuz rassomi tomonidan XVI asrda ishlangan surat

Italyan rassomi tomonidan XVI asrda ishlangan surat

XV asrda ishlangan surat

Aleksandr Isachev chizgan surat

AMIR TEMUR HAYKALLARI

Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.

Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in’om qilgan edi.

Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.

1360 yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda ishtirok eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370 yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.

Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini, Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keldi. Sohibqiron so‘nggi yillarda Eron, Iroq, Kavkazorti mamlakatlari, Hindiston, Oltin O’rda va Turkiya bilan bo‘lgan janglarda g‘olib chiqib, saltanat hududini sharqtsa Xitoy devoriga qadar, g‘arbda – O’rta yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.

Temur faoliyatida muayyan siyosiy yo‘l – mayda feodal hukmron-ligini tugatish, muhim xalkaro karvon yo‘llarida ustunlik qilib turgan Oltin O’rda, Eron va boshqa mamlakatlarning raqobatini yengib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy quvvatini ta’minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni kengaytirishga imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat himoyasini ta’minlash yo‘lida qo‘shinning qudratini oshirish kabilarga katta e’tibor berdi.

Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sabablar – o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi, sotqin, addamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining siyosiy ta’sirini kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib, 1379 yilda O’rusxonni yengib, Oq O’rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo To‘xtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi.

U Movarounahrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan so‘ng, Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keldi va 1395 yil 15 aprelda Qunduzchada Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasida hal qiluvchi hayot-mamot jangi boshlandi. Jang faqat To‘xtamishxonning taqdirini hal qilib qo‘yaqolmay, balki butun Oltin O’rda taqdirini ham hal qildi.

Tarix Temur zimmasiga Oltin O’rdadek qudratli mo‘g‘ul imperiyasining asosini yemirishdek ulkan vazifani qo‘ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat bilan ado etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovro‘po xalqlarini mo‘g‘ullar asoratidan xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy: “Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi”, – deb yozdi.

Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig‘ish, tar-tib saqlash, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo‘llar, sug‘arish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Har bir Devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-o‘zbek va fors-tojik tillarida olib borilgan.

Temur tarixchilar tasviricha, o‘rta asrning atoqli davlat va harbiy arboblaridan bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga muhim fazilatlarini ham ta’kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F.Shlosser o‘zining “Jahon tarixi” (Sh-tom) asarida: “Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi”, – deb yozsa, atoqli nemis olimi va tarixshunosi M.Veber: “Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”, – deb ta’riflaydi. Shuningdek, “Tuzuki Timur” – “Temur tuzuklari”da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari haqida gap boradi.

“Temur tuzuklari”da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta’minlash, rag‘batlantirish, qo‘shin turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligi bir necha bor ta’kidlanadi. “Saltanatim martabasini, – deb ta’kidlaydi Amir Temur, – qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi”. Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilinganligi, saltanat 4 qat’iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib bilan bayon etilgan (“Temur tuzuklari”ga karalsin. – M.X.).

Shaharlar va shahar atrofi aholisidan na jon solig‘i va na boj olinardi. Birorta ham askarning doimiy turish uchun shaxsiy kishilar uyini egallashga yoki fuqarolarning molini va boyligini o‘zlashtirib olishga haqqi yo‘q edi. “Barcha ishlarda, – degan edi Amir Temur, – bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‘allar ulardan nafaqa olib turardilar”. Bundan tashqari, Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi: “Soliqlar yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani kashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi. “

Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining nodir mo‘‘jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo‘nalishlarda – askariy qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni o‘bdon o‘rganib chiqishda, ham lashkarboshi – qo‘mondonliqda namoyon bo‘ldi.

Adabiyotlarda Temur haqida bir-biriga zid fikrlar mavjud bo‘lib keldi, lekin ularning ko‘plarida Temur faoliyatiga o‘z davri nuqtai nazaridan emas, balki mualliflar yashagan davr nuqtai nazari asosida baho berilgan.

“Temur tuzuklari”ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: “Temur xon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim qoddirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli yengib bo‘lmaydigan ikki to‘siq – bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to‘g‘ri baholashimizga xalaqit berib keldi”.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo‘lib o‘tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o‘tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va o‘zining har bir yurish oldidan bunday kengashlar-ni o‘tkazib turishni odat tusiga kiritgan.

Amir Temurning obodonchilik ishlari to‘g‘risida taniqli sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold: “Temur go‘yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik bilan shug‘ullangan, degan fikr mubolag‘ali: u Kobul vodiysi va Mug‘an cho‘li kabi Samarqanddan uzoq bo‘lgan joylarda ulkan sug‘orish ishlari olib bordi”, – degan tarixiy jihatdan g‘oyat qimmatli fikrni aytib o‘tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish maqsadga muvofiqdir. “Bir yil mobaynida, – deb yozadi o‘rta asr tarixchisi Ali Yazdiy, – Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o‘z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi”.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo‘g‘ullarning qariyb 140 yillik hukmronlik davrida bironta ham ko‘zga ko‘rinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Shuningdek, xalq farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirgan.

Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, “Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini unga izhor qilardi”.

Amir Temur saroyida ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyangle shunday yozadi: “Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi”.

Amir Temur o‘zini mohir diplomat sifatida ham namoyon qilaolgan. Uning Vizantiya, Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Frantsiya, Angliya, boshqacha aytganda, o‘sha vaqtda ko‘proq ma’lum va mashhur bo‘lgan Ovro‘po davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish va uni mustahkamlash sohasidagi faoliyatini frantsuz va ingliz qirollarining unga yozgan maktublari bilan dalillash mumkin.

Manbalarda sohibqiron Amir Temur – yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi o‘tkir, shijoatli va qat’iyatli, birso‘zli, zo‘r ruhiy qudrat egasi, salobatli inson sifatida ta’riflanadi.

Amir Temurning Osiyo, umuman jahon tarixidagi xizmatlari va tutgan o‘rni haqida xulosa qilib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tish joizdir: Amir Temur Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar kuchlarni uyushtirib, ularni mustaqillik uchun kurashga yo‘naltirgan yetakchi rahbar, yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqishiga ulkan hissa qo‘shgan sarkardadir; Amir Temur ko‘p yillar davomida mustamlaka bo‘lib, chet ellik hukmdorlarga bo‘ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda o‘z yurti, xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo etaodtsi; Amir Temur ham o‘z davriga xos bo‘lgan turli sabablarga binoan boshqa mamlakatlarga yurishlar qildi va Ovro‘po mamlakatlarining rivojlanishini tezlashishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyani Oltin O’rda zulmidan, Ovro‘poni Turkiya tajavvuzidan saqlab qoldi; Amir Temur o‘z siyosatida madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo‘lib tanildi. O’z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo‘l ochib, nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy-ma’naviy olamida, balki butun musulmon olami tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi; Amir Temur qator Sharq mamlakatlari va ayniqsa, Ovro‘po mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, ular bilan turli savdo-sotiq, madaniy aloqalarga yanada keng yo‘l ochib berdi.

Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan sharoitda Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lindi, o‘sha davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy to‘siq, taqiqlashlarga qaramay ayrim ilmiy asarlarda Temur haqida ba’zi to‘g‘ri fikrlar ham bildiriddi.

Bu jihatdan O’zbekistonda 1968 yili akademik I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” risolasining nashr etilishi muhim voqea bo‘ldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam Moskvadagi yuqori idoralar va matbuot organlari tomonidan qoralandi va asar muallifi benihoya aziyatlar chekdi.

O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish imkonini yaratdi. So‘nggi yillarda Amir Temur va uning davrini o‘rganishga bag‘ishlangan qator manbalar, kitoblar, jumladan, Bo‘riboy Ahmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr etildi. O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan 1996 yil – Amir Temur yili deb e’lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o‘zbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.

“Ma’naviyat yulduzlari” kitobidan olindi.

Amir Temur haqida kitoblar (o’zbek tilida)

Abdulahad Muhammadjonov. Amir Temur va temuriylar saltanati – PDF
Bo’riboy Ahmedov. Amir Temur o’gitlari – PDF
Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning harbiy mahorati – PDF
Ibrohim Mo’minov. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli – PDF
Narzulla Ahmedov. Amir Temur: rivoyat va haqiqat – PDF
Ozod Mo’min. Amir Temurning yoquti [“Sharq yulduzi”, 10-son, 1991] – PDF | HTM
Poyon Ravshan, Juma Qurbon. Amir Temur tug’ilgan joy yoki Zanjirsaroy qissasi – PDF
Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma – PDF
Turg’un Fayziyev. Temuriy malikalar – PDF | HTM
Turg’un Fayziyev. Temuriylar shajarasi – PDF
Yevgeniy Berezikov. Buyuk Temur (roman) – PDF

Qiziqarli malumotlar
Amir temur haqida kitob