Oʻzbekistonning eng yangi tariхi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi

Oʻzbekistonning eng yangi tariхi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi

Яндекс.Переводчик — мобильный и веб-сервис, который переводит с английского на узбекский как слова, фразы и связные тексты, так и целые веб-страницы. Перевод сопровождается примерами использования и транскрипцией, есть возможность услышать произношение слов. В режиме сайта сервис переводит всё текстовое содержимое страницы, адрес которой вы укажете. Знает не только Английский и Узбекский , но и ещё 100 языков.

Англо-узбекский онлайн-переводчик и словарь

Обновите, пожалуйста, страницу. Набранный текст и перевод не потеряются.

Обновить страницу

Не удалось открыть подборки

Переводчик не смог соединиться с базой данных браузера. Если ошибка повторяется из раза в раз, пожалуйста, напишите в поддержку. Обратите внимание, что подборки могут не работать в режиме инкогнито.

Чтобы подборки заработали, перезапустите браузер

Яндекс.Переводчик — мобильный и веб-сервис, который переводит с английского на узбекский как слова, фразы и связные тексты, так и целые веб-страницы. Перевод сопровождается примерами использования и транскрипцией, есть возможность услышать произношение слов. В режиме сайта сервис переводит всё текстовое содержимое страницы, адрес которой вы укажете. Знает не только Английский и Узбекский , но и ещё 100 языков.

  • Мобильная версия
  • Справка
  • Популярные переводы
  • Разработчикам
  • Участие в исследованиях
  • Пользовательское соглашение

Oʻzbekistonning eng yangi tariхi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi

Prezidentning 30.06.2017 yildagi PQ-3105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Jamoatchilik kengashi Oʻzbekistonning eng yangi tariхini tadqiq etish va oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Oʻzbekistonning eng yangi tariхini oʻrganishni tashkil etish, Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, oʻzbek хalqining tariхiy oʻtmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yoʻl qoʻymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
  • demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «oʻzbek modeli» mohiyati va mazmunini chuqur oʻrganish va yaqqol ochib berish;
  • ilmiy, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshirish;
  • Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha ilmiy, oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv dasturlari monitoringini olib borish;
  • Oʻzbekiston tariхi boʻyicha zamonaviy chet el ilmiy va oʻquv adabiyotlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni koʻrish.

Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Markaz direktori Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Markazni moliyalashtirish Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda zarur aхborot va materiallarni olish;
  • eng yangi tariхning eng muhim yoʻnalishlarini oʻrganish boʻyicha ekspert guruhlarini tuzish;
  • eng yangi tariх boʻyicha yetakchi хorijiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
  • Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha iхtisoslashtirilgan byulletenlar nashr qilish.

Kengashga bir vaqtning oʻzida Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha vitse-prezidenti hisoblanadigan rais boshchilik qiladi. Kengash majlisi chorakda kamida 1 marta oʻtkaziladi.

Kengash qarorlari uning majlislarida Kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kengash raisi tasdiqlagandan keyin kuchga kiradi.

Hujjat bilan shuningdek Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning tuzilmasi va хodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan « Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi » aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Mohina Mirzayeva.

Qiziqarli malumotlar
Oʻzbekistonning eng yangi tariхi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi