Mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas

Mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas

Сизга фалон китобдан эслатма олинг, сатрларнинг тагига чизинг демайман, бундай ишни ўзим ҳам ёқтирмайман. Китобга меҳр бериб, жиддий ўқишингиз кифоя. Мутолаа қилар экансиз, кўзингиз сатрлар, жумлалар устида шунчаки югурмасин. Чунки бадиий асарни ўқир экансиз, уни ҳазм қилиб, фикрлашга ўрганиш керак.

KITOBDAN YAXSHI DO‘ST BO‘LMAS

Joriy yilning 25-27 may kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida respublika “Kitob bayrami” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.

Shu sabab kitob targ‘iboti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdek o‘ta muhim masala davlatimizning doimiy e’tiboridan o‘rin olgan. Yurtimizda yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish, ularni keng targ‘ib qilishga e’tibor qaratilayotgani buyuk marralarga erishishimizning muhim omili ekaniga shubha yo‘q. Xususan, davlatimiz rahbarining shu yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishining qabul qilinishi mazkur sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatimizda nashriyotlar ko‘payib bormoqda. Bu kitobxonlar soni ortib borayotganidan darak beradi. Joriy yil may holatiga ko‘ra, respublikamizda 126 ta nashriyot, 1769 ta matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Nashriyotlar tomonidan har yili uch ming nomdan ziyod, umumiy adadi oltmish million nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.

Bu yil ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar o‘tgan yilga nisbatan ko‘p va sifatli ekani ko‘rinib turibdi. Jumladan, “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, o‘afur o‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida 400 nomdagi badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy adabiyotlar nashr etilgani quvonarli hol.

Toshkent shahrining o‘afur o‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan “Kitob bayrami”ning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

— Bu galgi bayram har yilgidan o‘zgacha ruhda o‘tdi. Yangi nashriyotlarda chop etilgan kitoblar namoyish etildi. Ko‘rinib turibdiki, kitobat sohasida ham ma’nan, ham dizayn jihatdan o‘sish bor, — deydi “Yangi asr avlodi” nashriyoti muharriri Zuhra Ro‘zieva. — Bu yil bayramda 350 ga yaqin nomdagi kitob bilan qatnashdik. Joriy yilda “Maktabdan tashqari o‘qish” ruknini tashkil qilgan edik. Bu loyiha doirasida kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 100 nomdagi kitob nashr etila boshlandi. Bugun shundan 22 tasini taqdim qildik va bu asarlarni kitobxonlar iliq kutib olishdi. Masalan, shu rukn ostida Anvar Obidjonning 1—4-sinflar uchun mo‘ljallangan “o‘alati maktublar”, Hamid Olimjonning 5—9-sinflar uchun “Oygul bilan Baxtiyor” asari chop etildi. Bugun amin bo‘ldimki, odamlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib bormoqda. Biz esa kitobxonlar ehtiyojini qondirish uchun faol harakat qilishimiz kerak.

Bayram ishtirokchilari nashriyotlar tashkil etgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Bog‘ning turli joylariga o‘rnatilgan telemonitorlarda nashriyotlar faoliyatini aks ettiruvchi hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etilgani tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Respublikamiz nashriyotlarida chop etilib, turli xalqaro nufuzli kitob ko‘rgazmalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yurtimiz noshirlari va matbaachilarining bugungi ijodiy imkoniyatlari va texnik salohiyatlarini ko‘rsatadigan maxsus ko‘rgazma-stendlar tashkil etildi.

— Kitoblarga qiziqishim tufayli bu bayramda har yili ishtirok etishga harakat qilaman. Nashriyotlardan chiqayotgan yangi kitoblarni ko‘rib, ko‘zim quvnab ketdi. O‘zimga yoqqan bir nechta kitobni hamyonbop narxda sotib oldim, — deydi 1-respublika tibbiyot kolleji talabasi Matluba Xudoyqulova. — Mana shunday tadbirlar yilda bir marta emas, tez-tez o‘tkazilishini istardim.

Kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, “Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi”, “Kitobga mehr qo‘ysangiz, u sizni munosib taqdirlaydi”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitob — eng yaxshi sovg‘a” mavzularida sovrinli intellektual viktorinalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shohsanam KOMILOVA,

“Hurriyat” muxbiri

-mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas

O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish. O’zbek xalqi kitobxon xalq. Nuroniy bobolarimiz, mehribon momolarimiz haqida so’z ketganda, ular hamisha ko’z o’ngimizda kitob, gazeta va jurnal o’qib turgan holda gavdalanishadi. Prezidentining joriy yilning 12 yanvaridagi ―Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish o’g’risida‖gi Farmoyishi xalqimizning ana shu azaliy an‘anasini yanada jonlantirishga xizmat qilmoqda. Farmoyish ijrosini ta‘minlash borasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, adiblar, mualliflar, sohaga daxldor kishilar bilan o’tkazilayotgan uchrashuvlar mo’jizaviy qudratlar manbayi bo’lmish kitobga, kitob o’qishga bo’lgan munosabatlarning yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Kitobni aziz deb bilish, uni avaylab asrash muqaddas qadriyatlarimizdan biridir. Ajdodlardan avlodlarga ko’chib, yanada sayqal topib borayotgan bu qutlug’ qadriyat odamlarda kitobga, kitoblarga bo’lgan mehr-muhabbatning mustahkam bo’lishiga puxta zamin yaratib kelmoqda. Insonlarga tortiq etilgan qutlug’ ne‘matlardan biri bo’lmish kitobning mo’jizaviy qudratlari ko’pdirkim, ularning ayrimlari xususida muxtasar fikr yuritsak.

Kitobning zamon va makon chegaralarini zabt eta olish qudrati. Dunyo tamaddunida yozuvning paydo bo’lishi insoniyat taraqqiyotida yuksalishlarga asos solgani

s hubhasizdir. Biz kitob vositasida asrlar bilan so’ylashamiz, moziyga sayohat qilamiz, kelajak bilan yaqin aloqa o’rnatamiz. Haqiqiy ma‘naviy-ma‘rifiy xazinaga aylangan kitoblar yillar, asrlar chegarasini mahv etib, o’z ufqiy kengligini makonlardan makonlarga kengaytira oladi. Tom ma‘noda insoniyat mulkiga aylangan kitob-lar millat tanlamaydi, ma‘lum bir yurt o’ramida qolib ketmaydi.

Kitobning muloqot kommunikativlik qudrati. Kitob – samimiy suhbatdosh. U so’zlashning ham, tinglashning ham hadisini olgan. Kimga qanday gapirishni, muloqot odobini, tinglash xulqini undan o’rganish lozim. Kitob mutolaasi chog’ida adiblar, shoirlar, olimlar – fozil kishilar bilan, hayotimiz davomida o’zi bilan hech qachon ro’baro’ kelmagan insonlar bilan, yaratiqning boshqa mavjudotlari bilan muloqotga kirishamiz. Mahmud Koshg’ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jalolliddin mangu berdi va boshqa ko’plab buyuk siymolarimizning, teran aql sohiblarining ma‘rifatga o’yingan, ma‘naviyatga boy kitobiy suhbatlari ruhimizga adoqsiz qudrat, kuch bag’ishlaydi. Yechimsizday tuyulgan muammolarimizga donishlarning kitobiy muloqotlaridan javob, yechim topamiz.

Kitobning bilish-gnoseologik quvvati. Kitobning bilim berish quvvatini ortiqcha sharhlab o’tirishning hojati ham bo’lmasa kerak. Buyuklardan biri: ―Men o’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan hamisha minnatdorman‖, degan ekan. ―Alifbo‖dan ma‘naviy-ma‘rifiy quvvat olishni boshlagan shuurimiz boshqa kitoblar kuchi bilan yanada o’yinib, kamol topib boradi. Kishi qanchalik ko’p kitob o’qisa, ilm quvvati unga shunchalik ko’p yuklanib boraveradi. Buyuklarni buyuk qilgan asosiy qudrat – kitob; olam sirlarini jamlagan va uni yana olamga yoygan ham kitob; odamni Oyga nima olib chiqdi – kitob; bugunning tili bilan aytilayotgan ―modernizatsiya‖, ―innovatsiya‖larning quvvat o’chog’i – kitob; kitob – bilimlar xazinasidir. Kitobning tarbiyaviy-axloqiy qudrati. Siz sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning ―O’tkan kunlar‖ romanini o’qib chiqqan bo’lsangiz kerak. Agar o’qimagan bo’lsangiz, chin dildan tilagan bo’lardikki, albatta, o’qib chiqing. Asar boshdan oyoq ―andisha‖ libosiga o’ralgan. Xalqimizga, millatimizga xos uyat, andisha, or, nomus, hayo, ibo, g’urur, ota-onalik martabasi va mas‘uliyati, farzandlik burchi va boshqa insoniy fazilatlar, ayni paytda, odam ruhiyatida mavjud hasad, ichiqoralik, yolg’on, tuhmat kabi qusurlar badiiy yo’sinda biz kitobxonlarga havola etiladikim, ziyrak kitobxon ―oq‖ va ―qora‖ni aql o’lchovi bilan farqlab, o’ziga zaruriy tarbiya topib boraveradi. Kitob donishmand ota kabi yaxshi maslahatgo’y, nasihat berguvchi, piri komil ustoz kabi kamolotga boshlovchidir.

Kitobning zavqlantirish-hedonistik qudrati. Haqiqiy badiiy asar kitobxonni kuldiradi, yig’latadi; uning nozik sezimlariga ta‘sir etib, tuyg’ular girdobiga tortadi, hislarini o’lqinlantiradi. Haqiqiy ko’rkam asar kitobxonninggina emas, muallifining o’zini ham ruhiy shodlik yoxud qiynoqqa sola oladi. Hazrat Alisher Navoiy ―Layli va Majnun‖ dostoni xotimasini ―Yig’lay-yig’lay tugattim oxir‖ deya bitishida yoki sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning ―O’tkan kunlar‖da Kumushbibi vafotidan o’kinib ko’z yosh o’kishida kitobning zavqlantirish-hedonistik qudrati namoyon bo’ladi.

Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning ―Go’zal‖ she‘ridan o’lqinlanmaydigan, Muhammad Yusufning ―O, ota makonim, onajon o’lkam, O’zbekiston, jonim o’shay soyangga. ‖ deb boshlanuvchi she‘ridan ruhiy quvvat olmaydigan; ―Shum bola‖dan miriqib kulmaydigan; ―Bemor‖ga qayg’urmaydigan kitobxon topilmasa kerak. Kitob – go’zallik, go’zallikni anglashga o’rgatuvchi ajib hilqat.

Xulosa o’rnida, Kitob – beminnat va sevimli do’st. Ulug’ shoir Abdurahmon Jomiy ―Jahonda kitobdan yaxshi yor bo’lmas, Davr g’amxonasida g’amguzor bo’lmas, Yolg’izlik kunjida undan har qachon, Yuz rohat yetar, lek, ozor yetmas‖ she‘riy hikmatida bu mo’jizaviy qudratga juda chiroyli tavsif beradi. Kitob sizu bizni hech qachon zeriktirmaydigan, tama va hasadni bilmaydigan, qilgan yaxshiligini hech qachon yuzimizga solmaydigan beminnat va sevimli do’stdir.

Nurilloh Atach. Kitobxonlik haqida. Kichik esse.

Дунёда, бу ҳаётда китобдан гўзал нарса йўқ!? Тасаввур қилинг: кўз ўнгингизда икки юз, уч юз саҳифалик қалин бир китоб… Бу асар нималар ва кимлар ҳақида ёзилган, қай мавзудан баҳс кетмоқда? Билмайсиз… Фақат асарнинг муқоваси устидаги номини ўқияпсиз, холос.

Нуриллoҳ Атач
КИТОБХОНЛИК ҲАҚИДА
Кичик эссе

Сиз китобхонмисиз?
Мутолаани севасизми?
Сиз билан шу масала юзасидан баҳслашсак бўладими? Албатта, сиз мутолаапарварсиз, акс ҳолда бу газетани қўлингизга олмас, бу эссени ўқимас эдингиз. Бир муҳаррирнинг хитоб этганидек, кишилар илоҳий китобсевардирлар, мутолаапарвардирлар. Аммо ҳамма ҳам бир хил даражада ўқимайди. Яъни кимдир кўп, яна кимдир оз ўқийди, деганларидек…

Мен бу саволни ўртага ташлар эканман, шуни билишни истардим: сиз ўзингиз оз ўқийдиганларданмисиз? Ёки кўп мутолаа қиласизми? Биринчи типдан бўлсангиз ёлғон гапираяпсиз, чунки оз ўқиш мутлақо ўқимасликнинг бир шаклидир. Аммо мен сизни шу кундан эътиборан хаиқиқий китобхон бўлишга даъват этаман. Дунёда, бу хаётда китобдан гўзал нарса йўқ!? Тасаввур қилинг: кўз ўнгингизда икки юз, уч юз саҳифалик қалин бир китоб…

Бу асар нималар ва кимлар хақида ёзилган, қай мавзудан баҳс кетмоқда? Билмайсиз… Фақат асарнинг муқоваси устидаги номини ўқияпсиз, холос. Муаллифи ҳам нотаниш, шу пайтгача унинг номини ҳам эшитмагансиз. Бу асар ҳақида билганингиз биргина нарса, бу адабий асарнинг жанри — роман. Тамом, бошқа нарсани билмайсиз. Билганингиз — шу. Ҳеч иккиланмасдан, китобни варақланг, балки унинг ичидаги аламлар, севинчлар, муҳаббат ёки нафрат сизни қизиқтирар; жуда бўлмаганда, асарнинг янги, бир анча қаҳрамонлари, уларнинг ҳаёти, қисмати билан танишарсиз. Улар билан бир неча соат ёки бир неча кун бирга яшайсиз, роман қахрамонларининг юрак сирларини балки ўзингизникидан ҳам яхшироқ ўрганасиз.

Балки, улар сизга маъқул келиб қолса, ғойибона улар билан дўст тутинарсиз, уларнинг қайғусини ўзингизники каби қабул этиб, ҳатто кўз ёш ҳам тўкарсиз, ёки қахрамонларнинг масрур ҳаётидан қалбингиз қувончга тўлиб севинарсиз. Кутилмаганда ғойибона тарзда улар ҳам сизнинг дўстингизга айланади, энг мушкул кунларингизнинг бирида асар қаҳрамонлари хаёлан сиз билан ҳамдард бўлганини ҳеч ҳис этганмисиз? Асар қаҳрамонининг пичирлабгина: «Сен менинг ҳаётимни ўқигансан. Дардларимни, изтиробларимни биласан-ку. Мен ҳам сендек қийналганман. Қўй, ўзингни бу қадар қийнама. Ҳаммаси ўтади… Кўп ҳам ўзингни азоблама, дўстим» — деган самимий, дўстона ҳамдардлигини қалбингизда туйганмисиз?

Кўп китоб ўқиган, ҳикоя ва романлар ўқиб, вақтини, умрини мутолаага сарф этган киши умрида асло ёлғиз қолмайди. Мен бунга жуда ишонаман.

Ўқинг, қўлингизга нима тушса ўқийверинг, ҳеч бўлмаса варақлаб қўйинг. Мабодо, қўлингизга тушиб қолган китобнинг ёмон ёзилганлигини сезиб қолсангиз, ҳеч ташвиш тортманг. Чораси осон… Китобни уйингизнинг қай бурчагигадир ирғитвориш қийин эмас-ку!…

Айтмоқчисиз ва ҳақлисиз: ахир сиз бу китобни атай сотиб олгансиз, алданишни истамайсиз, олган китобларингиз бемаъни ва бемаза чиқишини истамайсиз. Начора… Шундай чиқиб қолди.

Китобни сотиб олишга кетган харажат ёки китобхон ва ёзувчининг алданиши масаласида пича баҳслашсак… Китоб дўконидан харид қилиб олган китобингизга борингки, юз, юз эллик, журналга ҳам ўн ёхуд энг кўпи эллик куруш сарф этгансиз. Шу озгина пулингизни ҳам ўз ўрнида ишлатиш ниятидасиз. Ўқиган китоб ва журналингиз кўнглингиздагидек чиқса, ундан олган таассуротларингизга берган пулингиз тўлов эмасми?

Сиз ўзингиз ёқтирган адабий қаҳрамонлар билан учрашмоқ учун юз эллик куруш сарфладингизми? Ўн курушга эса қўлингиздаги бу газета-журнални сотиб олдингиз, унинг ранг-баранг саҳифаларида бир қанча суратлар томоша қилдингиз, ҳикоя ўқидингиз, улардан ўзингизча хулосалар чиқардингиз, балки таъбингизга зид фикрлар билан тўқнашиб жаҳлингиз ҳам чиққандир.

Баъзи бир суратларни кўриб, ҳафсалангиз пир бўлди ёки ундан қандайдир ижобий маъно топдингиз. Шуларнинг барчасига бор йўғи ўн куруш сарфладингиз. Сарфланган пул ўзини оқласа керак. Мен бу масалада кўп ҳисоб-китоб қилиб кўрганман. Сиз эллик куруш билан битта китоб, ўн куруш билан битта журналнинг нархини тўлайсиз. Ҳиссасини чиқариб оласиз. Ваҳоланки, ҳеч бир китоб, ҳеч бир мақолага сарфланган умр ва билимни пул билан ўлчаб бўлмайди. Сарфлаган пулингиз бир марта ўқиш бадали. Китобни ёзишга ёки журнални ҳозирлаш учун қанча куч, билим, вақт, умр сарфланади. Ажойиб китоб ёзилиши учун, ёйинки, рисоладагидек журнал чоп этилиши учун қанча катта меҳнат, куч сарфланади; тўғри, унинг ичида ўртамиёнароқ материаллар ҳам кетиши табиий. Билингки, яхши асар яратилиши илоҳий бир мўъжиза, фақат бу мўжизавий санъат асарини муҳит, адабий жараён яратади.

Билмадим, мен умрим бўйи қанча китоб ўқидим экан; уларнинг ҳаммаси ҳам эсимда қолмаган, эҳтимол, чинакам санъат асари саналган бадиий муждаларнинг қирқтаси, элликтаси, балки ундан ҳам кўпрокдир, чамаси юзтаси ичимда, руҳимда яшаб келмоқда. Бошқалари эса аллақачон унутилди… Албатта, унутилган асарларнинг ҳам фойдаси кўп бўлди, улар ҳам менинг ҳаётимда қандайдир даражада ўз изини қолдирди. Унутилган ва абадий хотирамга муҳрланганларини ўқиганимга асло пушаймон эмасман, ҳатто илк саҳифадан «бемаза»дек туюлган асарларни қўлимга олиб варақлаганим, ёйинки, қанчадир саҳифа қора тортиб ўқиб чиққаним учун ҳам пушаймонлигим йўқ. Билингки, кўлингизга мутолаа қилиш учун олган ўн китобдан атиги биттаси кўнгилдагидек, чинакам санъат асари чиқса, ўша китобхон бахтли.

Пештахталар, китоб жавонларидаги сарғайиб, мунғайиб турган китобларни қўлингизга олинг, дўстим, сиз уни бир сатр бўлса-да, ўқинг, озроқ сабр қилинг, ишонаманки, мутолаани ёқтириб қоласиз. Қарабсизки, мутолаада давом этасиз, ўзингизни тўхтата олмайсиз. Китобдан бошингизни кўтара олмай қолишингизга мен кафил. Аммо бир нарсани унутмангки, чинакам адабиётнинг ёнида албатта, ўртамиёна, саёз асарлар ҳам яшайди. Начора ёмон асарлар доимо чинакам адабиётнинг соясида яратилиб, унинг соясида маълум муддат барқ уриб яшнаётгандек кўринади, улар бетўхтов нашр этилаверади.

Алданиш… Ҳар бир ёзувчи қўлига қалам олар экан, яхши асар ёзаман, деб ният қилади. Унинг уддасидан чиқиш эса ҳамманинг ҳам қўлидан келавермайди. Ахир бу осон иш эмас-да. Ёмон асарни ўқиб, китоб танлашда адашганингизни англайсиз. Сиз алданиб, шу «ёмон», «ярамас», «савияси паст» китобга бир ярим лира берасиз: ёзувчи-чи? У бу китобни яратиш учун бутун умрини бахш этган. Ким кўпроқ зиён кўраяпти? Сизми? Ёзувчими? Қай бири кўпроқ завол кўраяпти? Жавоби аниқ, албатта, ёмон асарни ёзишга умрини сарфлаган ёзувчи кўп зиён топаяпти. Зиён топган умр… Афсусланасиз…

Сиз ўқиётган журналда мен бир саҳифа жой эгаллайдиган бу мақолага қанча вақтимни ажратдим? Ҳеч бўлмаганда бир неча соат вақтим кетгандир. Сиз эса уни кўпи билан ўн дақиқада, ҳатто беш дақиқада ўқиб чиқасиз. Йўқ, адашдим. Мен бу эссе-мақолани ёзиш учун атиги бир неча соатимни сарфладим, деса нотўғри бўлади. Чунки, бу эссе-мақоланинг ҳар бир сатрида умрим бўйи йиққан билимим, иқтидоримни ишлатишга мажбур бўлганман. Шу кунгача тўплаган ёзувчилик қобилиятимни ишга солганман.

Эпик турнинг йирик жанри бўлган роман бир ёки бир неча соатда ёзилмайди. Унга адиб ҳафталарини, ойларини, йилларини бағишлайди. Ваҳоланки, ёзувчи бутун кучини роман ёзишга бағишлар экан, китобхон учун жон-жахди билан хизмат этади. Шундай экан, муҳтарам китобхон, сиз менга айтинг-чи, менинг эссе-мақоламга ёки қайсидир ёзувчи яратган романга шунчаки вақтни ўтказиш мақсади билан ёндошиш адолатданми?! Китобга ҳеч қачон ва ҳеч вақт беписанд назар билан қарамаслик керак.

Тўғри, китобхонни мажбурлаб ўқитиб бўлмайди. Сиз ёқтирмаган китобни ўқишга мажбур эмассиз. Аммо, билингки, мутолаага киришдингизми, жиддий иш билан шуғулланаётганингизни ҳар дақиқада, ҳар сонияда ҳис этиб туринг. Эҳтимол, биз ҳақимизда, яъни ёзувчилар ҳақидаги чиқаражак ҳукмингиз оғир бўлар. «Вақтимни ва пулимни сарфлаганимга арзимайди, бу китоб» — дея жаҳл билан қўлингиздаги китобни улоқтирарсиз. Аммо унутмангки, китоб, яъни бадиий асар фақат кўнгил очиш учун ўқилмайди. Чунки чинакам адабиёт кўнгил хуши учун ёзилмайди.

Сизга фалон китобдан эслатма олинг, сатрларнинг тагига чизинг демайман, бундай ишни ўзим ҳам ёқтирмайман. Китобга меҳр бериб, жиддий ўқишингиз кифоя. Мутолаа қилар экансиз, кўзингиз сатрлар, жумлалар устида шунчаки югурмасин. Чунки бадиий асарни ўқир экансиз, уни ҳазм қилиб, фикрлашга ўрганиш керак.

Бадиий асарлардан ёқтириб қолган иқтибосларни кундалик дафтарингизга қайд этиб қўйиш ҳам жуда яхши одат. Аммо мен сизни бу ишни қилишга мажбур қилолмайман. Бу ҳар бир китобхоннинг шахсий иши. Мазкур эссени ўқиб тугатар экансиз, сезяпман, сиз қандайдир китоб ёки журнални излаб қолдингиз, шекилли. Уни мазза қилиб, роҳатланиб ўқишга шошиляпсиз, назаримда. Шошилманг, дўстим, сизнинг қадрдон ҳамдардингиз Адабиёт доимо сиз билан. Мутолаа доимо сизнинг ихтиёрингизда, чинакам адабиёт асло сиздан, қочиб қутулолмайди, китоблар қочқоқ эмас…

Турк тилидан Марҳабо Қўчқорова таржимаси

Nurilloh Atach
KITOBXONLIK HAQIDA
Кichik esse

Siz kitobxonmisiz?
Mutolaani sevasizmi?
Siz bilan shu masala yuzasidan bahslashsak bo’ladimi? Albatta, siz mutolaaparvarsiz, aks holda bu gazetani qo’lingizga olmas, bu esseni o’qimas edingiz. Bir muharrirning xitob etganidek, kishilar ilohiy kitobsevardirlar, mutolaaparvardirlar. Ammo hamma ham bir xil darajada o’qimaydi. Ya’ni kimdir ko’p, yana kimdir oz o’qiydi, deganlaridek…

Men bu savolni o’rtaga tashlar ekanman, shuni bilishni istardim: siz o’zingiz oz o’qiydiganlardanmisiz? Yoki ko’p mutolaa qilasizmi? Birinchi tipdan bo’lsangiz yolg’on gapirayapsiz, chunki oz o’qish mutlaqo o’qimaslikning bir shaklidir. Ammo men sizni shu kundan e’tiboran xaiqiqiy kitobxon bo’lishga da’vat etaman. Dunyoda, bu xayotda kitobdan go’zal narsa yo’q!? Tasavvur qiling: ko’z o’ngingizda ikki yuz, uch yuz sahifalik qalin bir kitob…

Bu asar nimalar va kimlar xaqida yozilgan, qay mavzudan bahs ketmoqda? Bilmaysiz… Faqat asarning muqovasi ustidagi nomini o’qiyapsiz, xolos. Muallifi ham notanish, shu paytgacha uning nomini ham eshitmagansiz. Bu asar haqida bilganingiz birgina narsa, bu adabiy asarning janri — roman. Tamom, boshqa narsani bilmaysiz. Bilganingiz — shu. Hech ikkilanmasdan, kitobni varaqlang, balki uning ichidagi alamlar, sevinchlar, muhabbat yoki nafrat sizni qiziqtirar; juda bo’lmaganda, asarning yangi, bir ancha qahramonlari, ularning hayoti, qismati bilan tanisharsiz. Ular bilan bir necha soat yoki bir necha kun birga yashaysiz, roman qaxramonlarining yurak sirlarini balki o’zingiznikidan ham yaxshiroq o’rganasiz.

Balki, ular sizga ma’qul kelib qolsa, g’oyibona ular bilan do’st tutinarsiz, ularning qayg’usini o’zingizniki kabi qabul etib, hatto ko’z yosh ham to’karsiz, yoki qaxramonlarning masrur hayotidan qalbingiz quvonchga to’lib sevinarsiz. Kutilmaganda g’oyibona tarzda ular ham sizning do’stingizga aylanadi, eng mushkul kunlaringizning birida asar qahramonlari xayolan siz bilan hamdard bo’lganini hech his etganmisiz? Asar qahramonining pichirlabgina: «Sen mening hayotimni o’qigansan. Dardlarimni, iztiroblarimni bilasan-ku. Men ham sendek qiynalganman. Qo’y, o’zingni bu qadar qiynama. Hammasi o’tadi… Ko’p ham o’zingni azoblama, do’stim» — degan samimiy, do’stona hamdardligini qalbingizda tuyganmisiz?

Ko’p kitob o’qigan, hikoya va romanlar o’qib, vaqtini, umrini mutolaaga sarf etgan kishi umrida aslo yolg’iz qolmaydi. Men bunga juda ishonaman.

O’qing, qo’lingizga nima tushsa o’qiyvering, hech bo’lmasa varaqlab qo’ying. Mabodo, qo’lingizga tushib qolgan kitobning yomon yozilganligini sezib qolsangiz, hech tashvish tortmang. Chorasi oson… Kitobni uyingizning qay burchagigadir irg’itvorish qiyin emas-ku!…

Aytmoqchisiz va haqlisiz: axir siz bu kitobni atay sotib olgansiz, aldanishni istamaysiz, olgan kitoblaringiz bema’ni va bemaza chiqishini istamaysiz. Nachora… Shunday chiqib qoldi.

Kitobni sotib olishga ketgan xarajat yoki kitobxon va yozuvchining aldanishi masalasida picha bahslashsak… Kitob do’konidan xarid qilib olgan kitobingizga boringki, yuz, yuz ellik, jurnalga ham o’n yoxud eng ko’pi ellik kurush sarf etgansiz. Shu ozgina pulingizni ham o’z o’rnida ishlatish niyatidasiz. O’qigan kitob va jurnalingiz ko’nglingizdagidek chiqsa, undan olgan taassurotlaringizga bergan pulingiz to’lov emasmi?

Siz o’zingiz yoqtirgan adabiy qahramonlar bilan uchrashmoq uchun yuz ellik kurush sarfladingizmi? O’n kurushga esa qo’lingizdagi bu gazeta-jurnalni sotib oldingiz, uning rang-barang sahifalarida bir qancha suratlar tomosha qildingiz, hikoya o’qidingiz, ulardan o’zingizcha xulosalar chiqardingiz, balki ta’bingizga zid fikrlar bilan to’qnashib jahlingiz ham chiqqandir.

Ba’zi bir suratlarni ko’rib, hafsalangiz pir bo’ldi yoki undan qandaydir ijobiy ma’no topdingiz. Shularning barchasiga bor yo’g’i o’n kurush sarfladingiz. Sarflangan pul o’zini oqlasa kerak. Men bu masalada ko’p hisob-kitob qilib ko’rganman. Siz ellik kurush bilan bitta kitob, o’n kurush bilan bitta jurnalning narxini to’laysiz. Hissasini chiqarib olasiz. Vaholanki, hech bir kitob, hech bir maqolaga sarflangan umr va bilimni pul bilan o’lchab bo’lmaydi. Sarflagan pulingiz bir marta o’qish badali. Kitobni yozishga yoki jurnalni hozirlash uchun qancha kuch, bilim, vaqt, umr sarflanadi. Ajoyib kitob yozilishi uchun, yoyinki, risoladagidek jurnal chop etilishi uchun qancha katta mehnat, kuch sarflanadi; to’g’ri, uning ichida o’rtamiyonaroq materiallar ham ketishi tabiiy. Bilingki, yaxshi asar yaratilishi ilohiy bir mo»jiza, faqat bu mo’jizaviy san’at asarini muhit, adabiy jarayon yaratadi.

Bilmadim, men umrim bo’yi qancha kitob o’qidim ekan; ularning hammasi ham esimda qolmagan, ehtimol, chinakam san’at asari sanalgan badiiy mujdalarning qirqtasi, elliktasi, balki undan ham ko’prokdir, chamasi yuztasi ichimda, ruhimda yashab kelmoqda. Boshqalari esa allaqachon unutildi… Albatta, unutilgan asarlarning ham foydasi ko’p bo’ldi, ular ham mening hayotimda qandaydir darajada o’z izini qoldirdi. Unutilgan va abadiy xotiramga muhrlanganlarini o’qiganimga aslo pushaymon emasman, hatto ilk sahifadan «bemaza»dek tuyulgan asarlarni qo’limga olib varaqlaganim, yoyinki, qanchadir sahifa qora tortib o’qib chiqqanim uchun ham pushaymonligim yo’q. Bilingki, ko’lingizga mutolaa qilish uchun olgan o’n kitobdan atigi bittasi ko’ngildagidek, chinakam san’at asari chiqsa, o’sha kitobxon baxtli.

Peshtaxtalar, kitob javonlaridagi sarg’ayib, mung’ayib turgan kitoblarni qo’lingizga oling, do’stim, siz uni bir satr bo’lsa-da, o’qing, ozroq sabr qiling, ishonamanki, mutolaani yoqtirib qolasiz. Qarabsizki, mutolaada davom etasiz, o’zingizni to’xtata olmaysiz. Kitobdan boshingizni ko’tara olmay qolishingizga men kafil. Ammo bir narsani unutmangki, chinakam adabiyotning yonida albatta, o’rtamiyona, sayoz asarlar ham yashaydi. Nachora yomon asarlar doimo chinakam adabiyotning soyasida yaratilib, uning soyasida ma’lum muddat barq urib yashnayotgandek ko’rinadi, ular beto’xtov nashr etilaveradi.

Aldanish… Har bir yozuvchi qo’liga qalam olar ekan, yaxshi asar yozaman, deb niyat qiladi. Uning uddasidan chiqish esa hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Axir bu
oson ish emas-da. Yomon asarni o’qib, kitob tanlashda adashganingizni anglaysiz. Siz aldanib, shu «yomon», «yaramas», «saviyasi past» kitobga bir yarim lira berasiz: yozuvchi-chi? U bu kitobni yaratish uchun butun umrini baxsh etgan. Kim ko’proq ziyon ko’rayapti? Sizmi? Yozuvchimi? Qay biri ko’proq zavol ko’rayapti? Javobi aniq, albatta, yomon asarni yozishga umrini sarflagan yozuvchi ko’p ziyon topayapti. Ziyon topgan umr… Afsuslanasiz…

Siz o’qiyotgan jurnalda men bir sahifa joy egallaydigan bu maqolaga qancha vaqtimni ajratdim? Hech bo’lmaganda bir necha soat vaqtim ketgandir. Siz esa uni ko’pi bilan o’n daqiqada, hatto besh daqiqada o’qib chiqasiz. Yo’q, adashdim. Men bu esse-maqolani yozish uchun atigi bir necha soatimni sarfladim, desa noto’g’ri bo’ladi. Chunki, bu esse-maqolaning har bir satrida umrim bo’yi yiqqan bilimim, iqtidorimni ishlatishga majbur bo’lganman. Shu kungacha to’plagan yozuvchilik qobiliyatimni ishga solganman.

Epik turning yirik janri bo’lgan roman bir yoki bir necha soatda yozilmaydi. Unga adib haftalarini, oylarini, yillarini bag’ishlaydi. Vaholanki, yozuvchi butun kuchini roman yozishga bag’ishlar ekan, kitobxon uchun jon-jaxdi bilan xizmat etadi. Shunday ekan, muhtaram kitobxon, siz menga ayting-chi, mening esse-maqolamga yoki qaysidir yozuvchi yaratgan romanga shunchaki vaqtni o’tkazish maqsadi bilan yondoshish adolatdanmi?! Kitobga hech qachon va hech vaqt bepisand nazar bilan qaramaslik kerak.

To’g’ri, kitobxonni majburlab o’qitib bo’lmaydi. Siz yoqtirmagan kitobni o’qishga majbur emassiz. Ammo, bilingki, mutolaaga kirishdingizmi, jiddiy ish bilan shug’ullanayotganingizni har daqiqada, har soniyada his etib turing. Ehtimol, biz haqimizda, ya’ni yozuvchilar haqidagi chiqarajak hukmingiz og’ir bo’lar. «Vaqtimni va pulimni sarflaganimga arzimaydi, bu kitob» — deya jahl bilan qo’lingizdagi kitobni uloqtirarsiz. Ammo unutmangki, kitob, ya’ni badiiy asar faqat ko’ngil ochish uchun o’qilmaydi. Chunki chinakam adabiyot ko’ngil xushi uchun yozilmaydi.

Sizga falon kitobdan eslatma oling, satrlarning tagiga chizing demayman, bunday ishni o’zim ham yoqtirmayman. Kitobga mehr berib, jiddiy o’qishingiz kifoya. Mutolaa qilar ekansiz, ko’zingiz satrlar, jumlalar ustida shunchaki yugurmasin. Chunki badiiy asarni o’qir ekansiz, uni hazm qilib, fikrlashga o’rganish kerak.

Badiiy asarlardan yoqtirib qolgan iqtiboslarni kundalik daftaringizga qayd etib qo’yish ham juda yaxshi odat. Ammo men sizni bu ishni qilishga majbur qilolmayman. Bu har bir kitobxonning shaxsiy ishi. Mazkur esseni o’qib tugatar ekansiz, sezyapman, siz qandaydir kitob yoki jurnalni izlab qoldingiz, shekilli. Uni mazza qilib, rohatlanib o’qishga shoshilyapsiz, nazarimda. Shoshilmang, do’stim, sizning qadrdon hamdardingiz Adabiyot doimo siz bilan. Mutolaa doimo sizning ixtiyoringizda, chinakam adabiyot aslo sizdan, qochib qutulolmaydi, kitoblar qochqoq emas…

Turk tilidan Marhabo Qo’chqorova tarjimasi.

Qiziqarli malumotlar
Mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas