Sirdaryoda “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi g‘olibiga Spark avtomobili topshirildi
2-bosqich. Hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:
“Yosh kitobxon oila tanlovi. Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — “Spark” avtomashinasi kutmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni mamlakatimiz boʼylab koʼnikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov millionlab kitobxonlarni birlashtirgan “Yosh kitobxon”ning uzviy davomi sifatida ziyoli yosh oilalar qatlamini rivojlantirishga xizmat qiladi.
3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov Nizomi ushbu havolada.
Maqbullik shartlari
- Tanlovda 30 yoshgacha bo’lgan 1991-2003-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar (er va xotin) ishtirok etish huquqiga ega
- Tanlovda yosh oilalar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi
Foydali tomonlari
G’oliblar hududiy va respublika bosqichi bo’yicha aniqlanadi:
Hududiy bosqich g’oliblariga:
1-o’rin. Kir yuvish mashinasi, maxsus diplom
2-o’rin. Televizor, maxsus diplom
3-o’rin. Kitoblar to’plami, maxsus diplom
Hududiy bosqichning qolgan barcha ishtirokchilari maxsus diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Respublika bosqichi g’oliblariga:
- 1-o’rin. Prezident Sovg’asi “Spark” avtomashinasi, kitoblar to’plami, maxsus diplom
- 2-o’rin. Bir dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to’plami, maxsus diplom
- 3-o’rin. Kitoblar to’plami, maxsus diplom
Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilar maxsus diplom va kitoblar to’plami bilan taqdirlanadilar.
Hujjat topshirish
Ishtirok etish istagida boʼlgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali joriy yilning 30-may sanasiga qadar roʼyxatdan oʼtishlari lozim.
Tanlov 3 bosqichda bo’lib o’tadi:
1-bosqich. Arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalardan arizalar onlayn qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.
Test sinovi may oyida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yosh oilalar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob beradi.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi.
Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ball to‘plagan 2 ta oila (2 tadan ko‘p oilalar o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
2-bosqich. Hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
2-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.
Ikkita shart bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta yosh oila Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
3-bosqich. Tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, iyul oyida teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.
2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
3-shart. “Erkin mavzu”.
Ushbu shartda ishtirokchilar Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.
Ishtirokchilarga (faqat erkaklar ishtirok etadi) tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
13. Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan joyi, sanasi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda 3 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
14. Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi hamda joylarga yetkaziladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov nizomi bilan ushbu havolada batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Sirdaryoda “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi g‘olibiga Spark avtomobili topshirildi
Gulistonda “Yoshlar kuni” bayram tadbirlari “Yoshlar paradi” loyihasi bilan boshlandi. Unda 1000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. So‘ngra “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yildi. “Yurt bayrog‘i” maydonida 30-iyun kuni 10 yoshga to‘lgan o‘quvchilar “Kamalak” bolalar tashkiloti, 14 yoshga yetgan o‘g‘il-qizlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi, deb xabar qiladi “Xalq so‘zi”.
Shuningdek, bayram dasturi doirasida “Hokim va yoshlar”, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining nikoh to‘ylari, harbiy qismlar yoshlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” va yana bir qancha madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Muhtasham Amfiteatrda esa bayram tantanasi va gala-konsert o‘tkazildi.
Unda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
So‘ngra viloyat rahbari Prezident qaroriga asosan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan Boyovut tumanidagi 30-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nodirbek Bahromov va Sirdaryo tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi Javohir Qurbonovga yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasidagi loyihalar g‘oliblari ham munosib taqdirlandi.
Unda “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi g‘olibi, Sayxunobod tumanidan Muhammad Qarshiyev oilasiga Prezident sovg‘asi — Spark avtomashinasi topshirildi. Shu oila a’zosi 5 yoshli Og‘abekning yoddan o‘qigan she’rlari esa barcha ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, hozirda Sirdaryo viloyati aholisining 488 ming nafarini yoshlar tashkil qiladi.
Kitobxonlar avlodi shakllanmoqda
Mamlakatning ma`naviy darajasini ko`rsatadigan muhim ko`rsatkichlardan biri o`sha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish,yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Chunki Prezidentimiz ham o`z nutqida ta`kidlaganidek, bugun kitob o`qiyotgan bola ertaga o`nta televizor ko`rayotgan bolalarni boshqarishi aniq. Buni O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uch yildan buyon o`tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi orqali sezish qiyin emas. Bu tanlov yangi davrning “kitobxonlar avlodi”ni shakllantira oldi.
2017-2018 yillar davomida mazkur tanlov doirasida jami 970 ming nafar yoshlar qamrab olingan bo`lsa, joriy yilda tanlovga bo`lgan qiziqish yanada ortib, saralash bosqichida ishtirok etgan yoshlar soni 1 million 200 nafardan oshib ketdi. Bu degani yoshlar kitobga, ma`rifatga qaytdi, kadrlar masalasi bo`yicha yuzaga keladigan muammolar asta-sekin bartaraf etiladi, degani. Hozirda “Yosh kitobxon”ning hududiy bosqichlari o`tkazilmoqda. Tafakkur jangida eng ko`p kitob o`qigan kuchlilargina g`oliblikka munosib ko`rilyapti. Albatta, gap sovg`aning darajasida emas, kitobning o`qilayotganligida.
Kitobxonliktanlovlari yosh oilalar o`rtasida ham o`tkazilayotgani esa quvonarli hol. “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi ilk marotabaSirdaryoda bo`lib o`tdi. Unda yosh oila vakillari Prezident sovg`asi – “Spark” avtomashinasi sovrindori bo`lishdi. Albatta, insonning eng sof va eng pokiza tuyg`ulari oila bag`rida shakllanadi. Axir o`sayotgan farzandtarbiyani qo`lida kitob ko`targan ota-onasidan o`rganadi. U ham ertaga televizor qarshisida emas,kitoblar qarshisida ilm olishga chog`lanadi. Kitob o`qigan oilaning ma`naviy havosi toza bo`ladi. Buyuklar, daholar ulg`ayadi bu xonadonlarda.
Bugun kitobxonlik bo`yicha bellashuvlar harbiylar o`rtasida ham davom etyapti. “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi Kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilarning ma`naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o`rganish hamda tahlil etish, buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ`ib etishda muhim vazifani bajarmoqda. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, bugungi kunda harbiylarimizningfaqatgina jismoniy baquvvat bo`lishi kamlik qiladi. Intellektual jihatdan ham yuqori darajada turish mukammallikning belgisi bo`ladi. Albatta, Amir Temurning “Temur tuzuklari”ni o`qimay turib, harbiy san`at sirlarini anglash mumkin emas. Sohibqironning harbiy strategiyasini o`zlashtirish uchun mazkur kitobni varaqlash kerak.Avgust oyi davomidabarcha hududlarda ushbu tanlovning hududiy bosqichi yakunlanib, senyabrda respublika bosqichi bo`lib o`tadi.
Shu o`rindayana bir muhim masala borki, u ham bo`lsa, yoshlarga qanday kitoblarni o`qitish masalasi. Chunki hozir nima ko`p? Ma`lumot ko`p. Bozor iqtisodiyotini bahona qilgan holda kitob do`konlarimizga turli xil kitoblar kirib kelayotgani bor gap. Navoiy bobomizaytganlaridek, “Chanqagan odam sahroda suv topganda unga singan sopol yoki oltin idish farqsizdir”. Ya`ni u qanday qilib bo`lmasin, chanqog`ini qondirishga intiladi. Butun vujudi bilan ilmgaintilayotgan yoshlar ham shunday. O`zining tafakkurini to`ldirishuchun yaxshimi yomonmi turli kitoblarni o`qiydi. Yoshlar ittifoqining yirik loyihalaridan biri bo`lgan
“Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilayotgan kitoblar esa o`qilishi shart bo`lgan eng muhim bilim manbalari bo`la oladi. O`tgan yili ushbu rukn ostida 47 nomdagi 470 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha ta`lim muassasalarining kutubxonalariga etkazib berilgan edi.
Shuningdek, joriy o`quv yili arafasida ham an`ana davom ettirilib, yana 12 nomdagi 120 ming dona o`zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarichop etildi.
Hozirda ular mustaqillik sovg`asi sifatida respublikamiz bo`ylab barcha ta`lim muassasalariga etkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, “Ma`rifat karvoni” loyihasi doirasida Namangan viloyatiga 25 ming dona, Toshkent viloyati Bo`ka tumaniga 13 ming dona, Quyi Chirchiq tumaniga 1,5 ming dona Toshkent shahridagi Uchtepa tumaniga 10 ming dona badiiyadabiyotlar etkazib berildi.
Bir so`z bilan aytganda, bugungi kunda to`rtinchi tashabbusyoshlarnikitoblar atrofidabirlashtira oldi. Kitoblar bilan birlashgan xalqning maqsadi aniq,borar manzili oydin bo`ladi.
Kutubxonaga boraylik, bizni ham buyuklar kutmoqda.
Go`zalOXUNOVA
Qiziqarli malumotlar
Sirdaryoda “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi g‘olibiga Spark avtomobili topshirildi