Ona tili darslarida grammatik tahlil qilish

Ona tili darslarida grammatik tahlil qilish

Transformatsion analizning asosiy maqsadi tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplarning ma`lum sondagi sintaktik modellari-yadro gaplardan tuzilganini o‘rganadi.

Ona tili grammatikasi skachat

1.Grammatika va uning tarkibiy qismlari.

2.Grammatik ma`no va grammatik shakl.

3.Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari.

4.Sintetik va analitik tillar.

Tayanch iboralar: tilning grammatik qurilishi, nutqning grammatik strukturasi, morfologiya, sintaksis, kategorial va nokategorial shakllar, so‘z birikmasi, gap, tarixiy grammatika, falsafiy grammatika, umumiy grammatika, qiyosiy grammatika, tasviriy grammatika, tranformatsion grammatika, logik va grammatik kategoriyalar, struktural tilshunoslik, til sistemasini (tizimini) tadqiq qilish metodlari, distributiv analiz (tahlil) metodi, til elementlari, distributsiya, kontrast distributsiya, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi, transformatsion analiz metodi, yadro gaplar, sintaktik metonimiya, leksik ma`no, grammatik ma`no, kelishik qo‘shimchalari, fe`l zamonlari, sifat darajalari, affiksatsiya, egalik affikslari, kelishik shakllari, intonatsiya (ohang), melodika, ur ғ u, takror, reduplikatsiya, ichki flektsiya, suppletivizm.

1.Grammatika va uning tarkibiy qismlari. Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir.

O‘tmishda grammatika to‘ ғ ri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki ma`noda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma`noda grammatika so‘zlarning ma`lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir.

Ma`lumki, til kishilik jamiyatida fikr almashish quroli sifatida xizmat qiladi. Kishilarga fikr almashish imkoniyatini yaratib berish uchun har bir til ma`lum miqdordagi grammatik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Lekin gapning hosil bo‘lishi uchun so‘zlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Gapda so‘zlar har bir tilning grammatik va fonetik qoidalari asosida birlashib, ma`lum bir fikrni ifodalaydi.

Tilning grammatik qurilishi o‘z kategoriyalari va birliklariga ega. Bular so‘z formalari, so‘z birikmalari va gaplardir.

Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiyada so‘z turkumlari, uning kategoriyal va nokategoriyal shakllari o‘rganiladi. Sintaksis nutqning grammatik qurilishi haqidagi ta`lim bo‘lib, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi.

Grammatikaning quyidagi turlari mavjud:

– umumiy (universal) grammatika

– tasviriy grammatika (deskriptiv)

Tarixiy grammatika biror bir tilning grammatik qurilishida ro‘y bergan o‘zgarishlar taraqqiyotini o‘rganadi.

Falsafiy grammatika ning asosiy vazifasi til va tafakkur, logik va grammatik kategoriyalarning aloqa imkoniyatlarini o‘rganadi.

Umumiy grammatika qaysi til oilasiga mansub ekanligidan qat`iy nazar, hamma tillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat va qonuniyatlarni belgilaydi.

Qiyosiy grammatika tillarning grammatik tizimini bir-biri bilan taqqoslab, qiyoslab, ularga xos umumiy va xususiy belgilarni o‘rganadi.

Qiyosiy grammatika o‘z navbatida qiyosiy–tarixiy va tipologik–qiyosiy grammatikalarga bo‘linadi. Rasmus Rask (1787-1832) «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi». YA.Grimm «Nemis tili grammatikasi»(1819).

Tasviriy (deskriptiv) grammatika biror konkret til grammatik qurilishining hozirgi (sinxron) holatini o‘rganadi. Deskriptiv grammatikada til birliklari va ularning mohiyatini aniqlashda formal metodlardan foydalaniladi. Deskriptiv grammatikada tilning qurilishini tahlil qilish jarayonida ma`no e`tiborga olinmaydi.

Struktural tilshunoslik tilning ichki qurilishi, til sistemasini tashkil etgan elementlarning orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalarni o‘rganishga katta e`tibor beradi. Struktural tilshunoslik tilni o‘rganishda va fanning predmetini belgilashda o‘ziga xos yangi oqimdir.

Til tizimini tadqiq qilishning ikki metodi mavjud: destributiv analiz metodi va tranformatsion analiz metodi.

Birinchi metod. L.Blumfeld. »Til», Z.Xarris. »Struktural tilshunoslikning metodlari» (1951). Bu metod tilshunoslikda keng qo‘llanilmoqda. U til birliklarining (fonema, morfema, so‘zlar) distributsiyasi (qo‘llanish o‘rni, joylashishi) turlicha bo‘ladi, degan nazariyaga asoslanib, til tizimini tashkil etgan elementlarning o‘zaro birikishi qonun-qoidalarini o‘rganadi. U birmuncha ob`ektiv metoddir.

Distributiv metod yordamida til birliklari aniqlanadi va bu metod fonema, uning variantlari, morfemalarni, allamorflarni aniqlashga yordam beradi. Ammo sintaksisga xos bo‘lgan masalalarni o‘rganishda bu metodning imkoniyatlari cheklangan.

SHuning uchun tilda bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi paydo bo‘ldi. Bunda gap bevosita ikki qismga ajratib tekshiriladi. Mas., ot qism va fe`l qism. Bu metod distributiv tahlilni o‘z ichiga olgan holda sintaktik birliklarni analiz qilishda qo‘llaniladigan formal metoddir.

Bu metodning qiyinchiliklari:

1.Morfologiya bilan sintaksis aralashtirib yuboriladi, so‘z birikmalari va gap bir-biridan farqlanmaydi.

2. Bir xil strukturaga ega bo‘lgan, ammo mazmun jihatdan har xil bo‘lgan so‘z birikmalari bu metod bo‘yicha bir xil analiz qilinadi. Mas., To‘yga ko‘p keksa erkaklar va ayollar kelishdi jumlasini analiz qilganda, keksa so‘zining qaysi so‘zga tegishli ekanligini aniqlash qiyin (erkaklargami yoki ayollarga).

3. Bu metod til sintaktik yarusining elemantar birligini va sodda sintaktik birliklarning tashkil topishi va tarixni ko‘rsatib berolmaydi.

Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish ehtiyoji transformatsion analiz metodlarining yaratilishida asosiy omil bo‘ldi.

Transformatsion grammatika hozirgi tilshunoslikda, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan metod yordamida ish ko‘radi.

Ma`lumki, distributiv metod yordamida til yaruslarining birliklari: fonema, morfema, ularning qo‘llanilish o‘rinlari aniqlansa, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodida esa bu gapning ichidagi sintaktik munosabatlar o‘rganiladi.

Transformatsion metodning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:

Har bir tilda son-sanoqsiz gaplar mavjud va bu yangi gaplar tinglovchi tomonidan to‘ ғ ri tushiniladi. Tabiiy quyidagi savol tu ғ iladi: Qanday qilib nutq eshituvchi shu paytgacha eshitmagan yangi gaplarni tushunadi? Buning asosiy sababi shundan iboratki, nutqda mavjud bo‘ladigan cheklanmagan miqdordagi gaplar, ma`lum miqdordagi elementlar sintaktik modellar asosida paydo bo‘ladi. Lekin bu sintaktik modellar (yadro gaplar) ning soni chegarali va amalda faqat bir necha bo‘lishi mumkin. Mas., ot qism – fe`l qism.

Gapning elementar, sodda modellari transformatsion grammatikada yadro gaplar deb ataladi. Bu model asosida tuzilgan gaplar o‘sha yadro gapning transformasi hisoblanadi.

Transformatsion analizning asosiy maqsadi tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplarning ma`lum sondagi sintaktik modellari-yadro gaplardan tuzilganini o‘rganadi.

Transformatsion metodning asosida til tizimi sintaktik yarusning o‘zi bir necha kichik sistemalardan tashkil topadi, degan ғ oya yotadi. Bulardan biri asosiy yadro gap bo‘lib, ikkinchisi esa yadro gaplardan hosil bo‘lgan transformalardir. Transformalarning yadro gaplardan hosil bo‘lishini o‘rganish jarayoni transformatsion analiz deyiladi.

2.Grammatik ma`no va grammatik shakl. Leksik ma`no individual ma`no hisoblanadi, bir ma`no bir so‘z bilan boғlangan bo‘ladi. Grammatik ma`no leksik ma`nodan tubdan farq qiladi. U leksik ma`noga o‘xshab tashqi dunyodagi narsa va voqelarni aks ettirmaydi va individual xususiyatga ham ega bo‘lmaydi. Ular umumiy ma`nolardir.

Leksik va grammatik ma`nolar o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilsa ham nutqda bir-biri bilan uzviy bo ғ langan. Biri ikkinchisisiz voqe bo‘lmaydi. Grammatik ma`no leksik ma`noga qo‘shimcha ravishda namoyon bo‘ladi va turli grammatik munosabatlarni ifodalaydi: Bir so‘zning ikkinchi so‘zga munosabatini, so‘zning shaxsga, songa, zamonga va h. ga bo‘lgan aloqasini ko‘rsatadi. Masalan: uy, nok, kitob, tulki, neytron, bo‘ ғ in. Ularda olti leksik ma`no, ammo bir grammatik ma`nosi bor. Predmetlik, birlikda, bosh kelishikda.

Odatda leksik ma`no konkret, real; grammatik ma`no umumiy bo‘ladi.

Grammatik ma`no ifoda hosil qiluvchi vositalar quyidagilar:

Affiksatsiya . Ba`zi olimlarning fikricha, tillarda eng ko‘p tarqalgan vositalardir. Ikki turga ajraladi: forma yasovchi affiksal grammatik morfemalar, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal grammatik morfemalar. Bu hamma tillarda bir xil emas.

Intonatsiya . U o‘z ichiga melodika bilan ur ғ uni oladi. Bu vositalar ham tilda grammatik ma`no ifodalash uchun xizmat qiladi.

Melodika . Melodika deganda, ton balandligining o‘zgarishi tushuniladi. U asosan xitoy-tibet tillarida katta ahamiyatga egadir. Bu tillar uchun affiksatsiya, umuman olganda, yot narsadir. Xitoy-tibet tillar oilasiga kiruvchi xitoy tilida to‘rtta ton mavjud bo‘lib, so‘zning ana shu tonlardan qaysi biri yordamida talaffuz qilinishiga qarab so‘zning ma`nosi o‘zgaradi. Mas., ma-ona, kanop, chumoli, so‘kinmoq.

Ur ғ u . O‘zbek va ingliz tillarida ur ғ u so‘zlarning leksik ma`nolarini ajratishda ishlatiladi: yangi (sifat), yangi (ravish).

Takror . Takror biror grammatik ma`noni ifodalash uchun bir so‘zni ikki marta takrorlash bo‘lib, u lingvistikada reduplikatsiya (lat-ikkilanish) deb yuritiladi. Mas., malay tilida – orang-odam, orang-orang-odamlar, xitoy tilida sin-yulduz, sin-sin-yulduzlar. O‘zbek tilida sariq-sap-sariq, ko‘k-ko‘m-ko‘k.

Ichki flektsiya . U turli grammatik ma`nolarni ifodalash uchun so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘zgarishidir. Mas., arabcha-kitob-kutub, kataba-kutuba.

Suppletivizm . Suppletivizm deganda, bir so‘zning turli grammatik formalarning har xil so‘z o‘zaklaridan yasalishi tushuniladi: ya-menya, mi-nas.

YOrdamchi so‘zlar . YOrdamchi so‘zlar yoki funktsional so‘zlar ham grammatik ma`no ifoda qilish uchun qo‘llaniladi. Bunday so‘zlar boshqa so‘zlarning tarkibiy qismi emasligi bilan affikslardan farq qiladi.

Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tillarda yordamchi so‘zlar turli-tumandir. Ularga ko‘makchi, bo ғ lovchi, artikl’, predlog, yordamchi va bo ғ lovchi fe`llar, yuklamalar kiradi. Bu so‘zlar grammatik kategoriyalar ifodalashda qatnashishi yoki qatnashmasligi nuqtai nazaridan ikki qismga bo‘linadi:

a) so‘zlarning analitik formasini yasashda ishtirok etuvchi yordamchi so‘zlar;

b) bu funktsiyani bajarmaydigan yordamchi so‘zlar.

YOrdamchi so‘zlarning birinchi gruppasiga artikllar, yordamchi fe`llar, ba`zi yordamchi so‘zlar kiradi.

YOrdamchi so‘zlarning ikkinchi gruppasiga bo ғ lovchi, ko‘makchi, predgog va ba`zi yuklamalar kiradi.

O‘zbek tilida sof ko‘makchi fe`llar yo‘q. Ayrim mustaqil fe`llar ,masalan, bo‘l, ol, qo‘y, bor, kel kabilar ko‘makchi fe`l vazifasida kelib turli-tuman ma`nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, bo‘l ko‘makchi fe`li tugallik, to‘la bajarilish ma`nosini ifodalaydi. Zulfiya topshiriqlarni bajarib bo‘ldi.

Grammatik ma`no anglatishning yana bir vositasi so‘z tartibi dir. So‘z tartibi xitoy-tibet tillari oilasiga kiruvchi tillarda va qurilishi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan boshqa tillarda juda muhimdir.

-Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.

So‘z gapda uch xil vazifani bajarmoqda: ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi.

Sintaktik va analitik vositalar. Grammatik ma`nolarni ifodalovchi til vositalari turli-tumandir. Tilshunoslikda bu vositalar ikki katta gruppaga ajratilgan: sintetik vositalar, analitik vositalar.

Sintetik vositalarga affiksatsiya (prefeks, suffekslar), ichki flektsiyaning hamma turlari (arab tiliga xos xususiyatlar), hind-evropa tillari so‘z o‘zagidagi unlining o‘zgarishi, suppletiv formalar kiradi.

Analitik vositalar grammatik ma`no anglatuvchi yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi orqali grammatik ma`no anglatish, takror, intonatsiyalardan iborat.

Sintetik va analitik vositalar dunyo tillarida bir xil emas.

Sintetik tillarga turkiy tillar, fin-ugor tillari (venger, eston, fin, ugor), yapon va koreys tillari kiradi.

Analitik tillarga xitoy-tibet tillari, hand-evropa tillari (ingliz, frantsuz) tillari ham kiradi.

Agglyutinativ tillarda bir grammatik affiks bitta grammatik ma`no anglatadi. Flektiv tillarda ko‘proq. Mas., rus: knigu-rod, son ma`nolari.

O‘zbek tilining –lar ko‘plik qo‘shimchasi rus tilida bir necha ko‘plik affiksiga to‘ ғ ri keladi: i, a, ya, i.

3.Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari. Har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`nolari ,uni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Grammatik kategoriya – umumlashgan grammatik ma`no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning boғlanishida topadi. Zidlik mas., birlik va ko‘plik. SHundan son kategoriyasi kelib chiqadi.

Grammatik kategoriyalar grammatik ma`no va grammatik formalar birikmasidan tarkib topadi.

Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

– sintetik grammatik kategoriyalar;

– analitik grammatik kategoriyalar;

-aralash grammatik kategoriya yoki sintetik-analitik grammatik kategoriyalar.

Sintetik grammatik kategoriyalar: o‘zbek tilida: son, kelishik, egalik, shaxs-son.

Analitik grammatik kategoriyalar: rus tili: egalik, o‘zbek tilida -i, rus tilida tvoya, moya, ego, nasha, vasha, ix.

Demak, har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`no turlari va ularni ifoda qilish usullari, vositalari bor. Bular har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishiga ega ekanini ko‘rsatuvchi faktorlardir.

4.Sintetik va analitik tillar. Tilda ma`no va munosabat ifodalangan bo‘lib, so‘zning qismlari o‘zak bilan mahkam boғlangandir. So‘zlarni qismlarga bo‘lish mumkin. Bunday so‘z qurilishiga ega bo‘lgan tillar agglyutinativ tillardir. Agglyutinativ tillar, A. SHleyxer fikricha, o‘simlikka o‘xshaydi. Bunday tillarni ikki guruhga ajratadi: sintetik tillar va analitik tillar. Sintetik tillarga turkiy tillar, mo‘ғul tillari, fin-ugor tillari, dravid tillarini kiritadi. Analitik tillarga tibet tilini kiritadi.

Ona tili darslarida grammatik tahlil qilish

Эта презентация помогает ученикам изучать грамматические анализи в родном узбекском языке.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida grammatik tahlil qilish»

Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Sh.M. Mirziyoyev

egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishi

Bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishi

Olingan bilim, ko‘nikma, malakalardan samarali foydalana olishi

Innovatsiya (ingilizcha innovation)-yangilik kiritish,yangilanish,nimanidir o‘zgartirish demakdir.

Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.

Interfaol so‘zi ingliz tilida (“Inter”- o‘zaro, ”act”-harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilish yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda bo‘lish ma’nosini anglatadi. Interfaol metodlar orqali o‘quvchi shaxsida mustaqil va ijodiy fikrlash kompetensiyasini shakllantish imkoniyati oshadi. O‘quv jayonining interfaol ta’lim turlariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi.

O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida texnologiyalarni tanlash ixtiyoriy. Har ikkala tomondan ishlatiladigan texnologiya o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitiga qarab tanlanadi.

– o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;

– ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalanilgan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;

– o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlar (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi,morfologiya sintaksis,yozuv, imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalar)ni rivojlantirish;

  • Maktabimiz hovlisida go‘zal gullar ochildi.
  • Shaddod ashulalar eshitib dam oldik.
  • Koinotda ko‘m-ko‘k bulutlar suzib yuribdi.
  • Shaxs o‘zidan yaxshi nom qoldirmog‘i lozim.
  • Kuzda qaldirg‘ochlar qaynoq o‘lkalarga uchib ketadilar.
  • Shahrimizda kundan-kun novcha binolar qad ko‘tarmoqda.
  • Maktabimiz hovlisida chiroyli gullar ochildi.
  • Quvnoq ashulalar eshitib dam oldik.
  • Osmonda ko‘m-ko‘k bulutlar suzib yuribdi.
  • Inson o‘zidan yaxshi nom qoldirmog‘i kerak.
  • Kuzda qaldirg‘ochlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar.
  • Shaxrimizda kundan-kun baland binolar qad ko‘tarmoqda.

Fe’l zamonlari

O‘tgan zamon fe’li

Hozigi zamon fe’li

Nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin bajariladigan (yoki bajarilmaydigan) harakatni bildiradi. Nima qilmoqchi? degan savollarga javob bo‘ladi.

Kelasi zamon fe’li

Nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildiradi .Nima qilgan? degan so‘roqlarga javob bo‘ladi.

Osmonda yakka-yakka oppoq bulutlar quvlashmachoq o`ynashmoqda

Nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotganligi (yoki bajarilmayotganligi) harakatni bildiradi. Nima qilyapti? nima qilmoqda? degan so‘roqlarga javob bo`ladi.

Men ushbu o‘quv yilida tanlovga qatnashib o‘z bilimimni sinamoqchiman.

Yurtimizda yog‘och o‘ymakorligi san’ati qadimdan rivojlangan.

Yasovchi qo shimchalar

Ot yasovchi qo`shimchalar

Sifat yasovchi qo‘shimchalar

Ta rifi

So‘z asosi-so‘z yasovchi

-li, -siz, -dor, qo‘himchalarining qo‘shilishi bilan yasaladi

Fe’l yasovchi qo‘chimchalar

So‘z asosi o‘zaklarga

– la, -lan,-lash,-illa,-ulla,-sira yasovchi qo‘shimchalar yasash bilan yasaladi.

Maktabimiz bog‘iga bu yil juda ko‘p mevali daraxtlar ekildi.

So‘z asosi o‘zaklarga

-q. qo‘shimchalar qo‘shish bilan yasaladi.

Oltin kuz nurin to‘kib, paxtazorda yuribdi.

Elektr quvvatidan,suvdan gazdan tejab foydalanishni odat qiling.

Unumiy qoidalar

Uyushiq bo‘lakli gaplar

Fikrni kimga qaratilganligini bildiradi,bosh kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalanadi,og‘zaki nutqda undash ohangi bilan aytiladi

Biror bir voqea yoki hodisa haqida darak beruvchi gaplar

Sayroqi qushlar daraxt ostiga to‘kilgan danaklarni olib, xarsang qoyaga qo‘nishdi.

Gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi, bir so‘zga bog‘lanib keladi, sanash ohangi bilan aytiladi.

Bobojon, qishloqning tabiati, oqko‘ngil odamlari meni o‘ziga rom etdi.

Bog‘imizga olma, olcha, behi kabi mevali daraxtlarni o‘tkazdik

Qiziqarli malumotlar
Ona tili darslarida grammatik tahlil qilish