Tush tabiri kitobi

Tush tabiri kitobi

Ko’ztumor. Xalq irimlarida odamning ko’zi tushadigan joyga tumor taqiladi, bolalarning bilaklariga, bo’yinlariga, beshiklar va belanchaklariga munchoq taqilgandek, mana shuni ko’ztumor deyiladi. Ko’ztumor va shunga o’xshash narsa larni tushda ko’rish davomli kelib turadigan xushxabarga ishoradir.

Tush tabri

Insonlarning eng ko’p ko’radigan tushlar ro’yhati

Insonlarning eng ko’p ko’radigan tushlar ro’yhati, balki bu tushlar sizda ham ro’y berar: ➖ maktabda yoki universitetda imtihonlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash; ➖jarlikka qulash; ➖suzish; ➖falajlik yoki harakatlanishda qiyinchilik; ➖ birovdan qochish; ➖odamlar, hayvonlar yoki hayoliy mavjudotlar tomonidan o’g’irlanish; ➖avtobusga, poyezdga yoki samolyotga kechikish; ➖notanish vaziyatlarda notanish odamlar bilan uchrashish. Oxshash xabarlar:Yutinsam tomog‘im og‘riyapti. So‘radigan tabletkalarni…Abituriyentlar eng …

Tush taʼbiri uzbek tilida – Maʼnosi nima kitobga

Tush kitobi 999 musilmonlardiki maʼnolar. Jabr obru-eʼtibor topish va kamtar boʼlish kabi yaxshi hislarga dalolat qiladi. Jamoat . Kim tushida odamlar jamoasini koʼrsa Аlloh taolo uni sinayotgan narsada tez orada rahm qiladi. Shuningdek, ularni koʼrish ziyon va qarzga baʼzan havf va gina-adovatga dalolatdir. sonnik Skachatь tush taʼbiri Jangchi . Jangchini tushda koʼrish holatlar boshidan oxirigacha …

Tushda tish ko‘rsa nimani anglatadi

Tushda tish Svetkov tush ta’biri Tushda tish- toza oq tish- omad, sog‘liq; chirigani — janjal; tozalash yoki pastani sotib olish — kutilgan mehmon; ishda omad; yumshoq, uvalanayotgan (yog‘och yoki shisha) — o‘limga; tishlariga nimadur yopishib qolgan bo‘lsa — ayriliq; yomon tishlarni yo‘qotish — g‘amxo‘rlik yo‘qotish; zerikarli odam bilan munosabatlarni buzish; sun’iy — sevgida yolg‘onchilik; yomon …

Tushda xotin ko‘rsa nimani anglatishi xaqida

Nimaga tushga xotin kiradi Tushdagi xotin anglatadi, ko‘pchilik hollarda vijdon azobi Xotinni ovozini yeshitish, joyni o‘zgartirishga; Qoramag‘iz xotinni ko‘rish- kasallik; Agar u go‘zal sochlari uzun bo‘lsa, u daromad, shon-sharaf demakdir; Oqni ko‘rish — mahbusni ozod qilish, kasalni davolash va sog‘lomlik, kutilmagan foyda; Qora uzunchoq yuzli xotinni ko`rish- bir necha kun davom etadigan yengil kasallikka; Xomiladorlarni …

Tushda Hijob korsa

Tushda Hijob korsa O’ngda umri uzun bo’ladigan qizga dalolat. Oxshash xabarlar:Tushda Ho’kiz korsaTushda Hovli korsaHijob o’rash usullari, hijob kiyimlarHijob fasonlarTUSHDA JINSIY ALOQA KO’RIB SHAXVATNING OTILISHITUSHDA O`LIK TIRILISHITushda CHAQALOQ ko’rsaTUSHDA CHAQALOQ KO’RISH — TUSH TA’BIRITushda mashina KO’RSATushda kiyim KO’RSATushda tish KO’RSATushda o’lgan insonni ko’rishTUSHDA BALIQ KO’RSATushda PUL KO’RSATushda SUV KO’RSA

Tushda Hovli korsa

Bu o’ngda dunyodir. Tor hovli baxillikdir. Hovli. Hovli tushda kishining dunyosidir. Oxshash xabarlar:Tushda Ho’kiz korsaTushda Hijob korsaHovli turk seriali haqida malumot: aktyorlar va rollarHOVLI-JOYNI IKKIGA BO‘LISH MUMKINMI?TUSHDA JINSIY ALOQA KO’RIB SHAXVATNING OTILISHITUSHDA O`LIK TIRILISHITushda CHAQALOQ ko’rsaTUSHDA CHAQALOQ KO’RISH — TUSH TA’BIRITushda mashina KO’RSATushda kiyim KO’RSATushda tish KO’RSATushda o’lgan insonni ko’rishTUSHDA BALIQ KO’RSATushda PUL KO’RSATushda SUV …

Tushda Ho’kiz korsa

Tushda Ho’kiz korsa Bu sadoqatli do’stga ishora. Semiz ho’kiz baxt va omadga ishora. Oxshash xabarlar:Tushda Hovli korsaTushda Hijob korsaXo’kiz (sigir) muchali haqidaTUSHDA JINSIY ALOQA KO’RIB SHAXVATNING OTILISHITUSHDA O`LIK TIRILISHITushda CHAQALOQ ko’rsaTUSHDA CHAQALOQ KO’RISH — TUSH TA’BIRITushda mashina KO’RSATushda kiyim KO’RSATushda tish KO’RSATushda o’lgan insonni ko’rishTUSHDA BALIQ KO’RSATushda PUL KO’RSATushda SUV KO’RSASavol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, …

Tushda Kumush ko’rsa

Kumush yaxshilik, oy timsolidir. Tushda bir parcha kumushni yerdan chiqarib olinayotganlikni ko’rish — bu tush 2003 yil iyulda yangi kon ochilib undan ko’p daromad olishshni bildiradi. Kumushdan yasalgan kuprikni tushda namoyon bo’lishi — pulga sotib olingan shubxali omad, birlashma ekanligidan dalolat beradi. Oy tasviri tushirilgan kumush tangalarni tushda ko’rish — bu shu paytgacha noma’lum, biroq, …

Tushda Kalamush ko’rsa

Kalamush jiddiylik, injiqlik, serqirrallik, yo’qotish va omadlar belgisidir. Agar tushda kemirayotgan juda ko’p kalamushlar ko’rinsa, shundan ogoh bo’lingki, o’ngda agar yerni asrash va qishloq xo’jaligi zararkunandalarini puxta o’ylab yo’q qilish chorasi ko’rilmasa, bu ocharchylikka olib keluvchi ekologik faloqatni keltirib chiqarishi mumkin. G’ayritabiiy go’zal oq kalamushning izvoshda kelayotganligi tushga kirsa, bir qarashda shimoldagi buyo’q davlat bilan …

Tushda Kaltakesak ko’rsa

Kaltakesak — yovuzlikni, beraxmlikni, zo’ravonlikni namoyon etuvchidir. Chiroyli kaltakesakni tush ko’rish — xavfli odam bilan kelishuvda yashash, chap berib qutilishni bildiradi. Katta kaltakesak tushga kirsa — boshlanishi vaximali bo’lib ko’ringan nima bilandir yoki kim bilandir uchrashishingizdan darak beradi. Oxshash xabarlar:Tushda CHAQALOQ ko’rsaTushda mashina KO’RSATushda kiyim KO’RSATushda tish KO’RSATUSHDA BALIQ KO’RSATushda PUL KO’RSATushda SUV KO’RSASavol: Tushda …

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

tush tabiri kitobi

Azon. Tushda azon aytilayotganini ko’rish yoki eshitish haj qilmoqqa ishoradir. «Agar joyi past yoki noma’lum joyda azon aytsa,— Ibn Sirin,— unga bir g’amlik etgay»(10,29). Kimki gushida o’zi azon aytayotgan bo’lsa, boz ustiga azon aytib bo’lib, ichi qora, johil qari xotinni ko’rsa, o’ngida yaqin odamining qazo qilganini eshitadi.

Joynamoz. Tushda joynamoz yaxshi inson bo’lishdan dalolat beradi. Agar bunday gushni bo’ydoqlar ko’rsa, yaxshi oila sohibi bo’lishiga ishoradir.

Zamzam. Kimki tushida zamzam suvidan ichsa, qiyomat kuni tashnalikdan xalos bo’ladi. Zamzamni ko’rgan kishi bemor bo’lsa, shifo topadi. Bu tushni boylikka ham yo’yadilar; zamzam suvidan ichgan odam haloldan ko’p mol topadi.

Zakot. Tushda zakot berish, umuman, boylik ortishiga isho ra. Ibn Siringa tayangan holda yana quyidagicha ta’bir qilinadi: kimki tushida zakot bersa, moli barakalik bo’la di. Ja’fari Sodiqqa suyanib yana quyidagicha ta’bir qila dilar: yaxshi bashorat, xayru barakot, hojagbarorlik, ro’shnolik, ziyoda davlat, dushmandan omonlik (10, 48).

Ibodat. Allohni zikr etishdan tortib yaxshilik qilishgacha bo’lgan barcha amallar ibodat hisoblanadi. Namoz ibodatini alohida mazmun bilan keltirdik, bu o’rinda esa umuman ibodat nazarda tutildi. Tushda ibodat qilmak dunyo va oxi ratning xayrliligidan dalolatdir, bunday tush ko’rgan odamning ishlari baroridan keladi. Bu tush yana xushxabar, salomatlik va dunshan ustidan golib bo’lishga ishoradir.

Imom. Kishi agar gushida imomlik qilsa, yuksak bir marta baga erishishidan va so’zi o’tkir bo’lishidan dalolat. Is moil (a.s.)dan rivoyag qiladilarki, har kim tushida imom bo’lib, namozni qancha komillik bilan o’qisa, obro’ top gay. Agar namozda nuqsonlikka yo’l qo’ysa, moliga nuqson etgay (10, 49). Ismoil ‘alayhissalomning ushbu ta’biri tajribada ko’p sinalgan.

Iftor. Tushda iftor qilish molmulkning ortishiga, ra mazon oyida iftor ziyofati berish barcha tashvishlardan qutilishga, iftor dasturxonini ko’rish rizqning baraka siga ishoradir. Shunday tush ko’rgan kishining rizqi hami sha ulug’ bo’ladi.

Kalimayi ithodat. Tushda kalimayi shahodat, ya’ni lo iloha illamoh, Muhammadan rasulullohdeyish o’ngda xayrliqdir; bun day tush ko’rgan kishi hidoyatga erishadi, tang ahvoddan va mush kulliklardan qugiladi; qarzdor bo’lsa, qarzlaridan xalos bo’la di, agar bemor bo’lsa, shifo topadi, hibsda bo’lsa, ozod bo’ladi.

Imoni basalomat bo’lib, maxshar kuni so’roqqa tugilmaydi, Alloh rahmatiga musharraf bo’ladi. Shukrullo «Kafansiz ko’mil ganlar» romanida yozshilcha, hibsxonadalik paytida bir kuni tu shida kalimayi shahodatni aytibdi, tong bilan ko’ngli ravshan bo’lib uyqudan uyg’onibdi. Oradan birikki soat o’tgan, hibsdan ozod bo’lgani haqidagi buyruqni qo’liga berishibdi.

Ka’ba ziyorati. Tushda Ka’bani ziyorat qilmaklik yaxshilik ka yo’yiladi; tushida Ka’bani ziyorat qilgan va atrofini tavof qilib qaytgan kishi barcha mushkulliklardan xalos bo’lib, salomat bo’ladi. Ibn Sirindan iqgibos qilib ay tadilarki, tushida Ka’batullohni ziyorat qilgan kishi ning o’ngida dini mustahkam bo’lar va hukmdorlardan man faat ko’rar ekan. Agar uyi Ka’ba bo’lganini ko’rsa, xalq tomonidan ham, hukmdorlar tomonidan ham izzathurmatga sazovor bo’ladi (10> 53).

Ko’ztumor. Xalq irimlarida odamning ko’zi tushadigan joyga tumor taqiladi, bolalarning bilaklariga, bo’yinlariga, beshiklar va belanchaklariga munchoq taqilgandek, mana shuni ko’ztumor deyiladi. Ko’ztumor va shunga o’xshash narsa larni tushda ko’rish davomli kelib turadigan xushxabarga ishoradir.

Madina. Kimki tushida Madinai munavvarani ko’rsa, boz ustiga payg’ambarimiz qabrlarini ziyorat qilsa, umrida * hamisha yaxshilik ko’radi.

Makka. 1ushda Makkayi mukarramani ko’rish taqvodorlik ka va e’tiqodning kuchayishiga ishoradir. Ibn Sirin bu gushni qaj qilmakka, agar tijorat niyati bo’lsa, moldu nyoga hirs qo’ymakka yo’yadi (10, 57). Buning ma’nosi shuki, moldunyo to’playdi va uning hirsi bilan gunohga qoladi.

Masjid. Tushda umuman masjid ko’rish yaxshilikka. Jome’ mas jidini ko’rish badavlat bo’lmakka dalolat, bu tushni dindor likka ham ishora, deb ta’bir qilinadi. Ammo tushda masjid ko’rish va uning ichida bo’lishning bir nechta shartlari bor.

Ibn Sirin masjidni tushda ko’rishni keng izohpagan: kim ki tushida masjid bino qilsa, o’ngida musulmonlarga xayru ehson qiladi va bu xayru ehsondan ko’p samara topadi.

Agar masjidning chirog’ini o’chirsa, farzandi vafot etadi, mas jidda namoz o’qisayu yuzini qibla tomonga qaratmagan bo’lsa, yaxshi. Agar yuzi qibla tomonga qaragan bo’lsa, karohati bor. Agar masjidda yuzqo’lini yuvsa, ko’p mol sarf qilish evaziga murodiga etadi. Masjidning vayron bo’lganini ko’rish bir olimning vafot etganligiga dalolatdir (10, 56bet; 33, 65).

Me’roj. Kimki tushida me’roj kechasi duo va ibodat qilsa, hojatlari ravo bo’lib, murodlari hosil bo’ladi. Bemor bo’lsa, shifo topadi.

Mehrob. Ibn Sirin bunday tush ko’rishni quyidagicha ta’ bir qiladi: mehrobda ayni namoz vaqti kirganda namoz o’qisa, farzandi solihdan dalolat, agar mehrobni ta’mir lasa, tug’ilgan farzandi imom va olim bo’ladi (10, 5354; 33, 62).

Ibn Sirinning ta’biridagi mehrob har qanday masjidning mehrobi emas, balki jome’ masjidining meh robidir. Ammo jome’ masjididagi mehrobning o’zini ko’rish sevinchli xabarga yo’yiladi, agar mehrob qorong’u likda ko’rinsa, tashvishdir, yorug’likda ko’rish quvonchdir. Mehrobdan turib amri ma’ruf qilayotgan bo’lsa yoki xut ba o’qiyotgan bo’lsa, o’ngida yuksak maqomga erishib, kat ta obro’ qozonadi.

Mozor. Tushda mozorda yurish gunohpardan tavba qilmakka isho radir; bunday tush ko’rgan odam o’z gunohpari uchun istig’for aytishi kerak bo’ladi. Binobarin,

«Komilutta’bir»da shu mazmun keng izohlangan: go’ristonda yurish nodon va fosid odamlar bilan hamsuhbat bo’lishga ishora, agar go’ristonga tushida ziyorat qilmak uchun kirgan esa, hibsdagi odamlarni ziyorat qiladi, agar go’ristonga yomg’ir yog’ayotganini ko’rsa, demak, Allohtaodo qabrdagilarni rahmat qilibdi, agar go’ri ston ahli qabrlardan bosh ko’targanini ko’rsa, o’sha joyda balo va mashaqqat ko’p bo’lar ekan (33, 5960).

Motam. Tushdagi motam salomatlikka ishoradir; demak, tu shida motam marosimini ko’rgan kishi salomatligi haqida o’ylashi kerak. Buning ham ba’zi shartlari bor ekan: agar qarindoshingizning motamida ishtirok etsangiz va havo ochiq bo’lsa, o’zingizning va yaqinlaringizning sog’ligi yaxshiligidan dalolat, agar havoning qavog’i soliq bo’lsa, demak, sizning sog’ligingiz yomonlashar ekan. Agar tushin gizda tanimagan, bsgona odamning motamini ko’rsangiz yomon gap eshitasiz yoki noxush xabar keladi.

Muftiy. Tushida muftiyni ko’rish kishining dini mus tahkam bo’lmog’iga ishoradir.

Muazzin. Umuman tushda muazzinni ko’rish ezgulikka isho radir, agar kishining o’zi tushida muazzin bo’lsa, oxira ti obodliligidan dalolat.

Murdaning gapirishi. Kimki tushida o’lgan odam bilan gap lashsa, ya’ni murda unga chiroyini ochib gapirsa, o’ngida kayfiyati ko’tariladi, murda qovog’ini solib gapirsa, ar vohpar undan norozi ekanlar.

Yana Kirmoniyga suyangan holda aytadilarki, o’lib ketgan odamlarni pokiza, xushr o’ylik holda tushda ko’rsa, marhum shoddir, go’ri jannat bog’iday ekan.

Agar kiyimlari xarob va o’zini g’amgin ahvol da ko’rsa, azobda ekan, tush ko’rgan odam darhol duoi fo tiha qilsin va sadaqa bersin (23, 55).

Xazrati Doniyoldan rivoyat qilib aytadilarki, har kim tushida o’lgan odam dan biron narsa olsa, kutmagan joydan rizq etishadi, o’sha narsadan bersayu esa, unga g’oyibdan halol mol eti shadi, emasa, etmaydi, agar o’lgan odam unga kiyimidan bersa va u uni kiysa, umrining oxirlab qolganidan da lolat, istig’for aytishi kerak, agar kiymasa, zarari yo’q
(23, 55).

Harholda sadaqa raddi balo deganlaridek, bu tush | dan keyin xayrsadaqa qilib yuborish kerak.

Namozgoh. Kimki tushida namozgohni ko’rsa, demak, u tash vish va qayg’ulardan xalos bo’libdi.

Namoz. Kimki tushida namoz o’qibdi, u mustahkam iymonga ega bo’libdi, kimki namoz o’qib ikki tomonga salom be ribdi, mashaqqatlardan qugilibdi, kimki janoza namo zini o’qisa, u gunohlari uchun istig’for aytsin.
Ochits go’r. Kimki tushida ochiq go’r ko’rsa, qarindoshlaridan, yaqinlaridan kimdir qazo qilar ekan. Yaqinlarning va foti go’rning miqdoriga ko’ra.

Ruku’. Tushda ruku’ga borishlikni ko’rish ibodat ishlariga jiddiy qarashi kerakligiga ishoradir; bunday tushni ko’rgan kishi, demak, ibodat ishlariga beparvo ekan.

Ramazon. Ramazoni sharif bilan bog’liq tushlar hamisha yaxshilikka yo’yiladi. Tushda Ramazon oyida ekanligini ko’rish xayr va yaxshilikka erishishga ishoradir.

Ro’za. Kimki tushida ro’za tutsa, ulug’likka erishadi, sihha ti yaxshi bo’ladi, oilasi va qarindoshlarida ofiyat hukm suradi, to’g’rilikka yuz tutadi, yolg’on so’zdan parhiz qila digan bo’ladi, tashvish va mashaqqatlardan qutiladi, solih amallarga kirishadi.

Ibn Sirinning aytishicha, kimki tushida ro’za tutib, tasbih va tahlil aytib, Qur’on tilo vat qilsa, o’ngida gunohlaridan tavba qilib, pok bo’ladi.

Kimki tushida ro’za tutgan bo’lsayu, birovni g’iybat qil sa yoki yomon so’zlar og’zidan chiqayotgan bo’lsa, o’ngida dini mustahkam bo’lmaydi. Ja’fari Sodiq tushda ro’za tutgan ni ko’rishni o’n narsaga yo’yibdi: buzruklik, amaldorlik, tansihhatlik, baland martaba, tavba, g’amdan xaloslik, davlatmandlik, hajga bormoq, nafsni engmoq, farzandi solih ko’rmoq (10, 66).

Sajda. Tushda sajda qilganni ko’rish yaxshilikka yo’yiladi. Ammo, deydi Ibn Sirin, Alloh taologa sajda qilganli gini ko’rsa, murodmaqsadiga etadi, gayri narsalarga sajda qilish kasofatdir (10, 7576; 33, 48).

Sadatsa. Kimki tushida qaerga va kimga bo’lishidan qat’i nazar, sadaqa bersa, o’ngida yaxshilik topadi. Ibn Sirin ta’biricha, tushida sadaqa bergan kishi olim bo’lsa, ilmi dan ko’p odam bahramand bo’ladi, podshoh bo’lsa, xalqqa nafi etadi, hunarmand bo’lsa, hunari rivoj topib, sho girdlari manfaat ko’radi, bunday tush ko’rgan odamnish mushkullari oson bo’lib, mashaqqatdan xalos topadi (10, 7; 33, 40).

Sa’y. Kimki Safo va Marva oralig’ida tushida sa’y qilsa, barcha tilaklariga erishadi.
Sunnat. Tushida sunnat to’yini ko’rish farzandlaridan ma dad olishiga ishoradir. Agar kimki tushida o’zini sunnat qilinganligini ko’rsa, bu tush qarindoshlaridan madad olishidan dalolat beradi.

Tavba. Tushida tavba qilgan kimsaning istak va orzulari ro’yobga chiqadi va molmulki ortadi. Bu tushni ko’rgan kishi do’stlari bilan yaxshi aloqalar bog’laydi, agar bu tushni tadbirkor kishi ko’rsa, ishida barakot bo’ladi, agar yoshlar ko’rsa, sevgi ishlari xayrlik bilan tugaydi. Agar ayol kishi tushida tavba bilan bog’liq narsalarni ko’rsa, mashaqqat va tushkunlikka tushishdan saqlansin

Tasbih. Tushda tasbih o’girish va tasbih aytish xayrlidir. Bun day tush najot topish va yaxshilikka ishoradir.

Tahorat. Kimki ^ushida tahorat olsa, bemor bo’lsa sogayadi; osiy bo’lsa, tavba qilib, taqvodor bo’ladi; qarzdor bo’lsa, qutiladi. Tushida tahorat olmak uchun suv izlagan kishi o’ngida bir qiyinchilikka uchrab, so’ng qugiladi. Ibn Si rin gushda mukammal gahorat olgan kishi o’ngida barcha maq sadiga erishadi, qo’lyuzinigina yuvgan kishi o’ngida biro darining ishiga madad beradi, deb ta’bir qilgan (10, 69).

Tumor. Yuqorida ko’ztumor haqidz aytgan edik. Bu o’rinda ko’zga tushmaydigan tumorlar hdqida gap boradi. Binobarin, bunday chumorlar qo’ltiqtagi singari joylarga osib qo’yiladi. TushDZ gumor taqish do’stu birodarlar orasida yaxshi nom qozo nishga ishoradir. Ibn Sirin aytadiki, har kim tushvda o’ziga gumor taqsa, g’amdan xalos bo’ladi, qarzdor bo’lsa, qarzvdan qutiladi, bemor bo’lsa, shifo tapadi, tugqun bo’lsa, ozod bo’ladi. Agar kimki tushida birovlarga tumor bitib bersa, undan ko’pchilik manfaatdor bo’ladi (10, 80; 33, 35).

Tushda kitob

Tushda kitob — Ibn Sirinning aytishicha, tushida tafsir kitobini o’qiganini ko’rsa, dinda taqvoli bo’lishiga va to’xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalil bo’ladi.

Agar tushida fiqhga oid kitob o’qiganini ko’rsa, qilinishi mumkin bo’lmagan ishlardan qaytishiga dalildir. Agar hadis kitobini o’qiganini ko’rsa, podshoh oddida fikri o’tadigan bo’lishiga dalildir.

Tushda kitob Agar usul kitobini o’qiganini ko’rsa, foyda qiyinlik bilan hosil bo’ladigan ishga mashg’ul bo’lishiga va dinda savob bo’ladig’an amalni qilishiga dalildir. Agar qissa kitobini o’qiganini ko’rsa, avliyo va anbiyolar so’ziga harismand bo’lishiga dalildir. Agar nujum kitobini o’qiganini ko’rsa, bu jahon yaxshiligi hosil bo’lishiga dalildir.

Agar nahv va odob kitoblarini o’qiganini ko’rsa, biror narsani qidirish va biror narsani tanish ishtiyoqida bo’lishiga dalildir.

Agar she’rlar kitobini o’qiganini va she’rlar g’azal va madhlardan iborat bo’lsa, odamlar malomat qiladigan bir ish bilan mashg’ul bo’lishiga dalildir. Agar she’r na’t va tavhid haqida bo’lsa, yaxshi bo’lishiga dalildir.

Agar ta’bir (tush) kitobini o’qiganini ko’rsa, bir ulug’ odam so’zlaridan minnatdor bo’lishi va undan foyda topishiga dalildir.

Agar tushida «Hidoya» kitobini o’qiganini ko’rsa, odamlar dono deb atashlariga bois bo’ladigan amalga mashg’ul bo’lishiga dalildir, lekin din uchun foydasi bo’lmaydi. Agar qozilik hukmlari haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, safarga borishi va undan foyda topishiga dalildir.

Agar hisob kitobini o’qiganini ko’rsa, doimo g’amgin bo’lishiga dalildir. Agar latifa va afsonalar haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, xunuk bir ishni qilishiga dalildir. Agar hajv va nuqson haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, odamlarning nuqsonini qidirish va odam- lar orasida badnom bo’lishiga dalildir.

Qiziqarli malumotlar
Tush tabiri kitobi