Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi

Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi
kim bolsam ekan mavzusida tadbir senariysi 65ca835de7aeb

i

Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi

Mundarija скрыть
Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Kim bo’lsam ekan
  Ushbu  tadbir  orqali  o’quvchilarni o’zlari  sevgan kasb- hunarlariga muhabbat  ruhida tarbiyalash ,  yaxshi insonlar bilan faxrlanish   hissini  uyg’otish , ularning  qilgan  ishlari , qoldirgan  meroslarini o’rgatish  , o’quvchilarni  mehr – oqibatli  , xushmuomala bo’lishiga  va o’z  maqsadiga  erishish  yo’lida  tinimsiz  izlanishga  undash .
Dasturni  2 ta  boshlovchi olib  boradi .
           Hamma  :
      Assalomu  alaykum
Xush  kelibsiz  aziz  mehmonlar ,
Baxt  uchun  kurashib , yongan insonlar
Poyqadamingiz muborak  bo’lsin
Nur  tomar  chehrangiz  ziyoga to’lsin
1 – boshlovchi : Xush  kelibsizlar  aziz ustozlar va mehmonlar ,
       bugungi 5 – sinf  o’quvchilarining   “ Kim bo’lsam ekan «
  mavzusida  o’tkaziladigan  tadbirga xush  kelibsiz
2 – boshlovchi :
       Ushbu  tadbirimiz  sizga xush  kayfiyat  taqdim  etsa biz juda
        xursand  bo’lardik .
                           Hamma :
Men —  g’unchaman bahor  bo’lgim keladi
Men – shabnamman  , nahor bo’lgim keladi
Men  — zarraman – olam  bo’lgim  keladi
Men —  bolaman , odam bo’lgim  keladi
Yurtlar ko’pdir bir – biridan ziyoda
O’zbekiston go’zal diyor dunyoda
Hur o’lkamda baxtli yashash – tilagim
Istiqlolni qutlar  jajji  yuragim
Men – jilg’aman  , ummon bo’lgim keladi
Men – yog’duman  —  cho’lpon bo’lgim keladi
Men – uchqunman , bo’lgim kelar alanga
Farzand  bo’lib  yaray aziz  Vatanga !
1 – boshlovchi :
     Inson paydo  bo’lgandan buyon  butun umri davomida mehnat evaziga yashab kelmoqda . Hattoki  insonni yashash  uchun hamma  imkoniyatini tabiatdan olishi mumkin  bo’lgan  ibtidoiy  jamoa  davrida  ham odazod  o’z qornini to’ydirish , ehtiyojlarini qondirish uchun  yovvoyi hayvonlarni  ovlash , daraxtlar , qorlar  orasidan  o’ziga zarur  narsalarni  topish  uchun  mehnat qilar  edi .
2 – boshlovchi :
    Ma’lumki  odamlarning  ehtiyojlarini   ta’minlash uchun yer  yuzida  50.000 dan  ortiq  kasb  bo’lib , ana shu  kasblarning  barchasi  odamlarga  xizmat  qiladi . Har bir yosh  avlod  o’ziga shu kasblardan  birini  tanlab olib , ko’pchilik  qatori  insonlar safida turib  mehnat qilishi  shart .
1 – boshlovchi :
Inson o’zining bolalik davridan mehnat  qilishga o’rganib , biror  o’ziga  yoqqan kasbni  egallab  borishi , kelajakda mehnatsevar  inson  bo’lib yetishmoq  uchun  harakat  qilishi  kerak .
2 – boshlovchi :
Odam umrining eng quvnoq , xushchaqchaq  bolalik deb atalgan  oltin davrini behuda  va bemaqsad  o’tkazib  yubormasligi  lozim . Shu sababli  ko’proq  mehnat  foydali  ish  bilan  shug’ullanishga  odatlanmog’I  kerak .
            Donolar  aytibdilar :
Oltin  topmaginu  o’rgangin  hunar
Hunarning  oldida  xasdir oltin —  zar
1 – boshlovchi :
Endi navbat  qizlarimizga , ular ijrosida  “ Do’ppi  tikdim  ”  qo’shig’I va raqsini  tinglab  tomosha  qilamiz .
2 – boshlovchi :
Hunar  o’rganib , ilm – odob egasi bo’lgan odam  jamiyat  orasida o’z  o’rnini topadi . Mehnat qilib  o’z insoniylik burchini  o’taydi .
               Donolar aytibdilar :
 Hunarli  kishilar  gapirmaydilar
Qarab  tur , hunarning  o’zi  gapirar
1 – boshlovchi :“ Usta ”  ertagiga beramiz .  O’quvchilarimiz  ushbu  ertakni  sahna  orqali namoyish etishadi . ERtak yakunida  o’quvchilar  fikr -= mulohazalar tinglanadi .
 2 – boshlovchi :
Baxtli bo’lish  bu , mehnatni  sevish va rohatni mehnatga ko’rishdir . Mehnatni sevish , g’ayrat va matonat  bilan ishlashning  3 ta  shirin  mevasi  bor ; tan salomatligi , ko’ngil  rohati , zehnning  ortishi  .
 1 – boshlovchi :
Kasb – hunar o’rganishdan or qilma  mehnat  qilishni o’rgan . Yurt va elning rivoji  ham hunarga  bog’liq . Eng halol va eng yoqimli  yeyish va kiyish  hunardan  hosil  bo’ladi . Hunar —   yashirin  xazina
2 – boshlovchi :
Kuni kelib dunyo  tasodiflari tufayli  mol – mulkdan  ajralsang  ham , hunardan  hech  qachon  ajralmaysan . Hunar sening doimiy hamrohing madadkoringdir .
    Insonning  hunari uning  boyligi
    Pul  tugaydi  biroq hunar tugamaydi
Navbatni  kasblar haqidagi  she’rlarga  beramiz
1 – boshlovchi :
Kasblar  ko’pdir  duyoda
Bir – biridan  ziyoda
Kasb – hunarni egallab
Ishtiyoqqa  egarlar
Orzuli  bo’lsa yurak
Bajo bo’lar  istak
Agronom
Bo’lsamikka agronom
Juda jarangli bu nom
O’stirar  edim  paxta
Butadamas daraxtda ….
Buyoqchi :
Yo  bo’lsammi  buyoqchi
Uning  ishiga  boqchi
Bo’yalgan zahot  xona
Go’zallashadi  yana …..
Duradgor
Yo  bo’lsammi  duradgor
Bu  ishga  ko’p  hikmat  bor .
Ayting-chi ,  kim birpasda ,
Ketmonga  yasar  dasta
Elchi :
Sen  ham  maslahat  berchi
Yo  bo’lsamikkan  elchi
Samalyot  qo’nar  shu  on bu  manzil  Farangiston
Deyman :  Azizlar  salom
“ Bonju”  hammamiz  omon !….
Fazogir
Yo  bo’lsammi  fazogir
Yerni aylanib gir – gir ,
So’ng esa qo’nsam oyga
Oy bilan qilib poyga …
Geolog
Yo  bo’lsammi geolog
Yursam , kezsam tog’ma-tog’
Ma’danga to’la zamin
Juda uzoq oylab men
Topsam ko’plab  ma’danlar
Hayrob  qolsa  odamlar …
Haydovchi :
Yo  bo’lsammi  haydovchi
Qo’l ko’tarsa  yo’lovchi
Mashinam  g’iz – g’iz etsa
Darrov  manzilga  eltsam
Ixtirochi :
Yo  bo’lsam ixtirochi
Bu ishning ko’p  quvonchi
Bu ishga bo’lgan usta
Ixtiro qilsam  yuzta …
Jurnalist :
Yo bo’lsammi  journalist
Xabar yozsam  juda  tez
Va  electron pochtadan
Yuborsam  uni  birdan …
Kulol
Yo  bo’lsammikan  kulol
Sizni qilib hayron lol
Yasasam  ko’za idish
Juda maroqli  bu ish ….
Lug’atshunos
Yana bir o’ylab ko’rsam
Yo , lug’atshunos bo’lsam
Juda ham ko’plab so’zdan
Turli  lug’atlar  tuzsam ….
Militsioner
Yo militsioner bo’lay
Doim postimda  turay
Sezgir bo’lsam bag’oyat
Bo’lmas biror  jinoyat
Nonvoy
Yo bo’lsammikan  nonvoy
Hamma ko’rib desa  voy
Yaratsam katta tandir
Va yopsam bir uy  patir
Oshpaz
Yo  bo’lsammikna oshpaz
Hamma qilardi  havas
O’ylab topsam  bir  taom
“O’zbekiston ” bersam nom …
Pardozchi :
Eshiting quloq osib
Pardozchi ham zo’r kasb
Pardoz qilsam yuzungiz
Tanimaysiz  o’zingiz …
2 – boshlovchi :
Odamning barakali va  badavlat bo’lishi  uchun kasb – hunardan qimmatliroq  mato yo’q va ulug’lik hamda saodat osmoni  uchun esa qobiliyatdan  yorqinroq yulduz yo’qdir .
Navbatni  yigitlarimiz  ijrosidagi  “ Sartarosh ”   qo’shig’iga  beramiz .
1 – boshlovchi  :
Oltining  xarj bilan oxir  bo’lar kam
Hunar shunday ganjki , kamaymas hech dam
Ularning  farqin  aytsam  agarda
Hunar  chashma  erur , oltin-chi shabnam
                                                             (Xurramiy )
Sahna orqali o’quvchilarimiz tomonidan mehnatsevarlik va dangasalikni  oqibatlari  yoritilgan  hammamiz sevib  o’qiydigan  “ Zumrad  va Qimmat ”  ertagini tomosha  qilamiz .
2 – boshlovchi :
Kasb hunar  egasi  ta’madan  xolidir
U o’z hunarining  fazilati  tufayli  o’z mehnati  bilan  halol topib , halol yeydi .
Navbatni  mehnat , kasb – hunar , ilm egallashga  doir  donolarimizning  hikmatli so’zlari  va hadislarga  beramiz .
  1. Kim mehnatla qadam qo’ydi tog’ – cho’lga
Xazina kalitin  kiritur  qo’lga
                                           ( X. Dehlaviy )
  1. Mashaqqat chekmagan  topmast xazina
         Tun ortidan  kelar  kunduz hamisha
                                                        ( S. Sheroziy )
  1. O’z manglay teridan non yegan kishi
        Hotam minatidan  ozod yoz – qishi
                                                    (S. Sheroziy )
  1. Orzu , tilak yo’li mehnat tagida
    Xazinaning mo’li mehnat tagida
                                      ( Abu Shukur Balxiy  )
  1. Mehnat tagidadir , ey oqil har ganj
          Ganj topmas hech kimsa tortmas  esa ranj
                                                                    ( A. Firdavsiy )
  1. Kosibdan shodu xurram yo’q jahonga
Hunardin yaxshi dur ham yo’q jahonda
                                                   ( N. Xusrav )
  1. Kim mashaqqat chekdi – topdi g’azna ham
Kim tirishqoq  bo’ldi – ko’p  topdi karam
                                                        ( J. Rumiy )
  1. Hech kimga yalinmas hunarli  inson
    Rizqin  o’z bog’idan  topadi bog’bon
                                      ( S. Nasafiy )
  1. Zabt etayin desang sern ilmu hunar
Insof kamolni et o’zingga  rahbar
                     ( A. Bedil )
  1. Kim hunarni desa u dono bo’lur
             Nodonlar qudrat deb boylikni bilur
  1. Hunarsizlardan uzoq – uzoq ket
   Mardlar  kabi sen hunar  talab et
          ( X. Dehlaviy )
  1. Guharni hunarsiz dema hech guhar
  2. guhar narxin orttirgan asli hunar
                    ( A. Balxiy )
  1. Qimmatli guhardan qimmatroq hunar
             Hunar bo’lsa ishda  yaraydi guhar
                         ( A. Balxiy )
  1. Hunar birla aqlni birikkan  hamon
        Har  bu ish jahonda yurishgay  ravon
  1. Firdavsiy
  1. Hunar o’rgan chunki  hunarda ko’p sir
Yopiq  eshiklarni ochar , ochar  birma – bir
                   ( N. Ganjaviy )
  1. Biliming osmonga yetgan bo’lsa ham
Boshqalar  ilmiga quloq  sol har  dam
                      ( A.Sh . Balxiy )
  1. Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas
             Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas
                        ( Rudakiy )
  1. Odamlar aqlining chirog’I bilim
       Balodan  saqlanish yarog’I  bilim
                             ( Ro’dakiy )
Bilim  bilan bo’lur odamda iymon
 Bilimdan devni  bog’lamoq  oson
                       (Firdavsiy )
  1. Bilimsizlik bilan ishga kirishsang
Foydasi bo’lmaydi  qancha tirishsang
                           (Firdavsiy )
  1. Bilimdan shod bo’lur doim dilu – jon
Bilimsiz olamda hayron sargardon
                     ( N. Xusrav )
  1. Ilm barcha hunarning toji bebaho
        Ilm —  hamma qulfning  kaliti  a’lo
                          ( A. Jomiy )
  1. Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir .
                                                                           ( hadis )
  1. Ilm o’rganish har bir musulmon uchun  farzdir . ( hadis )
  2. Beshikdan qabrgacha bilim ista ( Hadis )
           1 – boshlovchi :
Endigi  navbatni  “ Shog’lom ”  ertaagiga beramiz . Tomosha qilib bo’lganingizdan  so’zg  ushbu  ertakda qanday  mavzu  ilgari
Surilganligini  aytasiz .
2 – boshlovchi  :
Shuning  bilan bugungi 5 – sinf o’quvchilari  tomonidan  tayyorlangan  “ Kim bo’lsam ekan ”  mavzusidagi  tadbirimiz yakunlandi , ustozlarimizga shuni va’da beramizki  voyaga yetib  , albatta o’zining  sevgan  kasbning  mohir  ustasi  bo’lib , xalqimizga  vatanimizga  chin  dildan  xizmat qilamiz .
1 – boshlovchi :
Buning  uchun  ustozlarimizning  barcha  o’g’it va pand – nasihatlariga quloq solgan  holda barcha fanlarni a’lo baholarda o’zlashtirib  odobli , kamtarin  , mehnatsevarlik bo’lishga so’z beramiz .
Dasturni  Miraziz A’zamning  “ Qo’lni  qo’lga beraylik ”  she’ri  bilan  hikoyasiga  yetkazamiz .
Bir  bu  ozod diyorning
Eng umidbaxsh  unimiz
Birinchi sentabrda
Mustaqillik  kunimiz
Birinchi sentabrda
Yangi  hayot  boshlandi
Go’zal hayot qurishga
Dadil  qadam tashlandi
Quramiz  buyuk davlat
Qoldirib  izimizni
Xalqlar aro oq bo’lar
Ko’rasiz  yuzumizni
Qo’lni qo’lga beraylik
Vatan bo’lsin  guliston
Hurlar aro  hur bo’lsin
Mangu  buyuk Turkiston

Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi