Ikki eshik orasi

Ikki eshik orasi

Ushbu to`plam O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida o`tkazilgan konferensiya materiallaridan tashkil topgan. Konferensiya to`plami Buxoro davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi ilmiy kengashining 2022-yil 25-martdagi 28-sonli bayonnomasi va Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Ijtimoiy fanlar o`quv metodika kengashining 2022-yil 25-martdagi 2-sonli qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilg

“Ikki eshik orasida” kitobini o‘qish uchun romandan parchalar

Mundarija скрыть

Quyidagi romandan keltirilgan parchalarni o‘qib adib badiiy tasvirdan naqadar topqirlik bilan yondoshganligiga guvoh bo‘lasiz. Asarda turli qahramonlarning hayot yo‘llarida ularning ko‘ngil kechinmalari, afsus – anduhlari va abadiy armonga aylangan diydor voqealardan namunalar keltirilgan. Bunda yozuvchi so‘zlarni qo‘llashda mohirlik bilan foydalanganligiga amin bo‘lasiz. Asarni o‘qib chiqib haqiqatdan ham O‘tkir Hoshimovning xazinasi ekanligiga shohid bo‘lasiz.

Quyosh har kuni uyg‘ongan zahoti jilmayib boqadiyu unsiz xitob qiladi: bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch – totuv yashasalaring bo‘lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar gohida imon? Axir hammangiz insonsizku hammangiz mening bolalarimsizku, men sizlarning otangizmanku. Bir-birlaring bilan qirpichoq bo‘laverishlaringni ko‘raverib charchab ketdimku! Yetar axir, yetar, bolajonlarim! O‘z onangizni – yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Onangiz shu umidda tuqqanmi sizni?! Shu niyatda ko‘tarib yuribdimi ko‘ksida!”

Quyosh har kuni shunday deb iltijo qiladi. Ammo odamlar uning hayqirig‘ini eshitmaydi. Bir-biriga choh qaziydi. Bir-birining ko‘ziga cho‘p soladi, xiyonat qiladi. Dunyo nega bunaqa…?

Bo‘yi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga o‘xshaydi. Uzoqdan yaraqlab ko‘rinadiyu, na yetasan na tutasan. Yulduz esa olisda sirli-sirli miltirab turaveradi.
Yigirma ikki yil… yigirma ikki yillik umr xazon bo‘ldi. Yoshim 50 yoshga yetmasdan invalid bo‘ldim… Essiz umr… essiz odam… essiz umidlarim hammasi qora yerga ko‘mil’di. Kimman o‘zi? Men ham odammanmi? Men ham onamanmi?

Marhumlar hech narsani ko‘rmaydi deb o‘ylaysizmi? Marhumlar hech narsani eshitmaydi deb o‘ylaysizmi? Marhumlar hech narsani bilmaydi, deb kim aytdi sizga! Biz hammasini ko‘rib turamiz, hamma gapingizni eshitamiz. Faqat siz tiriklar bizning gapimizni eshitmaysiz. Bizning sizlardan farqimiz, oldingizga yurib borolmaymiz. Shuning uchun ora-sirada tushingizga kirib turamiz. Siz bilan tushingizda gaplashamiz.

Marhumlar hech nimani eslamaydi, desangiz xato qilasiz. Marhumlarning xotirasi – siz tiriklarnikidan yaxshiroq bo‘ladi. Negaki, siz tiriklar ming xil hayot tashvishlari bilan yelib yugurasiz. Bizning esa xotiralarni eslashdan boshqa yumishimiz yo‘q.

Bilaman, siz – tiriklar o‘limdan qo‘rqasiz. Tirikligimda men ham qo‘rqar edim. Yo‘q o‘lim unchalik dahshatli emas. Ertami-kechmi hamma ham o‘ladida! Hayot nima o‘zi. xudo hadya etgan in’om. Ammo odamlar har xil. Birov shu in’omni boshqalar bilan baham ko‘radi. Birov boshqalarnikini ham qo‘shib olgisi keladi. Shu bilan umri uzayib qoladigandek. Gap qachon o‘lishdami? Qanday o‘lishda emasmi?

Haqiqat egiladiyu sinmaydi, deganlari rost, shunaqaki haqiqat egiladi. Vaqti kelib tiklanadi. Ammo to tiklanguncha ancha munchaning qovurg‘asi singani yomonda.

Kimsan urushda bedarak ketganidan keyin oradan yigirma to‘rt yil o‘tib tushida ilk muhabbati Robiya bilan suhbati.
– Yig‘lama, Robiya! Qara, yostig‘ing ho‘l bo‘lib ketibdi.
– Kimsan aka, sizni tanidim.
– Men ham…
– Kimsan aka, gunohimdan o‘ting. Sizni kutdim. Ko‘p kutdim. Keyin tog‘amga…
– Bo‘ldi, Robiya…
– Kimsan aka! Boyagi yigitcha… Muzaffar… mening o‘g‘lim. Yana bitta o‘g‘lim bor: Omon. Bilasizmi, Omon… Sizning o‘g‘lingiz bo‘lishi mumkin edi…
– Na chora, Robiya! Urushni men o‘ylab topganim yo‘q. Sen ham…
– Menchi, sizga atab qiyiqcha tikdim. Ko‘p qiyiqcha tikdim. Otingizni yozib, tagiga gullar chizdim.
– Yig‘lama, Robiya… yoshingni art, jonim! Quloq sol. Eshitdingmi, hali oqsoqol nima dedi? Yer yuzida yangi urush ochishni xayol qilgan nomardlar hali ham bor ekan. Eshityapsanmi, Robiya! Gapim qulog‘ingda bo‘lsin! Ayt. Muzaffarga, Omonga, hammaga ayt! Odamlar esini yig‘sin! shunaqa nomardlarning qo‘liga kishan solinglar. To‘g‘ri o‘lish qiyin ish emas, o‘lim dahshatli emas, ammo inson yashash uchun tug‘iladi, Robiya! Eshitdingmi! Bo‘ldi, Robiya! Yig‘lama, ertaga yana kelaman…

Kimsan urushda bedarak ketdi. Oradan yigirma to‘rt yil o‘tib tushida onasi bilan suhbatlashdi.
– Oyi meni tanidingiz-a?
– Tanidim, o‘g‘lim. O‘lganmiding? Men bo‘lsam…
– Yig‘lamang, oyi, men tirikman. Bugun o‘zingiz ko‘rdingizku!
– Dadang yo‘lingga ko‘z tika –tika olamdan o‘tdi.
– Siz yashashingiz kerak, oyi. Men uchun ham…
– Yigirma to‘rt yil kutdim. Kimsan… bu yog‘iga kuchim yetarmikan?
– Siz yashashingiz kerak.
– Xo‘p, jon bolam, xo‘p. Sen shunaqa desang…

Ehtimol odamzod farishta bo‘lib tug‘ilsa-tug‘ilar. Ammo bir umr farishta bo‘lib yashay olmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o‘zini oppoq qilib ko‘rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo‘lolmaydi. Muhimi o‘zini va o‘zligini unutmasligi kerak…

Odam amaldan ketishi bilan obro‘yi ham bir pul bo‘larkan. Amaldan tushdingmi tamom ikkinchi sort bo‘lib qolar ekansan. Kecha tovoningni yalaganlar bugun xuddi o‘sha tovoningni yalagan og‘zi bilan betingga tupurarkan…

Amaldor bo‘lishning yaxshi tomoni ham borda! O‘zingdan pastroq turganlarni temir paypoq kiygan oyog‘ing bilan tepasan! O‘shanda joning haqiqatan ham rohat qiladi. Odamlar sendan qo‘rqsa, ko‘zingga qarab mo‘ltirab tursa, bundan ortiq rohat bormi? Bo‘lmasa, uyam odam boshi dumaloq choti ayri, lekin to‘g‘ri gapirasanmi, noto‘g‘rimi, bari bir ta’zim qilib turadi! Qandoq yaxshi! Rahmdil odamdan rahbar chiqmaydi…

Ikki eshik orasi

Общение людей осуществляется с помощью письменной и устной речи. В письменной речи для быстроты и легкости понимания необходимо единство орфографических правил. В устной речи для той же цели требуется единство орфоэпических правил.

Понятие нормы и её признаки

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Taqdimot Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 12:01:54

Языковая норма – это правила использования речевых средств в определённый период развития литературного языка, то есть правила произношения, словоупотребления, использования традиционно сложившихся грамматических, стилистических и других языковых средств. Это единообразное, образцовое, общепринятое употребление элементов языка (звуков, слов, словосочетаний, предложений).

O`zbek xalq og`zaki ijodida non madhi

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Oʻquv-uslubiy majmua Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 11:35:19

Ushbu to`plamga o`zbek xalqining aziz ne’mati non haqidagi o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalari jamlangan bo`lib, undan o`zbek filologiyasi fakulteti talabalari, magistrlari, umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasbhunar maktablari o`qituvchi va o`quvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkilotchilari hamda barcha adabiyot ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.

Adabiy timsollar

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Oʻquv-uslubiy majmua Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 11:35:07

Qo`llanmada o`rta umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va oliy ta’lim dargohlaridagi adabiyot darsliklarida o`quvchilar tomonidan o`rganish ko`zda tutilgan 26 nomdagi badiiy asar haqida fikr yuritiladi. Mazkur asarlardagi ijobiy, salbiy va murakkab timsollar ro`yxati beriladi. Timsollarning asarda tutgan o`rni, bosh qahramonga qarindosh-urug`chiligi, vazifalari, amallari qisqa-lo`nda tarzda ko`rsatiladi. Mazkur qo`llanma abituriyentlar, maktab va akademik litsey o`quvchilari hamda oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan adabiyot fani o`qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.

Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Konferensiya to`plamlari Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 11:34:58

Ushbu to`plam O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida o`tkazilgan konferensiya materiallaridan tashkil topgan. Konferensiya to`plami Buxoro davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi ilmiy kengashining 2022-yil 25-martdagi 28-sonli bayonnomasi va Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Ijtimoiy fanlar o`quv metodika kengashining 2022-yil 25-martdagi 2-sonli qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilg

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:58

Тадқиқотнинг мақсади Жиззах вилоятида туризм дестинацияларини ҳудудий ташкил этиш имкониятлари ва салоҳиятини аниқлаш, улардан самарали фойдаланиш бўйича таклиф-тавсиялар ҳамда ривожлантиришнинг ҳудудий жиҳатларини ишлаб чиқишдан иборат.

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:49

Тадқиқотнинг мақсади таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштиришга доир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:42

Тадқиқотнинг мақсади профессионал таълим муассасалари ишлаб чиқариш таълими усталарини тайёрлаш ва малакасини ошириш жараёнида уларнинг касбий компетентлигини ривожлантириш методикасини такомиллаштиришдан иборат.

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,Ingliz tilida,O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:34

Tadqiqot maqsadi ixtiyoriy elliptik operatorli xususiy hosilali va kasr tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalarning yechimi mavjud va yagonaligini ko`rsatishdan iborat.

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:49:28

Тадқиқoтнинг мақсади саноат корхоналари, хусусан фармацевтика саноати ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш бўйича илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.

“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK TAKOMILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

qonli urush / individual qiyofalar / insonparvarlik / to‘qqizta personaj hikoyasi / umuminsoniy pafos / Orif oqsoqol / Xusan Duma / Robiya / Ra’no / hikoyalar kompozitsiyasi / taqdirlar romani. / bloody war / individual images / humanism / nine characters / universal paphos / arif the elder / husan duma / robia / early / subject composition / the story of destiny.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayyora Nig’Matilla Qizi Qosimboyeva, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqola O‘tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o‘rinlardan birini egallagan “Ikki eshik orasi” romani haqida. Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning qoralangani, uning g’ayriinsoniy mohiyatiga urg’u berilgani, urush voqealarining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillarga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etishi haqidagi fikr-mulohazalar isning mohiyatini tashkil etadi. Yozuvchi yaratgan obrazlarining mardlik, matonat, insonparvarlik va sabr-bardoshlilik fazilatlari orqali millatning ruhiy takomilini ochishga muvaffaq bo‘lgani haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Sayyora Nig’Matilla Qizi Qosimboyeva, Nodira Djoxongirovna Xolikova

DAVR VOQEALARINING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI
ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (“UFQ” TRILOGIYASI MISOLIDA)
HIKOYALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI
SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI
“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANINING SYUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE POETIC PERFECTION OF THE NATIONAL SPIRIT IN THE NOVEL “BETWEEN TWO DOORS”

This article is about the novel “Between Two Doors”, which occupies one of the main places in the literary heritage of Utkir Khoshimov. The essence of the work consists in the fact that the general pathetic response of the novel consists in a skillful depiction of the fate of people and the complexity of human life, the war that disturbed the world is condemned, its inhuman character is emphasized, that the events of the war have wounded the hearts and souls of every parent. It is analyzed that in the images created by the author it was possible to reveal the spiritual development of the nation, thanks to the qualities of courage, perseverance, humanity and patience.

Текст научной работы на тему «“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK TAKOMILI»

”IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK TAKOMILI

Sayyora Nig’matilla qizi Qosimboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqola O’tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o’rinlardan birini egallagan “Ikki eshik orasi” romani haqida. Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo’r mahorat bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning qoralangani, uning g’ayriinsoniy mohiyatiga urg’u berilgani, urush voqealarining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko’ngillarga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etishi haqidagi fikr-mulohazalar isning mohiyatini tashkil etadi. Yozuvchi yaratgan obrazlarining mardlik, matonat, insonparvarlik va sabr-bardoshlilik fazilatlari orqali millatning ruhiy takomilini ochishga muvaffaq bo’lgani haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar: qonli urush, individual qiyofalar, insonparvarlik, to’qqizta personaj hikoyasi, umuminsoniy pafos, Orif oqsoqol, Xusan Duma, Robiya, Ra’no, hikoyalar kompozitsiyasi, taqdirlar romani.

THE POETIC PERFECTION OF THE NATIONAL SPIRIT IN THE NOVEL

“BETWEEN TWO DOORS”

This article is about the novel “Between Two Doors”, which occupies one of the main places in the literary heritage of Utkir Khoshimov. The essence of the work consists in the fact that the general pathetic response of the novel consists in a skillful depiction of the fate of people and the complexity of human life, the war that disturbed the world is condemned, its inhuman character is emphasized, that the events of the war have wounded the hearts and souls of every parent. It is analyzed that in the images created by the author it was possible to reveal the spiritual development of the nation, thanks to the qualities of courage, perseverance, humanity and patience.

Keywords: bloody war, individual images, humanism, nine characters, universal paphos, arif the elder, husan duma, robia, early, subject composition, the story of destiny.

O’tkir Hoshimov – el ardoqlagan adib, so’z sanatkori! Adibning barcha asarlari o’zbek va va boshqa qardosh xalqlar mulkiga aylanib ketgan. “Bahor qaytmaydi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”, “dunyoning ishlari”, “Ikki karra ikki – besh ” kabi qissa va romanlari, yuzdan ortiq dilbar hikoyalari, komediya va fojealari xalq orasida juda mashhur bo’lib ketgan.

Kitobxon sifatida men adibning “Ikki eshik orasi” romaniga to’xtalmoqchiman. Ushbu roman 1986- yilda nashr etilgan bo’lib, undagi voqealar Toshkent yaqinidagi qishloqlardan birining chorak asrli hayoti haqida hikoya qiladi. Undagi voqealar urush arafalarida boshlanib, urush yillarida va urushdan keyingi davrda davom etadi. 1966-yildagi Toshkent zilzilasi bilan tugaydi. Romanning kompozitsiyasi ham original. U yetti qismdan iborat, bu qismlar qirq yetti bobdan tashkil topgan. Bu boblar esa qahramonlar tilidan hikoya qilingan. Romandagi voqealarni hikoya qilishda t o’qqizta personaj ishtirok etadi. Bu tasvir usuli anchayin qiyin, chunki voqealar tarqalib ketishi, ular orasida uzilish ro’y berishi hech gap emas. Ammo muallif asarning oxirigacha “kalavaning uchini qo’ldan chiqazmaydi” Natijada romanda muayyan ichki yaxlitlik paydo bo’ladi.

“Ikki eshik orasi” romanida voqea Toshkent atrofîdagi qishloqlardan birida, asosan, ikkinchi jahon urushi yillarida bo’lib o’tadi. Shu bilan birga, adib asarda o’rni-o’rnida qishloq kishilarining urushdan oldingi va urushdan keyingi hayotidan ham hayajonli lavhalar chizadi. Adib asar syujeti va kompozitsiyasini ishlashda mumtoz adabiyotda (“Sab’ayi sayyor” dostonida) mavjud bo’lgan qoliplash san’atidan ijodiy foydalanib, yangilik yaratgan. Roman voqeasi Robiya, Qora amma, Kimsan Xusanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra’no, Umar zakunchi, Olimjon Komilov kabi turli xarakter va turli toifadagi to’qqizta obraz tilidan hikoyalar tizmasida berilgan. Bu hikoyalar mazmunan bir-biri bilan mahkam bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi. Shu tariqa ular romanning bir butun tugal, original va jozibador syujetini hosil qiladi. Asarda asosiy obrazlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov singari epizodik obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Asarda sun’iylik yo’q, aksincha ishontirish san’ati kuchli. Adib qaltis, murakkab masalalarni ham, favqulodda topqirlik bilan ishonarli qilib tasvirlaydi. Qora ammaning o’z o’g’li Kimsanning sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan Shomurodga to’y qilib uzatishi, Orif oqsoqolning yoshlik qilib yo’ldan ozgan keliniga mardlik bilan adolat qilishi, qismatlari chalkashib ketgan Muzaffar va Munavvar sevgisi tasvirlangan sahifalarda ayniqsa bu hol ochiq ko’rinadi. Muzaffarning urush davri chigalliklari tufayli tirik yetimga aylanishi, ko’p jabr sitamlar tortishi va o’zining tuqqan onasi Ra’no urush

to’zonlari Ichida dovdirab yo’ldan toyib hayot so’qmoqlariga kiradi va eriga xiyonat qiladi. Umar zakunchining hiylasiga uchib unga o’ynash bo’ladi. Muallif bu voqealardan muhim ma’naviy xulosa chiqaradi — Umar zakunchi bag’ri toshligi, nopokligi uchun, Ra’noning subutsizligi, o’ylamay ish qilishi, o’z baxtini ardoqlab avaylamagani uchun keyinchalik butunlay baxtsiz bo’lishadi. Ular odamlar nazaridan qolib, iztiroblarga, ruhiy qiynoqlarga to’la hayot kechirishga majbur bo’lishadi. Mening fikrimcha ular shunga loyiq edilar. Ra’noning hamma narsasi bor edi, hattoki umr yo’ldoshi Shomurod uni jonidan ortiq ko’rardi, lekin Ra’no buning qadriga yetmadi. Ra’no o’z nafsining qurboni bo’ldi. Hattoki dunyodan ko’z yumganida farzandi Muzaffar uni so’nggi yo’lga kuzatish uchun ham bormaydi! Oilaga hiyonat bu — vatanga hiyonat demakdir!

“Ikki eshik orasi” romani personajlarga boyligi bilan kitobxonni o’ziga jalb etadi. Ularning orasida Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabilar ajralib turadi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini mukammal chizishga muvaffaq bo’lgan. U xalq o’rtasida katta obro’ga ega, eng og’ir damlarda ham odamlarni qiyin ishlarga otlantiroladi. U ko’pgina o’zbek qariyalari kabi tashabbuskor va donishmand. Ayni choqda haqiqatni yuzga aytishdan cho’chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o’z me’yoriga ega — odamning belida belbog’I bo’lishi kerak. Belbog’ uning uchun mardlik, tantilik, odamiylik belgisi.

Asarda Kimsan Husanovning ham obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. U roman voqealarida kam ishtirok etgan bo’lsa ham ikki bobdagi hikoyasi orqali uning tanti, mard,oriyatli, jasur—belida belbog’i bor yigit ekanligini bilishimiz mumkin. U vatani uchun o’z jonini fido etadi.

Romanda ayollar obraziga ham keng o’rin berilgan. Ular ichida, ayniqsa, Qora amma ajralib turadi. Qora amma—mehribon, soda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o’zbek onalarining siymosi tasvirlangan. U boshiga tushgan barcha ko’rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib o’zida yashashga kuch topadi.qora amma olti farzandini yerga qo’yib, bittagina Kimsaniniyer-u ko’kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo’lsin deb yolg’iz farzandi -Kimsanini urushga kuzatadi. Biroq o’g’li urushdan qaytmaydi, lekin mushtipar ona bu xabarga ishonmaydi. Hattoki, yillar o’tsada unga a’za ochmaydi. Ona. bu zotni ta’riflashga til ojizdir!

Romandagi yana bir ayol obrazi bu – Robiya. Afsuski, unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligida onasidan yetim qoladi va otasi tarbiyasida ulg’ayadi. Robiya juda aqlli, matonatli, go’zal bir o’zbek qizi sifatida asarda tasvirlanadi. Urush tugaganiga bir necha yil bo’lsada, sevgilisi Kimsanni sadoqat bilan kutishda davom etadi. Ammo. Ammo taqdirning gardishi bilan u o’zining tutungan tog’asiga turmushga chiqishga majbur bo’ladi. Ra’noning qilgan nomaqul ishlari uchun Robiya jabr chekadi. U sabrli,

mehribon, irodali o’zbek ayoli sifatida barchaga na’muna bo’la oladi. Umuman olganda asar juda ham ta’sirli. Uning eng ta’sirli tomonlarini esa yuqorida keltirib o’tdim. Bu asarni o’qigan kitobxon hech qachon zerikmaydi va balki asar ichida yashaydi zamonaviy qilib aytganda 3D formatida ko’rgandek bo’ladi.

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, asarda urush va urushdan keyingi yillardagi qishloq hayoti, urushning jamiki og’irliklarini, marhumlarini Azamat yelkasida ko’targan, o’zi yemay barchasini jangchilar og’ziga tutgan fidoyi dehqonlar jasorat madh qilingan. Nikoh kechasini ertasigayoq kuyovini jangga jo’natib, o’zlari kelinlik liboslarini ish kiyimiga almashtirib og’ir va mashaqqatli mehnatlari, ota o’rniga ketmon ko’tarib dalaga chiqqan go’daklar, o’g’li o’rniga yer chopgan chol-u kampirlar ko’z o’ngingizda paydo bo’ladi. Siz ularning ovozini eshitasiz. Ularning qaddini tik ushlab turgan kuch g’alabaga ishonch edi. Urush yillarida chol-kampirlar ko’zlari nigoron bo’lib jigargo’dshalarini tonggacha duo qilib chiqqanlari ko’z oldingizga keladi.

Ochlik, yupunlik, ayriliqlar, erta hazon bo’lgan muhabbat alamlari, judolike, qarg’ish, yig’I, g’azab – hamma-hammasi romanda nihoyatda ishonarli tasvirlangan.

Shu o’rinda ijodkorning mashhur jumlasini aytmoqchiman “Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o’qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to’lg’onib chiqsa. Oradan yillar o’tib asarni qo’liga qayta olganida tag’in hayajonlansa, yangi ma’nolar topsa. Eng katta orzuyim shu. ” deb yozadi sevimli adibimiz, O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Hoshimov, O’. (2013). Ikki eshik orasi. Roman.

2. Hoshimov, O’. (2009). Sakkizinchi mo’jiza. Toshkent.

3. Boltaboyev, H. (2011). El sevgan adib. Toshkent.

4. Dusenboyev, O. “Ikki eshik orasi” romani haqid.

5. Sharafiddinov, O. “Ikki eshik orasi” romani haqida

6. Ahmad, Said. “Ikki eshik orasi” romani haqida

7. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

8. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

9. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

10. Холикрва, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

11. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

Qiziqarli malumotlar
Ikki eshik orasi