Barcha qiziquvchilar uchun yutuqli “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovi
-Brayan Treysining ““Lider shaxsiyati” kitobi;
– Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” asari;
– Abdul Fattoh Abu Gʻuddaning “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobi;
– Bahodir Yenishehirli oʻgʻlining “Hukmdorim” asari;
– Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobi.Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
«Yosh kitobxon» tanlovi g‘olibi «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi
12 dekabr kuni yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar «O‘zbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «She’riyat» kabi 4ta shart bo‘yicha bellashishdi.
Shoirlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholashda ularning belgilangan kitoblarni o‘qigani, asarning mazmun-mohiyatini tushungani va uni tahlil qilib bera olish qobiliyatiga qarab baholab borishdi.
«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kokanova Nursulu 282.9 ball bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.
2-o‘ringa esa Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Dilnavoz Ne’matullayeva 249 ball bilan sazovor bo‘ldi.
Buxoro yuridik kollejining 3-bosqich talabasi Baxriddin Rafiqov 240 ball to‘plab, 3-o‘rinni egalladi.
«Tanlovning respublika bosqichi hayajonlarga boy tarzda qiziqarli o‘tdi. Shartlarda mustahkam xotira, keng dunyoqarash va asarlarni to‘g‘ri tahlil qila olish qobiliyati bugungi muvaffaqiyatimning asosi bo‘ldi. Tanlovga tayyorgarlik davomida ko‘plab badiiy asarlarni o‘qib tugatdim. Kitob – eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi ekanini angladim. O‘zimda ma’naviy ulg‘ayishni, dunyoqarashimdagi o‘zgarishlarni his qildim. Bu kabi tanlovlar tashkil etilishi yoshlarni bilim olishga, kitob bilan do‘stlashishga o‘rgatadi», – deydi Nursulu Kokanova.
2018 yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining saralash bosqichlarida 15-19 yosh toifasidagi 1839 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi. Ushbu yosh toifasi bo‘yicha birgina mahalliy bosqichlarda 187 nafar qatnashchi o‘zaro bellashdi. Tuman (shaharlar) miqyosida saralash bosqichlarida 86 va undan yuqori ball olgan g‘oliblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududiy bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida har bir yosh toifasi bo‘yicha 14 nafardan ishtirokchi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, qizg‘in bellashuv olib bordi.
Tanlov yakunida 3 nafar g‘olib aniqlanib, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 1-o‘rin sohibi «Spark» avtomobili, «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 20 foiz chegirma bilan taqdirlandi.
2-o‘rin g‘olibiga kompyuter jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 15 foizlik taqdim qilindi.
3-o‘rin sohibi esa 200ta kitoblar jamlanmasi bilan «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ldi.
Tanlovning barcha ishtirokchilari «Dugonalar» va «Yosh kuch» jurnali hamda «Yoshlar ovozi» gazetasiga 1 yillik bepul obuna bo‘ldi.
Barcha qiziquvchilar uchun yutuqli “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda “Qamar” kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentyabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.
Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
-1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
-2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
-3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
-4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
-11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
-21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Dasturda barcha kitobsevar fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
- Tanlovda ishtirokchilarga oldindan 4 ta kitob oʻqish uchun vazifa qilib beriladi. Kitoblarni oʻqish uchun tanlov eʼlon qilingan kun (7-sentyabr)dan boshlab 20 kun (27-sentyabrgacha) vaqt belgilanadi. Vazifa sifatida beriladigan kitoblar roʻyxati:
1) Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari;
2) Ahmad Lutfiy Qozonchining “Oʻgay ona” asari;
3) Jorj Oruellning “Molxona” asari;
4) Murot Toʻsunning “Olim yetishtirgan onalar” asari.
- Belgilangan vaqt yakunlangach (28-sentyabrdan boshlab), 5 kun davomida har kuni 20 tadan (jami 100 ta) test savollari berib boriladi. Barcha test savollari oldindan vazifa qilib berilgan asarlar asosida tuziladi;
- Ishtirokchilarga har bir toʻgʻri javob uchun +1 ball beriladi va yakunda (100 ta savol yakunlangach) eng koʻp ball jamgʻargan 500 nafar ishtirokchilar tanlovning hal qiluvchi 2-bosqichida ishtirok etish imkoniga ega boʻladilar;
- Tanlovda vazifa sifatida berilgan kitoblar toʻplamini (4 ta kitob) “Qamar” kitoblar doʻkonidan xarid qilib, uning fotosuratini belgilangan manzilga (tanlov davomida eʼlon qilinadi) yuborgan ishtirokchilarga avtomatik ravishda qoʻshimcha +10 referal bali taqdim etiladi;
- Tanlov yakunida soʻnggi oʻrinlarni egallab turgan ishtirokchilarning ballari (referallari soni) teng kelib qolgan taqdirda ularning barchasiga 2-bosqich yoʻllanmasi taqdim etiladi.
Barcha ishtirokchilar quyidagi tanlov qoidalariga amal qilishlari lozim:
- Tanlov davomida har bir ishtirokchi faqat bitta profildan ishtirok etishi mumkin, ikki yoki undan koʻp profillar orqali ishtirok etish holatlari aniqlansa, oʻsha ishtirokchining natijasi bekor qilinadi va oʻzi tanlovdan chetlashtiriladi;
- Tanlov davomida (taqdirlash marosimida) tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish vakolatiga ega boʻladilar;
- Tanlov gʻoliblari taqdirlash marosimi tanlov toʻliq yakunlanganidan soʻng, 7 ish kuni ichida tashkil qilinadi. Barcha gʻoliblar marosimga tashrif buyurib sovrinlarni olishlari mumkin boʻladi. Ishtirokchining oʻzi marosimga tashrif buyura olmagan taqdirda uning nomidan taqdirlashda sovrindorning ishonchli vakili qatnashishi mumkin;
- Tanlov davomida nizomda nazarda tutilmagan fors-major holatlari kuzatilsa, tanlov tashkilotchilari yakuniy qaror chiqarish huquqiga ega boʻladilar.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:
- Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi;
- Bundan tashqari quyidagi oʻrinlarga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
-1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
-2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
-3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
-4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
-11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
-21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami; - Tanlov davomida eng koʻp odamni tanlovga jalb qilgan 10 ta ishtirokchi tanlovning “Eng faol kitob targʻibotchisi” nominatsiyasi” orqali 5 tadan eng sara kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadi;
- Final bosqichida ishtirok etgan va kamida jamgʻarish mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 60 foizini jamgʻargan barcha ishtirokchilarga tanlov tashkilotchilari tomonidan elektron sertifikatlar taqdim etiladi.
Sovrindorlarga taqdim etiladigan kitoblar roʻyxati
- 21-50-oʻrin egalari uchun:
- 11-20-oʻrinlarga yuqoridagi 3 ta kitoblar va qoʻshimcha quyidagi 2 ta kitob (jami 5 ta) taqdim etiladi:
-M.A.Lakhnaviyning “Gʻiybat oʻzi nima” kitobi;
– Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobi
- 4-10-oʻrinlarga yuqoridagi 5 ta kitoblar va qoʻshimcha quyidagi 5 ta kitob (jami 10 ta) taqdim etiladi:
-Brayan Treysining ““Lider shaxsiyati” kitobi;
– Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” asari;
– Abdul Fattoh Abu Gʻuddaning “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobi;
– Bahodir Yenishehirli oʻgʻlining “Hukmdorim” asari;
– Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobi.Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashish jarayoni quyidagicha:
- Tanlovda ishtirok etish uchun telegram ilovasiga kirib @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtiladi;
- Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng tanlov targʻiboti uchun 5 ta referal, yaʼni doʻstingizni loyihaga taklif qilish kerak;
- Ishtirokchilar 27-sentyabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi;
- Tanlovdan 500 kishi saralab olinadi va eng yaxshi 4 ishtirokchi esa asosiy finalga yoʻl oladi. Shuningdek, loyihaga eng koʻp ishtirokchilarni targʻib qilgan 100 nafar ishtirokchi ham finalga yetib borish imkoniyatiga egalar. Shunday qilib, dastlabki finalda 600 kishi ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqichga oʻtgan ishtirokchilarning saralash jarayoni quyidagicha:
- 2-bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar roʻyxati (3-oktyabr kuni) tanlov tashkilotchilarining rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi;
- 2-bosqichda 1-bosqichdagi ballar va referallar soni hisob-kitoblarga qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, barcha ishtirokchilarning natijalari nolga tushiriladi va hamma teng imkoniyatga ega boʻladi;
- Tanlovning 2-bosqichida tanlov davomida eng koʻp referal yigʻgan 100 nafar ishtirokchilar hamda 100 ta test savollarini yechish orqali eng koʻp ball jamgʻargan 500 nafar kitobxonlar alohida Telegram guruhga qoʻshilgan holda qatnashadilar;
- 2-bosqichning oʻtkazilish tartibi va qonun-qoidalari aynan shu Telegram guruhda ishtirokchilarga batafsil tushuntiriladi;
- Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar oldindan berilgan 4 ta kitob asosida tuzilgan test savollarini yechish boʻyicha oʻzaro bellashadilar va yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar ketma-ketlikda sovrinli oʻrinlarni egallaydilar.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dasturda keltirilgan kitoblar barchasi kitobxon yoshlar telegram kanaliga joylangan.
Dastur haqida ushbu havola orqali telegram kanalidan maʼlumot olish mumkin.
Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Qiziqarli malumotlar
Barcha qiziquvchilar uchun yutuqli “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovi