ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
2. Olimov S.S. THE INNOVATION PROCESS IS A PRIORITY IN THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL SCIENCES. – 2021.
Ilm va ta’lim
Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. )
Muallif: Klaraxon Mavlonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD)
Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.
O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.
Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.
Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan.
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar.
Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish mumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur.
Psixologiyaga doir manbalarga ko‘ra ona tili darslaridagi badiiy idrok adabiy o‘qish paytidagi badiiy idrokdan farq qiladi. O.K.Tixomirov idrok etish maydoni tushunchasi haqida gapirib, geshtaltpsixologlarning shu haqdagi fikrini keltiradi va buni quyidagi tarzda izohlaydi: “Ularning fikrini shunday tushunmoq kerakki, idrok etish maydoni avval boshdanoq tarkibiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi: in’ikos paytida idrok etilayotgan predmetning nimasidir birinchi planga chiqadigan (figura deb nomlanadigan) va ikkinchi planga ko‘chadigan (fon deb ataladigan) tomonlari o‘zaro ajralib turadi. Figura va fon o‘rtasidagi munosabatlar harakatchan bo‘lib, o‘zgarib turadi, ya’ni kishining nigohi ma’lum vaqtda nimada qaydlansa, shu figura bo‘lib qoladi, boshqalari esa fonga ko‘chadi” [1]. Muallif ushbu fikrni tushuntirish uchun bir misol keltiradi. Agar kimgadir bir portretni ko‘rsatib, unda tasvirlangan odamning olijanob chizgilarini ajrating, deyilsa, idrok shaxsning shu jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Agar shu portretning o‘zini ko‘rsatib, bu jinoyatchi, uning qiyofasini tasvirlang, deyilsa, idrok etuvchi undan jinoyatchilarga xos alomatlarni qidirishga tushadi.
Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha, ona tili darslarida topshiriq shartiga ko‘ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o‘quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o‘quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo‘naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o‘rganilayotgan til hodisalari (so‘z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko‘chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o‘qib idrok etish, ham badiiy mahorat sirlarini o‘rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog‘liq bo‘ladi. Agar matnni ifodali o‘qing, degan topshiriq berilgan bo‘lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo‘lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o‘qib, darsda o‘tilayotgan biror til hodisasini aniqlash so‘ralgan bo‘lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko‘chadi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.
M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo‘lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o‘z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgilarini hisobga olmaydi.
Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o‘ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi [2]. Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.
Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so‘ng qo‘shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko‘chirilishi ular ustida olib boriladigan ko‘pi bilan 5–7 daqiqaga mo‘ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo‘ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo‘lganlik kabi xislatlarda namoyon bo‘ladi. Bular so‘z va so‘z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.
5-sinf “Ona tili” [3] darsligidagi quyidagi mashqni ko‘rib chiqaylik.
182-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning tarkibidagi kirish so‘zlarni topib, qanday mano anglatayotganini ayting.
Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo‘lsa! Axir, ular tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya! (X. To‘xtaboyev)
O‘quvchilarning e’tiborini -ku va axir yuklamalariga, imlosi hamda ular orasiga qo‘yilgan tinish belgisiga qaratish maqsadida ularga “. mumkin-ku, axir” so‘zlari bilan tugaydigan ta’sirchan gaplar tuzish vazifasi beriladi. Matndagi nahotki, axir, -ku, kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining badiiy matndagi o‘rniga alohida ahamiyat qaratiladi.
Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o‘rgatish, o‘z o‘rnida bilib qo‘llashni ko‘rsatib borishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o‘xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi. 8-sinf “Ona tili” darsligining 16-dars, 1-topshirig‘ida O‘.Hoshimovning asaridan parcha keltirilgan. Ushbu matnda nechta gap borligini aniqlash topshiriq sifatida berilgan.
Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.
Ushbu mashqda ham badiiy matndan olingan parchaning bir jihatiga, yani til hodisasini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini matnda qo‘llangan kuzning og‘ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelishi gapiga, yelpig‘ichday qat-qat bulutlar, tansiq nurlar, yaproqlarning mungli shivir-shiviri kabi so‘z birikmalariga qaratishi ularda badiiy idrok jarayonining ishga tushishini taminlab beradi. Ular matnda qo‘llangan emotsional-ekspressiv vositalar hamda badiiy tasvir vositalarini ham aniqlab, izohlab, badiiy matnning sehrini his etishadi. Bu esa ularda estetik zavqni paydo qiladi.
Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.
Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o‘qish, til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o‘quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o‘qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko‘chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo‘ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro‘yobga chiqadi.
Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].
7-sinf “Adabiyot” darslik-majmuasida izoh berilganidek, “Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik kechinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi” [5]. “Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli” [5].
Ma’lum bo‘ladiki, badiiy idrok etish inson ruhiyatining aqliy, axloqiy, estetik, ijodiy kabi keng doiradagi sohalarini qamrab olar ekan. Estetik soha esa badiiy didni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida badiiy matn ustidagi ishlarga oz vaqt ajratilsa-da, ular nihoyatda ixcham, lekin keng qamrovli tashkil etilmog‘i lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida badiiy idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni birinchi planga olib chiqish uchun badiiy matn asosidagi mashq shartiga qo‘shimcha topshiriq kiritish yo‘li bilan til xususiyati ustidagi ishlarni figuraga aylantirish zarur. Bu ishlar ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, uning estetik madaniyatini rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Тихомиров О.К. Психология: Учебник / Под ред. О.В.Гордеевой. – М.: Высшее образование, 2006. – 538 с.
2. Хайруллаев М ., Ҳақбердиев М . Мантиқ . – Т .: Ўқитувчи , 1993. – Б. 106-107 .
3. Ona tili : Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/ N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.— T.: Tasvir, 2013. 32-b.
4 . Молдавская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – М.: Педагогика, 1976. – С. 28 .
5 . Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua / Q.Yo‘ldoshev, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Qayta ishlangan 3-nashri. – T . : Sharq, 2013. 3- b.
ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Gʻ. Abdulloyeva, M. Z. Safarova
Maqolada ona tilini o‘qitishda innovasion ta’lim texnologiyalardan foydalanish tadqiq etilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — D. Gʻ. Abdulloyeva, M. Z. Safarova
11-SINF O‘ZBEK TILI DARSLARIDA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINING INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGANISH
ADABIYOT DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINI O‘QITISHNING SAMARALI USLUBLARI VA YARATUVCHANLIK, IJODKORLIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH
Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasida interfaol metodlardan foydalanish
KIMYO FANINI O’QITISHDA HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI VA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH, SPINNER METODIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE
The article examines the use of innovative educational technologies in mother tongue teaching.
Текст научной работы на тему «ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»
ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
D. G’. Abdulloyeva M. Z. Safarova
Vobkent tumani 1-umumta’lim maktab Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi o’qituvchisi
Maqolada ona tilini o’qitishda innovasion ta’lim texnologiyalardan foydalanish tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar: ona tili, innovasion, texnologiya, ta’lim texnologiyalari, interaktiv, metod.
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING NATIVE
D. G. Abdulloeva M. Z. Safarova
Teacher of the 1st comprehensive school of Teacher of Bukhara State University Vobkent district
The article examines the use of innovative educational technologies in mother tongue teaching.
Keywords: native language, innovation, technology, educational technology, interactive, method.
Bugungi kunda barcha sohalarda o’zbek tilining jamiyatdagi o’rni va nufuzini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar qilinmoqda. Davlatimiz tomonidan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar, jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo’yicha qabul qilingan farmon va qarorlar o’zbek tili, xususan, ona tili ravnaqiga xizmat qilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Grammatika va imloni o’rgatish sohasida respublikamiz olimlaridan K.Qosimova, Q.Abdullaeva, R.Safarova, A.Isabaev, Sh.Yuldasheva, M.Xudoyberganova, Sh.Yo’ldosheva, S.Raxmetova, N.Bekniyazova, Ye.Avduvalitov, A.Nisanbaevalarning
tadqiqot ishlari, yaratgan metodik qo’llanmalari, darsliklari, ilmiy maqolalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari olimlaridan N.Bogoyavlenskiy, M.Lvov, T.Ramzaeva, S.Yurtaev, N.Algazina, N.Persevalarning tadqiqotlarida boshlang’ich sinf ona (rus) tili darslarida o’quvchilarning grammatik tushunchalarni anglash va o’zlashtirish xususiyatlari, hamkorlikda ishlash, izlanish faoliyatlarini tas hkil etish masalalari o’rganilgan.
Ona tilini fan sifatida o’qitish borasida o’z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
ona tili fanini o’qitishda asosan nazariy ma’lumotlarga e’tibor qaratilgan bo’lib, o’quvchining nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o’qish, yozish) kompetensiyasini oshirishga yetarli e’tibor berilmagan;
ona tili fanida o’qitiladigan mavzular sinflar kesimida tahlil qilinganda, o’quvchi uchun murakkab bo’lgan ko’plab grammatik mavzularning mavjudligi;
ona tili fanini hayot bilan bog’lab o’tishga, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda, o’quvchilarga mazmunli, sodda, qiziqarli tarzda yetkazib berishga e’tibor qaratilmagan;
o’quvchilar darsliklardagi mavzularni o’zlashtirishida qiziqish, ishtiyoq, maylni hosil qiladigan, mantiqiy, kreativ, ijodiy fikrlashga undovchi mashqlar, topshiriqlar o’z aksini topmagan;
umumiy o’rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitishning yangi, samarali usullari, ilg’or pedagogik texnologiyalarini keng joriy etish talab darajasida emas;
ona tili fanining ilmiy metodik ta’minoti (darslik, o’qituvchi kitobi, mashq daftari, mul’timedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab chiqilmagan;
o’qituvchi va pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari va metodistlari uchun masofadan o’qitish kurslari joriy etilmagan;
mavjud oliy ta’lim muassasalarida ona tili fani yo’nalishida o’qituvchi, pedagog, kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi ona tili fanini o’qitishni tubdan qayta ko’rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda.
Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta’minlashdir. O’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsa, ko’zlangan maqsad amalga oshadi. O’qituvchi o’quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit
yarata olishi o’qitish jarayonining asosi sanaladi. Har bir dars, mavzu, o’quv fanining o’ziga xos texnologiyasi bor. Bugungi kunda bizga ma’lum va keng qo’llanadigan usullardan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “VENN diogrammasi”, “BBB”, “FSMU” kabilar dars jarayonida o’zlarining samarali natijalarini ko’rsatib kelmoqda. “Qiyoslash metodi”, “Davra metodi”, “6x6x6” kabi metodlarning dars samaradorligini ta’minlashda o’ziga xos o’rni bor. Xususan, “Qiyoslash metodi”dan adabiyot fanida Odil Yoqubov hamda Pirimqul Qodirov hayoti va ijodi o’rganilgandan so’ng mavzuni mustahkamlash uchun foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun o’quvchilar uch guruhga bo’linib oladilar. Birinchi guruhga Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovning hayot yo’li va bundagi o’zaro o’xshashliklar, ikkinchi guruhga ularning ijodiy merosi va yaratgan qahramonlari hamda ularning o’xshash zamonlari, uchinchi guruhga esa ularning asarlarida ilgari surilgan g’oyalar xususida fikrlarni umumlashtirish, jamoa bo’lib taqdim qilish so’raladi. Shuningdek, ona tili fanidan “Gapning ikkinchi darajali bo’laklari” mavzusi o’rganilgandan so’ng o’quvchilarga “Guruhlarda ishlash metodi” asosida “Men to’ldiruvchiman!” mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu topshiriq yakka tartibda, kichik yoki yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Mavzu yuzasidan matn o’quvchilar tomonidan taqdim qilinadi. Bu metod orqali o’quvchilarning jamoada ishlash ko’nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma yoki og’zaki savodxonligi o’stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqi va imlosi savodxonligini mustahkamlash maqsadida matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan, “Morfologiya” bo’limini o’tish jarayonida har bir so’z turkumi yuzasidan grammatik ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o’quvchilarning grammatik savodxonligi o’sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovasion texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayonining markaziga o’quvchitalabalarning o’quv -biluv faoliyatini qo’yadi, ta’lim jarayoni yaxlitligini ta’minlaydi. O’quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko’rsatkichi, o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishi, iroda va faoliyatning o’quvchi ongining predmetiga aylanishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o’quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim. Innovasion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi. O’qituvchi dars jarayonida boshqa ma’lumotni berish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o’xshash mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatib o’tsa, bu nafaqat o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi, balki o’quvchilarning mustaqil o’qishini talab darajasida shakllantirishiga, mavzuni imkon darajasida to’la o’zlashtirishiga ham yordam beradi.
“Aqliy hujum”. Bu hujum ona tili va adabiyot darslarining boshlanishida yoki istalgan joyida qo’llanishi mumkin. Bu boqichda muammo o’quvchilarga aqliy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali ochiladi. “Aqliy hujum” metodi biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladi. “Aqliy hujum” metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzaridan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, tahlil qilish, eng asosiysi, o’quvchini qo’zg’atishga qaratilganligi, pedagogning o’z tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi.
1. Арипова М., Носирова Ш. Инглиз тилини укитишда замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиш //Современное образование (Узбекистан). – 2014. – №. 2.
2. Olimov S.S. THE INNOVATION PROCESS IS A PRIORITY IN THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL SCIENCES. – 2021.
3. ОЛИМОВ Ш.Ш., ХОДЖИЕВА М. Ш. Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе //Молодежь и XXI век-2020. – 2020. – С. 228-231.
4. Olimov S. THE DIFFERENTIATION OF EDUCATION IS AN IMPORTANT FACTOR OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 11, 2020 Part II ISSN 2056-5852
5. Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. – 2021. – Т. 25. – №. 2. – С. 112-118.
6. Сафаров Д. З. У., Хамроев Б. Х. ОЛИЙ ТАЪЛИМДА ГИМНАСТИКА ДАРСЛАРИНИ ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА У^ИТИШИ САМАРАДОРЛИГИ //Scientific progress. – 2021. – Т. 1. – №. 6.
7. Усмонов Ш. Х., Самадов С. С., Фармонов А. Ч. Физкультурно-спортивные интересы и мотивационные установки студентов //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 4 (129). – С. 27-30.
8. Муниров Н. А., Раджабов Э. Н. Учебные технологии, применяемые в обучении видам национальной борьбы кураш //Научный журнал. – 2019. – №. 6 (40).
9. Alisherovich M.N. HEALTH AND PHYSICAL EDUCATION IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT MEASURES //Конференции. – 2020.
10. Азимова Н. Э. Роль профессионального педагога в подготовке гармонично развитой личности //Международный журнал гуманитарных и естественных наук. – 2018. – №. 5-1.
11. Adizov B. R., Khamroev A. R. MODELING ACTIVITIES OF TEACHERS WHEN DESIGNING CREATIVE ACTIVITIES OF STUDENTS //ILMIY XABARNOMA. – С. 69.
Qiziqarli malumotlar
ONA TILINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»