Kimyo o`rgatar sehrlar sirin tadbir senariy
Kimyo o`rgatar sehrlar sirin tadbir senariy
DO`STLARGA ULASHING:
Kogon shahar
1-umumta`lim maktab
9”A”-9”B” sinf o`quvchilari o`rtasida
o`tkazilgan kimyo fanidan
“Kimyo o`rgatar sehirlar sirin “deb nomlangan
tadbir senarisi
“Kimyo o’rgatar sehrlar sirin” nomli tadbir senariysi.
1-boshlovchi
Salomdan boshlanar so’zlarning boshi,
Salomdan boshlanar asrlar toshi.
Salomdan boshlanar ilk qadamimiz,
Salomdan boshlanar bellashuvmiz.
2-boshlovchi
Bu dunyoning ziynati,
Kimyogarlar assalom.
Dunyoning soz naqshi bu,
Hur-u hidoyat assalom.
1-boshlovchi
Assalom kechamiz qatnashchilari
2-boshlovchi
Assalom hurmatli ustozlar va o`quvchilar
1 boshlovchi: Do’stlar, fikrimizcha, etishdi fursat
Kechani ochishga etingiz ruhsat.
2 boshlovchi: Kimyo fani yutuqlarin etaylik targ`ib,
Bo’lsinlar xabardor mashriqu – mag`rib.
1-boshlovchi:Bugungi kechamiz
Ikkala boshlovchi birgalikda “Kimyo o’rgatar sehrlar sirin”
2-boshlovchi
Deya nomladik.
1-boshlovchi
Tadbir quyidagi shartlar asosida bo’lib o’tadi.
1-shart. Tanishtiruv.
2-shart.Qora quti
3-shat. Mo’jizakor kimyo.
4-shart. Sardorlar bellashuvi
5-shart. Erkin mavzu
2-boshlovchi
Shartlar 5 ballik sistema asosida baholanadi.
1-boshlovchi
Shogirdlar kamolin o’ylab tun-u kun,
Halovat bilmasdan bag’rin etib xun,
Kelajak avlodning taqdiri uchun,
Jonin ayamagan bo’lganda lozim,
Baxtimga bor bo’ling, aziz ustozim.
2-boshlovchi
Kim uchun dunyoda shuhrati aziz,
Kimgadir haq yo’lda zahmati aziz,
Sizgachi el-yurtning raxmati aziz,
Mudom baland erur sizga e’zozim,
Baxtimga sog’ bo’ling, aziz ustozim.
1-boshlovchi
Baholash uchun hakamlar hayati azolari bilan tanishing.
2.Biologiya fan o`qituvchisi Qayimova Maqsuda Junaydullayevna
3.
1- shart “Tanishtiruv”
1-boshlovchi
Ikkala guruhga omad tilab 1-shartimiz “tanishuv” shartini boshlaymiz.
1-boshlovchi shartni 9”A” sinf o`quvchilari boshlab beradi.
Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:
Guruh ishtirokchilari musiqa ostida davraga kirib keladilar:
Shu bilan ishtirokchilar 1-shartni tugatib musiqa ostida chiqib ketishadi.
1-boshlovchi
1-shart baholanguncha …….
“MENDELEEV UYI” haqida
Ushbu bino Mendeleev – Tarhi — la bo’ldi barpo,
Ming sakkiz yuz oltmish to’qqiz – Nomerli uy bo’ldi paydo.
YEtti qavat, sakkiz podezd, Yuz o’n sakkiz xona bor,
Xonalarning egalari Yashar yakka, xona tor.
Umrbod shu xona ichra – Turishga erur mahkum.
Ko’ngil so’rab ular boshqa – Xonaga o’tmas hech ham.
Yashamayman, deb bosh olib – Ketishning yo’q imkoni,
Binodagi qavatlarda, Tengmas xonalar soni.
Ba’zi bir xonalar bo’sh, Yo’qdir ichida “joni”[1].
Qavatlarda yashovchilar, Tabiatan har xildir,
Qavatlarni almashtirish – Juda ham nomaqbuldur.
Lekin ettinchi qavatda, Yigirma bir oila bor,
Qolgan o’n bir xona esa – Egasin kutadi zor.
Ushbu uyning “odamlar”i – Hulqbo’yicha – ko’p turli,
Ba’zilari – havo kabi[2], Ba’zilari – zalvorli.
Ba’zilari – o’ta hushfe’l, Hech qachon toq turmaydi!
Ba’zilari – o’ta badfe’l, Hech kimni yoqtirmaydi.
Ba’zilari – tajovuzkor, Duch kelganni yemirar.
Ba’zilari – juda hamkor, Undan ko’plar semirar.
Ko’p qo’shnilar qo’l ushlashsa – Basharga naf kattadir.
Ba’zilari qo’l tutishsa – Basharga ҳavf kattadir.
Xullas har bir “fuqaro”ning, Bordir sir – sinoati,
Suhbat qurmoq bo’lsang agar O’rgan ularning odatin
2-boshlovchi
1-shart bo’yicha guruhlarning to’plagan ballarini bilish uchun hakamlar hayati a’zolariga yuzlanami
1-boshlovchi
”Mendeleyev izdoshlari” guruhining to’plagan ballari
2-boshlovchi
”Yosh kimyogarlar” guruhining to’plagan ballari
2- shart “Qora quti”
1-boshlovchi
Ilm istasangiz izingizdan ibodat yog’sin,
Ixlosingiz shaxtingizdan shiddat yog’sin.
Ortingizdan mag’rur-mag’rur millatlar yog’sin,
Mulki turon najotlari ilm istang.
QORA QUTTI: (qora qutti savoli o’qib beriladi quttida so’ralgan modda solingan bo’ladi va u hakamlar hayati azolari oldiga keltirib qo’yiladi)
1-guruh.Binafsha rangli kiristall modda,tibbiyotda foydalaniladi,tartib raqami 25 bo`lgan kimyoviy elementning muhim birikmasi
2-guruh. Agregat holati gaz,og`irligi 29ga teng,tarkibining 78% azot,21%kislorod
BOShGINAM OG`RIYDI – Yo
Qimmatoy: Oyijon, oyijon – ey Boshginam og`riydi – yo.
Onasi: Boshginangdin o’zim o’rgilay, Nimalarga og`riydi — yo?
Qimmatoy: Kimyo degan Fan bor ekan, Sir – jumbog`i bisyor ekan,
Uquvsizlarga dor ekan, O’shalarga og`riydi – yo.
Onasi: Kimyo xolangni bilmasang,Qiz — o’g`lini tanimasang,
Dugona bo’b ketolmasang, Alam – o, alam – o!
Qimmatoy: Yuzdan ortiq modda bormish, Goho xush bo’y, goh ishqormish,
Erkatoylarga no yormish, O’shalarga og`riydi – yo.
Onasi: Modasiga balo bormi, Ishqoriga hamma zormi,
Senga ular yov – ag`yormi, Alam – o, alam – o!
Qimmatoy: Biri metall, biri havo,Biri zahar, biri davo,
Farqlolmayman, men bedavo, O’shalarga og`riydi – yo.
Onasi: Havo olishni bilmasang,Davo olishni bilmasang,
Ilm tomonga jilmasang, Alam – o, alam – o!
Qimmatoy: Oyijon, oyijon – ey, Boshginam og`riydi – yo.
Onasi: Boshginang og`risa – yo,Alam – o, alam – o!
2-boshlovchi:So`zni hakamlar hayatiga beramiz
3-shart. ” Mo’jizakor kimyo”
1-boshlovchi
Yildan yilga o’sar hosil
Sababi kimyogardir.
Egnimiz but muttasil
Sababi kimyogardir.
2-boshlovchi
Endiki novbatni 3-shartimiz mo’jizakor kimyo shartiga beramiz.bunda turli xil qiziqarli tajribalar namoyish etiladi. Marhamat tomosha qiling.
Bu shart mo’jizakor kimyo deya nomlanadi.
4- shart. “Sardorlar bellashuvi”
1-guruh sardori
2-guruh sardori
2-boshlovchi
Kimyo fanidir ko’zimiz ochgan
Ilmga samoga birga yo’l ochgan.
Ma’rifat olamin quyoshin sochgan
Yashar zamonlar o’tsada bu fan.
1-boshlovchi
4-shartimizda guruh sardorlariga tezkor savol-javob orqali bilimlarini sinaymiz
1-boshlovchi
4-shart baxolanguncha …….
2-boshlovchi
Haq yo’lida siz ilmning ummatlari
Haq yo’lida hidoyatli hikmatlari.
Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo Mashrab bayotlari ilm istang.
1-boshlovchi
5-Erkin mavzu
1 boshlovchi: Azizlar, bo’lishib bir tanu, bir jon
Kimyoviy ilmlarni keltirdik yodga.
Davriy sistemani bildik baimkon,
Nelar qolganini – elga, avlodga.
2 boshlovchi: Kimyoviy ilmlarni eslab bir nafas,
Zora solgan bo’lsak qalblarga uchqun.
Zoraki uyg`onsa sizlarda havas,
Kimyoni chin dildan urganmoq uchun.
1 boshlovchi: Shoyadki etishsa yangi Rezerford,
Beruniy, Farobiy, Roziy, Sinolar.
Shoyad paydo bo’lsa Plank, Kyurilar,
Kurchatov, Lomonosov kabi siymolar.
2 boshlovchi: Elimiz deydiki, orzuga ayb yo’q,
O’sing, ulg`aying deb bildirdik tilak.
Ilm cho’qqisini aylagaysiz zabt,
Ijod zahmatidan tolmasa bilak!
jami to’plangan ballar. Mendeleyev izdoshlari guruh jami 20 ball
Yosh kimyogarlari guruhi 24 ball
Demak bugungi tadbirimizda Yosh kimyogarlar g’olib bo’ldi. E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.
So`zni Yoqubova Feruza Ko`klamovnaga beramiz”Bugungi tadbirni o`tqazib bergan 9”A” 9”B” sinf o`quvchilariga katta rahmat bularning kelgusi o`qishlariga omad tilaymiz
1-boshlovchi: Misol, she’r o’qishdan to’xtab nixoyat,
Chin dildan etamiz sizlarga ta’zim.
Azizlar, shu bilan topdi nihoya –
Kimyoga atalgan tantana, bazm.
Kimyo o`rgatar sehrlar sirin tadbir senariy