Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob

Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob

Новые комментарии

Bodybuilding haqida kitob

12 июн 2014

В группе 7 906 участников

O’zbekistonda Bodybuilding, kulturizim, atletizim(TANA QURILISH) GA qiziqish ortib bormoqdaa. Toshkentda o‘tgan bodibilding bo‘yicha chempionatda bu sportning O‘zbekistondagi eng baquvvat namoyondalari ishtirok etganlar. Tadbirga kelgan tomoshabinlar ko‘pligidan ko‘plar tanlovni tikka turib tomosha qilishgan. Tanlov ishtirokchilari to‘qqiz vazn toifasi va bir mutlaq toifa bo‘yicha baholanganlar. Artem Pashikyan 85 kilogram vazn toifasida birinchilik qo‘lga kiritishi ortidan, mutlaq toifada ham g‘olib chiqib, O‘zbekistonning eng zo‘r bodibilderi unvonini oldi. O‘zbekistonda Bodibilding va Fitnes Federatsiyasi 2006 yilda tashkil etilgan. Federatsiya nafaqat Toshkent, balki mamlakat bo‘ylab turli shaharlarda ko‘rik tanlovlarni o‘tkazib kelmoqda. Ko‘p sport tahlilchilari va bodibilding ishqibozlari oxirgi vaqta bu sportga O‘zbekistonda bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini aytishadi. BBC Bodibilding bo‘yicha bo‘lib o‘tgan chempionatning hakamlar hay‘ati raisi Akmal Bazarovdan bu qiziqish ortidagi sabablar haqida so‘radi. Bazarov: Bodibilding O‘zbekistonda ommaviy sportga aylanayapti. Bu sportga bo‘lgan ishtiyoq shundoq ham ko‘p yillardan beri mavjud edi. Esingizda bo‘lsa, 1990-yillarda trenajer zallari og‘zaki taqiqlov ostida edi va hamma yerosti zallarida shug‘ullanardi. Bu hali Sovet Ittifoqidan beri davom etayotgan hol edi. Lekin, asta- sekin bu sport O‘zbekistonda rasmiy maqomga ega bo‘ldi, yoshlar orasida qiziqish juda ko‘paydi, atletlar ko‘paydi. Mana shu qiziqishdan kelib chiqib, biz O‘zbekiston Bodibilding va Fitnes Federatsiyasini tashkil qildik. Bu federatsiyaning prezidenti Dmitriy Adisman qo‘li ostida hozir juda faol ish olib borilayapti. Federatsiya vitse-prezidenti Timur Sobirov ham bu sportning taraqqiyoti uchun juda ko‘p ishlar olib borayapti. Bizning hukumatimiz umuman sport taraqqiyotiga alohida e‘tibor qaratayapti. BBC: Siz o‘zingiz ham shu sport bilan shug‘ullanasizmi? Bazarov: Ha, men 1990-yillar boshlaridan beri shug‘ullanaman. Hozir bilan u vaqtni solishtirsa, ijobiy o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozir Toshkentning har bir burchagida trenajer zallarini ko‘rasiz. Men boshlagan kunlarda ularni barmoq bilan sanasa bo‘lardi, bugunda esa kundan kunga yangilari ochilayapti. Odamlarda sog‘lom turmush tarzini yuritishga qiziqish ham ortgan. BBC: Nima uchun bodibildingga bo‘lgan qiziqish ortayapti? Bazarov: Chunki jismoniy faollik inson sog‘ligiga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan bodibilding bu inson tanasining go‘zalligini anglatadi. Sog‘lom tanada sog‘lom ruh bo‘ladi. BBC: Sog‘lom bo‘lish uchun boshqa sportlar bilan shug‘ullanish mumkin-ku, masalan futbol, yo yengil atletika. Nima uchun aynan bodibildingga qiziqish ortgan? Bazarov: Bilasizmi, bodibildingda sport, estetika va go‘zallik mujassam bo‘lgan. Undan tashqari, bu zo‘ravon sport emas. Unga bilim bilan yondoshilsa, u juda xavfsiz sport. BBC: Bilim bilan yondoshish haqida gapirdingiz. Ko‘plar bu sportga inson sog‘ligi uchun zararli anaboliklar va steroidlar aralashganini aytishadi. Siz bunga qanday qaraysiz? Bazarov: Bu ham bilim bilan yondoshmaslikdan kelib chiqadi. Masalan, ovqat uchun qo‘shimcha qabul qilinadigan moddalarga kelsak, bu haqida ko‘p bilim kerak. Chunki ba‘zi shunday moddalar sog‘liqqa yomon ta‘sir qiladi, kimningdir yuragi, yoki qon aylanishini yomon qilishi mumkin. BBC: Lekin, Federatsiya anabolik yo steroidlarga qanday yondoshadi? Bodibilding chempionligi ishtirokchilari ularni qabul qilgani yo qilmagani tekshiriladimi? Bazarov: Men shaxsan o‘zim steroidlarga juda keskin qarshiman. Men ularni hech qachon qabul qilmaganman. Chempionatga kelsak, biz faqat sahnadagi manzara borasida qaror chiqaramiz, lekin tanlovdan oldin qandaydir qon analizlari yo boshqa tekshiruvlarni olib bormaymiz. Lekin, biz har doim sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib kelganmiz. Shuning uchun ham bu tashkilot O‘zbekiston Bodibilding va Fitnes Federatsiyasi deb nomlanadi. BBC: Bu sport, ba‘zilar fikrida, “milliy qadriyatlarimiz”ga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Axir u bizning milliy sportimiz emas-ku? Bazarov: Avvalambor, aytmoqchimanki, sog‘lom bo‘lish hech qanday qadriyatlarga zid narsa emas. Katta muskullarga ega bo‘lish, sog‘lom bo‘lish yomon narsa emas. O‘zimizning milliy qahramonlarimizni oling, Alpomishni oling, ular sog‘lom, gavdali odamlar bo‘lganlar. Masalan, milliy sportimiz bo‘lgan kurashni oling, pahlavonlarni oling. Shu paytgacha hech kim menga bodibilding milliy qadriyatlarimizga zid kelishini aytgani yo‘q. BBC: Bu yilgi chempionat qanday o‘tganidan mamnunmisiz? Bazarov: Juda mamnunman, a‘lo darajada o‘tdi. Homiylarimiz yordamida, ko‘p tashkilotchilarimiz, ko‘p xodimlarimiz mehnat qilishdi va Timur Sobirov qo‘li ostida mana ikkinchi chempionatni o‘tkazdik. Ko‘z tegmasin, hammasi yaxshi o‘tdi.

Комментарии 0

Новые комментарии

Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь

добавлена 22 октября 2017 в 13:34

Sport turlarining: Boks kuraw Bodybuilding tabiy va qowimcha moddalar bilan wugullaniw mma va wu kabi sport turlari haqidagi malumotni toliq va ochiq yoritiw togrisidagi mavzuda xurmatli iwtrokchilar sizlarning kopchiligingiz tanlagan tur bu Bodybuilding tabbiy wugullaniw bolib chiqdi u haqida malumotlar yitkaziladi. Bodybuilding bu tana quriwliwining miyoriga yitkazganlar golib buladgan sport turi bulib unda inson muskullarini rivojlantriw ostriw ozqlantriw kabi uslublar tolaligi bilan qiziq, Bodybuliding bu oddy qilib aytganda inson muskullarini qizitib ularga towlar trenajorlar espandrlar yordamida muskullarga yuklama bergan xolatda yani muskul xujayralarini kattalawtriw oqibatida rivojl

Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob!

Hozirgi vaqtda dunyoning 2-raqamli eng boy odami hamda “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 2018 yilda o‘zi o‘qigan asarlar orasidan beshtasini saralab mutolaa uchun tavsiya qildi. Bill Geyts ushbu kitoblarni o‘zining blogi orqali e’lon qildi.

Bill Geyts bu yilgi kitoblar ro‘yxatida eklektik mazmundagi asarlar joy olganligini, ularda insonga ruhiy quvvat bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilanligini, bu yerda har kim o‘zi uchun nimadir olishi mumkinligini, shuningdek, agar yaqinlaringizni o‘ziga xos tuhfa bilan hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdagi kitoblarni tanlab adashmasligingizni ta’kidlab o‘tgan.

1-tavsiya qilingan kitob. Tara Vestoverning “O‘quvchi” (“Educated”) asari. “Tara 17 yoshigacha umuman maktabga bormagan. Shunga qaramay Taraning yozuvchilik qobiliyatiga tan berish kerak. U asarda o‘zining nochor bolaligi haqida yozish bilan meni hayotim haqida teranroq o‘ylashga undadi”, – deydi Bill.

2-tavsiya qilingan kitob. Pol Sherrening sun’iy aql haqidagi “Hech kimi yo‘q armiya” (“Army Of None ”) kitobi.

3-tavsiya qilingan kitob. Jon Karreyruning turli xil hiyla va firibgarliklardan tortib murakkab oilaviy munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Yomon qon” (“Bad Blood”) asari.

4-tavsiya qilingan kitob. Yuval Noa Xararining “21- asr uchun 21 dars” (“21 Lessons For The 21st Century”) kitobi.

5-tavsiya qilingan kitob. Endi Paddikombning “Mantiq va meditatsiya qo‘llanmasi” (“The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness ”) kitobidir.

– Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar olam va o‘zlikni anglashga, insoniyat duch kelayotgan muammolar haqida chuqur mulohaza qilishga undaydi,–deydi Bill Geyts.

Qiziqarli malumotlar
Dunyoning ikkinchi raqamli boy odami tavsiya qilgan 5 ta kitob