Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi

Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi

Zahiriddin Muhammad Bobur

Ingliz tili audio lug’at yuklab olish

Абу Райҳон Беруний

Sab`ai Sayyor
Janrlar
Teglar
Eng ko’p o’qiladigan adabiyotlar
Ikki eshik orasi
Kichkina shahzoda

Sent-Ekzyuperi, Antuan de

Математика 6
Adabiyot fanidan majmua Ensiklopediya qo’llanma
Ufq

Ishq aro vasling tilab

Hazrat Navoiy asarlarining komil inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Bu zotning qoldirgan merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas ma’naviy xazinadir. Bu kitobga biz Alisher Navoiyning eng mashhur gazallarini yig’ishga harakat qildik. Undagi she’rlar Sizni yana bir bor rom etishi, shubhasiz.

Alisher Navoiy g’azallarida hazil-mutoyiba

Ushbu kitobga Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-ma`oniy” devonlariga kirgan g’azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so’zlar lug’ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.

Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.

Devon

Zahiriddin Muhammad Bobur

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Xususan, uning badiiy nasrning ham yetuk namunasi hisoblanishga loyiq “Boburnoma” asari keng shuhrat qozongan bo‘lib, qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va turli mamlakatlarda bir necha bor nashr etilgan.

1983 yilda afg‘onistonlik olima Shariqa Yorqin Kobul shahrida “Devoni Zahiriddin Muhammad Bo-bur”ning nashrini amalga oshirdi. Olima ilgarigi barcha nashrlarga suyangan holda Bobur she’riy merosini devon shaklida tartibga keltirib, ayrim chalkashliklar va nuqsonlarga barham berdi.

O’quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitob ana shu nashrlar asosida tayyorlangan.

Bobur Hindistonda

Ingliz tarixchisi va tarjimoni Uilyam Erskinning “Bobur hukmronligi davridagi Hindiston tarixi» asari noyob tadqiqot namunasi bo’lib. muallif mazkur asarida Bobur va boburiyar sulolasining Hindiston tarixi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida xolis fikr yuritadi.

Boburiylar sulolasi

Risola tariximizning eng yorqin, shu bilan birga kam o‘rganilgan sahifalaridan hisoblangan Temuriylar sulolasi tarixining bir qismini yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mazkur sulola dunyodagi umummusulmon sulolalari ichida eng uzoq umr ko’rgan, katta tarixiy davrni qamrab olgan sulola hisoblanadi.

Agar Amir Temur hukmronligi 1370 yildan boshlangan bo’lsa, undan keyingi Temuriylar avlodi “ota-bola” zanjirini hosil qilib, bu zanjirning eng oxirgi halqasi bo‘lmish Sirojiddin Bahodirshoh II Hindistondagi Boburiylar davlatida 1857 yilda inglizlar tomonidan taxtdan chetlatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu sulola salkam 500 yil hukmronlik qilgan.

Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan ushbu risola zikr etilgan sulolaning bir qismi bo‘lmish Boburiylar avlodiga bag‘ishlanib, Zahiriddin Muhammad Boburdan Sirojiddin Bahodirshoh II gacha bo‘lgan ba’zi tarixiy voqealarni qamrab olgan.

Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi

Yo’lda ketayotganingizda, navbatda turganingizda bo’sh vaqtingiz bormi? Nega endi bu vaqtni foydali sarflamaslik kerak? Registon o’quv markazi siz uchun ingliz tilini o’rganish uchun asqotadigan eng yaxshi mobil ilovalar TOP taligini taqdim etadi. 1. LinguaLeo
Bu ilovaning eng katta afzalligi bu ingliz tilini o’rganishning o’yin tarzida tashkil etilganligi. Siz o’yinlarni o’ynab yangi bosqichlarga ko’tarilasiz, shaxsiy lug’atingizni boyitasiz.
Bundan tashqari LinguaLeo juda ko’plab materiallar, asarlar, videolar, qo’shiqlarga ega. Zo’r ilova! Yuklab olish : Android | IOS 2. Duolingo
Ingliz tilini o’rganish uchun mutlaqo bepul ilova, uning ustiga reklamalar ham jonga tegmaydi. Bu ilovadaham ingliz tilini o’rganish o’yin tarzida kechadi, sizni zeriktirmaydi va til o’rganish jarayonini qiziqarli tashkil etadi. Bosqichlardan o’tib borasiz, ballar to’playsiz, agar xato qilsangiz bal yo’qotasiz. Ajoyib ilova! Yuklab olish : Android | IOS 3. Words
Ingliz tilini mobil ilovada o’rganishni Words ilovasisiz tasavvur qilish ham qiyin. O’z vaqtida Apple kompaniyasi ushbu ilovani tan olgan.
Ilova yangi so’zlarni o’rganish va so’z boyligingizni oshirish uchun ideal asqotadi. Uning bazasida 40 mingta so’z va 330 dars mavjud. Boshlang’ich darslar bepul, keying darslar pullik. Internetsiz ham ishlatish mumkin. Qoyilmaqom ilova! Yuklab olish : Android | IOS 4. Easy ten
Bu ilova vaqti kam ammo ingliz tilini o’rganishni judayam istaydigan kishilar uchun mo’ljallangan. Ilova har kuni sizga 10 ta notanish so’zni tayyorlaydi va siz ularni o’zlashtirishingiz lozim. Oy ohirida esa so’z boyligingiz 300 taga boyiydi. Yuklab olish : Android | IOS 5. Memrise
Yana bir eng zo’r deb tan olingan ilova. Bu ilova 1 soatda 44 ta so’z yodlash metodikasiga asosan ishlab chiqilgan. Ilovaning asosiy quroli bu “mem”lar. Ushbu memlar kao’p miqdordagi so’zlarni obrazlar orqali eslab qolish imkonini beradi.
Bundan tashqari ilovada turli audio va video materiallar mavjud. Yuklab olish : Android | IOS 6. AnkiDroid
AnkiDroid ilovasi yangi so’zlarni o’zlashtirish va yodlab qolish uchun qulay usul, kartochkalarni taqdim etadi. Ilova bazasida 6000 ta tayyor kartochkalar mavjud. Ularni o’zingiz ham mustaqil yaratishingiz mumkin. Kartochkalar barchamizga ma’lumki eslab qolish uchun eng yaxshi vositalar hisoblanadi. Yuklab olish : Android | IOS 7. FluentU
Ingliz tilini o’rganish uchun eng yaxshi usullardan biri bu ingliz tilidagi mediakontent. FluentU ilovasi aynan shunday ilova. U o’zida juda ko’p filmlar, videoroliklar, audiolar, reality-shoularni mujassam etgan. Siz maroq bilan ana shu videomateriallarni tomosha qilasiz va shu bilan birga ingliz tilini o’rganasiz. Moydali ishni yoqimli ish bilan birlashtirish deb shunga aytiladi. Yuklab olish : Android | IOS uchun chiqarilmagan 8. HelloTalk
Ingliz tilini o’rganishda bu ilovaning alohida o’rni bor. Bu ilova yordamida siz ona tili ingliz tili bo’lgan kishilar bilan suhbatlashishingiz ular bilan chatda muloqot qilishingiz mumkin. Haqiqiy ingliz tilini his qilasiz. Ilovadagi funksiyalar siz xato qilsangiz uni to’g’rilab ketish imkonini beradi, yana nima kerak? Ajoyib ilova! Yuklab olish : Android | IOS 9. English Grammar test
Ushbu ilova bilganingizdek ingliz tili grammatikasini mustahkamlash uchun. Ilova o’zida 60 tadan testga ega 20 darsni o’z ichiga oladi. Ingliz tili grammatikasini to’liq qamrab oladi. Bitta testdan o’tish orqali bir qancha bo’limlardan o’z xatolaringizni topishingiz va to’g’rilab olishingiz mumkin. Yuklab olish : Android | IOS uchun chiqarilmagan 10. Urban Dictionary
Agar sizning ingliz tilingiz yetarli darajada rivojlangan bo’lsa, unda siz yangi so’zlarni o’rganishingiz kerak. Bu ilovadagi so’zlar ma’nosi ko’plab lug’atlarda topilmaydi. Kamyob, yangi va zamonaviy so’zlar bilan shu ilovada tanishishingiz mumkin. Yuklab olish : Android | IOS Diqqat! Yuqoridagi ilovalardan bepul foydalanish mumkin. Ayrimlarida esa qo’shimcha imkoniyatlar uchun pul to’lanishi mumkin. Pulli variantidan foydalanish esa doim ihtiyoriy. Agar mobil ilovalar bilan ingliz tilini o’rganish siz uchun kamlik qilsa, unda sizni markazimizga taklif etamiz. Agar siz IELTSga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lsangiz IELTS imtihonida 8.0 olish uchun 8 qoida nomli maqolamiz bilan tanishing. “Registon”dan uzoqlashmang, bundan keyin yanada qiziqarli va foydali maqolalarni taqdim etib boramiz.

Qiziqarli malumotlar
Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi