Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari

Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari

If you’re happy and you know it, stamp your feet! (stamp, stamp)

Ingliz tili fanidan maktab darsliklari

Ingliz tili fanidan maktab darsliklarining elektron variantlari:

Darslik Format Hajmi
Kid’s English 1 darslik /pdf 13.2 MB
Kid’s English_2 darslik /pdf 25.5 MB
Kid’s English 2 daftar /pdf 8.1 MB
Kid’s English 3 darslik /pdf 5.9 MB
Kid’s English 3 daftar /pdf 1.85 MB
Kid’s English 4 darslik /pdf 11 MB
Kid’s English 4 daftar /pdf 1.5 MB
New Fly High_5 darslikNew Fly High 5 daftar /pdf 9.88 MB
Teens’ English 6 darslikTeens’ English 6 daftar /pdf 12.8 MB1.15 MB
Fly Hihg 7 /pdf 2.7 MB
Fly High 8 /pdf 10 MB
Fly High 9 /pdf 2.1 MB
Ingliz tili 10 darslik /pdf 4.82 MB
11-sinf Ingliz tili darslik /pdf 5.9 MB

Oxshash xabarlar:

  • Ingliz tili fanidan imtihon javoblari 2020
  • Ingliz tili fanidan mashg’ulot ishlanma «Fruits»
  • Ingliz tili fanidan DTM namunasidagi test
  • Ingliz tili fanidan DTM namunasidagi test rus
  • Ingliz tili fanidan dars ishlanmalar
  • Ingliz Tili fanidan 9-sinflar uchun Imtihon javoblar…
  • Ingliz tili fanidan 11-sinflar uchun Imtihon javoblar…
  • 5-sinf ingliz tili fanidan 2020-2021 oquv yili Imtihon…
  • 7-sinf ingliz tili fanidan imtihon javoblari
  • 8-sinf ingliz tili fanidan imtihon javoblari
  • Ingliz Tili Fanidan 2021-2022 O’quv Yili Uchun Ish Rejalar
  • Ingliz tili fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf
  • Ingliz Tili Fanidan 2-11 Sinflar Nazorat Ishi Daftarlari
  • 1-sinf barcha fanlardan elektron darsliklari
  • 2-sinf barcha fanlardan elektron darsliklari

12 комментариев к “Ingliz tili fanidan maktab darsliklari”

  1. Уведомление: Firearms For Sale
  2. Уведомление: สล็อตวอเลท
  3. Уведомление: usa dumps with pin
  4. Уведомление: UK escorts
  5. Уведомление: https://krajowy.biz/
  6. Уведомление: sbobet
  7. Уведомление: Buy Gold Medal Berger 224 Valkyrie
  8. Уведомление: แอพเงินด่วน
  9. Уведомление: rp sex chat
  10. Уведомление: สมัครแทงบอล
  11. Уведомление: 토토셔틀
  12. Уведомление: click here

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari

Курбонова, М. А. Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari / М. А. Курбонова, Д. Р. Юсупова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 3.1 (107.1). — С. 44-45. — URL: https://moluch.ru/archive/107/25684/ (дата обращения: 04.03.2023).

Yurtboshimizning chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan chiqargan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimizning fikrlariga ko’ra, har bir soha egasi o’z sohasini mukammal egallashi va jahon miqyosida raqobatlasha olishi uchun xorijiy tilni bemalol tushuna olishi va unda puxta so’zlasha olishi zarur.

Ma’lumki, xorijiy tilni o’qitishda o’rganuvchilarning yosh va psixologik holatini hisobga olish juda muhimdir. Ayniqsa, yosh bolalarga chet til o’rgatishda bunga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Yurtboshimizning qarorlarida ham bu masalaga etibor qaratib o’tilgan, ya’ni birinchi sinf o’quvchilariga xorijiy til o’rgatishda grammatik material taqdim etilmaydi.

Shu o’rinda grammatikaga qisqacha ta’rif berib o’tsak. Lug’atlarda berilgan ta’riflarga ko’ra, grammatika og’zaki va yozma nutqni qurishda rioya qilinadigan qoidalar va prinsiplar tizimidir; so’z va gaplarning tuzilishini o’rganadigan fandir. Teaching English Grammar in Malaysian Primary Schools qo’llanmasida keltirilishicha, grammatika bu til sistemasidir. Ba’zida odamlar grammatikani tilning “qoida’lari” deb tasvirlaydilar; ammo aslida xech qaysi tilning qoidalari yoq.[1] Qo’llanmada ta’kidlanishicha, tilda qoidalar asosida gapirilsa, qoidalar tildan avval paydo bo’lgan degan ma’noni chiqmasligi uchun qoidalar yoq degan fikrga ham kelingan. Zero, dastavval odamlar tovushlar hosil qilib, ketidan so’z, ibora hamda gaplar yasab tilni vujudga keltirilganlar.

Biroq ko’plab manbalarda grammatika til strukturasini tashkil etuvchi qoidalar sifatida ta’riflangan. Qoidalarni o’zlashtirishda bolalar qiynaladi va shundan kelib chiqib zerikadi. Qiziqarli holat shuki, til grammatikasi xatto kattalar uchun ham huddi o’zlashtirish qiyin sohadek tuyuladi. Bizning fikrimizcha, aslida unday emas. Shunchaki grammatikani taqdim etish yo’llarini soddalashtirish va, albatta, qiziqarli qilish lozimligi hammaga ma’lum. Yuqoridagi fikrga yana qaytadigan bo’lsak, yosh bolalarga xorijiy til grammatikasini o’rgatish uchun til o’qituvchilari materialni birmuncha osonlashtirib, oddiylashtirib, bolalar qiziqishlarini oshirishi kerak. Chunki yosh bolalarda kognitiv tahlil qilish ko’nikmasi hali shakllanmagan bo’ladi. Bu yoshdagi o’rganuvchilarga biror fan, ayniqsa xorijiy til o’rgatishda ko’rgazmalilik prinsipidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bolalar ingliz tilida sodda muloqotga kirisha olishlari uchun grammatikadan mukammal bilimga ega bo’lishlari shart emas. Grammatik qoidalar bolalar uchun zerikarli tuyulishi tabiiy. Kichik yoshdagi bolalar shijoatga to’la bo’lishi psixologiyada isbotlangan. Demak, bolalarga taqdim etiladigan grammatik material eng avvalo qiziqarli va bolalar uchun tushunarli hamda zavq bag’ishlaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Material zavqli bo’lishi uchun asosan qo’shiqlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Zero, musiqa har bir yosh egasiga zavq bag’ishlaydi. Bolalarga ashulalar orqali nafaqat leksikani o’rgatish, balki grammatikani ham samarali o’rgatish mumkin. Masalan, What colour is it? ashulasi orqali bolalarga ingliz tilida rang surash savolini va unga javob berishni o’rgatish mumkin.

What colour, what colour, what colour is it?

It’s red, it’s red, red, red, red.

What colour, what colour, what colour is it?

It’s blue, it’s blue, blue, blue, blue.

What colour, what colour, what colour is it?

It’s yellow, it’s yellow, yellow, yellow, yellow.

What colour, what colour, what colour is it?

It’s green, it’s green, green, green, green.[2]

Bu qushiqni bolalar qayta-qayta jo’r bo’lib aytish orqali rang so’rash konstruksiyasini va javob berish yo’lini o’z-o’zlaridan o’rganib oladilar. Keyin uni mustahkamlash uchun sinf xonasida istagan predmetlarini olib savolni qo’shiq tarzida surashlari, qolganlari esa huddi qo’shiqdagi kabi javob berishlari mumkin. Buni guruhlarga bo’lib musobaqa tarzida o’tkazilsa, bolalarning qiziqishlari yanada ortib materialni tezroq o’zlashtiradilar.

Bu ashula minglab qo’shiqlardan biri xolos. Bolalar uchun ingliz tilini o’rgatuvchi qo’shiqlarda grammatik konstruksiyalar ko’p uchraydi. Bunday ashulalarni hozirgi kunda ko’plab internet saytlarida bemalol topish mumkin. Jumladan, www.englishforyoungkids.com, www.smallkidshomework.com kabi saytlarda bolalar uchun ingliz tili o’rgatuvchi qiziqarli kungilochar mashg’ulotlar bor.

Bolalar shijoatga to’la bo’lganligi sababli ham ularga mavzuni jismoniy o’yinlar orqali o’rgatilsa, ayniqsa, u faoliyat musobaqa tarzida bo’lsa, yosh o’rganuvchilarga yanada ma’qulroq bo’ladi. www.teachingenglishgames.com saytida ingliz tili darslarini qiziqarli va samarali olib borish uchun turli-tuman o’yinlar taqdim etilgan.

Bolalarda xotira, eslab qolish qobiliyati kuchli bo’lganligi sababli ularga she’rlar yodlatish orqali ham grammatik materialni o’rgatish mumkin. Masalan, quyidagi she’r orqali bolalarga kishilik olmoshlarini o’rgatish mumkin.

She’rlarda va ashulalarda yod olingan grammatik materialni bolalarga kichik dialoglarni tuzish va gapirtirish orqali mustahkamlash mumkin.

Ingliz tilidagi so’z turkumlarini, xususan, fe’llarni o’rgatishda hatti-harakatlar orqali amalga oshirilsa, bolalar uchun qiziqarli va muhimi esda qolarli bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar mavhum so’z yoki tushunchalarni tushunmaydilar. Shuning uchun aniq otlar kabi mavhum ma’noda bo’lmagan fe’llar harakatlar orqali o’rgatilishi mumkin. Masalan, give, show, take, see, hear, speak, dance, sing, jump, run, kick, play, eat, clap, drink, open, close, sleep, sweep, swim va hokazolarni amalda ko’rsatib esda qolarli qilib o’rgatish mumkin. Bolalarga o’rgatiladigan fe’llar nafaqat mavhum ma’nodan holi, balki aytishga oson, talaffuzi yengil bo’lishi lozim. Ko’rinib turganidek, yuqoridagi so’zlar bir bo’g’inli so’zlar boshlang’ich bosqichdagi o’rganuvchilar tomonidan oson o’zlashtiriladi. Maktablarda keng qo’llaniladigan ashulada fe’llar hatti-harakatlar orqali o’rgatiladi.

If you’re happy and you know it, clap your hands! (clap, clap)

If you’re happy and you know it, clap your hands! (clap, clap)

If you’re happy and you know it, and you really want to show it,

If you’re happy and you know it, clap your hands! (clap, clap)

If you’re happy and you know it, slap your knees! (slap, slap)

If you’re happy and you know it, slap your knees! (slap, slap)

If you’re happy and you know it, and you really want to show it,

If you’re happy and you know it, slap your knees! (slap, slap)

If you’re happy and you know it, stamp your feet! (stamp, stamp)

If you’re happy and you know it, stamp your feet! (stamp, stamp).

If you’re happy and you know it, and you really want to show it,

If you’re happy and you know it, stamp your feet! (stamp, stamp)

If you’re happy and you know it, say ok! (ok, ok)

If you’re happy and you know it, say ok! (ok, ok)

If you’re happy and you know it, and you really want to show it,

If you’re happy and you know it, say ok! (ok, ok)

Bundan tashqari bolalarga mavzuga oid qisqa multfilmlarni taqdim etish orqali belgilangan grammatik materialni osonroq yo’lda o’rgatish mumkin. www.youtube.com da ingliz tili o’qitishning har xil darajasi uchun grammatika o’rgatishga yo’naltirilgan turli mavzularda minglab video roliklarlar topish mumkin. Bu saytda berilgan video materiallar rang-barangligi, qiziq animasiyalari va ovozli multimedia xususiyatlari bilan bolalarning diqqatini tortadi.

Xulosa qilib aytganda, har bir ingliz tili o’qituvchisi kuchli malakali pedagog va psixolog bo’lishi lozim. O’qituvchi grammatikadan chuqur bilimga ega bo’lishi kerak, albatta. Shu bilan birga grammatikani puxta o’rgata olish alohida ilm hisoblanadi. Bu ilmni har bir ingliz tili o’qituvchisi chuqur egallashi zarur. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirib aytganda, boshlang’ich ta’limdagi bolalarga ingliz tili grammatikasini ularga zavq bag’ishlab o’rgatilishi maqsadga muvofiq. Ammo eslatib o’tish joizki, grammatikani bolalarga o’rgatish uchun qiziqarli va samarali yo’llar sifatida yuqorida aytib o’tilgan faoliyat turlarining barchasini o’qituvchi dastavval mavzudagi grammatik materialni tushuntirib berishi va undan so’nggina materialni oydinlashtirish hamda mustahkamlash uchun ulardan foydalanish lozim.

  1. Institut Pendidikan Guru Kampus Dato’ Razali Ismail Teaching English Grammar in Malaysian Primary Schools Manual for short course
  2. www.englishforyoungkids.com

Qiziqarli malumotlar
Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari