4ta muqaddas kitob nomi

4ta muqaddas kitob nomi

Voqiflikdir yana bir tarzim,

4ta muqaddas kitob nomi

Ma’lumki dastlabki svilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida Minoy svilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Av е sto» nomi bilan ma’lum bo`lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik zoroast­rizm) dinidir. «Av е sto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam tug’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o`z aksini topgan. Manbalarda «Av е sto» kitobining muallifi Zardusht (ba’zi manbalarda Zardo`st) ‘bo`lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o`tganligini yozadi. Olimning ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko`rsatgan iloxiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Uning uch ug’il va bir qizi bo`lgan. Zardusht 30 yohga е tganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob – «Av е sto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e’tirof etilgan.

Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o`rtasida turlicha qarash va g`oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo`lgan q Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo`lganmi yoki ko`pxudolik kabi masaladir.

Ba’zilar Zardushtiylik dinini Midiyada k е lib chiqqan d е salar, ayrimlar uni Eronda paydo bo`lgan d е b isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir d е b isbotlovchi olimlardan biri E. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- Eron qabilasi dinidan k е lib chiqqan».

Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struv е , V. V. Tr е ver, S. T. Tolstov, N. Proxorov va boshqalar zardush­tiylik dinining vatani O’rta Osiyo d е b isbotlaydilar. A. O. Makov е lskiy ham shu fikrga qo`shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Av е sto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda («Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» d е makdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo`lsa, to`qqiztasi O’rta Osiyoga t е gishli bo`lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya (Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm), Varana (Turkmaniston Eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Av е sto» kitobida er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okiyanlar o`ralganligi, nomlari k е ltirilgan mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi haqida yozilgan.

Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shaxri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shaxri bilan bog’liqdir. U podshoxlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi.

Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum ‘Suyaklarini maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosan O’rta Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududida esa bitta-yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo d е b aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi.

Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi bizgacha е tib k е lmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta Osiyoda o`trog` ho’jalikka o’tila boshladi, sug`oriladigan d е hqonchilik chorvachilik xunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo`lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga b е nixoya kulfatlar k е ltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga е tkazish davrning asosiy muammosi bo`lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o`tish, d е b bildi va o`zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush (jihod)da o`zi ham halok bo’ldi.

Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Av е sto» Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshoxiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar xukmronligi davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga е tkazilgan. «Av е sto»ning uchta kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Vid е vdat», ya’ni d е vlarga qarshi qonun d е b ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u «Vid е vdat»- «Sade» d е b ham yuritiladi. «Vid е vdat»ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi d е b aytsak bo`ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi bashoratida tabiat va xalolliklar xukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon k е ltirishga doyr duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga k е lmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha’niga shukronalar bayon qilinadi.

Kitobda poklanish (yuvinish gigi е nasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’ bo`lish, k е chirim surashga doyr duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab kolish, gunoxdan forig’ bo`lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey, olamning xukmdori Oxuramazda! M е n barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun s е nga so`z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so`zlardan, har qanday yomon amallardan voz k е chaman, m е n fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo`lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya ishla-rimdan voz k е chaman, niyatlarim, so`zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni k е ng karaming ila k е chirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7 ta bobida Zardusht orqadi xabar berilgan bashoratlar o`z ifodasini topgan. Zardusht xudo Oxuramazdadan o`z axloqiy qonun-qoidalarini malum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik tug’risida vaxiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot va o`lim, osmon jahannam ma’nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida «Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mjhiyatidan k е lib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxura­mazda yuborgan qonun-qoidalar, tartibotlar, nasixat va ugitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga erishib boraveradi.

Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim, ma’naviy olamda ezgulnk bilan yovuzlik ijtimoiy xayotda adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o`rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi o`rtasida k е skin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga k е ltiraveradi, yovuzlik ruxi bo`lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuz­lik o`rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barakamollik nishonasi sifatida muhim o`rin tutadi. Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash imkonini beradi. Imonli e’tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz ruhlar- d е v, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o`zini ch е tga olishga da’vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «M е n ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so`zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. M е n mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug`layman», d е ydi, Bundan ko`rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odam­larni «. o`z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro’sa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo`yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz ishlardan o`zlarini tiyib yurishi uchun. » intilishga chaqiradi. «. Bergan so`zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat’iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo`lish» imonlilik alomatlaridir, d е yiladi. Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, b е gonalarning mol-dunyosiga ko`z olaytirishdan, o`z-o`ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o`zini saqlay biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko`proq qayg’uring», ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo`lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, d е ydi Oxuramazda.

«Av е sto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo`ylik adolatlilik ulug`lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o`zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo`lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday d е yiladi:

«M е n borliqning Quriqchisiman

Nomdir m е nga tag’in Himoyat

Yana bir nom bilguvchilikdir

Voqiflikdir yana bir tarzim,

M е ning nomim Haqgo`klik erur

M е ning nomim aldovsizlikdir.

M е ning nomim Asraguvchidir

M е ning nomim erur Qaqshatqich,

Ostin-ustun qilguvchi ham m е n

Barchani vayron etguvchi ham m е n,

Yuqlikdan bor etguvchi ham m е n,

Yana bir nomim ezgu farog`at,

Haqqoniyat yana bir ismim [1] ».

«Av е sto» kitobida mat er ialistik dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi. Yer , suv, xavoni bo`lg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunoxlar qatoriga qo`shiladi. Oxuramazda «. yerga yaxshi, sog’lom urug’lar s е pishdan ortiq savob ish yo’q..» d е ydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so`yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, d е b hisoblaydi. Bashoratlardan birida: «Olam go`zalligi d е hqondan, d е hqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon k е ltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir», d е yiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy o’stirila boshlasa, d е vlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo`lsa, d е vlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo`lgach, d е vlar nolayu fig’on ch е kishadi. D е vlarni maglub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo`lishi lozim. Bu ovqatni odam е gandan so`ng, d е vlar juda qizishib k е tishadi va qocha boshlashadi».

Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo`z yerlarni o`zlashtirish, uni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan k е yingi savobli ish esa oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko`paytirishdan iborat bo`lgan. Zardusht xudo nomidan xukmdorlarga qarata bunday d е ydi: «Yomon ovqatlangan xalq na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo`ladi. Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib k е tadi. Agar non mo`l ko`l bo`lsa, muqaddas so`zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bir qarashda oddiygina kurinadigan bu so`zlarda juda katta falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy ugitlar borligiga amin bo`lamiz. Zardushtiylik o’gitlarida ona zaminga, dеhqonchilikka, hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro`z, Ro`za, M е xr va boshqa barcha marosimlarida ochiq-oydin ko`ramiz.

Yosinning 29- basho’rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida ibodatdan so`ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko`targan holda Ollohdan o`z talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda Yer , osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi.

Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o`ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko`ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko`paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani yerga sanchib yerni k е ngaytirishni ilti­jo qilib xudodan so`raydi va unga erishadi. Oxuramaz­da Odam Atoga yer ga sovuq ofat k е layotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o`ziga bir uy qurib xayvonot va o`simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi.

Ammo Odam Ato o`z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib k е tadi va xudo tomonidan taqiqlangan n е ‘mat- qoramol go’shtidan ist е ‘mol qilib qo`yadi. U xudoning kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo`ladi. Odamzod xayotning bu birinchi bosqichidan so`ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik osoyishtalik va farovonlik yuzaga k е ladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo`lgan d е v- Axriman е ngiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo`ladi. Barcha o’lganlar tirilib xudo oldiga k е ladilar va o`z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar. Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko`rib turibdi. Xudoni aldab bo`lmaydi. Zar’dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go`zal kiz qiyofasidagi o`z mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko`prik – «Chinvot»dan o`tadi. Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko`prik k е ngayib turadi va yo`l beradi. Undan omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar tiriladigan kunda o`z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum bo`ladalar, do`zaxga tushadilar.

«Av е sto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» d е b ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob «Bundaxash», Qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan yozilgan.

Е shtlar va Yosinlar uch katlamdan iborat: birinchisi xalq eposlarining Zardushtgacha bo`lgan qo’shiqlari (sh е ‘rlari), ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va uchinchisi Zardusht halok bo`lgandan keyin kitob holiga k е ltirilgan va «Kichik Av е sto» nomi Bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning uchun «Av е sto» ning dastlabki ilk va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Av е sto»ga asoslangan g`oyalar bo`lgan. Bunda ko`p xudolilik bilan yakka xudolilik g`oyasi aralashib, qorishib ketganligidan Zardushtiylikni ko`p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab k е lganlar. Bu yakka hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo`lgan mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo`lgan. Ammo u hudolar huddi odamlard е k hayot k е chirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo`lgan, uning xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakka xudolilik dini Eronda Ahamoniylar hokimiyat t е pasiga k е lib, ular O’rta Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. Tugri, Eron shohlari o`z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga е tarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o`rtahol d е xdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shohlariga yoqmaydi.

«Kichik Av е sto»da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi; Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun olib borgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni ishg’ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xudo — Z е vs, Zardusht esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o`z e’tiqodlariga bo’ysundirgan bo`lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo’q qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.

«Av е sto» haqida Abu Rayxon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodg`orliklar» nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida un ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi, Iskandar otashxonalarni vayron qililib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun «Abisto»ning b е shdan uchi yuqolib k е tdi «Abisto» uttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo’lida un ikki nask chamasi qoldi».

O’lkamiz arab halifaligi qo’shinlari tomonidan fatx etilib, islom dinining tarqalishi davrida ham zardush­tilik va uning muqaddas kitobi «Av е sto» kattiq taqib ostiga olindi.

Zardushtiyning O’rta Osiyoda vujudga k е lganligi va uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta’sirini inkor etib bo`lmaydi. «Av е sto»ning bizgacha е tib k е lganligi uchun eng avvalo ingliz va frantsuz olimlaridan minnatdor bo`lishimiz kerak chunki, 1755 yilda frantsuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashadi, ularniig ibodatlari, urf-odatlari bilan yakin tanishdi va «Av е sto»ni frantsuz tiliga tarjim qildi.«Av е sto» G’arbiy Е vropa, Eron va Hindiston orqali bizga е tib k е lganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga tug’ri k е lmaydi.

Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasp (Gushtasp) xuzuriga k е lib, «Av е sto» ni unga tortiq qiladi. O’ng va so’l tomonlari k е silgan ko’ylak kiygan, yuziga parda tortilgan, qulida bir е ski qogozni ko’kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp kasriga tushadi. Shunda tom ochilgan va Gush­tasp kunduzgi uyqudan uyg’onib k е tgan. Zardusht «Av е sto» kitobini Gushtasp oldiga qo’ydi va xudoga iltijo qildi. «Av е sto» agar shu kitob daqiqadan s е niki bo`lsa, s е n su kitob bilan m е ni podshoh xuzuriga yuborgan bo`lsagh, m е ni misning zararidan saqlagan», dy е di. So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan mis k е ltirildi, uni Zardushtning ko’kragiga va qorni ustiga qo’ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo’lib е pishdi, l е kin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Gushtasp Zardusht e’tiqodini qabul qildi va o`ziga tob е o’lkalarga bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi.

Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qarib ming yil O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi.

Zardusht yashagan va «Av е sto» kitobi yozilgan davrda O’rta Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq xayotga, d е hqonchilik va hunarmandchilikka o`ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka etibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug’diyona, Marg’iyona, Baqtriya,Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni k е chayotgan palla. Batanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g’on bo’layotgan mafkuralari yangilanligii, yangi jamiyat talab-javob berya oladigan- diniy islohatni amalga oshirishni talabetar edi. «Av е sto»da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi.

“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’ngi qismi Vid е vdotda iqtisodiy t е ngsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli malumotlar b er iladi. Shun­day qilib miloddan avvalgi IX—VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyatda muxim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy ma’naviy boyligidir.

«Av е sto»da k е ltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi е mirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo`lamiz.

Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no –mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” [2] deb yozdi Islom Karimov.

[1] “Fan va turmush” 1993 yil № 3-4, 23-bet

[2] Islom Karimov . Yuksak manaviyat –engilmas kuch… 32 bet

4ta muqaddas kitob nomi

Самовий китоблар ҳақида маълумот берсангиз!

Савол:

Ассалому алайкум, қори ака! Маълумки, Аллоҳ таоло томонидан 4 та китоб тушурилган. Шулардан Қуръони карим Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салламга нозил бўлган. Саволим шундан иборат: қолган 3 китоб қайси пайғамбарларга нозил бўлган? Ҳозирда ўша китобларга кимлар амал қилади? Жавобингиз учун олдиндан раҳмат. Аллоҳ сизлардан рози бўлсин!

Жавоб:

Ва алайкумус салом. Аллоҳ таоло инсонларни тўғри йўлга бошлаш учун пайғамбарларни юборган. Уларга ваҳий туширган. Баъзиларига китоб, баъзиларига саҳифалар нозил қилган. Аввалда нозир қилинган китоб ва саҳифалар сони аниқ эмас. Бу борада санади саҳиҳ бўлмаган бир ривоят келган. Абу Зар Ғифорий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинишича, у Набий соллалоҳу алайҳи ва салламдан: “Аллоҳ таоло қанча китоб нозил қилган?” деб сўради. У зот: “Юзта саҳифа ва тўртта китоб: Шисга 50 саҳифа, Идрисга 30 саҳифа, Иброҳимга 10 саҳифа, Мусога Тавротдан олдин 10 саҳифа нозил қилди. У Зот Таврот, Инжил, Забур ва Қуръонни туширди”, дедилар (Ибн Ҳиббон, Ибн Мардавайҳ, Абд ибн Ҳумайд ва Ибн Асокир ривояти. Ривоят санадида ёлғончиликда айбланган ровий бор).

Лекин самовий китобларнинг нозил қилиниш кетма – кетлиги маълум. Бу пайғамбарлар яшаган даврга қараб аниқланади. Жумладан, Аллоҳ таоло Иброҳим алайҳиссаломга саҳифалар, Мусо алайҳиссаломни Тавротни (яна саҳифалар ҳам), Довуд алайҳиссаломга Забурни, Исо алайҳиссаломга Инжилни ва Саййидимиз Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи ва салламга Қуръони каримни нозил қилган.

Ҳар бир мўмин – мусулмон банда мана шу китобларга ижмолий (умумий) суратда имон келтириши, улар Аллоҳ тарафидан туширилганига шубҳасиз ишониши шарт. Аллоҳ таоло айтади: “(Эй Муҳаммад,) У Зот Сизга ўзидан аввал тушган китобларни тасдиқловчи бўлган бу Китобни (Қуъонни) ҳақ билан нозил қилди. Илгари инсонларни ҳидоят қилиш учун Таврот ва Инжилни туширган эди” (Оли Имрон, 3).

Аллоҳ таоло ваҳий юборган пайғамбарлар ҳақида шундай дейилган: “(Эй Муҳаммад,) албатта Биз Нуҳга ва ундан кейинги пайғамбарларга ваҳий юборганимиз каби Сизга ҳам ваҳий юбордик. Яна Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва ўша уруғ – авлодлар, Исо, Айюб, Юнус, Ҳорун ва Сулаймон пайғамбарларга ҳам ваҳий юборганмиз. Довудга Забурни ато этдик” (Нисо, 163). Уламолар тўртта самовий китобга: Таврот, Забур, Инжил ва Қуръонга, шунингдек, Иброҳим ва Мусо алайҳимуссалом саҳифаларига имон келтириш вожиблигига ижмо қилишган.

Хуллас калом, Таврот Мусо алайҳиссаломга, Забур Довуд алайҳиссаломга, Инжил Исо ибн Марям алайҳиссалом, Қуръони карим Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салламга нозил қилинган. Қуръони карим – биз мўмин – мусулмонларнинг Китобимиз. Таврот яҳудийлар китоби, Инжил насронийлар китоби. Айтилишича, ҳозирда ер юзида Забурни ўз китоби деб биладиган биронта ҳам миллат йўқ экан. Аслида насронийми, яҳудийми, ким бўлишидан қатъи назар ҳамма Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам рисолатларига имон келтириши лозим. Зеро, бу охирги шариатдир. У ўзидан олдинги шариатларни амалдан қолдирган. Барча пайғамбарлар дини бир, Парвардигорлари бир, аммо шариатлари бошқа – бошқа бўлган. Энди қиёматгача келадиган одамлар ва жинлар Ислом шариатига амал қилишлари керак. Аллоҳ, бандалар Исломдан бошқа “дин”га эътиқод қилишларига рози бўлмайди.

Qiziqarli malumotlar
4ta muqaddas kitob nomi