IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING INSON PSIXIK DUNYOSIGA TA’SIRI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Afsuski, hali ispan tiliga tarjima qilinmagan juda yaxshi nomlar juda ko’p. Bu erda siz ushbu asarlarning ijtimoiy psixologiya kitoblariga oid to’plamini topishingiz mumkin.
Ijtimoiy psixologiya kitob
Ushbu o’quv qo`llanmada zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo`lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Ushbu o`quv qo`llanmada shaxs va jamiyat munosabatlariga iod muammolarning boshqa adabiyotlardayoritilmagan jihatlari kengroq yoritilgan.
Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring
Elektron kutubxona
- O’quv adabiyotlar
- Monografiyalar
- Badiiy adabiyotlar
- Uslubiy qo’llanmalar
- Avtoreferatlar va dissertatsiyalar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Bizning manzil
- Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
- +998 (66) 233 28 63
- sammu@sammu.uz
Xarita
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING INSON PSIXIK DUNYOSIGA TA’SIRI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Shaxslararo munosabat / intropsixologik kategoriya / insoniy munosabatlar / umumiylik / o„xshashlik / uyg„unlik / ijtimoiy-psixologik hodisa / ontogenez / ota-ona va farzand / perseptiv muloqot / san‟at / shaxs. / межличностные отношения / интропсихологическая категория / человеческие отношения / общность / сходство / гармония / социальнопсихологический феномен / онтогенез / родители и дети / перцептивное общение / искусство / личность.
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulchеhrа Abdullаyеvnа Kurbоnоvа
Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlarni o„rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, muloqot va u orqali o„zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik , o„xshashlik , uyg„unlik kabi sifatlar paydo bo„lishiga olib kelishi hamda inson psixik dunyosiga ta‟siri masalalari to„risida bir necha chet el psixolog olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borganliklari masalalari yoritilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Gulchеhrа Abdullаyеvnа Kurbоnоvа
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARINI O‘RGANISH
KO’P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
ILK O’SPIRINLIK DAVRIDA SHASXLARARO MUNOSABATLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
OILADA DЕSTRUKTIV SHAXS XUSUSIYATLARI
BOLALАRNING INTЕLLЕKTUАL SАLОHIYATINI RIVОJLАNTIRISHDА ОILАDАGI QАDRIYATLАRNING TА’SIRI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
ВОПРОСЫ ВЛИЯНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ПСИХОЛОГИИ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ НА ПСИХОЛОГИЮ ЧЕЛОВЕКА
В данной статье раскрываются исследованиянескольких зарубежных психологов, которые проводили исследованияоизучение межличностных отношений являющихся одной из наиболее актуальных проблем в области психологии, взаимоотношение и взаимодействие и через него приходят к появлению таких качеств, как общность , сходство , гармония между людьми и их влияние на психическое состояние человека.
Текст научной работы на тему «IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING INSON PSIXIK DUNYOSIGA TA’SIRI MASALALARI»
IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING INSON PSIXIK DUNYOSIGA TA’SIRI MASALALARI
Gulchеhrа Abdullаyеvnа Kurbоnоvа
O’zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqa pedagogikasi” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi, Turon fanlar akademiyasining akademigi
Annotatsiya: Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib kelishi hamda inson psixik dunyosiga ta’siri masalalari to’risida bir necha chet el psixolog olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borganliklari masalalari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Shaxslararo munosabat, intropsixologik kategoriya, insoniy munosabatlar, umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik, ijtimoiy-psixologik hodisa, ontogenez, ota-ona va farzand, perseptiv muloqot, san’at, shaxs.
ВОПРОСЫ ВЛИЯНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ПСИХОЛОГИИ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ НА ПСИХОЛОГИЮ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация: В дaннoй статье рaскрывaются исслeдoвaниянeскoлькиx зaрубeжныx псиxoлoгoв, кoтoрыe прoвoдили исслeдoвaнияoизучeниe мeжличнoстныx oтнoшeний являющихся oднoй из нaибoлee aктуaльныx прoблeм в oблaсти псиxoлoгии, взaимooтнoшeниe и взaимoдeйствиe и через Hero np^o,£T к пoявлeнию таких Ka4ecTB, KaK oбщнoсть, cxo,ctbo, rapMoH^ мeжду людьми и их влиянда Ha псиxичeскoe сoстoяниe чeлoвeкa.
Ключевые слова: мeжличнoстныe oтнoшeния, интpoпсиxoлoгичeскaя raTeropm, чeлoвeчeскиe oтнoшeния, oбщнoсть, CXO,CTBO, rapMoH^, coupa^Ho-псиxoлoгичeский фeнoмeн, oHToreHe3, poдитeли и дeти, пepцeптивнoe oбщeниe, to^cctbo, личнoсть.
ISSUES OF THE IMPACT OF INTERPERSONAL RELATIONSHIPS ON THE HUMAN MENTAL WORLD IN SOCIAL PSYCHOLOGY
Abstract: In this article, the study of interpersonal relationships is one of the most pressing problems in the field of psychology. has been the subject of research by several foreign psychologists on the subject of secrecy.
Keywords: Interpersonal relationships, intropsychological category, human relationships, generality, similarity, harmony, socio-psychological phenomenon, ontogeny, parent and child, perceptual communication, art, personality.
Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Shaxslararo munosabatlar deganda aslida odamlar orasida amalga oshadigan o’zaro munosabat, muloqot va muomala jarayoni tushuniladi.
Shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki, inson shaxsining eng nufuzli va yetakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar, ularning turli psixologik xususiyatlarini o’rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko’rinishidirki, uning yordamida odamlar o’zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o’zaro axborot almashinadilar, ta’sir o’tkazadilar, ta’sirlanadilar, idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning uchun muomala ijtimoiy-psixologik hodisa, ijtimoiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, emotsional, kognitiv, motivatsion, regulyativ qirralarini aks ettiruvchi ob’yektiv va sub’yektiv ehtiyoj sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini psixologlardan L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, B.G. Ananev, A.V. Zaporojets, A.A. Bodalev, B.F. Lomov, A.A. Leontev, M.I. Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar (39, 58,103).
L.S. Vigotskiy bola shaxsi ruhiy dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomalaning ahamiyati borasida «Bola shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yo’li kattalar bilan muomalasi hisoblanadi. Uning tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat bildirishidir» (58, 38) deb ta’kidlaydi.
L.S. Vigotskiy fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o’zaro ta’sir bahs, dialogdir; ikkilamchi esa individning ongi, ruhiy jarayonlarining individualligidir: «Biz madaniy rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning madaniy o’sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi, avval
ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so’ng bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida». (58,78)
L.S. Vigotskiy shuningdek, shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy vosita, so’ngra esa xulq-atvor vositasi turadi. Chunki, inson yakka qolgan paytda ham muomala funksiyasini o’zida saqlaydi.
L.S. Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko’rinadiki, muomala intereorizatsiya, ya’ni ichki nutq va ekstereorizatsiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, muomala tufayli shaxs ishtimoiylashuvi yuzaga keladi (58).
Demak, L.S. Vigotskiy muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari g’oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko’ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada anglaymiz (58).
V.M. Bexterevning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala mavzusi ijtimoiy-psixologik nazariya jihatidan o’rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning o’zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi. V.M. Bexterev ijtimoiy hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ajratib talqin qiladi. Uning fikricha, shaxsning atrofdagilari bilan muomalasi qanchalik xilma- xil va boy bo’lsa, shunchalik uning taraqqiyoti muvaffaqiyatli amalga oshadi.
V.M. Bexterev muomalaning ijtimoiy roli va funksiyasini tahlil etishda uning ko’rinishlari bo’lmish taqlid va ta’sirlanish ahamiyatiga to’xtaladi. Uning fikricha, taqlid bo’lmasa, shaxs ham yuzaga kelmas edi. Chunki, taqlid o’z materialini muomaladan olishini uqtiradi. Ta’sirlanish esa ijtimoiy jarayonlar namoyon bo’lishining omili tariqasida qaraladi.
V.M. Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ham ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi. Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o’rganish ishi V.M. Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir (38).
V.N. Myasishevning «Shaxsning munosabatlar psixologiyasi» konsepsiyasiga ko’ra shaxsning «dialogik» xususiyati, muomala xarakterining shaxsiy tajribasi va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabat mahsuli safatida namoyon bo’ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emotsiya kuchi, xohish,
ehtiyoj, ijtimoiy yo’nalganlik kabi shaxsni harakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning kechinmalari, xulqida, harakatida ifodalanadi.
V.N. Myasishevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid asarlarining tahlilidan ko’rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xususiyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta’sir etishdangina rivojlanmasdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilarning psixik jarayonlari bilan ham bog’liqligida namoyon bo’lar ekan. Shuning uchun, V.N. Myasishev ishlarining alohida tomoni muomala, uning psixologik tuzilmasi bilan muloqotda ishtirok etuvchilarni psixik jarayonlari orasidagi munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko’rinadi (117).
G.M. Andreyeva «Ijtimoiy psixologiya» kitobida shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan 3 xil vazifalar va murakkab jarayonlar tuzilmasini taklif etadi (24).
1. Muloqotning kommunikativ tomoni, ya’ni o’zaro munosabat yoki muloqotga kirishuvchilarning o’rtasida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni sifatida;
2. Muloqotning interaktiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni sifatida;
3. Muloqotning perseptiv tomoni, ya’ni muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog’liq jarayon sifatida.
O’zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligini B.F. Parigin (18,28) shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
A) individlarning o’zaro ta’siri jarayoni;
B) individlar o’rtasida axborot almashunuvi jarayoni;
V) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabat jarayoni;
G) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
D) bir-biriga hamdardlik bildirish imkoniyati;
Ye) shaxslarning bir-birini tushunish jarayoni».
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko’p qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jahon psixologlarining juda ko’p tadqiqotlari shu fenomenni shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta’sirchan deb qaraydilar.
Oila kichik guruhcha sifatida yaxlit bir tizimni tashkil etadi. Bu yaxlit tizimning qismlari, ya’ni a’zolari o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar oilaning barqarorligi, taraqqiyoti, farzandlar tarbiyasidagi o’rni va boshqalarda aks etadi. G’arb ijtimoiy psixologlari ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kichik guruhlardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishga katta e’tibor berdilar.
G’arbda, ayniqsa, AQShda shaxslararo munosabatlarni o’rganish jarayonida ko’plab yo’nalishlar paydo bo’ldi; ulardan interaksiya va kommunikatsiya yo’nalishi tarafdorlari: simpatiya, antipatiya, befarqlik, yakkalanib qolish, faollik, agressiya, bo’ysunish va boshqalarni G. Zimnel, G. Kuli, keyinroq R. Beyls, D. Kartrayt, G. Xomans, S. Ash, R. Kratchfild va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida chuqur o’rganildi (132,22).
O’zaro bog’liq kishilarning bir vaqtdagi munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, shuningdek, o’zaro aloqadagi shaxslarning bir-birlarini persepsiya muammosi shaxslararo munosabatlarda ahamiyatga ega ekanligi har tomonlama tadqiq etildi (G. Xomans, A. Xarre 132,22).
Shaxslararo munosabatlarda shaxslarning o’zaro jips, hamjihat yashashlari uchun “yoqimtoylik” katta rol o’ynashi, bu esa ularning bir-birlariga bog’lanib qolishlariga sabab bo’lishi aniqlandi (S.Shaxter, A. Lott, Т. Nyukom (132,48)).
Shaxslararo hamjihatlik bilan shaxslararo munosabatlardagi kommunikatsiyaning soni, takrorlanish darajasi, faollik darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjudligi haqida AQShlik psixolog G. Xomans tomonidan ilgari surilgan faraz ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan o’rganildi (132,50).
G’arb ijtimoiy psixologiyasida shaxslararo munosabatlarga hissiyot bilan bog’liq fenomen sifatida qaraladi. Dj. Moreno tomonidan o’zaro munosabatlarda simpatiya va antipatiyada shaxslarning yoqimtoyligi, attraktivligiga sotsiometrik tadqiqotlar yordamida izlanish kuchli turtki berdi (85, 84).
Shaxslararo munosabatlarda o’zaro moslikni o’rganishda M.Shou bu psixologik holatni ikki turga farqlaydi.
1. Ehtiyojlardan kelib chiqqan mosliklar sheriklarning o’zaro moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun bir-birlariga moslashishga majbur bo’lishlari.
2. Xatti-harakat (xulq-atvor)ning o’xshashligdan kelib chiqadigan moslik (sheriklarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlaridagi o’xshashlikning moslashishiga sabab bo’lishi (100, 142)) .
Badiiy va tasviriy san’at individning shaxs sifatida shakllanishida, uning xarakter xususiyatlari, dunyoqarashlari, qadriyatlari va boshqa ko’p jihatlarining tarkib topishida muhim rol o’ynaydi.
V.B. Blokning fikricha, tasviriy san’at shaxsda har xil affektiv his- tuyg’uni yuzaga kelirishi mumkin. Masalan, musavvir Repinning o’z farzandining qotili Ivan Grozniy tasvirlangan rasmga qarab ikki xil (Ambivalent) hissiyotni boshdan kechirishi mumkin; bir tomondan fojiali vaziyatning qurboni bo’lgan o’g’il va otaga nisbatan achinish hissi bo’lsa, ikkinchi tomondan farzandkush otaga nisbatan
nafrat hissi paydo bo’ladi (36, 31-35). San’atning shaxsga salbiy, negativ kechinma, fikr va xayollardan tozalovchi (katarsis) ta’siri haqida ilmiy adabiyotlarda yetarli ma’lumotlar mavjud.
Bu haqda ikki yarim ming yil oldin Aristotel birinchilardan bo’lib fikr bildirgan edi. Zamondoshimiz rus psixologi Yu.G. Klimenko san’atning psixoterapiyadagi o’rniga katta ahamiyat berib: “Oxir oqibat teatrning mavjudligidan asl maqsad insonni ruhiy poklanish-katarsis jarayonidir”- deb ta’kidlaydi (85,84).
Tasviriy san’at insonning ong osti sohasiga ta’sir etishi natijasida psixikada kuchli hissiy kechinmalar paydo bo’lishi aniqlangan, bu esa o’z navbatida suggustiv (shaxsning ma’lum bir davr gipnozga o’xshash holatga tushishi) holatni boshdan kechirishiga sabab bo’ladi. Tasviriy san’atning bu xususiyati esa undan har xil psixik, asab va psixosomatik kasallarni davolash metodi sifatida qo’llash imkonini beradi (36,46).
Jahon psixologiya fanida oila muammolari nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Shaxsning kamoloti, uning erishadigan barcha yutuqlarini aynan oila, oilasidagi genetik va orttiriladigan xususiyatlarini qator yillar davomida xorij, Rossiya va MDHning boshqa psixolog olimlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida olib o’rganganlar. Ulardan I.V. Bestujev-Lada, V.V. Boyko, G.M. Breslav, A.G. Volkov, V. Garbuzov, I.A. Dvoymenniy, R.M. Kapralova, S.V. Kovalev, V.P. Levkovich, E.I. Pavlovich, V.L.Titarenko kabi bir qator olimlarni keltirish mumkin (37,40,41,56,59,86,102,13).
G.M.Breslav bola shaxsining shakllanishida oiladagi emotsional munosabatlarni maxsus o’rgangan bo’lib, unga ko’ra, oiladagi ota-ona va farzand orasidagi va qolaversa, barcha a’zolar orasidagi munosabatlarning normada kechishi ular orasidagi munosabatlarda tushunish, mehr, muhabbat tuyg’ularining mavjudligiga bog’liq ekan. Shuning uchun, u shaxsning bolalik davridan shakllanishi bu yolg’iz bolagagina emas, balki uning ota-onasiga aloqador ekanligini uqtiradi (44).
A.G.Volkovning olib borgan qator ishlari oila institutini demografik jihatdan maxsus o’rganishga qaratilganligi bilan izohlanadi. Bunda muallif oilaning demografik jihatdan o’zgarishi va yangi oila turlarining paydo bo’lishida ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik aspektlarga diqqatni qaratish kerakligi, chunki shu tufayli, oila tarbiyasi xususiyatlarida o’zgarish jarayoni yuzaga kelishini uqtiradi (56).
V. Garbuzov, I.A. Dvoymenniy, R.M. Kapralova kabi psixologlarning ishlarida oila tarbiyasidagi ayrim nuqsonlar o’z-o’zidan yuzaga kelmasligi, ota-
onalarning tarbiyachi sifatida ta’sir kuchlari, shaxsiy namunalariga e’tibor berish muhimligini ta’kidlaydilar (59).
S.V. Kovalevning «Психология современной семьи» kitobida oila, oila qurish omillari, bola shaxsida turli yosh inqiroz davrlari, farzandda yuzaga keladigan hissiy munosabatlarni ifodalab berilganligini kuzatamiz (88).
V.P. Levkovich, E.I. Pavlovich, V.L.Titarenko ishlari ham ayni oila muhiti, ota-ona munosabatlari, o’zaro munosabatlarning bolaga ta’siri muammolariga qaratilgandir (102,130,156).
Yuqorida biz ayrim xorij va Rossiya olimlarining ilmiy ishlaridan keltirdik.
Demak xorij va rus psixolog olimlari tomonidan muloqot shaxslararo munosabatlarning turli jihatlar, hamda oiladagi shaxslararo munosabatlarning bola shaxsi rivojiga ta’siri masalalari keng o’rganilgan.
Shaxslararo munosabatlar masalasi O’zbekiston psixolog olimlari ilmiy ishlarida o’rganilgan va tadqiq etilgan masalalardan biri hisoblanadi. Psixologlardan M.G.Davletshin, G’.B.Shoumarov, E.G’.G’oziyev, V.M.Karimova, T.M. Adizova, G.J. Berdiyev, E.A. A’zamxo’jayeva va boshqalar turli jihatdan mazkur muammoga o’z e’tiborlarini qaratdilar (12, 30, 34, 62, 77, 140, 139,141, 181).
O’zbek oilasida bola tarbiyasi va shu tarbiya orqali etnopsixologik xususiyatlarning namoyon bo’lishi bir qator psixolog olimlar: M.G. Davletshin, G’.B. Shoumarov, E.G’. G’oziyev, V.M. Karimova, B.R. Qodirov, V.A.Tokareva, N.A. Sog’inov, M. Yo’ldoshev va boshqalar o’rganishgan (63,77,79, 109, 141, 143,163,165,169,174,181, 192,195, 199).
M.G. Davletshin shaxslararo munosabatlar masalasiga oila muhitida yuzaga keladigan nizolar va ularni xarakteri yuzasidan yondashganligini kuzatamiz (62).
G’.B. Shoumarovning ham o’z ishlarida, muomalani tashkil etishda oila, uning turi, oilaviy munosabatlarda er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzandlar orasida yuzaga keladigan muammolar yuzasidan tadqiqot olib borilganligi kuzatiladi. Muallifning «Muhabbat va oila» kitobida oilaviy munosabatlarda yuz berishi mumkin bo’lgan nizolar, kelishmovchiliklar va ularning ayni ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlarda namoyon bo’lishiga oid kuzatuvlar keltirilgan. Unga ko’ra ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarda ushbu turdagi kelishmovchiliklar yuzaga keladi:
1. Ota-ona va farzand orasidagi dunyoqarashning bir-biridan farq qilishi;
2. Farzandlarning o’z bo’sh vaqtlarini tashkil etish, o’zlariga do’st tanlashdagi o’z ixtiyorlariga amal etishlari, emotsional munosabatlardagi o’z mustaqilliklarini talab etishlari, kiyinish, muomala, kasb tanlashdagi o’z fikrlariga
rioya etishlari, oila qurish masalalarida, ayniqsa, bo’lg’usi turmush o’rtoqni tanlash ishida o’z fikrlariga ega bo’lishga harakat qilishlari;
3. Ota-onalarning farzandlari va boshqalar oldidagi xulqida kuzatiladigan og’ishishlar, ya’ni ijtimoiy normalarning buzilishi, ichkilik va kashandalik illatlarining kuzatilishi;
4. Ota-onalarning o’z farzandlari tarbiyasida bolalarini mehnatga o’rgatish ishiga loqayd bo’lganliklari va buning oqibatida yengil hayot kechirishga o’rganib qolganlik;
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchi masalasiga yuzaki qarashlari;
6. Ota-onalarda psixologik-pedagogik bilim saviyalarining yetarli emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar (182).
O’zbek oilasining milliy xususiyatlari va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri M.G.Davletshin, G’.B.Shoumarov ishlarida (62,63,181) o’rganilgan bo’lib, bu mualliflar tomonidan o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyatlari-ko’p farzandlilik, ko’p pog’onalilik, avlodlar orasida o’zaro hurmat va e’tibor masalalari, oila qurishda ota-ona fikrining hal qiluvchi ahamiyatda ekanligi qayd etilgan.
V.M.Karimovaning ishlarida muloqot jarayonining psixologik tizimi, uning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlarining mohiyati va vazifalari, muloqot turlari, shakllari, bosqichlari, verbal, noverbal vositalari to’g’risidagi batafsil ilmiy asoslangan ma’lumotlarni kuzatamiz (77). Muallifning doktorlik ilmiy ishlarida esa, oila muhitida yuz beradigan shaxslararo munosabatlar, ularning oila haqidagi tasavvurlarga ta’siri xususiyatlari maxsus o’rganilgan.
V.M. Karimova, F.A. Akramova ishlarida shaxslararo muomalaning inson taraqqiyotidagi o’rni, insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari samarali ta’sir psixologiyasi jihatidan o’rganilgan (16,77,80).
E.G’. G’oziyevning ilmiy ishlarida muomala va milliy o’zlikni anglash muomalaning tadqiqot tarixidan, muomala va nutq, muomala hamkorlik faoliyati sifatida, muomalaning tadbiqiy masalalari har tomonlama bayon etilgan (197). Muallifning olib borgan izlanishlarida oilaviy munosabatlarni to’g’ri olib borishda o’tmish mutafakkirlarining ilmiy qarashlari va ibratli fikrlaridan foydalanish zarurligi uqtiriladi.
N.A.Sog’inov ilmiy ishlarida o’zbek oilasida er va xotin munosabatlarining oila barqarorligiga ta’siri, o’zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizolarning etnopsixologik xususiyatlari va ularning bolaga ta’siri o’rganilgan (150).
M.S.Salayeva O’zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o’zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rgangan. (143).
G.J.Berdiyevning ilmiy ishlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarida shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari aqliy rivojlanishi sustlashgan bolalar misolida tadqiq etib berilgan (34). Lekin oila muhitidagi o’zaro munosabatlarning farzand aqliy rivojlanishiga ta’siri keltirilmagan.
M.Yo’ldoshevning «Oilada ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta’siri» kitobida bolaning tarbiyasida yosh davrlarini inobatga olish zarurligi, tarbiyaning ruhiy jihatlari, tarbiya maskanlarining shaxsga ta’siri kabi bir qator muammolar ko’tarilgan (75).
G.T.Yadgarovaning ilmiy ishlarida noto’liq oila turining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, noto’liq oilada farzandlarning o’ziga va onalariga beradigan baholari, shu oiladagi onaning ma’naviy-ruhiy va tarbiyaviy ta’siri masalalari maxsus o’rganilgan (189).
P.S.Ergashevning ilmiy ishlarida faol o’zaro ta’sir ro’y bermaydigan va munosabat davom etmaydigan sharoitda odam haqidagi ilk taassurotning davomiyligi masalalari maxsus o’rganilgan (183). Lekin oiladagi shaxslararo munosabatlarning farzand ijtimoiy persepsiyasiga ta’sirining o’ziga xos tomonlari talqin etilmagan.
F.R.Ro’ziqulovning ilmiy ishlarida o’zbek oilasida ajralishning ijtimoiy-psixologik asoratlari, ajralish tufayli oilada tarbiyalanayotgan bola shaxsining shakllanishiga ta’siri, oilaviy o’zaro munosabatlardagi nizolar va ziddiyatli holatlarning keskinlashuvi muammolari ilmiy tadqiq etib berilgan (140).
Biroq ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlarning farzand ijtimoiy persepsiyasiga ta’siri xususiyatlari maxsus tadqiqot predmetiga kiritilmagan.
Bu keltirilgan qisqa tahlildan ko’rinadiki, shaxslararo munosabatlar, oila maskanida ota-ona va farzandlar orasidagi o’zaro munosabatlar qanchalik o’rganilgan va tadqiq etilgan mavzu bo’lishiga qaramay, uning juda ko’p jihatlari, jumladan, oila muhitida farzand va ota-ona orasidagi muomala, o’zaro munosabatlarda amaliy va hissiy tomonlarning ta’siri, shu jihatlarga ko’ra oiladagi bolaning rivojlanish xususiyatlari, oiladagi farzandning ota-ona munosabatlariga ko’ra o’z oilaviy hayotiga nisbatan munosabati o’rganilmagan. Shuning uchun biz ushbu monografiyamizda ota-onalarning o’z farzandlariga nisbatan his etadigan va amaliy jihatdan namoyon etadigan munosabatlarini, shuningdek, farzandlarning ota-onalariga nisbatan kechiradigan hislarining psixologik xususiyatlarini namoyon bo’lishini ko’rsatib berishga urinib ko’rdik.
Ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlar masalasi hamisha dolzarb bo’lib kelganligi tufayli, ular orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kelishmovchiliklarni kuzatib tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga harakat qildik.
Demak, juda ko’p olimlarning ishlarini ko’rib chiqish orqali, oila maskani va u bilan bog’liq muammolarni ilmiy tadqiq etilganligini, oila masalari har bir millat uchun nihoyatda muhim masala ekanligidan dalolat berishini kuzatdik.
1. Kurbonova G. A. Oiladagi shaxslararo munosabarlarning farzand ijTimoiy persepsiyasiga san’at orqali Ta’sir etishning muhim jihatlari. Monografiya. “Musiqa” nashriyoti. Toshkent 2016y.
21 ta o’qish kerak bo’lgan ijtimoiy psixologiya kitoblari
Ijtimoiy psixologiya psixologiyaning muhim sohalaridan biri bo’lib, klinik psixologiya yoki ta’lim psixologiyasi va ijtimoiy ta’sirga urg’u berib, boshqa odamlar bilan qanday munosabatda bo’lishimizni tekshirishga mas’uldir inson xulq-atvorida.
Boshqacha qilib aytganda, u ijtimoiy omillarni, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, shuningdek butun jamiyatni va siyosiy va ijtimoiy institutlarni tushunishga intiladi.
- Sizni qiziqtirishi mumkin: “Psixologiyaning asosiy 7 oqimi” “
Ijtimoiy psixologiya bo’yicha ajoyib kitoblar
Ushbu intizom, masalan, xurofot, guruhdagi birdamlik, guruhlararo va shaxslararo ziddiyat, qadriyatlar va e’tiqodlar va shaxslar jamiyat yoki guruhning bir qismi sifatida o’ynaydigan munosabat yoki rollar kabi mavzular bilan shug’ullanadi.
- Tavsiya etilgan maqola: “Zo’r psixolog bo’lish uchun siz 16 mavzuni o’rganishingiz kerak”
Bir necha yillar davomida ushbu muammoni hal qiladigan turli xil muvaffaqiyatli tahririyat asarlari yozildi.. Quyida ijtimoiy psixologiyaga oid eng yaxshi 21 ta kitobni topishingiz mumkin. Ulardan zavqlaning!
1. Kollektiv xulq-atvor va ijtimoiy harakatlar (Esteve Espelt, Federiko Javaloy va Alvaro Rodriges)
Ushbu o’qish tavsiya etiladi psixologik nuqtai nazardan guruh xatti-harakatlari va ijtimoiy harakatlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo’lganlarning barchasi uchun. Uning sahifalarida guruhning faoliyati va qandaydir me’yorlar, qadriyatlar, his-tuyg’ular, e’tiqodlar, sabablar va harakatlar modellari to’plamiga moyil bo’lgan shaxsiyat bizning xatti-harakatlarimizga qanday rahbarlik qilishi mumkinligi haqida ma’lumot olish mumkin.
Ushbu asarda ijtimoiy harakatlar haqidagi eng muhim nazariyalar tushuntiriladi va mualliflar feministik yoki atrof-muhit harakati kabi masalalar bilan shug’ullanib, 21-asrga moslashtirilgan tasavvur beradi.
- Qo’shimcha ma’lumot bu erda.
2. Vivaldi hushtagi (Klod M. Stil)
Ushbu matn Prinston universiteti tomonidan tavsiya etilgan, chunki bu juda qiziqarli asar. Bu qiziqarli o’qish va juda yaxshi tushuntirilgan, qaysi stereotiplarni ob’ektiv nuqtai nazardan, vaziyatni axloqiy tahlil qilmasdan, aksincha sotsiologik va psixologik jihatdan o’rganadiMasalan, stereotiplar bizning kundalik hayotimizga qanday ta’sir qiladi yoki biz ularga qanday javob beramiz.
Ichkarida muallif Chikago universitetining qora tanli talabasi Brent Staples tunda Hyde Park ko’chalaridan o’tayotganda odamlar unga qo’rquv bilan qarashganini payqaganini eslaydi. Shuning uchun u ko’plab odamlarning afroamerikaliklarga nisbatan bo’lgan jinoyatchilik bilan bog’liq irqiy stereotipidan xalos bo’lishga imkon beradigan Antonio Vivaldi ohangida hushtak chalishga qaror qildi. Afsuski, ushbu matn faqat ingliz tilida mavjud.
- MediaVida forumida ular ushbu ish haqida fikr bildiradilar.
3. Ta’sir (Robert Cialdini)
Agar siz ishontirish psixologiyasi bilan qiziqsangiz, “ta’sir” o’qishning muhim ishidir. Bu ijtimoiy psixologiyaga qiziquvchilar uchun xavfsiz garovdir, chunki muallif o’zining ajoyib namunalari tufayli ta’qib qilish oson bo’lmagan matn yaratgan, ammo Sialdini yoqimli va arzon kitobni yozish uchun ishlagan. sizning o’qishingiz, shuning uchun o’quvchi eng texnik tushunchalarni ham tushunishi oson.
- Uni shu yerdan sotib oling.
4. Lusifer effekti: yovuzlikning sababi (Filipp Zimbardo)
Filipp Zimbardo o’zining tadqiqotlari va Stenford qamoqxonasidagi eksperimentning kashfiyotlari uchun dunyodagi barcha psixologiya fakultetlarining Ijtimoiy psixologiya kursining majburiy tadqiqot mualliflaridan biridir. Ushbu asar o’sha xayoliy vaziyatda sodir bo’lgan, ammo tadqiqotchilar jamoasi qo’lidan kelgan barcha narsalarni batafsil bayon qiladi va juda katta ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni keltiradi.
Qisqasi, shaxslarning xulq-atvoridagi rollarning ta’sirini ko’rib chiqadi, va odamlar, hattoki yaxshi deb tasniflanganlar, qandaydir o’ziga xos vaziyatlarda qanday qilib o’zlarini juda shafqatsiz tutishlari mumkinligini tushuntiradi.
- Uni shu yerdan sotib oling.
5. Zo’ravonlikning ijtimoiy psixologiyasi (Mariya Kontsepsiyon Fernandes Villanueva)
Zo’ravonlik ruhiy-ijtimoiy omillarning mahsuli sifatida qarashni chuqur o’rganadigan kitob u yuzaga keladigan inson guruhlari yoki kontekstlarining xususiyatlari va me’yorlariga qarab o’zgarib turadi. Ushbu hodisani o’rganish va tushunish uchun unga psixososyal nuqtai nazardan yondoshish kerak. Zo’ravonlik va tajovuzni nazariy tushuntirishdan so’ng, ushbu asar zo’ravonlikning har xil turlari va kontekstlarini tahlil qiladi, masalan, maktabdagi yoki ishdagi zo’ravonlik.
Bundan tashqari, boshqa mavzular qatorida ushbu xatti-harakatlarning guruh xarakteri, gender zo’ravonligi va uning ijtimoiy va siyosiy omillari ko’rib chiqiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida zo’ravonlik muammosi tahlil qilinadi.
- Siz uni shu yerdan sotib olishingiz mumkin.
6. Ijtimoiy hayvon (Elliot Aronson)
Ijtimoiy psixologiya bo’yicha taniqli kitob va bugungi kunda bizning eng yaxshi sotuvchilardan biri. Elliot Aronson ko’ngilochar va o’qilishi oson bo’lgan matn bilan o’quvchini o’z sahifalari orqali turli xil ilmiy kashfiyotlarni o’rganishga, misollar va ijtimoiy eksperimentlarning har qanday tafsilotlarini taklif qiladi. Psixologiya talabalari va mutaxassislari uchun juda tavsiya etilgan kitob.
- Siz uni shu yerdan sotib olishingiz mumkin.
7. Ijtimoiy psixologiya asoslari (Roza Rodrigez Baylon va Migel Moya Morales)
Ushbu psixologiya sohasidagi asosiy bilimlarni qamrab olishga qaratilgan ajoyib qo’llanma. Ayniqsa talabalar uchun tavsiya etilgan ushbu kitobda ushbu mavzuni o’rganishda yordam beradigan turli xil CD-ROMlar (har bir bob uchun bittadan) mavjud. Shubhasiz, ushbu psixologiya sohasida tanishtirish, ammo shu bilan birga chuqurlashtirish uchun ajoyib kitob.
- Ushbu havolada sotish mumkin.
8. Ijtimoiy psixologiyani qo’llash (Frensiska Exposito Ximenes va Migel Moya Morales)
Ushbu ijtimoiy psixologiya matni ushbu mavzu bo’yicha ko’plab darsliklarga qaraganda boshqacha yondashuvni taqdim etadi. Tarixiy ekskursiya va ijtimoiy psixologiya mazmunining tavsifidan so’ng, asosiy mavzular bo’yicha psixosotsial bilimlarning qo’llanilishi ko’rsatiladi, masalan: atribut, munosabat yoki guruh jarayonlari; va jamiyatni katta qiziqtirgan mavzularda, masalan, zo’ravonlik, migratsiya jarayonlari, zo’ravonlik yoki siyosiy etakchilik yoki bo’sh vaqt va turizm. Juda dolzarb bibliografiya bilan to’liq ish.
- Siz uni ushbu havoladan sotib olishingiz mumkin.
9. Ijtimoiy psixologiyani tushunish uchun zarur bo’lgan 50 ta tajriba (Armando Rodriges, Xose Fransisko Morales, Naira Delgado va Veronika Betankor)
Ushbu o’qishning maqsadi ko’ngil ochar va yoqimli taqdim etishdir Ijtimoiy psixologiyani tushunishga va tushuntirishga imkon bergan 50 ta tajriba. Ijtimoiy xulq-atvor bo’yicha ko’plab tadqiqotlar va tadqiqotlar o’tkazildi va mualliflar ushbu tahririyat ishi uchun psixologiyaning ushbu sohasidagi eng ajoyib tajribalarini tanladilar.
- Siz uni shu yerdan sotib olishingiz mumkin.
10. Avtoritetga bo’ysunish (Stenli Milgram)
Stenli Milgram ijtimoiy psixologiyaning eng taniqli tadqiqotlaridan biri bilan tanilgan. Yel Universitetining ushbu psixologi, 1961 yilda, biz nima uchun hokimiyat buyrug’iga bo’ysunishimizni bilish g’oyasi bilan bir qator eksperimentlarni o’tkazdi. Ushbu matn ushbu hayratlanarli natijalarni to’playdi.
- Uni ushbu havoladan sotib oling.
11. Nega biz yolg’on gapiryapmiz . ayniqsa o’zimizga (Dan Arieli)
Dan Arieli bizga ijtimoiy psixologiyani sevuvchilar uchun o’qishi kerak bo’lgan matnni taqdim etadi. Unda u bizni nima yolg’on gapirayotganimizni va undan qanday qilib o’zimizni qanday himoya qilishimizni tushunishga yordam berish uchun bizni aqlning chiarosurosiga singdiradi. Ariely quyidagi savollarga javob beradi: Hamkorlik qilishga majbur bo’lganimizda ko’proq yolg’on gapiramizmi? Dindorlar yanada halolroqmi? Qaysi mavzularda yolg’on gapirish biz uchun osonroq? Kashf etish qo’rquvi bizning aldanishga moyilligimizni kamaytiradimi? Bularning barchasi ijtimoiy psixologiya mavzularini kognitiv kelishmovchilik kabi qiziqarli ko’rib chiqishda.
Yolg’on – bu insonning ijtimoiy xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Tildan foydalangan holda juda aniq yo’llar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo’lsak ham, boshqalarni yo’ldan ozdirish uchun yolg’on ma’lumot berishimiz mumkin. Ushbu kitob qanday qilib yolg’ondan foydalanishga moyilligimizni va ushbu xatti-harakatning mantig’ini tushunishning ajoyib usuli.
- Siz uni ushbu havoladan bemalol sotib olishingiz mumkin.
12. Ijtimoiy psixologiya risolasi I jild: asosiy jarayonlar (J. F. Morales Dominuez va Karlos Moya Montes)
Boshqa kerak bo’lgan qo’llanma. “Ijtimoiy psixologiya risolasi” kitobining ikki jildi mavjud. Bu birinchi navbatda ushbu intizomning paydo bo’lgan psixososyal jarayonlarini batafsil tahlil qilishni taklif etadi. Masalan, guruhlarning o’zaro ta’siriga ta’sir qiluvchi jarayonlar; stereotiplar, nedensel tahlil, guruhlararo ziddiyat yoki munosabat va ta’sir.
13. Ijtimoiy psixologiya to’g’risidagi shartnoma II jild: ijtimoiy o’zaro ta’sir (J. M. Fernández Dols, P. Carrera Levillaín, L. V. Oceja Fernández, J. Berenguer Santiago)
Oldingi matndan keyin keltirilgan ushbu matn, ijtimoiy psixologiyaga qiziquvchilarga ushbu sohada dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradigan bilimlar to’plamini taklif qiladi. Ijtimoiy o’zaro munosabatlarning o’ziga xos jarayonlariga e’tibor qaratgan holda, u o’z sahifalarini jozibali mavzularga bag’ishlaydi, masalan, aql va jamiyat o’rtasidagi ziddiyat.
- Siz uni ushbu havoladan sotib olishingiz mumkin.
14. Istakning afzalliklari
Bizning xatti-harakatlarimizdagi mantiqsizlik masalasini hal qiladigan va biz qabul qiladigan qarorlar haqidagi savollarga javob beradigan kitob. Masalan, Biz haqiqatan ham qarorlarimiz egasimiz yoki bizni iste’molchi sifatida boshqarishimiz mumkinmi?
Ushbu asar bizga irratsionallik hayotimizda bo’lishi mumkin bo’lgan hayratlanarli darajada ijobiy ta’sirlarni ko’rsatadi. Bundan tashqari, muallif o’zining ko’ngilochar va o’ziga xos eksperimentlari xulosalari tufayli biz qanday qilib va nima uchun biz o’zimizni qanday tutishimiz haqida ajoyib xulosalar chiqaradi.
- Uni ushbu havoladan sotib olish mumkin.
15. Ijtimoiy psixologiyadan sevgi (Karlos Yela Garsiya)
Sevgi hayotimizdagi eng muhim mavzulardan biridir. Shuning uchun bu psixologlar, shuningdek, ijtimoiy psixologlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otdi.
Ushbu mavzu bo’yicha ba’zi mutaxassislar o’z tadqiqotlarini biologik jihatlarga yo’naltirishgan (masalan, sevgi kimyosi), boshqalari ushbu hodisaga ta’sir qiluvchi psixososyal va madaniy omillar to’g’risida ma’lumot berishgan. Ushbu asar sevgi mavzusiga murojaat qilishda paydo bo’ladigan ko’plab savollarga javob berishga harakat qiladi va ushbu sohadagi ilmiy adabiyotlarga qiziqarli hissa qo’shadi.
- Siz uni shu yerdan sotib olishingiz mumkin.
Ispaniyadan tashqari ijtimoiy psixologiya kitoblari
Afsuski, hali ispan tiliga tarjima qilinmagan juda yaxshi nomlar juda ko’p. Bu erda siz ushbu asarlarning ijtimoiy psixologiya kitoblariga oid to’plamini topishingiz mumkin.
16. haydash (Daniel H. Pink)
Istaganlar uchun eng qiziqarli ijtimoiy psixologiya kitoblaridan biri mehnat jamoalarini rag’batlantirishni o’rganing. Uning sahifalarida siz ishdan qoniqish va guruh a’zolari o’rtasida moslashishni yaxshilash uchun formulalarni tushunish usullarini topasiz.
- U haqida ko’proq ma’lumotni bu erda bilib olishingiz mumkin.
17. Xatolar qilingan . lekin men emas (Kerol Tavris va Elliot Aronson)
Agar siz ispan tilidagi kitoblardan uzoqlashishga qarshi bo’lmasangiz, bu juda qiziqarli asar sizga yoqadi. Dan Arieliga o’xshash, bu erda biz aqlli mavjudotlar ekanligimiz haqidagi fikr shubha ostiga olinadi va biz mantiqiy fikrlash orqali haqiqatni izlashga yo’naltirilganmiz. Darhaqiqat, biz o’z xatolarimizdan ko’r bo’lishga va ularni boshqalarga yoki atrof-muhit elementlariga bog’lashga juda moyilmiz.
- Ushbu kitob haqida ko’proq bilmoqchimisiz? Bu yerni bosing.
18. Ijtimoiy muhandislik (Kristofer Xadnagi)
Odamlarning xulq-atvorini muayyan maqsadlar yoki maqsadlarga yo’naltirish uchun ishlatiladigan manipulyatsiya usullarini tushunish uchun juda yaxshi kitob . ular buni bilmasdan.
- Ushbu asar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun bu erni bosing.
19. Ishontirish usullari (Nik Kolenda)
Ijtimoiy psixologiya kitoblari ro’yxatiga qo’shilish uchun yana bir ajoyib nom ishontirish fenomeniga qaratilgan. Ushbu bilimlarni biznesda yoki norasmiy shaxsiy munosabatlarda qo’llash uchun bilim fanining printsiplariga asoslanadi.
- Ushbu havolada siz ko’proq ma’lumot topasiz.
20. Reklama psixologiyasi (Bob M. Fennis va Volfgang Strob)
Televizorda namoyish etilgan 10 soniyali reklama qismi biz deyarli bilmagan mahsulotni sotib olishga undaydi. Bu reklama kuchi, bu bizning his-tuyg’ularimizni jalb qilish qobiliyati tufayli aql bovar qilmaydigan narsalarga erishadi. Ushbu kitobda buning mumkinligi tushuntirilgan.
- Ushbu asar haqida ko’proq ma’lumotni bu erda topishingiz mumkin.
21. Sinfning ijtimoiy psixologiyasi (Elisha Babad)
Shubhasiz, ta’limga qiziqqan har bir kishini qiziqtiradigan nisbatan noma’lum kitob. Uning keng hujjatlari, masalan, o’qituvchilar va pedagoglarga katta yordam berishi mumkin.
- Agar siz uni sotib olishni o’ylayotgan bo’lsangiz, bu erni bosing.
Qiziqarli malumotlar
IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING INSON PSIXIK DUNYOSIGA TA’SIRI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»