Muhammad Yusuf She rlari
Tuzalmaydi dardim mening, O`lsam kerak. Tuproq bilan og`a-ini Bo`lsam kerak. O`lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O`g`ling qaro yerga ketdi, Xayr ona… Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo`q. Xira shamdek ko`zlarimda So`nmoqda cho`g`. Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab, Kul bo`ladi. Inson bir kun o`z mayliga Qul bo`ladi…
Muhammad Yusufga bagʻishlangan sheʼrlar
Hamma yaxshi shoir-adiblarni va Muhammad Yusufni ustoz deb bilaman. Uning samimiyligi, chapaniligi yoqadi. Oʻzi ham sheʼrlariga oʻxshardi: birovga yomonligi yoʻq, sodda odam edi. Agar shoir oʻz asarlariga oʻxshamasa, chinakam fojea, aslida, shu… Kim nima desa, ogʻzi oʻzida, Muhammad akachalik millatni, shu tuproqni sevgan odamni koʻrmaganman.
“Sizni kuylayman” (“Sharq” NMAK, 2007) kitobi soʻzboshisidan
MUHAMMAD YUSUF
Yomonga oʻlim yoʻq, yaxshiga kun yoʻq,
Tomiringga qoʻshib olishar uzib.
Bobur yoʻq, Choʻlpon yoʻq, Majnun yoʻq,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Bir qiz yigʻlab borar, soddagina qiz,
Yigʻlar kitob bilan yuzini toʻsib.
Balki sevgilingiz, balki singlingiz,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Uydan mozorgacha yuz odimcha yoʻl,
Aylanib kelamiz yurtlarni kezib.
Kimga koʻngil berib, kimga esa qoʻl…
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Tirikka mehr yoʻq, marhumga qahr,
Nima topding, aka, tuproqqa tushib?
Uzala tushgancha boʻzlaydi qabr,
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
Qizgʻaldoq bosh egib turar bagʻri qon,
Shoir yuragidan chiqqanmi oʻsib?
“Nega yigʻlamaysan, ahli Turkiston?”[1]
Muhammad Yusuf yoʻq, Muhammad Yusuf.
BULBUL
Ellikqalʼada Muhammad Yusuf oʻtqazgan eman daraxti bor…
Bir bulbul sayradi tun boʻyi giryon,
Eman yaprogʻidek dilgir, jonsarak.
Shu kech hadeganda yorishmadi tong,
Shu kech shafaqlarga belandi yurak.
Ne chogʻli murakkab shoir qismati,
Unga-ku mayda gap abadiy yot.
Bir yon mangu gʻolib iblis suvrati,
Bir tomon gʻiybatga gʻarq adabiyot.
Shoir degan soʻzga koʻchgan kinoya,
Mirza deb bilarlar bugun mirzoni.
Magʻziga yetdingmi, shoir, nihoyat,
Hoʻkizlar koʻtarib turgan dunyoning?
Bularda na shafqat va na diyonat,
Oʻzini tushunar ziyo deganda.
Soʻzga, Navoiyga qilgan xiyonat,
Xudoyini oʻylar xudo deganda…
Shoirona kecha Ellikqalʼada,
Oy sochini yozgan munis, parishon.
Koʻzga uyqu parda tortgan pallada
Bir bulbul boʻzladi dilgir va giryon.
Aytsam, aytgudayin holim qolmadi,
Kuyning girdobida qovrildim, kuydim.
Inson inson boʻlib mendek yonmadi,
Shu kecha bir buyuk hikmatni tuydim.
Juvonmarg daholar keldilar qator,
Zamon qurbonlari yetishdi saf-saf.
Dordan qochgan ablah qayta qurdi dor,
Yana magʻrur boshin topshirdi Mashrab.
Sizni asrolmadim, men qanday zuryod,
Vijdonga bang suvin ichirmayman men.
Mening ogʻam edi qop kiygan jallod,
Xudo kechirsa ham kechirmayman men.
Shu kecha oʻzimni aldadim: bu – tush,
Yuragim koʻnmasdi, siltab urardi.
Qoʻshigʻin bas qilib, endi oʻjar qush
Qayda yuruvding deb tinmay soʻrardi!
[1] Muhammad Yusuf satri
Muhammad Yusuf She’rlari
Muhammad Yusuf She’rlari – Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo’llari aro kezib, dunyoning sho’rishlaridan toliqqan bo’lsangiz, bizga qo’shiling va ko’ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to’plamdan o’zbek va jahon she’riyatining eng sara namunalari o’rin olgan bo’lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo’lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi. eng ko’p o’qilgan
Vatanim
Muhammad Yusufning «Vatanim» she’rida vatanga muhabbat hissi juda samimiy va sodda ifoda etilgan. Shoirning ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq, u bir aka bo‘lib, bir o‘g‘il bo‘lib, bu mehrga javob bergisi, agar shu yurt «o‘g‘lim» deya unga mushtoq bo‘lsa, har qanday mushkulot qarshisiga chiqqisi, kelgusi padarkushlardan kelajak ulug‘beklarini pana qilib quchgisi keladi.
Muhammad Yusuf
Iqror
Vatan haqida yozilgan she’rlar juda ko’p, ammo ular orasida Muhammad Yusuf she’rlari o’zining soddaligi, samimiyligi, dilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ushbu she’rning lirik qahramoni ham Vatanini shunchaki sevmaydi, balki yurak-yuragidan bir insoniy muhabbat bilan sevadiki, u Rimni bedapoyaga, Parijning eng go’zal restoranini esa yurtining bitta tandiriga ham almashmaydi.
Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf
Onajon
Topmoq – yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang, ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang. Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingcha.
Muhammad Yusuf
Biz baxtli bo‘lamiz
Muhabbatning go’zal kechinmalari samimiy va beg’ubor tarzda ifodalangan bu she’r barcha oshiqlarning madhiyasiga aylanib ketgan desak adashmaymiz. Qalbiga otashin hislar mehmon bo’lgan yigitlar hijron tunlari-yu umid tonglarida bu she’rni pichirlab yuradilar. Sababi bu satrlar ko’ngil so’zlari. Ko’ngildan chiqqan so’z ko’ngilga oson yetib boradi va u yerni umrbod maskan etadi.
Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor.
O‘zbek xalqi dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va bu xalq tarixda misli ko‘rilmagan hodisalarni boshdan kechirgan. Xalqimiz bamisli samandardek barcha sinovlardan omon chiqdi, sharaf bilan chiqdi. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, yov kelganda o‘zini chetga olgan, joni shirinlik qilib sha’nidan kechgan, hatto do‘stlarini sotgan kimsalarni ham, afsuski, tarix yoddan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning «ado bo‘lmas armonlari, toshlarni yig‘latgan dostonlari» paydo bo‘ldi.
Muhammad Yusuf
Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham… Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u… Sig`may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona – Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Muhammad Yusuf
Kapalaklar odamlardan mehribon
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon…
Muhammad Yusuf
Tilak
Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin. Iymoni sof, yuzga kirib yorug` yuz, To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin. Jismiga so`nggi safar oldidan O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin.
Muhammad Yusuf
Mehr qolur
Odamni odam qilib turgan, uning hayotiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja tuyg‘ular, avvalo, mehr va muhabbatdir. Shu tuyg‘ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana qiladi. Zero, ota-onaning farzandga mehri, akaning singilga achinishi, do‘stning do‘stga madadi, yigitning qizga muhabbati. Insonlararo munosabatlarning asosida, aslida mana shu tuyg‘ular yotibdi.
Muhammad Yusuf
Shukr deysan sen qachon
Ta’magirni tortqilab, Nafsi qo`ymas deydilar. Nokas o`zi to`ysa ham, Ko`zi to`ymas deydilar. Boq bir yorug` olamga — Kimlar zo`rg`a kun ko`rar. Odamlar bor, bog`dagi Bulbuldan ham pul so`rar.
Muhammad Yusuf
Tavallo
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Muhammad Yusuf
Lolaqizg’aldoq
Lolaqizg’aldoq – eng go’zal va nafis gul. Lolaqizg’aldoq – bag’ri qon ayol. Garchi bu she’r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a’zolariga bag’ishlab yozilgan bo’lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o’z qismati ko’rinadi. She’rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og’irki, uni o’qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi.
Muhammad Yusuf
Yangi yil kechasi
Ko`ngil ma’yus tortdi yilning so`nggida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida, Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Muhammad Yusuf
O’zbek haqida ballada
Qiyosi yo’q uning mehri bir daryo, O’xshasa o’ziga o’xshaydi O’zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O’zbek! O’nta bo’lsa o’rni boshqa uning-chun, O’g’lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O’zbek.
Muhammad Yusuf
Ko’klamoyim
Sochimda oq, men bahordan o`tindim: Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yo`llar ochilsin, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Muhammad Yusuf
Surat
Muhammad Yusufning «Surat» she’ri shoirning o‘z ichki dunyosini kashf etishga urinishi aks etgan asardir. She’rning lirik qahramoni «Men bir g‘alatiman, Men alohida» der ekan, uning bu e’tirofini aslo kibrga, manmanlik da’vosiga yo‘ymaslik lozim. Uning boshqalardan farqli birgina, biroq nihoyatda muhim fazilat bor. U ham bo‘lsa, olam va odamni ko‘ngil ko‘zi bilan ko‘rishi, idrok etishidir.
Muhammad Yusuf
O’zbek qizlari
Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Muhammad Yusuf
Kumush
Marg`ilonda Kumushni ko`rdim, Ko`ziga yosh olib turibdi. Sochlarini maydalab o`rib, Otabekni kutib yuribdi. Tongda turib qalam qoshiga O`sma qo`ygan ekan quribdi, Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari O`smasini yuvib turibdi.
Muhammad Yusuf
Turkman qiz
Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman, Iboli bir yor topolmay o’ylanaman. O’z yurtimning suluvlari til uqmasa, Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman. Ko’zim tushsa yuzlari lov-lov yonadi, Yelkasida qirqta chaman tovlanadi, Kesilmagan kokillari to’lg’onadi, Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.
Muhammad Yusuf
Alloh go’zal
Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Muhammad Yusuf
Erka kiyik
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam, Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam. Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora, Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam.
Muhammad Yusuf
Hazil
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on, Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam, ul zotning ko`ngli ranjiydi. O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas, Do`stlarim behuda zavolim izlar, Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas, Meni xarob etgan bevafo qizlar.
Muhammad Yusuf
Mening dardim
Tuzalmaydi dardim mening, O`lsam kerak. Tuproq bilan og`a-ini Bo`lsam kerak. O`lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O`g`ling qaro yerga ketdi, Xayr ona… Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo`q. Xira shamdek ko`zlarimda So`nmoqda cho`g`. Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab, Kul bo`ladi. Inson bir kun o`z mayliga Qul bo`ladi…
Muhammad Yusuf
Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom.
Mazkur she’rda suyganiga yetolmagan lirik qahramonning ruhiy qiynoqlari badiiy aks topgan. Unda butun olomon bir taraf, oshiq yurak esa mutlaqo boshqa taraf. “Yashash kerak, sevish shart emas!” deb hisoblaydigan kimsalar uchun ishq va vafo to‘g‘risidagi gaplar deyarli hech narsani anglatmaydigan – «bekorchi safsata»dir. Ular jismning begona bo‘lishi ruhning begonalashuvini aslo anglatmasligini hech tan olgilari kelmaydi. Biroq she’rning lirik qahramoni uchun hayot qoidasi boshqacha: “Sevish kerak. yashash shart emas!”
–>SHERLARUZ.COM –>
Послание любви С Новым Годом 2018 новый год / поздравления с новым годом / открытки / поздравления с рождеством / поздравления / картинки с новым годом / новогодние картинки / поздравления с новым годом петуха / стихи на новый год 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028
СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом 2014 / 2015 / 2016 / 2017 / 2018
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O’zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri – SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO’NGI QO’NG’IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 – OKTYABR O’QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar
Qo’shiq uchun sherlar
Тожикча шерхо
SMS NAVRO’Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG’INCH HAQIDA SHE’RLAR / SOG’INCH MAKTUBLARI / SOG’INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA’SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE’RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE’RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO’Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE’RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE’RLAR
TURKCHA SHE’RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE’RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР
Hayot haqida ta’sirli she’rlar / Umr haqida dardli she’rlar
Hayrulla Hamidov / Хайрулла Хамидов
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / 14 ЯНВАРЬ ВАТАН ХИМОЯЧИЛАР КУНИ ТАБРИК ШЕРЛАР / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
ISMLARGA ATALGAN SHE’RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE’R
UMAR XAYYOM / HAYYOM / УМАР ХАЙЁМ РУБОИЙЛАРИ ШЕРЛАРИ / Umar Hayyom ruboiylari va sherlaridan parcha
RAMAZON HAQIDA SHERLAR / РАМАЗОН ХАҚИДА ШЕРЛАР / Ramazon haqida ajoyib sherlar / Ro’za haqida hadislar / РЎЗА ХАҚИДА ШЕРЛАР
CHIMILDIQ HAQIDA SHERLAR / ЧИМИЛДИҚ ХАҚИДА ШЕРЛАР
LAYLATUL QADR KECHASI HAQIDA SHERLAR / ЛАЙЛАТУЛ ҚАДИР КЕЧАСИ ҲАҚИДА ШЕРЛАР
XUDOYBERDI TO’YCHIEV SHERLARI / ХУДОЙБЕРДИ ТЎЙЧИЕВ ШЕРЛАРИ
SMS HAYIRLI TONG TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТОНГ ТИЛАБ / SMS XAYIRLI TONG TILAB
AYOL HAQIDA SHERLAR / АЁЛ ҲАҚИДА ШЕР
MEHIR OQIBAT HAQIDA SHERLAR / МЕҲИР ОҚИБАТ ҲАҚИДА ШЕРЛАР / МЕХИР ОКИБАТ ХАКИДА ШЕРЛАР
21 MART NAVRO’Z BAYRAMI TABRIKLAR TILAKLAR / 21 МАРТ НАВРУЗ БАЙРАМ ТАБРИКЛАРИ ТИЛАКЛАРИ / NAVRO’Z BAYRAMI HAQIDA SHE’RLAR TABRIKLAR / 21-МАРТ НАВРУЗ УЧУН ТАБРИКЛАР / 21-mart Navro’z sherlar to’plami / Navro’z bayrami uchun sherlar va tabriklar / Навруз байрами хакида / navro’z bayramiga tabriklar, navro’z bayrami sherlari, tabrik so’zlari, 21-mart navro’z bayrami, o’zbek bayrami, bahor bayrami navro’zi ola, navro’z olami sherlari
Bahor fasli uchun sher / BAHOR HAQIDA SHERLAR / BAXOR FASLI HAQIDA SHE’RLAR / BAHORIY TILAKLAR
Yoz fasli uchun sher / YOZ HAQIDA SHERLAR / YOZ FASLI HAQIDA SHE’RLAR / YOZ TILAKLAR
Kuz fasli uchun sher / KUZ HAQIDA SHERLAR / KUZ FASLI HAQIDA SHE’RLAR / KUZ TILAKLARI
Qish fasli uchun sher / QISH HAQIDA SHERLAR / QISH FASLI HAQIDA SHE’RLAR / QISH TILAKLARI
MUSOFIRLAR UCHUN SHERLAR / MUSOGIR / MUSOFIRLIKDA YURGANLAR UCHUN SHERLAR / МУСОФИРЛАР УЧУН ШЕРЛАР / МУСОФИРЛАР
ANNA AXMATOVA / АННА АХМАТОВА
BOLALAR UCHUN SHERLAR / BOLAJONLAR UCHUN SHERLAR / KICHKINTOYLAR UCHUN SHERLAR / БОЛАЖОНЛАР УЧУН ШЕР
1 SENTYABR MUSTAQILLIK BAYARAMI UCHUN SHERLAR / МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ 1 СЕНТЯБРЬ УЧУН ШЕРЛАР / 31 SENTABR 1 SENTABR MUSTAQILLIK KUNI UCHUN TABRIK SHERLAR TILAKLAR
Qiziqarli malumotlar
Muhammad Yusuf She rlari