Informatika fanidan darsdan tashqari tadbir ssenariysi
Informatika fanidan darsdan tashqari tadbir ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:
Informatika fanidan darsdan tashqari o’tkazilgan tadbir ssenariysi
Zal bayramona bezatilgan. Sahnada kompyuter va uning qurilmalari, Gerb rasmi osilgan, hurmatli Prezidentimizning aygan so’zlari “Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, aqlli va dono bo’lishlari kerak” degan iborasi devorga katta qilib osib qo’yilgan. Guruhlarning nomlari va plakatlar osilgan. Sahnada gullar, sharlar qo’yilgan.
Assalom Ona yurt tonglar o’lkasi,
Ta’rif tasnifingni yo’q nihoyasi.
Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.
(O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qo’yiladi va zaldagi barcha unga hurmat bilan ta’zim qiladilar.)
Boshlovchi:
Vatan mening onamsan, issiq quchog’ing,
Olamda yagonamsan, aziz tuprog’ing.
Tarixing juda uzoq, mashhur jahonsan,
Amir Temur Vatani- Buyuk Turonsan!
Bellashuvimizning asosiy shartlari bilan tanishtirib o’taman:
1-shart: Tanishtiruv
2-shart:Savol-javob.
3-shart: Operatorlarning lug’aviy ma’nosini bilasizmi?
4-shart: Kim tez va aniq hisoblaydi?
5-shart:Sardorlar bellashuvi.
Endi sahnaga 1-shart bo’yicha “Yosh kompyuterchi” guruhini taklif qilamiz. Marhamat!
(Sahnaga 1-guruh o’quvchilari tashrif buyuradilar)
1-shart: Tanishtiruv sharti bo’yicha.
1-o’quvchi:
Assalom ey davramizning eng aziz mehmonlari!
Assalom, ey ilmu-fanning sohibu davronlari!
assalom, ey aziz do’stlar, ham fikrdosh o’rtoqlar.
Bellashuvga xush kelibsiz, barcha tengdosh o’rtoqlar!
2-o’quvchi:
Ruhsat bering boshlamoqqa informatika bahsini,
Turli-tuman savol bilan o’ylatamiz barchani.
3-o’quvchi:
Shukurkim, sendayin bir jahonim bor
Onamday mehribon jonajonim bor.
Seni kuylayman, sendek yashayman,
Toki qalbda qonim, tanda jonim bor,
Ey mening shuurim, so’nmas iymonim.
Sadqadir senga jon, O’zbekistonim
4-o’quvchi:
Informatika fani yuksalmoqda kun sayin,
Dasturlari xilma-xil, qay birini aytayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan chunon.
Kompyuter savodi quloch yoymoqda chunon.
5-o’quvchi:
Masala yechish uchun
Algoritm tuzamiz
Algoritmdan sekin
Dasturlashga o’tamiz.
6-‘o’quvchi:
Operator dasturlarni o’rganamiz tez,oson
Lekin qiyin testlar bizni o’ylatadi har qachon.
Satrlar ketma-ketligin yodimizda saqlaymiz,
A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.
Biz hammamiz kompyuterni sevamiz. (hamma birgalkikda)
1-o’quvchi:
Har bir chiqishimizning ma’nosi keng bir jahon.
Sovg’a salomlar olgaysiz, masalani echgan on!
2-‘quvchi:
Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchingizni
Sofizm, bilan aldaymiz boplab sizni.
3-o’quvchi:
Oddiy yerning yuzidan to kosmik fazogacha
Kundalik, turmush hayot,quyosh,suv, havogacha
Hisob kitobsiz aslo yashab bo’lmas hech qachon.
Qudratli bu fanga bosh element “Kompyuter”
4-o’quvchi:
Asrlar ortidan kelar asrlar,
Unitilar o’tmish,zamon ko’p sirlar.
Ammo yaratilgan fan asoslarin,
Asrdan asrga eltar nasllar.
5-o’quvchi:
Xalqimiz faxridir
Necha buyuk siymolar
Al-Xorazmiy, Farobiy
Beruniy, Ibn-Sinolar.
6-‘quvchi:
Hisoblash texnikasin,
O’rganib asta-sekin
Dastur tuzish yo’llarin
O’rganamiz qunt bilan.
Boshllovchi:
2-shart: Savollarga javob berish. ( Konvertga solingan savollar hakamlar hay’ati tomonidan ochiladi va stol ustiga teskari qilib qo’yiladi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib savollarni oladi va unga javob beradi. Savollarga 1 daqiqa vaqt beriladi)
Informatika faniga qachon asos solingan?
Birinchi hisoblash vositalari nimalar bo’lgan?
Birinchi EHM lar qachon qayerda yaratilgan?
EHM ning 1-avlodi nechanchi yilga to’g’ri keladi va uning elementi nimadan iborat?
Birinchi shaxsiy kompyuterlar qachon va qayerda yaratilgan?
Birinchi kalkulyator –“Arifmometr” qachon va kim tomonidan yaratilgan?
3-avlod EHM larning asosiy elementi nimadan iborat?
Hisoblash texkikasi necha davrni o’z ichiga oladi?
EHM larning avlodlarini sanab bering. (Yillari bilan)
Birinchi dasturchi kim bo’lgan?
Boshlovchi:
Ikkinchi shartni baholash uchun hakamlar hay’atiga beramiz.
REM, PRINT,END,STOP,LET.
IF,THEN,ELSE,STEP,FOR,NEXT,TO
Ushbu shart o’quvchilarga uyga vazifa qilib beriladi. Guruh a’zolari bu operatorlarning ma’nolarini tushuntirib berishlari kerak.Bu operatorlarni qatnashtirib dastur tuzib berishlari kerak bo’ladi.
Boshlovchi:
3-shart bo’yicha hay’atimizni qo’ygan ballarini e’lon qiladi.
Misollar: Javoblar:
3910=X2 1. 1001112
2.100112=X8 2. 1910
3.1012+1012 3. 10112
1.32610=X16 1. 10112
102*1012 2. 10102
456718+520378= 3.1177308
Boshlovchi: 4-shart ballarini e’lon qilamiz.
1-guruh sardoriga:
A
T
R
M
I
O
L
G
Javob: Algoritm
2-guruh sardoriga:
B
A
R
T
O
X
O
Javob: Axborot.
Sardorlarni bergan javoblari uchun ballar e’lon qilinadi.Umumiy ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan g’olib guruh rag’batlantiriladi.
Bellashuv oxirida “Xorazm lazgisi” kuyiga hamma raqsga tushadi.
Boshlovchi:
Hurmatli bugungi kechning aziz mehmonlari. Mana bugun 8-sinf o’quvchilarimizning o’zaro bellashuvini tomosha qildik. Bu bellashuvdan siz yaxshi xulosa chiqarasiz degan umiddamiz. Bu bellashuv orqali bir oz bo’lsa ham kompyuter haqida tushuncha olgan bo’lsangiz va qiziqshingiz ortgan bo’lsa, biz bundan mamnunmiz. Sizlarga yana bir bor tashakkur deb qolamiz. Xayr omon bo’ling. E’tiboringiz uchun rahmat!
Informatika fanidan darsdan tashqari tadbir ssenariysi