Musiqa darslik
Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o’zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo’lishi mumkun.
Musiqa darslik
2. Musiqiy tizim
4. Alteratsiya belgilari.
Musiqa savodi musiqa darsining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi. Musiqa nazariyasi o’quvchilarni saviyasini oshiradi. Musiqa savodi musiqiy iroda va ongli munosabatni tarbiyalaydi, musiqaning mazmunini tushunishga yordam beradi, eng muhimi esa notaga qarab kuylash va ijro etish malakalarini xosil qilishga va garmonik qobiliyatni o’stirishga tahsir ko’rsatadi.
Musiqa nazariyasini o’rganishda qo’yiladigan asosiy metodik talab-olingan musiqaviy bilimni bevosita amalda qo’llanishi, musiqaviy asarni taxlil qilish, nota yozish, dirijyorlik qilish, biror bir cholg’u asbobida chalish va kuylash kabi malakalarga yordam beradi.
Musiqa -tovush orqali bayon etilishi – musiqaning ifoda vositalarini o’zaro bog’lovchi muayyan qoidalarga buysunadi. Bu qoidalar xalq va mumtoz musiqaning asrlar davomida vujudga kelgan tajribasi natijasida paydo bo’ldi.
Musiqa bayon va ifoda etish vositalari musiqa elementlari deyiladi.
Musiqa nazariyasi musiqa asarlarini-kuyni o’rganishni o’ z oldiga vazifa q ilib qo’ yadi.
Olinadigan bilimni umumlashtirish maqsadida har bir musiqa elementi haqida mahlumot beriladi (lad, tonallik, metr, ritm, interval, akkord va boshqalar) musiqa bayonining boshqa vositalari bilan bog’langandagina ifoda kuchiga ega bo’lishini yodda tutish kerak.
Yuqorida aytilgan asosiy vazifadan tashqari, musiqa nazariyasi o’quvchilarning mutaxassisligi bo’yicha o’tadigan darslariga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan, bu esa musiqaga oid nota yozuvini ongli o’zlashtirishga yordam beradi.
Musiqa asarini taxlil qilishda (musiqa asari kuyini hamda ayrim qismlarining tuzilishini aniqlashda) o’quvchilar oladigan elementar bilim va eshitish ko’nikmasi ularning o’z mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ishlashiga xilma-xilliklar kiritadi va o’z navbatida, o’quvchilarga musiqa asarini ijro etayotganlarida uning mazmunini to’g’ri ochib berishga ham yordam beradi.
Boshqa fanlar bilan bir qatorda musiqa nazariyasi o’quvchilarning umumiy musiqa va madaniy saviyasini o’sishiga yordam beradi.
Musiqa nazariyasini o’rganishda amaliy jixatdan asosiy qoidalarni yuzaki tanishib chiqishning o’zi kifoya qilmaydi, bu fanni har tomonlama va chuqur o’rganish zarur. Mashqlar ustida muntazam ishlash olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustaxkamlashga yordam beradi.
Bu fanni o’rganishda didaktik printsiplarga yondashish kerak.Tahlim berish ilmiy, izchil va sistemali printsipda bo’lishi kerak. Oddiydan murakkabga o’ tila borishi, materialni ongli takrorlash va mustaxkamlash demakdir, tahlimda jamoa bilan birga individual muomalani uy g’ unlashtirib borish kerak. O’quvchilarni tinglash malakalarini o’ stirish musiqa o’qituvchisi oldida turadigan asosiy vazifalardan biridir.
“Tovush” so’zi ikki xil tushunchani bildiradi. Birinchisi fizik xoldagi tovush, ikkinchisi sezgi xolatdagi tovush.
1. C h olg’u asbob torining tebranishi-vibratsiya deyiladi va tovush to’lqini deb aytiladi.
2. Tovush to’lqinlari eshitish organi tomonidan qabul qilinadi va sistemasi orqali bosh miyaga o’tib unga tag’sir etadi.
Musiqaviy tovush xilma-xil bo’ladi, lekin qulog’imiz musiqaviy tovush bilan shovqinli tovushni ajratadi.
Sovqinli tovushlar qarsillash, gijillash, gumburlash, shivirlash kabi aniq balandlikka ega bo’lmagan tovushlar kiradi.
Musiqaviy tovush uch xil fizik hususiyatga ega balandlik-qattilik va tembr. Bundan tashqari musiqa tovushning cho’zilishi ham katta ahamiyatga ega. Balandlik tebranish tezligiga bog’liq, tebranish sust bo’lsa tovusht past bo’ladi. Qattiqlik tebranishni kuchiga bog’liq, tebranish amplitudasi qancha katta bo’lsa tovush shunchalik qattiq eshitiladi va aksincha Tembr – bu tovush hususiyati uning rang-barangligiga aytiladi.
Tovush cho’zimi tebranishning davom etishiga bog’liq bo’ladi. Yuqori tonlar qo’shimcha tebranish natijasida xosil bo’ladi. Uning baladligi har-xil chunki ularni tebranish tezligi turlichadir.
Musiqaviy tizi m
Tizim da tovushlarning o’z balandligiga qarab joylashadi tovushqatorda tovush esa uning pog’onasi deb ataladi. Musiqaviy tizim da 88 ta xilma-xil tovushlar bor. Barcha tovushlar sekundiga 16 dan 4176 tebranishga egadir. Musiqaviy sistema tovush qatorining asosiy pog’onalariga yettita mustaqil nom berilgan. DO. RE. MI. FA. SOL. L y a. SI. Bu tovushlar fortepianoning oq klavishalariga mos keladi.
Tovush qatorda bu 7 ta asosiy pog’onalarning nomi takrorlanib turadi va yo’l bilan barcha tovushlarni o’z ichida qamrab oladi.
Birxil nomdagi tovushlar oralig’i oktava deyiladi.
Fortepianoda 9 ta oktava joylashgan ularning nomlari quyidagicha.
Subkontroktava, kontroktava. katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, turtinchi oktava va beshinchi oktava.
Musiqaviy tizim da tovushlar absolyut balandligi aniq sozlanganligi o’zaro bog’lanishi musiqaviy soz deyiladi.
Musiqaviy sozga birinchi oktava Lya tovushi bir sekundiga 440 marta tebranishi asos qilib olingan. Musiqaviy sistemada har bir oktava 12 teng qismga yarim tonlarga bo’lingan va temperatsiyalangan soz deb atalgan. Yarim tonlik musiqa sistemada eng kichik oralik hisoblanadi. Ikkita yarim ton butun ton deb ataladi.
Tovush qatorda ikkita yarim ton va beshta butun ton bor. Ular quyidagi tartibda joylashgan.
DO RE MI FA SOL LYa SI DO
1t 1t 0.5t 1 1 1 0,5t
Butun tonlar yarim tonlarga bo’linadi. Tovush qatorning har bir asosiy pog’onasini ko’tarib yoki pasaytirish mumkun. Ko’tarilgan va pasaytirilgan pog’onalarga mos tovushlar xosila pog’onalar hisoblanadi. Xosila pog’onalarning nomi asosiy pog’onalardan kelib chiqadi.
Asosiy pog’ona yarim tonga ko’tarilsa- diez so’zi, yarim tonga- pasaysa bemol so’zi qo’yiladi. Ikkita yarim tonga pasaytirilsa dublg’ bemol ikkita yarim tonga ko’tarsa dublg’ diez deb yuritiladi va alterattsiya deb nomlanadi. Alteratsiya so’zi o’zgarish mag’nosini bildiradi.
ALTERATSIYA BELGILARI
Asosiy pog’onalarning ko’tarilishi yoki pasaytirilishi alg’teratsiya deb ataladi. Alg’teratsiya belgilari 5 xil bo’ladi.
Diez – # – notani 0,5 tonga ko’taradi
Bemol – b – notani 0,5 tonga pasaytiradi
Dubl diez – x– notani 1 tonga ko’taradi
Dubl bemol –bb – notani 1 tonga pasaytiradi
Bekar – -belgilarni bekor qiladi.
Kalitdan keyin qo’yiladigan belgilar kalit alteratsiya belgisi deyiladi. Kalit alteratsiya belgilari o’z kuchini asar davomida saqlab qoladi.Tasodifiy belgilar esa bitta takt davomida.
Tovushlar engarmonizmi. Harfiy sistema
Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o’zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo’lishi mumkun.
Masalan; fa-diez yoki si-bemol. Xosila pog’ona asosiy pog’ona bilan bir xil bo’lishi mumkin. Masalan; si diez do, fa bemol mi yoki barabariga pasayishi yoki ko’tarilishi ham mumkun. Masalan; fa dubl diez – sol, mi dubl, bemol – re.
Diatonik va xromatik.
Yarim tonlar va butun tonlar.
Tovush qatorning yonma-yon joylashgan ikki pog’onasi orasida xosil bo’lgan yarim tonga diatonik yarim ton deyiladi. Bularga mi-fa va si-do lar kiradi. Ko’tarilgan yoki pasaytirilgan xosila pog’onalar orasida ham diatonik yarim tonlar xosil bo’ladi.
Xromatik yarim ton deb asosiy pog’ona ko’tarilsa yoki pasaysa orasida yarim ton xosil bo’lganda aytiladi.
Diatonik butun tonlar deb do-re, re-mi, fa-solg’, solg’-lya, lya-si oraliqlarga aytiladi va bulardan tashqari ikkita xosila pog’ona orasida ham paydo bo’lishi mumkun.
Xromatik butun tonlar deb asosiy pog’ona ikki baravar ko’tarilishi yoki pasayish natijada xosil bo’lganda aytiladi.
Harfiy sistema.
Amaliyotda tovushlar bugin bilan yozilishidan tashqari, Lotin alfaviti asosida harf bilan yoziladi. Masalan :
Do re mi fa sol lya si
Xosila pog’onalarni yozish uchun harflarga qo’shimcha bo’g’inlar ko’shiladi. Masalan: Is-diez, cis-do diez
Isis-dubl diez, des-re bemol
Es-bemol, fisis-fa dubl diez
Eses-dubl bemol, geses-sol dubl bemol
Hamma pog’onalarda Si bimolg’ dagida qo’shimcha bo’g’in bo’lmaydi. B yoki b harfi bilan yoziladi. Es bo’g’inda unli a va e harflar uchrasa, talaffuzning qulay bo’lishi uchun; mi bemolg’ ees o’rniga es, lya bemolg’ aes o’rniga as yoziladi.
Oktavalarni belgilashda harflar ustiga qo’shimcha qilib raqamlar yoki chiziqlar yoziladi. Katta va kichik oktavalarning tovushi katta yoki kichik harflar bilan yoziladi. Masalan; katta oktavaning lya tovushi katta A harfi bilan kichik oktava kichik a harfi bilan yoziladi.
Birinchi oktavada beshinchi oktavagacha bo’lgan tovushlar qaysi oktavaga tegishli bo’lsa, shunday raqam yoki chiziqlar va kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan;
1 oktava do tovushi – c yoki c 1
2 oktava re tovushi – d yoki d 2
3 oktava mi tovushi – e yoki e3
4 oktava fa tovushi – f yoki f 4
5 oktava do tovushi – c yoki c 5
Kontroktava bilan subkontroktava tovushlari qaysi oktavaga tegishli bo’lsa ostiga yoziladigan shunday raqamlar yoki chiziqlar va katta harflar bilan belgilanadi. Masalan;
Kontroktavaning si tovushi – H yoki H 1
Subkontroktavaning lya tovushi – A yoki A2
Begmatov, D. Karimova, Q. Mamirov musiqa 6-sinf uchun darslik
S.BEGMATOV, D.KARIMOVA, Q.MAMIROV
MUSIQA
6 -sinf uchun darslik
Q ayta ishlangan 5-nashri
0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta ’limi vazirligi
nashrga tavsiya etgan
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2008
www.ziyouz.com kutubxonasi
85.313(5y)
M 84
T a q r i z c h i 1 a r :
Munojot ABRALOVA
— Respublika T a’lim markazi «Musiqa, san’at va mehnat
ta’limi» bo’limi boshlig‘i
Yo‘ldoshali BOTIROV
— 0 ‘zPFITI «San’at va chizmachilikni o ‘qitish nazariyasi
va metodikasi» bo’limining ilmiy xodimi
«Maktab kutubxonasi uchun chop etildi». Bepul.
Musiqa: 6-sinf uchun darslik. Qayta ishlangan 5-nashri. — S.Begmatov,
D.Karimova, Q.Mamirov. – T.: G ‘afur G ‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,
2008. – 96 b.
I.
Begmatov S. va boshq.
BBK 85.313(5y) n 721
R ivf IT 4905000000-29
B-M -K
352 (04) – 2008
© S.Begmatov,D.Karimova, Q.Maiiii-
rov. G ‘afur G ‘ulom nomidagi nashriyot-
ISBN 978-9943-03-153-1
matbaa ijodiy uyi. 2008-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
SO‘ZBOSHI
Aziz o‘quvchilar! Tavsiya etilayotgan 6-sinf «Musiqa» darsligi Sizlarni musiqa
ijodiyotining mumtoz olami bilan tanishtiradi. Mumtoz musiqa har tomonlama yetuk
va mukammal bo‘lgan asarlarni o’z ichiga oladi. Insoniyat taraqqiyotiga hamohang
tarzda keng rivoj topgan mumtoz musiqa xalqimizning ma’naviy xazinasidan joy oigan
merosi hisoblanadi. Ular har bir avlod tomonidan qunt bilan o’rganilgan va kelajak
ucnun munosib voris bo‘!ishga da’vat etuvchi ijodiyotning ulkan manbai bo‘lib kelgan.
Darslikdan mumtozlik kasb etuvchi barcha musiqa ijodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha
tushuncha olasiz.
I chorakda mumtoz musiqa va ularning janr xususiyatlari haqida tushuncha berilgan;
II chorakda esa arab, turk, ozarbayjon, eron, xitoy, uyg‘ur, yapon, hind, qozoq, qirg‘iz,
tojik kabi Sharq xalqlari musiqasi bilan yaqindan tanishasiz; III chorakda zamonaviy
musiqa mezonlari, ayniqsa, o ‘zbek estrada musiqasiga ko‘proq e’tibor qaratilgan;
IV chorakda Jahon mumtoz musiqasiga ulkan hissa qo’shgan V.Motsart, L.Betxoven,
F.Shopen, M.Glinka kabi Yevropa kompozitoriarining mumtoz musiqa ijodiyotidan
bahramand boiasiz.
Mumtoz musiqa xalqlarning milliy an’analari bilan sug‘orilgan ma’naviy boyligi
bo’lib, ularni
0‘rganish va ardoqlash harbir inson karnoloti uchun zaairdir. 0 ‘ylaymizki,
darslikka kiritilgan mavzular kelajagi buyuk 0 ‘zbekistonimizning barkamol aviodiga xos
tuyg‘ularni shakllantirishga, Vatanga, xalqimizga boMgan muhabbatingizni yana-da
oshirishga xizmat qiladi.
M u a 11 i f I a r
Darslikdan unumli foydalanish uchun quyidagi shartli belgilarni esiab qoling:
musiqa tinglash.
? !
— savol va topshiriqlar.
— musiqa savodi.
£ 3 l ~ mustaqil o‘qish.
©
–
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘Z B E K IS T 0 N R ESPUBLIK ASINING
DAVLAT M ADHIYASI
Abdulla Oripov
s o ‘zi
Tantanavor
Mutai (Mutavakkil) Burhonov
m usiqasi
f f
ga
baxt, na- jot, Sen o‘- zing do‘st-lar-ga
yo‘l-dosli,
meh-ri-
– h r ~ –
..
> 1
p
——— ———- —–r –
— I CHORAK
MUMTOZ MUSIQA HAQIDA TUSHUNCHA
M U M T O Z M U SIQ A
«Mumtoz musiqa» mohir sozanda, xonanda hamda bastakorlar ijodining
eng nodir namunasi bo‘lgan maqomlar, yirik shakldagi murakkab kuy va
ashulalarni o‘z ichiga oladi. Amaliyotda u «mumtoz musiqa» yoki «kasbiy
musiqa» deb ham yuritiladi. Demak, mumtoz musiqa xalq ijodiyotining
professional yo‘nalishiga xos bo‘lgan eng sara musiqiy namunalaridir. Ushbu
yo’nahshga xos bo‘lgan asarlar iste’dodli bastakorlar tomonidan yaratilgan
hamda yuksak malakaga ega bo‘lgan xonanda va sozandalar tomonidan ijro
etib kelingan. Ularning mazmuni murakkab va mukammaldir. Shu bois, ularni
ijro etish uchun katta san’atkorlik tajribasi, mahorat, malaka va musiqiy
savodxonlik kerak bo’ladi. Qadimdan mumtoz musiqa yoshlarga ustozlar
tomonidan o’rgatib kelingan. Ushbu ustoz-shogirdlik an’anasi hozirgacha
davom etib kelmoqda.
Mumtoz musiqa yirik shakldagi kuy va ashulalardan tarkib topgan. Ular
mazmunan va shaklan rang-barangdir. M a’lumki, bizning diyorimiz sheva
nuqtayi nazaridan 4 ta katta vohaga bo‘linadi. Bular: Buxoro—Samarqand,
Xorazm, Surxondaryo—Qashqadaryo va Farg‘ona-Toshkent vohalaridir. Sheva
nafaqat tilda, balki musiqiy ohanglarda ham o‘z aksini topadi.
Qadrli o ‘quvchilar! Mumtoz musiqa merosimiz kelajakda yaratiladigan
barcha musiqiy asarlar uchun ohang-kuylar xazinasidir. Bu chorakda Siz
musiqamizning mumtoz turlari va vohaviy xususiyatlari haqida umumiy
tushunchaga ega boiasiz.
S in f fonotekasidan mumtoz musiqa asarlaridan namunalar tinglang.
Musiqa savodi. Qadrli o‘quvchilar! Yil davomida sizlar asosan solfedjio
qilish, ya’ni notaga qarab kuylash bilan mashg‘ul b o ‘lasiz. Berilgan
kuylarga dirijorlik qilish bilan birga ustozingiz yordamida ularning tuzilishini
ham tahlil qilishni o ‘rganasiz.
o‘lchovida yozilgan ushbu mashqni kuylang:
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
IP I
^ I Savol va topshiriqlar
• * 1. Mumtoz musiqa haqida so‘zlab bering.
2. Qanday musiqiy namunalarga mumtoz musiqa deyiladi?
3. Mumtoz musiqa kimlar tomonidan yaratiladi va ijro etiladi?
4. 0 ‘zbek tilining qaysi shevalarini bilasiz va ularning mumtoz musiqaga ta’siri
qanday?
5. Mumtoz musiqani ijro etish uchun qanday malakalarga ega bo‘lish lozim?
M U M T O Z KUYLAR
Mumtoz musiqa tarkibi ikki xil shaklga ega bo‘ladi. Ulardan biri, cholg‘u
musiqasi bo‘lsa, ikkinchisi, ashula yo‘hdir. Cholg’u musiqasi tarkibi eng sodda
xalq kuylaridan tortib to murakkab maqom namunalarigacha bo‘lgan asarlami
o‘z ichiga oladi. Shularning orasida maqom cholg‘u yo‘llari bilan birga juda
ko‘p an’anaviy mumtoz asarlar ham bor. Mumtoz kuylarni o ‘zbek bastakorlari
turh davrlarda yaratganlar.
Mumtoz kuylar azaldan o‘zbek xalq cholg’ulari — tanbur, dutor, g‘ijjak,
nay, chang va surnay kabi sozlarda ijro etib kelingan. Eng ommabop
cholg’ularimizdan yana biri doyradir. Amaliyotda aksariyat mumtoz kuylar
yakka cholg‘ularda hamda jo ‘rnavozlikda ijro etib kelinmoqda. Hammamiz
sevib tinglaydigan mumtoz kuylarimiz juda ko‘p. Ularga «Hojiniyoz I—II»,
«Choli Iroq», «Mirzadavlat», «Munojot», «Savti Munojot», «Ufori Munojot»,
«Ilg‘or», «Rohat», «Rajabiy», «Sharob I—II», «Aliqambar», «Qo‘shchinor»,
«Navro’zi Ajam» kabi kuylarni misol qilish mumkin. Shulardan bolalarga
boplari «Dilxiroj», «Jonon», «Lazgi» kabi kuylardir.
JONON
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mumtoz cholg’u kuylari ma’naviy oziqa sifatida insonlarga huzur baxsh
etadi.
Xalqimiz orasidan mumtoz cholg‘u kuylar yaratgan va ijro etgan juda ko‘p
mashhur kishilar yetishib chiqqan. Usta Ohm Kornilov, Yunus Rajabiy,
To’xtasin Jalilov, Saidjon Kalonov, G ‘anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov,
Muhammadjon Mirzayev, Turg-un Alimatov, Ahmadjon Odilov, Abduhoshim
Ism oilov, 0 ‘lm as Rasulov, Q ahram on Dadayev va boshqalar shular
jumlasidandir.
Zamonaviy cholg‘uchilar ansambli guruhi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sozandalar ansambli.
©
S in f fonotekasidan «Cho’H
Iroq», «Qo‘shtor», «Rohat»,
«Jonon» kuylarini tinglang.
Musiqa savodi. Quyidagi
kuyga d irijo rlik q ilib ,
notalarini aniq, ravon va sof
tovush bilan kuylang:
Shoshilmay _BOLALAR__Jumaniyoz_Jabborov_she’ri__Habibulla_Rahimov_musiqasi_Tez’>Shoshilmay
BOLALAR
Jumaniyoz Jabborov she’ri
Habibulla Rahimov musiqasi
Tez
Xud-di bog‘-lar
gul – che-cha-gi,
Qir- lar-
da- yo
.. 5:
-«1—
,• „
4-
■d-
^ ? ! Savol va topshiriqlar
• • 1. Mumtoz kuylar deganda qanday asarlarni tushunasiz?
2. Mumtoz kuylar qaysi cholg‘u sozlarida ijro etiladi?
3. Siz qanday kuylarning nomini bilasiz?
4. Bolalarga xos qanday mumtoz kuylar bor?
5. «Jonon» kuyini eslab, kuylab bering.
6. «Bolalar» qo‘shig‘i mualliflari kimlar? Qo‘shiqni birgalikda kuylang.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi
M U M T O Z
ASHULA
Ashula — bu qo‘shiqqa nisbatan rivojlangan, shakl jihatidan kallaioti
bo’lgan avjh asardir. Ashulaning so‘z matnlari ham asosan g‘azal janriga
ko‘proq mansub bo‘ladi. Bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan asarlar, odatda,
«mumtoz ashula» yoki «xalq ashulasi» deb yuritiladi. Mumtoz ashulalar ham
xalq ichidan chiqqan mohir sozanda, xonanda va bastakorlar tomonidan
yaratilgan. M umtoz ashulalar o ‘zining salobatliligi, keng qamrovliligi va
purma’noligi bilan ajralib turadi. Ularning turlari, shakllari juda ham ko‘p.
Mumtoz ashulalar xalq orasida keng ommalashgan. Ularga «Ushshoq»lar,
«Feruz»lar, «Bayot»lar, «Suvora»lar, «Chorgoh»larni kiritish mumkin. Xalqqa
yoqqan ashula tezda ommalashadi va uning nam unasi ham ko‘payadi.
Xususan, «Ushshoq»ning bir qancha turi bor. «Samarqand Ushshog‘i»,
«Qo‘qon Ushshog‘i», «Toshkent Ushshog‘i», «Sodirxon Ushshog‘i» va
boshqalar. «Guluzorim», «Dilxiroj», «Ey Sabo», «Ko‘cha bog‘i I – I I » ,
«Abdurahmonbegi», «Aylagach», «Fig’on», «Sensan sevarim», «Munojot»,
«Tanovar» kabi ashulalar esa xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan.
GULUZORIM
Hoji Abdulaziz Abdurasubv m a p
£
Do‘st-la- rim (ay),
bir no-
za- nin
(o)
ish-
qi
bu hol
et-mish
me-niT”
zul-f(i) sav-
do- si (ya)
a- lif
qad- dim- ni
dol –
(do-da) et-mish
me-ni.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mumtoz ashulalar mumtoz adabiyot
namoyandalari — Jomiy, Navoiy, Fuzuliy,
Bobur, M ashrab, X orazm iy, Ogahiy,
Nodira, Muqimiy, Furqat, Charxiy kabi
shoirlarning lirik yo‘nalishda yaratilgan
g‘azal va she’rlariga bastalangan.
M u m to z a s h u la la r yakka yoki
jo ‘rnavozhkda ijro etiladi. Xonandalar esa,
s o z a n d a la r a n sa m b li j o ‘rlig id a yoki
o ‘zlarining sozlari jo ‘rligida ham ashula
aytadilar. M um toz ashula ijro etishda
k o ‘proq tan b u r, d u to r, g‘ijjak, doyra
c h o lg ‘u la rid a n tu z ilg a n d a s ta la rd a n
foydalanadilar.
M u m to z a sh u la ijro c h ila rin i biz
«hofiz»
deb
a ta y m iz .
Biz u sto z
xonandalardan Halima Nosirova, Saodat
Qobulova, Orifxon Hotamov, Ochilxon
O ta x o n o v , H a sa n R ajab iy , 0 ‘lm as
Saidjonov, M unojot Y o‘lchiyeva, M ahm udjon Tojiboyev,
M ashrab
Ermatovlarni hurmat bilan tilga olamiz.
Sin f fonotekasidan «Ushshoq», «Soqiynomai Savti Kalon» va «Guluzorim»
(Hoji Abdulaziz Abdurasulov) asarlarini tinglang.
Musiqa savodi. Quyidagi kuyni dirijorlik qilib, notalarini aniq, ravon va
sof tovush bilan kuylang:
Mumtoz ashula ijrosi. Xalq hofizi
Mahmudjon Tojiboyev.
Shoshilmay
V
i
91
.
Savol va topshiriqlar
• »1. Ashula qanday janr?
2. Mumtoz ashulalardan qaysilarini bilasiz?
3. Mumtoz ashula qanday shoirlarning so‘zlari bilan aytiladi va ulardan kimlarni
bilasiz?
4. Mumtoz ashula ijrochilari haqida gapirib bering.
5. «Soqiynomai Savti Kalon» asaridan kuylab bering.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi
SH A SH M A Q O M – M U M T O Z M U SIQ A M IZ A S O SI
Shashm aqom — o ‘zbek va to jik
xalqlarining m um toz m usiqasi
hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to ‘la shakllangan.
Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud.
Shashmaqom – olti maqom deganidir. Ular «Buzruk», «Rost», «Navo»,
«Dugoh», «Segoh» va «Iroq» deb nomlanadi.
Shashmaqomni maxsus biUmga ega b o ‘lgan sozanda va xonandalar ijro
etishadi. Ularni biz «maqomchilar» deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni
ijro etadigan m axsus an sam b llar faoliyat k o ‘rsatib kelgan. B unday
ansambllarga Toshkentda 0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil
etilgan Yunus Rajabiy nom idagi «M aqom chilar», Buxoro, X orazm ,
Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari
misol bo‘la oladi.
SAMOI DUGOH
M.M.
J
= 72
Bozgo‘y
Xalq musiqasi
®
Sinf fonotekasidan Shashmaqom tarkibidagi asarlardan tinglang (masalan,
Buzruk maqomidan «Tasnifi Buzruk» va h.k.).
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
SH A SH M A Q O M – M U M T O Z M U SIQ A M IZ A S O SI
Shashm aqom – o ‘zbek va to jik
xalqlarining m u m to z m usiqasi
hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to ‘la shakllangan.
Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud.
Shashmaqom – olti maqom deganidir. Ular «Buzruk», «Rost», «Navo»,
«Dugoh», «Segoh» va «Iroq» deb nomlanadi.
Shashmaqomni maxsus bilimga ega b o ‘lgan sozanda va xonandalar ijro
etishadi. Ularni biz «maqomchilar» deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni
ijro etadigan m axsus an sam b llar faoliyat k o ‘rsatib kelgan. Bunday
ansambllarga Toshkentda 0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil
etilgan Y unus Rajabiy nom idagi «M aqom chilàr», B uxoro, X orazm ,
Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi m aqom chilar ansambllari
misol bo‘la oladi.
S A M O I D U G O H
M .M .
1
= 12
Xalq musiqasi
S
. ‘A-1 f
^
t f – 1 !
®
Sinf fonotekasidan Shashmaqom tarkibidagi asarlardan tinglang (masalan,
Buzruk maqomidan «Tasnifi Buzruk» va h.k.).
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
Faxriddin Sodiqov nomidagi maqomchilar ansambli.
Musiqa savodi. Quyidagi kuylarni dirijorlik qilib, notalarini aniq, ravon
va sof tovush bilan kuylang:
Jonli
M j M J ^ 1 ^ .fJ-i Ip
X i J . 1
Jonli
i
J
l
I i
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUNAJJIM BOBOM
Po‘lat M o‘min she’ri
Nadim Norxo‘jayev musiqasi
Tezroq
Os-mon-lar-da
i
nur ko‘zlarin-giz,
Cha-raq-lay-di
V
V
V
yul-duz-la-rin-giz.
Os-mon-lar-da
nur ko‘z-la-rin-giz,
yul-duz-la-rin-giz.
A- mir Te-mur ru-
-o –
I Q E
-o –
hi
bo‘-lib yor,
Yash-na-moq-da bu
o- zod di-yor.
m m
—–=-=*Jp—- V——-
m—%
—–* ———-
%
——-•
J
^
k
P t . I – .. p
Sa-mar- qand-da,
Sa-mar
^
‘
I* ‘F
•
•
I*”
– qand-
— F
da
bor
M ‘- £
•-day-
—
1
—
siz mu-dom,
.j
.
If F1? r r
Ey mu-naj-
jim, Ey
f hi –
I 1
=—
‘ mu- naj-
0— »—
jim,
-IH
U-lug
bek bobom,
—- -1 ———-J
U- Iug‘-
—
r
bek
be
– ± s
)-
bom.
—
— 1
6:
O sm onlarda n u r k o ‘zlaringiz,
N a q a r o t :
C haraqlaydi yulduzlaringiz.
A m ir T em u r ruhi b o ‘lib yor,
S am arqandda bordaysiz m u d o m ,
Y ashnam oqda bu ozod diyor.
Ey m unajjim , U lu g ‘bek bobom .
15
www.ziyouz.com kutubxonasi
F an k o ‘ksida yashaysiz h am o n ,
A rdoqlagay ja h o n -u zam on.
0 ‘chm agaydur h ech izlaringiz,
Biz yerdagi ynlduzlaringiz.
I Savol va topshiriqlar
, , 1. Shashmaqom nima?
N a q a r o t :
S am arqandda bordaysiz m udom ,
Ey m unaijim , U lu g ‘b ek bobom .
Shashmaqom
j
2. Shashmaqomning tarkibiy qismlarini bilasizmi?
3. Shashmaqom qayerda va qachon shakllangan?
4. Maqom ansambllari haqida gapirib bering.
5. «Tasnifi Buzruk»dan namuna kuylab bering.
6. «Munajjim bobom» qo‘shig‘ining mualliflari kimlar? Qo‘shiqni birgalikda kuylang.
KATTA ASHULA
Katta ashula Farg‘ona vodiysining mahalliy uslubiga xos vokal janrlardan
biridir. Xalq orasida patnisaki ashula deb ham yuritiladi. Katta ashula, odatda,
cholg‘u asboblarisiz ikki-uch xonandalar tom onidan ijro etiladi. Katta
ashulaning kuy tuzilishi va ijrosi murakkab shaklda bo’lganligi uchun malakali
mohir ashulachilar ijro etadilar. Shu bois, ularni xalqimiz katta ashulachilar
deb atashadi.
Katta ashula ijro etish uchun ashulachida juda katta diapazonli, baquwat,
chiroyli ovoz boiishi kerak. Ijrochilik sirlarini ustozlardan o ‘rganish talab
qilinadi. Chunki katta ashula keng ko’lamli ohangi, usul jihatidan erkinligi,
faqat F arg’ona vodiysiga xosligi bilan ajralib turadi. Ijro paytida katta
ashulachilar navbat bilan birin-ketin ijro etadilar. Kuy jumlalarining yakunini
esa hamnafaslikda, birgalikda ijro etadilar. Katta ashulachilar qo‘llariga likopcha
ushlab oladilar. Bu ashula aytishda qulay b o ‘lishi uchun xizmat qiladi.
Ham roqul Qori, M amatbobo Sattorov, Jo ‘raxon Sultonov, M a’murjon
Uzoqov, Odiljon Yusupov kabilar mashhur katta ashulachilardandirlar.
• ) S in f fonotekasidan katta ashula namunalaridan tinglang.
Qiziqarli malumotlar
Musiqa darslik