Yosh kitobxon 10 14 yosh 2023

Yosh kitobxon 10 14 yosh 2023

Bugun hamma porloq kelajak yaratish istagi bilan harakatda. Yurtimizda keng mutolaa maydonini yaratishga qaratilgan loyihalar, yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidan kitobxonlarimiz safi millionlarga yetdi.“Yosh kitobxon”, “Kitobxon oʻqituvchi”, “Eng yaxshi yosh kitobxon oila” kabi tanlovlarning tashkil etilishi, undagi gʻoliblarning barchaga namuna boʻlgan holda yoshlarni oʻz ortidan ergashtira olishi buyuk kelajak sari tashlayotgan istiqbolli qadamimizdir.

“Yosh Kitobxon-2021” 10-14 Yosh Toifasida 1-Shart

#yoshkitobxon, #hamzajumayev
Каналга уланинг, бизда ҳали сиз кутган жуда кўп соҳа вакиллари меҳмон бўлишади! Ҳам мароқли суҳбатдан баҳра оласиз, ҳам кўпроқ савоб қилишга юрагингизда учқун пайдо бўлади!

Most recent Hamza Jumayev channel videos

  • Gul Bilan Lola, Homiladorlikda Ovqatlanish Ratsioni Muhim
  • Gul Bilan Lola, Farzandingiz Lider Bo’lishini Istaysizmi?
  • Gul Bilan Lola, Siz Yaxshi Onamisiz?

Подписывайтесь на наш Telegram канал! @thewikihow открыть Мониторим видео тренды 24/7

Explore more videos from Hamza Jumayev

Video Views Date
180 21.10.2022
21 Октября 2022 Г – 20 минг $ лик xум кўрганмисиз? Риштоннинг уста кулоли Шокир Ахмаджонов (Мингбоши) корхонасидамиз. 100 дан ортиқ ишчи, 3000 касаначиси бор. #rishton.
235 28.09.2022
7 Qadam Sevara O’rinboyeva – Каналга уланинг, бизда ҳали сиз кутган жуда кўп соҳа вакиллари меҳмон бўлишади! Ҳам мароқли суҳбатдан баҳра оласиз, ҳам кўпроқ савоб қилишга.
149 21.09.2022
7 Qadam Nozim Safari – Каналга уланинг, бизда ҳали сиз кутган жуда кўп соҳа вакиллари меҳмон бўлишади! Ҳам мароқли суҳбатдан баҳра оласиз, ҳам кўпроқ савоб қилишга.

Поделиться с друзьями:

Скопировать ссылку Добавить временную метку Включение данной опции позволит добавить к ссылке время начала воспроизведения видео, где H:M:S – часы:минуты:секунды

Копировать

Фото обложки и кадры из видео

Скопировать ссылку
Скопировать ссылку
Скопировать ссылку
Скопировать ссылку

“Yosh Kitobxon-2021” 10-14 Yosh Toifasida 1-Shart, Hamza Jumayev

Аналитика просмотров видео на канале Hamza Jumayev

Гистограмма просмотров видео «”Yosh Kitobxon-2021″ 10-14 Yosh Toifasida 1-Shart» в сравнении с последними загруженными видео.

Теги:

Қўшиқ Ашула Савоб Ислом Дунё Дин Президент Ҳоким Туман Тошкент Ўзбекистон Тв Журналист еще Kitobxon Yosh Kitobxon Uzbekistan Uzbek Yoshlar Ishlari Agentligi Yoshlar Ittifoqi Kamolot Alisher Sadullayev My5

Yosh kitobxon 10 14 yosh 2023

Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Kitob boʻlmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan boʻlar edi? Kitobga yoʻldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib oʻta oladi. U ong va qalbimiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, ruhimizni ham tarbiyalab boradi, bizni shaxs sifatida shakllantiradi. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi.Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan. Bugungi axborot asrida tengdoshlarimizning kitobga oshnoligi, mustaqil fikrlay olishi, mustahkam hayotiy pozitsiyaga egaligi kishini quvontiradi.

1 mln. 210 ming 399 nafar yoshlar “Yosh kitobxon” respublika tanlovida qatnashdi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan eng yaxshi kitobxonlarga Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi taqdim etilishi koʻplab yoshlarning mutolaaga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirdi. Buni tanlovga qatnashish istagini bildirgan yoshlarning 1mln. 210 ming 399 nafarga yetganidan ham bilishimiz mumkin. 2019-yilgi “Yosh kitobxon” respublika tanlovining hududiy bosqichi 5-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida start oldi. Mazkur bosqichda 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasidagi jami 94 ming 363 nafar yoshlar orasidan saralab olingan 42 nafar yosh kitobxonlar 2 ta shart asosida bellashdi. Tanlovning hududiy bosqichi 28-29-avgust kunlari Toshkent shahrida yakunlanadi. Gʻoliblar oktyabr-noyabr oylarida Respublika bosqichida bahsni davom ettiradi.

288 ta harbiy qism va muassasadan 25 ming 435 nafar yosh harbiy xizmatchilar “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovida bellashdi.

Shuningdek, kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini oʻrganish hamda tahlil etish, buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida kitobxonlik maydonini yaratdi. Joriy yilning 25-iyul – 5-avgust kunlari kuch tuzilmalariga qarashli harbiy qism va muassasalarning 30 yoshdan oshmagan yosh harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining saralash bosqichlari oʻtkazildi. Unda 288 ta harbiy qism va muassasadan 25 ming 435 nafar ishtirokchilar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi. Tanlovning hududiy bosqichlari 15-avgust kuni Andijon viloyatida start olgan boʻlsa, 24-avgust kuni Toshkent viloyatida yakunlandi. Hududiy bosqichlarda qatnashchilar “Amir Temurning harbiy saboqlari” va “Amir Temurning oʻgitlari bilimdoni” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashib, gʻoliblar tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilar ham oʻqituvchilar ham yangi oʻquv yilini yangi kitoblar bilan qarshi oladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston yoshlariga ajoyib sovgʻa hozirladi. “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasida yana 12 nomdagi kitoblar 10 ming nusxada chop etilib,13-avgust kunidan boshlab maxsus “Bibliobus”lar orqali Samarqand, Jizzax,Sirdaryo viloyatlariga joʻnatildi. Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan yoʻlga chiqqan “Kitoblar karvoni” oʻz manzillari tomon birin-ketin yetib bordi. 16-avgust kuni Samarqandning kitobsevar yoshlari Prezident sovgʻasini tantanali kutib oldi. 12 nomdagi 14 mingdan ziyod badiiy adabiyotlar yangi oʻquv yili oldidan umumtaʼlim maktablari kutubxonalariga bepul tarqatilishi, hudud yoshlari uchun ajoyib bayram tuhfasi boʻldi.

10 ming nusxadan 12 nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlari kitobxonlarga bir olam quvonch ulashdi.

Kuni kecha “Kitob olami” majmuasida “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasida chop etilgan yangi kitoblarning taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. 10 ming nusxadan 12 nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlari yigʻilgan kitobxonlarga bir olam quvonch ulashdi. Chunki, ularning orasida Choʻlponning “Koʻklam ruhi”, Saʼdiyning “Boʻston”, Ch. Aytmatovning “Oxirzamon nishonalari”, Pushkinning “Yevgeniy Onegin” kabi mashhur asarlari oʻrin olgan. Kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan viktorinaning gʻoliblariga 12 nomdagi kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Bugun kitoblar javonlarda oʻqilmay yotadigan, kutubxonalar kitobxonga mushtoq oʻtadigan davr emas.

Bugun hamma porloq kelajak yaratish istagi bilan harakatda. Yurtimizda keng mutolaa maydonini yaratishga qaratilgan loyihalar, yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidan kitobxonlarimiz safi millionlarga yetdi.“Yosh kitobxon”, “Kitobxon oʻqituvchi”, “Eng yaxshi yosh kitobxon oila” kabi tanlovlarning tashkil etilishi, undagi gʻoliblarning barchaga namuna boʻlgan holda yoshlarni oʻz ortidan ergashtira olishi buyuk kelajak sari tashlayotgan istiqbolli qadamimizdir.

Shaxnoza Nurullayeva

Qiziqarli malumotlar
Yosh kitobxon 10 14 yosh 2023