Quritilgan baqlajonli salat

Quritilgan baqlajonli salat

Quritilgan baqlajonli salat

DO`STLARGA ULASHING:

Ushbu salat 10-12 kishilik.

Kerakli masalliqlar:

1. Quritilgan baqlajon — 250 gr.
2. Pomidor va qizil bulg’or qaylasi — 1 kosa
3. Soya — 50 gr.
4. Ko’katlar — 1 bog’dan
5. Ziravorlar
6. Piyoz — 2 dona
7. Pista yog’i — 100 gr

Quritilgan baqlajonli salat
Quritilgan baqlajonli salat

Tayyorlanishi:

Qaynab turgan suvga baqlajon solinib, 2 daqiqa qaynatiladi. So’ng baqlajon suvdan silqitib olinadi. Qizigan tovaga yog’ solinib, to’g’ralgan piyoz engil o’lgunicha qovuriladi va ustiga qizil qayla solinadi. So’ng, me’yordan biroz kuproq tuz solinadi, sababi, baqlajon tuzlanmagani uchun.

2-3 daqiqadan keyin qayla tagi o’chirilib, aloxida idishdagi suvdan olingan baqlajon ustiga solinadi. So’ng ziravorlar, soya va to’g’ralgan ko’katlar bilan aralashtiriladi. Baqlajon va qayla issiqligida bu ziravorlar erib, quritilgan baqlajonga o’zgacha ta’m beradi.

Yoqimli ishtaxa!

Quritilgan baqlajonli salat