Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida
Dimlama – O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. “Dunyo xalqlari oshxonasi” tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan go’sht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan terilgan va go’sht bilan uzoq dimlanadi. Va, albatta, ajoyib ziravorlar to’plami – kinza, zira, bulg’or qalampiri va qizil qalampir muhim rol o’ynaydi. Bu kombinatsiya ko’pincha o’zbek oshxonasida keng qo’llaniladi va taomlarga noyob lazzat beradi. DIMLAMA UCHUN KERAK BO’LADIGAN MAXSULOTLAR: 3. Ko’katlarni yirikroq qilib maydalang. 4. Karamni 8 qismga bo’laklab, o’zagi ya’ni qattiq qismini kesib tashlang. Sarimsoq piyozni ustki qatlamidan tozalab oling. 5. Ziravorlarni tayyorlab olamiz. Havonchada koriandr, zira, murch va qizil achchiq qalampirni yanchib oling. Buni blender yordamida qilsa ham bo’ladi. 6. Go’shtni mayda qismlarga bo’laklab oling. 7. Qozonga yog’ solib, yaxshi qizdirilgan yog’da baland olovda go’shtni qizarguncha qovurib oling. 8. Go’sht ustidan to’g’ralgan piyozni solib tillarang tusga kirguncha qovuring. 9. To’g’ralgan pomidorni soling va ustidan yanchilgan ziravorlarni sepib, olovni pasaytirib 5 daqiqa davomida dimlab oling. 10. Sarimsoq piyozni dimlanayotgan masalliqlar o’rtasiga qo’yib, ozgina bosib qo’ying. 11. Keyin navbatma-navbat sabzi va bulg’or qalampirini terib chiqing. 12. Ustidan karamni joylang. Karamni tuzlab, uni ustiga davna yaprog’i (лавровый лист) va ko’katlarning bir qismini soling. 13. Bu masalliqlar ustidan kartoshka va qolgan ko’katlarni solib, yengil bosib tekislab oling. 14. Ikki stakan qaynatilgan tuz solingan suv soling. Qozon qopqog’ini zich yoping. Qozon tagini minimal darajada past qilib 1,5 soat mobaynida dimlab qo’ying. 15. Ushbu taomni katta umumiy idishga yoki alohida kosalarga suvli qilib suzishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan avval, rayhon barglari yoki mayda to’g’ralgan ko’kat yordamida bezak bersangiz, Dimlama taomingiz yana ham ishtahali ko’rinish oladi. Yoqimli ishtaha!Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida
DO`STLARGA ULASHING:
1 kg qo’zichoq yoki mol go’shti;
1 kg karam;
5 ta o’rtacha sabzi;
6 ta o’rtacha kattalikda pomidor;
9-10 dona kartoshka;
6 ta o’rtacha shirin qalampir (bulg’or qalampiri);
4-5 dona piyoz;
3 bosh sarimsoq piyoz;
arpabodiyon(ukrop), petrushka va kinza;
100 ml o’simlik yog’i
zira, koriandr, murch, qizil qalampir, dafna yaprog’i, tuz;
Bezak uchun rayhon va kinza.
DIMLAMA: BOSQICHMA-BOSQICH TAYYORLASH
1. Piyoz va pomidorni yarim halqalarga bo’lib oling.
2. Kartoshkani ikki yoki to’rt bo’lakka, har bir sabzini 5-6 bo’lakka bo’ib oling. Bulg’or qalampirini somoncha shaklida to’g’rab oling.
bosqichlari, Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, uy sharoitida