Ona tili va adabiyot test 5 sinf
C) Har kishikim, birovga qozg’ay chog’, Tushgay ul chog’ aro o’zi nogoh.
Ilm va ta’lim
Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. )
Muallif: Klaraxon Mavlonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD)
Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.
O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.
Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.
Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan.
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar.
Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish mumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur.
Psixologiyaga doir manbalarga ko‘ra ona tili darslaridagi badiiy idrok adabiy o‘qish paytidagi badiiy idrokdan farq qiladi. O.K.Tixomirov idrok etish maydoni tushunchasi haqida gapirib, geshtaltpsixologlarning shu haqdagi fikrini keltiradi va buni quyidagi tarzda izohlaydi: “Ularning fikrini shunday tushunmoq kerakki, idrok etish maydoni avval boshdanoq tarkibiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi: in’ikos paytida idrok etilayotgan predmetning nimasidir birinchi planga chiqadigan (figura deb nomlanadigan) va ikkinchi planga ko‘chadigan (fon deb ataladigan) tomonlari o‘zaro ajralib turadi. Figura va fon o‘rtasidagi munosabatlar harakatchan bo‘lib, o‘zgarib turadi, ya’ni kishining nigohi ma’lum vaqtda nimada qaydlansa, shu figura bo‘lib qoladi, boshqalari esa fonga ko‘chadi” [1]. Muallif ushbu fikrni tushuntirish uchun bir misol keltiradi. Agar kimgadir bir portretni ko‘rsatib, unda tasvirlangan odamning olijanob chizgilarini ajrating, deyilsa, idrok shaxsning shu jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Agar shu portretning o‘zini ko‘rsatib, bu jinoyatchi, uning qiyofasini tasvirlang, deyilsa, idrok etuvchi undan jinoyatchilarga xos alomatlarni qidirishga tushadi.
Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha, ona tili darslarida topshiriq shartiga ko‘ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o‘quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o‘quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo‘naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o‘rganilayotgan til hodisalari (so‘z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko‘chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o‘qib idrok etish, ham badiiy mahorat sirlarini o‘rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog‘liq bo‘ladi. Agar matnni ifodali o‘qing, degan topshiriq berilgan bo‘lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo‘lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o‘qib, darsda o‘tilayotgan biror til hodisasini aniqlash so‘ralgan bo‘lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko‘chadi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.
M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo‘lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o‘z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgilarini hisobga olmaydi.
Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o‘ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi [2]. Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.
Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so‘ng qo‘shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko‘chirilishi ular ustida olib boriladigan ko‘pi bilan 5–7 daqiqaga mo‘ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo‘ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo‘lganlik kabi xislatlarda namoyon bo‘ladi. Bular so‘z va so‘z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.
5-sinf “Ona tili” [3] darsligidagi quyidagi mashqni ko‘rib chiqaylik.
182-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning tarkibidagi kirish so‘zlarni topib, qanday mano anglatayotganini ayting.
Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo‘lsa! Axir, ular tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya! (X. To‘xtaboyev)
O‘quvchilarning e’tiborini -ku va axir yuklamalariga, imlosi hamda ular orasiga qo‘yilgan tinish belgisiga qaratish maqsadida ularga “. mumkin-ku, axir” so‘zlari bilan tugaydigan ta’sirchan gaplar tuzish vazifasi beriladi. Matndagi nahotki, axir, -ku, kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining badiiy matndagi o‘rniga alohida ahamiyat qaratiladi.
Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o‘rgatish, o‘z o‘rnida bilib qo‘llashni ko‘rsatib borishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o‘xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi. 8-sinf “Ona tili” darsligining 16-dars, 1-topshirig‘ida O‘.Hoshimovning asaridan parcha keltirilgan. Ushbu matnda nechta gap borligini aniqlash topshiriq sifatida berilgan.
Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.
Ushbu mashqda ham badiiy matndan olingan parchaning bir jihatiga, yani til hodisasini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini matnda qo‘llangan kuzning og‘ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelishi gapiga, yelpig‘ichday qat-qat bulutlar, tansiq nurlar, yaproqlarning mungli shivir-shiviri kabi so‘z birikmalariga qaratishi ularda badiiy idrok jarayonining ishga tushishini taminlab beradi. Ular matnda qo‘llangan emotsional-ekspressiv vositalar hamda badiiy tasvir vositalarini ham aniqlab, izohlab, badiiy matnning sehrini his etishadi. Bu esa ularda estetik zavqni paydo qiladi.
Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.
Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o‘qish, til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o‘quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o‘qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko‘chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo‘ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro‘yobga chiqadi.
Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].
7-sinf “Adabiyot” darslik-majmuasida izoh berilganidek, “Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik kechinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi” [5]. “Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli” [5].
Ma’lum bo‘ladiki, badiiy idrok etish inson ruhiyatining aqliy, axloqiy, estetik, ijodiy kabi keng doiradagi sohalarini qamrab olar ekan. Estetik soha esa badiiy didni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida badiiy matn ustidagi ishlarga oz vaqt ajratilsa-da, ular nihoyatda ixcham, lekin keng qamrovli tashkil etilmog‘i lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida badiiy idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni birinchi planga olib chiqish uchun badiiy matn asosidagi mashq shartiga qo‘shimcha topshiriq kiritish yo‘li bilan til xususiyati ustidagi ishlarni figuraga aylantirish zarur. Bu ishlar ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, uning estetik madaniyatini rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Тихомиров О.К. Психология: Учебник / Под ред. О.В.Гордеевой. – М.: Высшее образование, 2006. – 538 с.
2. Хайруллаев М ., Ҳақбердиев М . Мантиқ . – Т .: Ўқитувчи , 1993. – Б. 106-107 .
3. Ona tili : Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/ N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.— T.: Tasvir, 2013. 32-b.
4 . Молдавская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – М.: Педагогика, 1976. – С. 28 .
5 . Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua / Q.Yo‘ldoshev, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Qayta ishlangan 3-nashri. – T . : Sharq, 2013. 3- b.
Ona tili va adabiyot test 5 sinf
–>Bosh Menyu –>
–>
Adabiyot [13] |
Biologiya [21] |
Fizika [5] |
Geografiya [6] |
Dunyo Din Tarixi [3] |
Informatika [2] |
Ingliz tili [2] |
Ona-tili [14] |
Tarix [22] |
Matematika [3] |
Kimyo [2] |
Rus-tili [0] |
PDD [1] |
–>
Adabiyotdan Test savollari 5
Yukladi: routerboy Fan: Adabiyot
Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!
Qaytish Yuklandi: 5826
- Adabiyotdan Test savollari 2
- Adabiyotdan Test savollari
- 7-sinf adabiyotidan Test savollari
- Umumiy ekologiyadan test savollari
- Informatika fanidan test savollari
- MATEMATIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 1-VARIANT
- MATEMATIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 2-VARIANT
- O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan test savollari
- 7-sinf adabiyotidan Test savollari
- Adabiyotdan Test 9-sinf uchun
- Ona tili va adabiyotdan test savollar
- Botanika fanidan test savollari
- Biologiya-2005 yil test savollari (Вариант 101-133)
- 9-sinf uchun test savollari (FIZIKA)
- 10-sinf uchun test savollari FIZIKA
- Fizikadan Test savollari
- Adabiyotdan Test
- Alisher Navoiy bo’yicha test savollari
- Geografiya fanidan test savollari 1
- Geografiya fanidan test savollari
Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.
10-sinf ona tili va adabiyot 1-yarim yillik
1. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi?
A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq
2. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi?
A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq
3. Adabiy til nima?
A) Milliy tilning ko’rinishi. B) Kishilarning nutqidagi hududiy tildir.
C) O’zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo’ladi.
D) Rivojlangan, boyigan, takomillashgan va me’yorlashgan oily shakli.
4. Milliy til nima?
A) Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til.
B) Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga oladi.
C) Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
5. Grammatika nimani o’rgatadi?
A) Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlari. B) To’g’ri gapirish va yozish.
C) Nutq uslublarini o’rganadi. D) Gaplarning bog’lanishini o’rganadi.
6. Uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
A) Nutq uslublarini o’rganadi. B) Til munosabatlarini o’rganadi.
C) Nutq munosabatlarini o’rganadi D) Til va so’zlarning me’yorlarini o’rganadi.
7. O’qituvchi dars mashg’ulotida qanday uslubdan foydalanadi?
A) So’zlashuv. B) Ilmiy. C) Badiiy D) Rasmiy
8. Qaysi uslub bir jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi?
A) Ilmiy uslub B) Publitsistik uslub C) So’zlashuv uslub D) Badiiy uslub
9. Murshid so’zining ma’nosi nima?
A) Saboq beruvchi pir, shayx, ustoz B) Dushman, g’anim
C) Islo dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom.
D) So’fiylik yo’liga kirgan shaxs
10. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub?
A) Publitsistik B) Badiiy C) Ilmiy D) Barcha javoblar
11. Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A) Ovqat B) Taom C) Ne’mat D) Xo’rak
12. Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi?
A) So’zlashuv B) Badiiy C) Publitsistik D) Rasmiy
13. Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping.
Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi.
A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B
14. Menejment so’zining ma’nosi nima?
A) Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish.
B) Korxona va kompaniya egasi bo’lmagan boshqaruvchi.
C) Mahsulot ishlab chiqarish va sotish D) Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli
15. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang.
A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
B) Yuz, bet – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
D) Yuz, bet – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan
16. Tig’i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosida ohim o’tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. (A.Navoiy)
Shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang.
A) tugamagan, o’smagan, tuzalmagan B) tuzalmagan, tugamagan, o’smagan
C) tugamagan, tuzalmagan, o’smagan D) o’smagan, tugamagan, tuzalmagan
17. A.Navoiyning shohbaytlaridan qaysi biri to’g’ri berilgan?
A) Quyoshlig’ istasang, kasbi kamol et, Kamol kosib etarsen, bemalol et.
B) Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranch ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila
C) Har kishikim, birovga qozg’ay chog’, Tushgay ul chog’ aro o’zi nogoh.
D) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir.
18. Adip so’zining manosi …
A) Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi B) Tortmoq, olmoq C) Mol-mulk
D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz
19. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi?
A) So’zlashuv va publitsistik B) So’zlashuv va rasmiy
C) So’zlashuv va badiiy D) So’zlashuv va ilmiy
20. Kolorit so’zining ma’nosi nima?
A) Rasm, ranglarning uyg’unligi B) O’tmish, hayotning o’tgan qismi
C) Biror narsaning o’ziga xos tomoni, xususiyatlari D) A va C
21. Kim haqida: “………………… naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas…” qaysi mutafakkir shoir o’z fikrlarini bayon etgan?
22. Qaysi shoir aruz ilmiga bag’ishlab qaysi asarni yaratdi?
23. Qaysi mutafakkir shoir tilshunoslikka bag’ishlab yozilgan asarini belgilang.
24. Qaysi shoir 1530 yilda Agrada vafot etadi va o’zining vasiyatiga ko’ra uning xoki qaysi shaharga olib kelinadi?
25. Qaysi shoir haqida: “U turli go’zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi”, deb qaysi shaxs tomonidan fikr bildirilgan?
Qiziqarli malumotlar
Ona tili va adabiyot test 5 sinf