Tarbiya fani darslik 7 sinf pdf
- Tabassum qilmoq, shirin so’zlamoq, hushnuomala bo’lmoq
- Mehnat qilmoq, sabr qilmoq, sukut saqlamoq
- Saxiy bo’lmoq, hushmuomala bo’lmoq, harakat qilmoq
- Shirin so’zlamoq, sabr qilmoq, saxiy bo’lmoq
- Ko’p kitob o’qiydigan inson
- Axloqi va muomalasi go’zal inson
- Mehnatsevar va tirishqoq inson
- Quvnoq va g’amxo’r inson
Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari
Ta’limda moddiy ba’za, standart, o`quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o`zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarni olib boruvchi o`qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga, pedagogik mahoratiga bog`lanib qolaveradi, o`quv-biluv markazida esa o`quvchi turmog`ini taqozo etadi.
Har qanday ta’lim o`quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog`i kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog`i talab etiladi.
Endi ta’limni individuallashtirish nima? Degan savolga javob beraylik:
– ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o`qitish usuliki, bunda har bir o`quvchi o`quv jarayonida faol ishtirok etib, o`quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo`shishi hisobga olinadi;
– ta’lim jarayonini tashkil eishda o`qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, o`quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;
– o`quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda o`quvchi shaxsi o`quv-biluv markazida bo`ladi.
• Individual yondashuv nima?
1. Guruhlarda ishlaganda, o`quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etganda har bir o`quvchi bilan yakkama-yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo o`qituvchi diqqat markazida turmog`i, hisobga olinmog`i kerak.
2. O`quvchi bilan muloqot olib borganda ham, uning o`ziga xosliklari diqqat e’tiborda tutilishi kerak.
3. Ta’lim jarayonida ham, uning qobiliyati, imkoniyatlari nazarda tutilishi kerak.
4. Pedagogik psixologik jarayonlarni olib borishda o`quvchining shaxsiy rivojlanish darajasini ko`zda tutish zarur.
Individuallashgan ta’lim prinsiplari:
– Individuallashtirish – O`quv jarayonining bosh strategiyasidir.
– O`quv jarayonini individuallashtirish orqali shaxsni rivojlantirish ta’minlanadi.
– Har bir o`quv predmetini o`qitshni individuallashtirish orqali amalga oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi.
O`qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi.
– Individuallashgan ta’lim o`quv jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlaydi.
– Individuallashgan ta’limda ko`nikma, malaka, bilim olish o`quvchining qiziqishi asosida kechadi.
– Mustaqil ishlay olish o`quvchining umumo`quv ko`nikmasini rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o`quvchining o`quv mazmunini o`zlashtirishga yo`naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`lik.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o`quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin.
• O`quvchi o`qitilmaydi, uni mustaqil o`qish, o`rganish ishlashga o`rgatiladi.
• Bunda o`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o`zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o`rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o`z pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi.
• O`quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. O`quvchini darsliklar bilan ishlash, o`qish, o`rganish, konspekt yozish, qo`shimcha adabiyot, spravochniklardan foydalanib mustaqil o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashga o`rgatiladi.
• Sinfdagi barcha o`quvchilarning o`z qobiliyatlari darajasida albatta o`zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o`quvchining o`zlashtirganligi olgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko`nikma va malaka
lari bilan belgilanadi.
• Barcha o`qituvchi-o`quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o`rganib, uni o`z o`quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o`quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar.
• Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda:
1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari shakllanadi.
2. O`quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo`llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.
3. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o`zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
4. O`quvchi erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.
5. Eng muhimi o`quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o`quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O`quv-biluv jarayonida o`quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o`quvchini o`quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko`taradi.
- O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;
- O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;
- O`qitsh usullari ta’lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh,, katta guruhlar).
- O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.
• O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi.
• O`quv jarayonida – o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
• O`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.
• Har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
• Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.Albatta, interfaol darslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud.
1. O`quv-biluv jarayoni ko`plab vaqt sarflashni talab qiladi.
2. Interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni kerakligicha nazorat etib borishning imkoniyati bo`lavermaydi.
3. Juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli past bo`lishi hollari kuzatiladi.
4. Guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o`quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
– O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;
– O`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
– O`quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
– O`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga;
– O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;
– Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;
– Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir.
Keyingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.
Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.
U o`qitshning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o`ziga xos an’analarga ega:
• Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkil etadi.
• Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.
• Asosan mashg`ulot turi yagona dars hisoblanadi.
• Dars ma’lum o`quv predmeti, temaga bir xil material ustida ishlaydi.
• O`quvchilar faoliyatini o`qituvchi boshqaradi, har bir o`quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o`quvchini sinfdan-sinfga ko`chirishni ham u hal qiladi.
• Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo`llaniladi.
An’anaviy dars sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega.
Yangi mavzuni —> Mustaxkamlash — Nazorat — Baholash – O`rganish
An’anaviy darsning konseptual holati
• O`quvchi tabiatiga mosligi
• Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi, amalda qo`llay bilish.
An’anaviy darsning kamchiliklari:
– Darsning bir qolipdaligi, bir xilligi;
– Boshlang`ich ma’lumot berilib, uni o`zlashtirish jarayoni uyiga reja, vazifa orqali amalga oshadi;
– O`quvchilar passiv eshituvchi va mustaqilligi yo`q.
– O`quvchilar bir-biri bilan fikr almashadilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi;
– Qayta aloqalar yo`lga qo`yilmaydi;
– Har bir faoliyat o`rtacha o`quvchiga yondashuv asosida kechadi;
– Ta’lim mazmuni asosan o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4.Tarix fani o`qituvchisining innovatsion faoliyati.
Hozirgi kunda tarix fanlarini o`qitishning muhim muammolaridan biri bu – maqsadli ta’lim-tarbiyani yo`lga qo`yishdir. Ushbu dolzarb masala xususida Prezidentimiz I.A.Karimovning “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra ta’lim jarayonida ilg`or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida ilgari surilgan vazifalar bugungi kunda ta’limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Tarix fanlarini o`qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni maqsad qilib olinadi. Tarix fanini o`qitishda quyidagi innovatsion faoliyatga e’tibor berish tavsiya qilinadi:
Mashg`ulot vositalari
Pedagog uchun;
O`quv-metodik qo`llanma, metodik tavsiya, metodik ishlanma, o`quv dasturi, dars rejasi, ma’ruza matni.
Talaba uchun;
Darslik, o`quv qo`llanma, jadvallar, tarqatma materiallar, yo`l-yo`riqli texnologik xaritalar, tipik xatolar xaritasi, topshiriq varaqasi, interfaol usullar.
Mashg`ulot o`tkazish uchun;
Plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual, texnik va real vositalar bo`lishi mumkin.
O`quv maqsadlari
Fanning o`quv maqsadlari tarmoq standartining har bir ixtisoslik bo`yicha kasbiy tavsifnomada keltirilgan kasb faoliyat turlari, maxsus talablar, ko`nikma va bilimlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim, ya’ni tarmoq standarti bilan standartlashtirilgan o`quv dasturlari to`la mos kelishi kerak. O`qitishda o`quv maqsadlarini qo`yish uslubi o`ziga xos xususiyatga ega. Bu talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko`rinadigan natijalar orqali belgilanadi. O`quv maqsadlarini aniqlash, o`qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo`llanishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin.
Maqsadlarning qo`yilishi.
Umumiy maqsadlar – DTS, o`quv dasturidan o`tiladigan mavzu yuzasidan talabalarda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish muhimligi aniqlashtirilib, shu asosida mashg`ulot maqsadlari belgilab olinadi.
1-ta’limiy mashg`ulot jarayonida talabalarda dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati, bilimlarni amaliyotda qo`llash, ma’lum ko`nikma va malakalarni shakllantirish;
2-tarbiyaviy mashg`ulot jarayonida talabalarda mustaqillik, o`zaro munosabat, axloqiy yo`nalishlarni, mustaqil faollikka asos bo`luvchi motivlarni shakllantirish;
3-rivojlantiruvchi mashg`ulot jarayonida talabalarda diqqat, nutq, taqqoslash, refleksiya, aniq yechimlarni izlab topish ko`nikmalarini, mashg`ulotga nisbatan qiziqishni rivojlantirish bilan belgilanadi.
O`quv maqsadlarini aniqlashtirishning ahamiyati
O`quv maqsadlarini, ularni alohida qismlarga ajratib aniqlashtirish jahon pedagogikasida keng ommalashgan. Bunday yondashuvga asosan o`quv maqsadlariga erishilganlikni yaqqol aniqlash mumkin. Bunda o`quv maqsadlari tizimi yaratilib, o`zaro bog`liqlik ketma-ketligida joylashtiriladi, ya’ni ularning taksonomiyasi tuziladi. O`quv maqsadlarining bu tizimi xalqaro miqyosda mashhur bo`lib, Blum taksonomiyasi deb nomlanadi.
“Taksonomiya” tushunchasi grekcha – tartib bilan joylashtirish bo`lib, biologiya fanidan olingan. U obyektlarni, ularning o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda joylashtirib turkumlash va tizimlashtirishdir. Blum taksonomiyasini qo`llash, o`qitish maqsadlarini umumlashgan holda bayon qilish imkoniyatini beradi. Undan foydalanilganda pedagog maqsadlarni ajratadi va aniqlashtiradi hamda tartibga soladi. Bu taksonomiya yordamida pedagog nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat’iy kema-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi.
O`quv maqsadlari sohalari
Kognitiv -bilishga oid soha. O`rganilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berish, o`zlashtirilgan bilimlarni mustaqil to`la anglash, ularni oldin o`rganilgan uslub, usullar bilan uyg`unlashtirilib tasavvur etishgacha bo`lgan muammolarni hal etilishini o`z ichiga oladi.
Affektiv-hissiyotga oid soha. Oddiy idrok qilish, qiziqish, qadriyat yo`nalish va munosabatlarini o`zlashtirishga tayyor bo`lish, talabalarni atrof-muhitga nisbatan hissiy-shaxsiy munosabatda bo`lishini shakllantiruvchi maqsadlar kiradi.
Psixomotor-harakatga oid soha. U yoki bu harakat faoliyatida, harakat yo`nalishlarini tez o`zgartirish, asab-muskullarni muvoffiqlashtirib boshqarishni shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Talaba maqsadlari
Kognitiv o`quv maqsadlari sohasida – talabalar nazariy bilimlarni oladi.
Psixomotor o`quv maqsadlari sohasida – olgan nazariy bilimlarini turli mashqlarni bajarish orqali mustahkamlaydi.
Affektiv o`quv maqsadlari sohasida – ularda kelajakka umidvorlik hissi uyg`onadi.
O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1.Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muommolari nimalardan iborat?
2.O`quv jarayonida yangilangan dastur va standartlarga javob beradigan zamonaviy darslarni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad nima?
3.Interfaol darslarni tashkil etishda o`qituvchining vazifasi nimalardan iborat?
4.Bugungi kunda pedagogik faoliyatda yuzaga keluvchi: Nega o`qitamiz? Nimani o`qitamiz? Qanday o`qitamiz? kabi savollarga to`liq ravishda qanday javob berish mumkin?
5.Pedagogik texnologiya asosida o`tilgan darslarni ana’naviy darslardan ustunlik jihatlariga to`xtaling?
6.Ta’limni individuallashtirishda qanday jihatlarga ahamiyat qaratiladi?
2-Mavzu: Tarix darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish texnologiyasi
- Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar.
- Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning aspektlari.
- Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari.
- Zamonaviy darslarni tashkil etish shakllari.
- Tarix darslarini tashkil etishda innovatsion yondashuv.
- Darsning texnologik xaritasi.
- Prezentatsiya darslarini tashkil etishga qo`yiladigan talablar.
Tayanch tushunchalar:
Innovatsiya, texnologiya, pedagogik texnologiya, aspekt, zamonaviy dars, an’anaviy dars, innovatsion yondashuv, asos, pedagogik texnologiyaning falsafiy, ijtimoiy va iqtisodiy asosi, ko`rgazmalilik, texnologik xarita, prezentasiya, slayd, test, tarqatma materiallar, aqliy hujum.
Mavzuni va alohida savollarini o`rganish uchun foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent.: Ma’naviyat, 2008. – B. 173.
2.Karimov I.A. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Malakali pedagog kadrlar hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida. // Xalq so`zi, 2012. 29 may, № 10.
3.Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo`llari. – T., Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.
4.Lafasov M. Jahon tarixi. (1918-2008). –T.: Turon-iqbol, 2011.
5.Ochilov M. «Yangi pedagogik texnologiyalar» /Qo`llanma. -Qarshi: Nasaf, 2000.
6.Fuzailova G.S, Rahmatullayeva O.R Tarix fanini kasbiy sohalarga yo`naltirib o`qitish metodikasi. Uslubiy qo`llanma. – T., TDPU, 2012. – 140 b.
7.Fuzailova G.S, Rahmatullayeva O.R Tarix fanidan o`quv qo`llanma. -T.:TDPU, 2012. – 200 b.
8.Usmonov Q., Sodiqov M. O`zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun darslik. -T.: Sharq, 2002, 2003, 2011.
9.Usmonov Q. O`zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri. Akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun. -T.: O`qituvchi, 2003.
10.Xodiyev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-studi – iqtisodiy oliy o`quv yurtidagi zamonaviy ta’lim texnologiyasi: Ilmiy-uslubiy qo`llanma /“Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” turkumi. – T.: TDIU, 2009.
Qo`shimcha adabiyotlar
1. Akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy filiologiya yo`nalishidagi tarmoq ta’lim standarti va chuqurlashtirilgan fanlar o`quv dasturlari. – T.: 2005.
1. Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuch-qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri – bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi.
Ammo ilg`or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motiva t siyasiga bog ` lik jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akademik A.N. Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti – tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir .
Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida juda ko`p olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, S.L.Ko`zmina o`z tadqiqotlarida pedagogik faoliyatning geneseologik (bilish), loyihalash, tashkilotchilik, kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib o`tgan.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish – pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi.
Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va g`arbiy Yevropa mamlakatlarida «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo`ldi. Usha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo`lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to`g`risida ma’lumot beruvchi manbalar taxlili shuni ko`rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida bolaga do`stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o`tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat bu — ijodiy jarayon va pedagogik innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo`nalish tarkib topdi. Bu esa o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi.
O`qituv chi innovatsion faoliyatining umumiy va aloxida jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, S.L.Ko`zmina, V.A.Slastenin, L.M.Fridman kabi olimlar o`zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar. Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida pedagog olimlardan N.Azizxo`jayeva, B.Farberman, U.Nishonaliyev, N.Sayidaxmedov, M.Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib bormokdalar.
I .Shumpater va N.Kondratevlar «Innovatsiya» tushunchasining ilk va ulkan nazariyachilari hisoblansalar, K.Angelovskiy, V.A Slastenin va V.I.Slobadchikovlar o`z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar hamda bu borada muayyan natijalarga erishgan olimlar, deb tan olinadilar. Jumladan, V.I.Slobadchikov shunday yozadi: «Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot sohasidagi faoliyatga o`xshatib bo`lmaydi, chunki bunday o`xshatish «Innovatsion faoliyat» termini ma’nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki har qanday ilmiy-texnikaviy faoliyat o`z tabiatiga ko`ra innovatsion hisoblanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko`rib chiqish zarur. Bu amaliyotni konkret subyekt nuktayi nazaridan va amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy o`zgarishlarga olib keladigan har qanday faoliyatni innovatsion deb hisoblash mumkin».
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, 80-yillarda pedagogik faoliyatni avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur g`oyalariga muvofiq amalga oshirish va dasturlashtirilgan mustaqil malaka oshirishni tashkil etish tashabbusi ko`tarildi. Natijada, o`qituvchilarning masofadan malaka oshirish tizimini yaratish kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi.
« Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: – «Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o`qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi»
Innovatsion faoliyat – pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o`tiladigan uzilishlardir. Yana muhimroq sabab esa ta’limiy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an’analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak.
Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izohlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas.
Innovatsiya – amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Bu g`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas.
Qiziqarli malumotlar
Tarbiya fani darslik 7 sinf pdf