Agentlik huzurida tashkil etilgan ilmiy-metodik kengashning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Sorekara From Sorekara Shigeru Umebayashi
7 sinf uchun darslik
Bog Cha Bolalar Uchun Qo Shiqlar
Megalovania But It S A Iphone Ringtone
Colby Bio Sam Sve
Teri Chunariya Dil Le Gayi Hello Brother Salman Khan Rani Mukherjee
Carrion El Meddah Full Album
Узбек Клип Равшан Комилов Тугилган Кун
Jack Kays Morbid Mind
Чайковский Зимние Грезы
Один Дома Переозвучка Смешная Озвучка
Ака Ука Эшчановлар
Rushet Happy People Party Ced Rec Remix
Бір Досың Керек Екен Оказывается Нужен Друг Bir Dosing Kerek Eken Қытай Қазақтары
Dr Dre Big Ego S Ft 2Pac Eazy E Ice Cube Snoop Dogg Eminem The Game Keefer Remix
Паровозик Тыр Тыр Тыр Bass Boost
Duo Semangka Goyang Di Kamar
Байтхо Дар Бораи Китоб
21 Параграф Пятый Класс Путешествие По Евразии
Shuhrat Daryo Assalom O Zbekiston
Песня Бабушке З Качаевой Минус
Mix Top 10 Makedonski Narodni Pesni
Jump That Rock Whatever You Want Extended Mix
Qristos Haryav I Mereloc Քրիստոս Հարյավ Ի Մեռելոց
Емілдің Ерке Қыздары Ай ەمىلدىڭ ەركە قىزدارى اي Emil Қытай Қазақтары
He S A Pirate Disney S Pirates Of The Caribbean Theme Violin Cover
Звук Бмв Уезжает
Sorekara From Sorekara Shigeru Umebayashi
Agentlik huzurida tashkil etilgan ilmiy-metodik kengashning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Prezident ta’lim muassasalari agentlihi huzurida tashkil etilgan ilmiy-metodik kengashning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Agentlikka “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, davlat rahbari va hukumat qarorlarida berilgan vakolatlarni va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ilmiy va metodik ko‘mak berish maqsadida tuzilgan mazkur kengashga respublikamizning turli ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda ta’limning boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar jalb etilgan. Kengash Agentlik tasarrufidagi maktablar uchun Davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, shu bilan birga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan integratsiyalashgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratishni ko’zda tutadi.
Yig‘ilish avvalida Agentlik direktori Hilola Umarova Ilmiy-metodik kengash a’zolarini tizimida olib borilayotgan ishlar, maqsad va vazifalar bilan tanishtirib, kengash ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Kengash yig‘ilishida Agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun yaratilgan uch darslik taqdimoti bo‘lib o‘tdi:
– “Matnshunoslik alifbosi” (7-sinf uchun, muallif – Rahimboy Jumaniyozov). Darslik ijod maktabi o‘quvchilarini boy madaniy merosimiz bitilgan arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvi bilan tanishtirish, ushbu alifboda yozilgan matnlarni o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
– “Maxsus adabiyot” (7-sinf uchun, mualliflar – Shuhrat Sirojiddinov, Bahodir Karimov, Shuhrat Rizayev va boshqalar). Darslikning maqsadi ijod maktabi o‘quvchilarini Xalq ta’limi tizimi adabiyot dasturiga kiritilmagan badiiy adabiyot namunalari bilan kengroq tanishtirish, asarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
– “Adabiyot” (11-sinf uchun, mualliflar – Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov, Jamoliddin Nurmuhammadov). Darslik ijod maktabi o‘quvchilarini XX asr va zamonaviy o‘zbek va jahon adabiyotining rivojlanish tendensiyasilari bilan tanishtiradi, bu davr adabiyotining eng sara namunalarini g‘oyalar va badiiy yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda annotatsiyalar, taqrizlar, kichik hikoyalar yozish orqali ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamada kengash a’zolari darsliklarni metodik jihatdan yanada takomillashtirish yuzasidan mualliflarga takliflarini berishdi va tajriba-sinovga tavsiya qilishdi. Hozirda darsliklarni yangi o‘quv yilida o‘qituvchilar va o‘quvchilar qo‘liga yetkazish ustida ishlanmoqda.
Qiziqarli malumotlar
Agentlik huzurida tashkil etilgan ilmiy-metodik kengashning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi