Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
7 sinf ona tili adabiyot ish reja
So’x tumani 3-sektori hududida xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilga rejalar inforafikada
So`x tumanhokimligi rasmiy veb sayti
ESLATMA!
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda ushbu mazkur sayt manbaa sifatida ko’rsatilishi shart
- Tuman hokimining nutqlari
- Vazifalar va funksiyalar
- Manzil
- Tashkiliy tuzilma
- Hokimlik
- Ochiq ma’lumotlar
- Bo’sh ish o’rinlari
- E’lonlar
- Sayt haritasi
Manzil:
O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, So’x tuman Amir Temur ko`chasi 5 uy.
Ish vaqti:9:00-18:00 Tushlik:13:00-14:00
Dam olish kuni:shanba yakshanba
Tel: 0 (373) 462-55-90
Faks: 8 (373) 462-55-90
Yangilanish
So’nggi marta saytdagi ma’lumotlar 01.03.2023
kuni yangilangan
Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi
Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov maktablar negizida prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «Hayot maktabi» loyihasi haqida gapirib, ayrim tashabbuslarni ilgari surdi. Bu bo‘yicha «Sirdaryo sadosi» Telegram kanalida video e’lon qilindi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi qizlarni haftada bir kun hayotga o‘rgatish kuni bo‘ladi.
«Bir kun 5 soat non pishirish o‘rgatiladi, qanday qilib un, qanday qilib suv qo‘shiladi, qancha sut qo‘shiladi, qanday qilib tandirga yopiladi. Oxirida shu sinfda o‘qigan 10 ta qiz, o‘zlari pishirgan nonlardan bitta-bitta uyiga olib ketadi. Bir kun osh pishirish o‘rgatiladi, bir kun qatlama, bir kun manti pishirishadi. Pazandachilik o‘rgatiladi», — deydi hokim.
Botirjon Mirzaqulov, shuningdek, ayrim xotin-qizlar tandirda non yopmayotgani haqida aytib o‘tdi.
«O‘sha joyda men to‘rtta ayoldan so‘radim, oxirgi marta qachon non yopdingiz desam, to‘rtta ayol ham 5−10 yil avval non yopgan ekan. „Uje“ non yopmaydigan bo‘lib ketibdi. „Uje“ non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib boryapti. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi bu yil, hamma non sotib olishga o‘tdi».
Hokim «Hayot maktabi» loyihasi nega muhim ekanini tushuntirdi. Ta’kidlanishicha, bu loyiha doirasida yoshlar kasb-hunarga o‘rgatiladi.
«Men buni bitta non pishirish misolida aytyapman. Bu yil qishda nimadan qiynaldik? Oldin bitta «otopleniya»ning tagida ozgina gaz yonsa, butun maktab isirdi. Fizika qonunlari asosida ishlardi. Mutaxassislar sistemani shunday qilardi. Hozir gurillab ko‘mir yonadimi, gaz yonadimi — «otopleniya» isimaydi. «Svet» o‘chib qolsa, «kotyol» portlab ketadi… Mutaxassis yo‘q — na montyor bor, na «slesar» [chilangar] bor, «svarik» [payvandchi] bor, na non pishiradigan qolyapti, na tikuvchi qolyapti. Hamma fizik, hamma kompyuterchi, hamma chet tilchi, hamma tayyor zavod-fabrikaga ishga kiryapti-da, mutaxassisni yo‘qotib qo‘yyapmiz. Ertaga borib, keyingi avlod hech narsaga yaramay qoladi. Shuning uchun «Hayot maktablari» tashkil qilindi… Fizika, kimyo, biologiyani 10-sinfni tugatib ham, o‘rganmasligi mumkin. Bolalarga tushuntiringlar, shu yilda shunaqa bo‘ladi deb. Bu — ertangi kunimiz uchun qilinayotgan ishlar. Agar shular qilinsa, hammaning qo‘lida hunar bo‘lsa, muhtoj bo‘lmaydi», — deydi u.
- # botirjon mirzaqulov
- # kasb-hunarga o‘qitish
- # sirdaryo tumani
HUNAR O‘RGANAYOTGAN YOSHLAR
Talabaning yashash va o‘qish sharoiti bilan bog‘liq muammo ta’lim va tarbiyaning sifatiga bevosita daxldordir. Shunday ekan, ularning yashash sharoitiga e’tibor doimo nazoratda bo‘lishi zarur. NavDPI 3-sonli TTJda yashovchi “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalarining yashash sharoitlari hamda darslardan tashqari vaqtda bandligi doimiy tarzda o‘rganilib borilmoqda. O‘rganish davomida talabalar yashashi va dars qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida, yoshlar bilan suhbat qilib, ularning taklif va muammolari o‘rganildi. Talabalarning aksariyati kitob o‘qish va dars qilish bilan band bo‘lsa, tikuvchilikka qiziqadigan qizlar tikish bilan, pazandalikka qiziqadiganlar, turli pishiriqlar tayyorlash bilan va gul yasashga qiziqadigan talabalar esa turli vositalardan gullar yasash bilan shug‘ullanmoqda. “Pedagogika sohasida o‘qish bilan bir qatorda boshqa hunarlarni ham o‘rganishni maqsad qilgan yoshlarimizni ko‘pligi quvonarli, albatta. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kasb-hunar o‘rganib qo‘shimcha daromad topishi uchun TTJda shart-sharoitlar yaratib berilganligi uchun institutimiz ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiraman…”-dedi fakultet 3-bosqich talabasi F.Egamova.
Navoiy shahri, Ibn Sino 45
+998 79 225-19-27
+998 79 225-19-23
info@nspi.uz
Navoiy davlat pedagogika instituti © 2020
Navoiy sh., Ibn SIno ko`chasi 45, tel. +998 (79) 225-19-30 faks +998 (79) 225-19-30
Sayt materiallaridan foydalanilganda resursga faol giperhavola bo`lishi shart.
Rektor va prorektorlarga
[contact-form-7 404 “Not Found”]
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG’I
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.
Qiziqarli malumotlar
Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi