7 sinf algebra darslik 2023 pdf скачать
8
So‘z yasovchi
qo‘shimchalar
Lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchalar
Sintaktik shakl
yasovchi qo‘shimchalar
?
QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI
BO‘YICHA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?
2. So‘z yasovchi qo‘shimchalarga misollar keltiring.
3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?
4. Olindi, erkin so‘zlari tarkibida kelgan qo‘shimchalarning nimasi
bilan bir-biridan farqlanishini ayting.
14-mashq.
Qavs ichida berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, gap-
larni ko‘chiring va ularni izohlang. O‘zingiz yashayotgan viloyatning go‘-
zalliklari haqida gapirib bering.
Bu olam (-ga,-da,-ni) men kezma (-kan, -di, -gan) yurt
kam qoldi, – deb davom etdi Bobur o‘y (-li, -chan, -siz)
ohangda. –Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadi (-ng, -m,
-si)! Lekin hech yerda undek latofatlig‘ bir viloyat (-ning,
-ni, -i) ko‘rmadim. (X. Sultonov)
♦
♦
♦
♦
♦
15-mashq.
Quyidagi qo‘shimchalarni jadvalga joylashtiring va ularni
so‘zlarga qo‘shib, gap ichida keltiring.
-ta, -tadan, -tacha, -nchi, -ov, -ovlon, -ala, -ni, -ning, -la,
-i, -y, -ar, -im, -ga, -ka, -qa, -dan, -nch, -inch
16-mashq.
Tagiga chizilgan qo‘shimchalarning turini aniqlang va
gaplarni ko‘chiring, ilm haqida aytilgan maqollarni toping.
Ilm-hunardan bahramand bo‘lgan kishi barkamol in-
sondir. O‘qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan johil,
nodon, savodsiz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu
yorug‘ dunyoning go‘zalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-
hunar peshvolarining borligi, adabiyot va san’atga rag‘bat
tufaylidir. «Olim bo‘lsang, olam seniki», – deydi xalqimiz.
(G‘. Salomov)
7 sinf algebra darslik 2023 pdf скачать
15 Aprel 2019 . Скачать этот файл (11-Sinf Matematika imtihon javoblari.pdf) 11-Sinf . Скачать этот файл (8-sinf Biologiya javoblari 2019.pdf) 8-sinf .
8-sinf Algebra 11-mavzu “Sonli tengsizliklar” – Обучение – Mover.uz
Kanalimizda Algebra darsligining har bir mavzusiga doir videodarslar joylab boramiz. Youtube da: «Isroil Tillaboev». Telegramda @Videodarslarim nomli .
Xamma kitoblarning javobi | Maktab misol masalalar yechimi | To .
Maktab kitoblarini javoblari, misollar yechimi, xamma javoblar, misolni yechilishi, misol va masalalar, 6 sinf, 7 sinf, 8 sinf, 9 sinf, 10 sinf, yechimning tushuntirilishi, video darslik, maktab . Matematika 10 Algebra va analiz asoslari. Geometriya I- .
Приложения в Google Play – Algebra 8-sinf
SH. A. ALIMOV, O. R. XOLMUHAMEDOV, M. A. MIRZAAHMEDOV UMUMIY O’ RTA TA’LIM MAKTABLARINING 8- SINFI UCHUN DARSLIK 3- nashri. O’ zbekiston .
8-sinf. Ona tili.
Удобная и безопасная среда общения школьников, учителей и родителей. Домашние задания, расписание, оценки – всё в одном месте.
Приложения в Google Play – Geometriya 8-sinf
25 ноя 2018 . A.A. Rahimqoriyev, M.A. To’xtaxo’jayeva 3 – nashri 2014 yil. Toshkent Rahimqoriyev A. A.. Geometriya : umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8- .
8-sinf Algebra 08.04.2020 (Online maktab)
8 апр 2020 . ENG YAXSHI HURMAT LIKE VA OBUNA ▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭ ▭▭ХОРОШАЯ БЛАГОДАРНОСТЬ LIKE И ПОДПИСКА.
Algebra, geometriya 8-sinflar
8-Konspekt Algebra 1-чорак, Просмотров: 1445. 8-sinf matematika bilimlar bellashuvi test va yozma ish variantlari javoblari bilan, Просмотров: 7336.
Barcha fanlardan va barcha sinflar uchun yangilangan imtihon .
2017 – 2018 o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5, 6, 7, 8, 9 va 10 . Imtixon javoblari barcha sinf uchun . 7-sinf fizika imtihon javoblari kere iltimos.
BEPUL IMTIHON JAVOBLARI 2018-2019 » BELLASHUV.UZ
21 Aprel 2019 . Barcha fanlardan imtihon javoblari 2018-2019 o’quv yili uchun Bizda . 8-sinf- biologiya-javoblari-2019.pdf [5,09 Mb] (cкачиваний: 8458)
Ziyo istagan qalblar uchun! – Kutubxona – 8-sinf
Algebra. 8-sinf (2014, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov). Saqlash. Haqida. Algebra. 8-sinf. IDUM (2014, M.Mirzaahmedov, G’.Nasritdinov). Saqlash.
8-sinf darsliklari | Barcha fanlardan 8 sinf darsliklarning elektron shakllari
8-sinf darsliklarining elektron variantlari.
Sinfi uchun darslik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ONA TILI
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
7
-SINFI UCHUN DARSLIK
To‘ldirilgan va qayta ishlangan 4-nashri
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2017
2
© «Ma’naviyat», 2017
Aziz o‘quvchilar!
Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har
bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz,
albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi
nechog‘lik katta ekani ayondir.
Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana
yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq
mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz.
7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara oli-
shingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingiz
yo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi.
Aziz o‘quvchilar!
Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o‘rganish boshqa fanlar eshigini oson
va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilan
o‘rganing.
Bu yo‘lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.
UO‘K 811.512.133(075.3)
KBK 82.2 O‘zb (ya72)
Shartli belgilar
?
–
javob bering.
– bilib oling.
– eslab qoling.
– o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar uchun
mashqlar.
♦ – tajriba uchun mo‘ljallangan mashqlar.
!
ISBN 978-9943-04-324-4
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi.
N. MAHMUDOV, A. NURMONOV, A. SOBIROV,
D. NABIYEVA, A. MIRZAAHMEDOV
UO‘K 811.512.133(075.3)
KBK 82.2 O‘zb (ya72)
O-58
Ona tili [Matn] / N. Mahmudov [va boshq.]. – Toshkent:
«Ma’naviyat», 217. – 160 b.
ISBN 978-9943-04-324-4
O-58
3
K I R I S H
TIL VA NUTQ
Savol va topshiriqlar
1. Til deb nimaga aytiladi?
2. Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering.
3. O‘zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Shu haqda bahs-
lashing.
1-mashq.
Matnni o‘qing. Dunyodagi tillar va ular orasida o‘zbek tilining
tutgan o‘rni haqida bahslashing.
Alisherning qalbiga kirmoqchiday, tikilib qarardi tog‘asi.
Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlar
yaratmishlar. Bizning turkigo‘y shoirlar ham ularga ergashib,
forsiy she’rlar ijod qilishni odat qilib olmishlar. Turkiston o‘lka-
miz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk –
o‘zbekdur. O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz, qo‘shiq-
larimiz, kuylarimiz, dostonlarimiz, ertaklarimiz bor. Bular –
cheksiz boyligimiz. Ayniqsa, tilimiz go‘zal, shirin va rangli.
Jiyan, o‘z yo‘lingni topsang bas! (Oybek)
♦
♦
♦
♦
♦
2-mashq.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobidan olingan
parchani o‘qing. Undagi asosiy g‘oya haqida so‘zlang.
. Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo sha-
roitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat
kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini
qo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shu
ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming
yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki
hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir
qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
?
4
Misol uchun tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,
mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-
mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan
tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo.
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki
o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar
emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga
kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qad-
riyatlarning amaliy ifodasidir.
3-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining
berilishi va uning ahamiyati haqida bahs uyushtiring.
Tilimiz boy. Har qanday ma’no ifodasiga bir necha so‘z
topiladi. Faqat bu so‘zlarni topish va dadil devon tiliga kiritish
kerak.
Til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak? G‘ururimizni
namoyish qilish uchunmi? Izzat-nafsimizni qondirishimiz
uchunmi?
Yo‘q! Bizga til haqidagi qonun o‘zligimizni saqlab qolish
uchun, tilimizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun, o‘zbek degan
xalqning yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun kerak. (E. Vohidov)
4-mashq.
Uyga vazifa. «O‘zbegim deb keng jahonga Ne uchun madh
etmayin!» (E.Vohidov) mavzusida matn tuzing. Unda olg‘a surilgan g‘oya
haqida suhbatlashing.
5
T A K R O R L A S H
FONETIKA BO‘YICHA O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Fonetika nimalar haqida ma’lumot beradi?
2. Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?
3. Undosh tovushlar qanday hosil bo‘ladi?
4. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undoshlar qanday turlarga bo‘linadi?
5. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar necha xil bo‘ladi?
6. Jarangli undoshlar qaysilar?
7. Jarangsiz undoshlar deb nimaga aytiladi?
5-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Birinchi va ikkinchi gaplardagi unli
tovushlarni ajratib, ularga tavsif bering. Ilm o‘rganishning foydali tomonlari
to‘g‘risida bahslashing.
1. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. 2. Odamni
katta gavda emas, aql yuksaltiradi. 3. Inson ilm-u hunari va
aql-idroki bilan har qanday qushdan baland parvoz qiladi.
4. Bilimdonlikning sir-u asrori g‘ayrat hamda matonat bilan
o‘qish va o‘rganishdadir. 5. Bobolarning ulug‘vor ishlarini ijodiy
rivojlantira olsang, sen baxtiyorsan. (R. Usmonov)
♦
♦
♦
♦
♦
6-mashq.
Matnni o‘qing. Undosh tovushlarni aniqlab, jadvalga
joylashtiring.
Bulbullar bu yerda ko‘p bo‘lar ekan. Goho ularning yoqimli,
yangroq tovushlari havoni to‘ldirib yuboradi.
Bulbulni tinglashni sevaman. Kuylari qalbimda allaqanday
yoqimli hislarni chayqatib yuboradi.
Bulbulning sayrashi – dunyoning eng baland lazzati. Bulbul-
ning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish.
Bulbul jonivor qushlarning asili. (Oybek)
?
Lab
undoshlari
Til undoshlari
Bo‘g‘iz
undoshi
Til oldi Til o‘rta Til orqa Chuqur til orqa
6
7-mashq.
Matnni ko‘chiring. Undosh tovushlarni topib, ularni izohlang.
Seni ona dedim,
Ko‘zim o‘ngida
Mushfiq u qiyofang bo‘ldi namoyon.
Parcha et qoshida bedor bir diyda,
Sadoqati cheksiz, mehri bepoyon. (A. Oripov)
8-mashq.
Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib, ma-
qollarni ko‘chiring va ularda ilgari surilgan g‘oya haqida fikrlashing.
1. Eling senga cho‘. sa qo‘l, Unga do. m sodiq bo‘l. 2. Yurt
boshiga ish tu. sa, er yigit . ozir bo‘lar. 3. Xalq bor yerda
. aqlik bor. 4. El boqsa, bax. ing kular, el bo. masa, taxting
qular. 5. Xalq. a suyansang, bo‘l. rsan, Xalqdan ch. qsang,
so‘larsan. 6. B. rlikda baraka bor. 7. Baxt kaliti me. natda.
8. Olt. n olma, du. ol. 9. Salomatl. k – tum. n boyl. k.
9-mashq.
Uyga vazifa. «Assalom, maktab!» mavzusida matn tuzing.
Unda ishlatilgan tovushlarni izohlang.
IMLO BO‘YICHA O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Orfografiya nimani o‘rgatadi?
2. Unlilar imlosi deganda nimani tushunasiz?
3. Undosh tovushlar imlosi haqida so‘zlab bering.
4. Asos va qo‘shimchalar imlosi haqida nimalarni bilasiz?
5. Qo‘shib va ajratib yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring.
6. Chiziqcha qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?
7. Bosh harflarning ishlatilish o‘rinlari haqida so‘zlab bering.
10-mashq.
Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing. Aytilishi va imlosidagi
farqlarni izohlang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Saxovat, xiyla, mehr-muruvvat, mudofaa, hilpiramoq, xilma-
xil, hayotbaxsh, manfaatdorlik, maqtanchoqlik, xususiy-
lashtirish, mutaxassis, mahliyo, mo‘tabar, taqsimot, iztirob,
tabiat, navo, firma, tadbirkor, bunyodkorlik, donishmand,
iste’dod, ijodkor.
?
7
11-mashq.
«H» va «x» harfi ishtirok etgan so‘zlarga o‘ntadan misol
toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
N a m u n a:
Jaholat, suhbat, hikmat, har dam, rayhon, havas, himoya,
zahmat, jahon, dehqon; xizmat, xotira, xalqparvarlik, taxt,
poytaxt, dasturxon, oshxona, faxr, xitob, saxovat.
Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati
bo‘lmog‘i darkor.
12-mashq.
Xato yozilgan so‘zlarni to‘g‘rilab, matnni ko‘chiring.
So‘zlarning imlosini tushuntiring. Matndagi g‘oyani tahlil qiling.
G‘azapdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli inson o‘z
ishlarini, ezgu maxsatlarini unitadi.
Mol-dunyoga xirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Ezgu ishni ko‘z-
ko‘z qilma. Maxtanchog‘ bo‘lma.
O‘z ruxing bilan ziddiyatga tushmasliyning birdan bir yo‘li
foydali mehnatdir. («Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal» kitobidan)
13-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida «Kuz saxovati» mavzusida matn
tuzing. Uni imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozing.
8
So‘z yasovchi
qo‘shimchalar
Lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchalar
Sintaktik shakl
yasovchi qo‘shimchalar
?
QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI
BO‘YICHA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?
2. So‘z yasovchi qo‘shimchalarga misollar keltiring.
3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar deb nimaga aytiladi?
4. Olindi, erkin so‘zlari tarkibida kelgan qo‘shimchalarning nimasi
bilan bir-biridan farqlanishini ayting.
14-mashq.
Qavs ichida berilgan qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, gap-
larni ko‘chiring va ularni izohlang. O‘zingiz yashayotgan viloyatning go‘-
zalliklari haqida gapirib bering.
Bu olam (-ga,-da,-ni) men kezma (-kan, -di, -gan) yurt
kam qoldi, – deb davom etdi Bobur o‘y (-li, -chan, -siz)
ohangda. –Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadi (-ng, -m,
-si)! Lekin hech yerda undek latofatlig‘ bir viloyat (-ning,
-ni, -i) ko‘rmadim. (X. Sultonov)
♦
♦
♦
♦
♦
15-mashq.
Quyidagi qo‘shimchalarni jadvalga joylashtiring va ularni
so‘zlarga qo‘shib, gap ichida keltiring.
-ta, -tadan, -tacha, -nchi, -ov, -ovlon, -ala, -ni, -ning, -la,
-i, -y, -ar, -im, -ga, -ka, -qa, -dan, -nch, -inch
16-mashq.
Tagiga chizilgan qo‘shimchalarning turini aniqlang va
gaplarni ko‘chiring, ilm haqida aytilgan maqollarni toping.
Ilm-hunardan bahramand bo‘lgan kishi barkamol in-
sondir. O‘qimishli, bilimdon, madaniyatli odam bilan johil,
nodon, savodsiz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu
yorug‘ dunyoning go‘zalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-
hunar peshvolarining borligi, adabiyot va san’atga rag‘bat
tufaylidir. «Olim bo‘lsang, olam seniki», – deydi xalqimiz.
(G‘. Salomov)
9
17-mashq.
Uyga vazifa. -oy, -loq, -cha, -choq, -li, -ning, -siz, -gacha,
-guncha qo‘shimchalarini so‘zlarga qo‘shib ko‘ring va ular ishtirokida gaplar
tuzing.
N a m u n a: Tursunoy bilan bir sinfda o‘qiymiz.
LEKSIKOLOGIYA BO‘YICHA O‘TILGANLARNI
TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Meva, daryo, oy so‘zlarini ko‘chma ma’noda qo‘llab gaplar tuzing.
2. Atamalar deb nimaga aytiladi?
3. Shevaga xos so‘zlarga misollar keltiring.
4. Eskirgan so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
5. O‘zbek tiliga nima sababdan boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashgan?
Shu haqda o‘z fikringizni bildiring.
18-mashq.
Ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni topib, ularni izohlang.
Siz ham o‘z nutqingizda ko‘chma ma’nodagi so‘zlardan foydalanasizmi?
1. Eski buloqning ko‘zi ochildi. (Sh. Rashidov) 2. Soqchi
ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi.
(Abdulla Qahhor) 3. Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida
gurungni quyuq qildik. (N. Normatov) 4. Kemtik oy cho‘qqilar
orasidan mo‘ralaydi. (A. Narziqulov) 5. Osmonda yulduzlar
ko‘p. Somon yo‘li osmonning u tarafidan bu tarafiga kumush
soyday oqadi. (K. Qodirov)
6. Tunov kun biznikida
Bo‘ldi kattakon hashar.
Ko‘chib keldi deyman-ov
Hasharga butun shahar.
Hashar rosa qizidi.
(Abdurahmon Akbar)
19-mashq.
O‘zingiz o‘qiyotgan tarix, algebra, adabiyot, geografiya,
zoologiya fanlariga oid atamalarga misollar keltiring va ularni izohlang.
20-mashq.
Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan ma’nodosh so‘zlardan
mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Akmal aka ikkalamiz qoldik. Chigirtkalarning chirillashini,
. muallaq turib qanot . so‘fito‘rg‘ayning issiqdan . vijir-vijir
. demasa, atrof . edi. Akmal aka xurjunga . qo‘yib birpas
cho‘zildi. Men . o‘tiribman. (N. Fozilov)
?
10
S o ‘ z l a r: ko‘kda, osmonda, samoda, fazoda; silkitayotgan,
qoqayotgan; shikoyat qilib, nolib; sayrashini, chug‘urlashini; tinch,
jimjit, osuda; boshini, kallasini; qoshida, oldida, yonida.
21-mashq.
Uyga vazifa. Muarrix (tarixchi), mutarjim (tarjimon),
shuaro (shoirlar), handasa (geometriya) so‘zlarini qatnashtirib gaplar
tuzing.
N a m u n a:
Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan
asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
FE’L SO‘Z TURKUMI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Fe’llarning grammatik xususiyatlari haqida so‘zlab bering.
2. -ma, emas, yo‘q vositalari yordamida bo‘lishsiz fe’llar yasang.
3. Fe’l nisbatlarini yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
4. Fe’l mayllari qanday hosil qilinadi?
5. Yugurmoq, ekmoq, qaramoq fe’llarini uch zamon shakllari bilan
o‘zgartiring.
6. Harakat nomiga xos belgilarni ayting.
7. Ravishdosh yasovchi qo‘shimchalarni sanang.
8. Sifatdoshlarga misollar ayting.
9. Sodda, qo‘shma, juft fe’llarga misollar keltiring.
22-mashq.
Matnni o‘qing, fe’llarni topib, ularning mayl, nisbat, zamon
shakllarini belgilang. Oxirgi gap bo‘yicha bahslashing.
. Alisher o‘rtog‘ining aytganini eshitmadi, shekilli:
– Ov qilmoq, merganlik – ermak narsa, lekin eng zo‘r
zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘r-
gatadi.
Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, bir on
jim qolgan bolalarning kattarog‘i:
– Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? – deb so‘radi Alisherga
tik qarab.
– Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor bo‘l-
maydi», – deydilar. (Oybek)
?
11
23-mashq.
Ajratib ko‘rsatilgan qo‘shimchalarga ta’rif bering.
Hayitvoy o‘rtog‘imnikiga kirmadim. Murodxonlarnikiga qa-
rab yurdim. Shu o‘rtog‘im juda yaxshi-da! Lekin sizlab gapiradi,
men ham sizlayman. Keyin-chi, otalarini «dada» deb chaqirishadi.
Murodxonga: – Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yuboraylik,
onalarining oldiga borishsin, bizni duo qilishadi, – degandim,
darrov rozi bo‘lib, uylaridan katta qaychi olib chiqdi. (X. To‘x-
taboyev)
♦
♦
♦
♦
♦
24-mashq.
Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlab, jadvalga
joylashtiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Berdi-qo‘ydi, sotib olmoq, sotmoq, yuzlanmoq, o‘lchamoq,
qaltiramoq, irg‘ishlamoq, qo‘zilamoq, uyqusiramoq, ko‘karmoq,
burmoq, qo‘l urmoq, xatlamoq, kulmoq, javob bermoq, nazar
solmoq, olib chiqmoq, aytdi-qo‘ydi, sindi-qoldi.
25-mashq.
Uyga vazifa. Boshqotirmani yeching. Maqoldagi fe’l shakl-
lariga izoh bering. Undagi fikrga qo‘shilasizmi?
1, 2, 3, 4, 5 – rangli, nodir metall nomi.
6, 7, 8, 9
– meva nomi.
10, 11 – hafta boshlanuvchi kun nomining birinchi bo‘g‘ini.
12
– alifbodagi 14-harf.
13, 14 – qizil so‘zining ma’nodoshi.
OT, SIFAT SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Otlarda kelishik qo‘shimchalari qanday ishlatiladi?
2. Otlarda egalik qo‘shimchalari va ularning imlosi haqida so‘zlab
bering.
3. Otlar qanday yasaladi?
1
2
3
4
5
6
7
8
9 10 11 12 13 14
Sodda fe’llar
Qo‘shma fe’llar
Juft fe’llar
?
12
4. Otlarning ma’no guruhlariga misollar keltiring.
5. Qo‘shma, juft, takroriy otlar va ularning imlosi haqida gapiring.
6. Asliy va nisbiy sifatlar haqida so‘zlab bering.
7. Sifat darajalariga misollar keltiring.
8. Sifatlar otlashganda qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi?
26-mashq.
Gaplarni o‘qing. Yasama otlarni aniqlab, ularning yasalishini
tushuntiring. O‘zbekistonni nima uchun «serquyosh o‘lka» deymiz? Shu
haqdagi fikrlaringizni aytib bering.
Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay
qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. (S. Zunnunova)
O‘zbekiston – go‘zal diyor,
Saodatga mehnati yor.
O‘zgacha bir hikmati bor,
Halollikka aytar alyor!
(Yo‘ldosh Sulaymon)
27-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Sifatlarning ma’no guruhlarini va
gapdagi vazifasini aniqlang. Yaxshilik va yomonlik haqida bilganlaringizni
gapirib bering.
1. Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar. 2. Do‘sti nodondan
dushmani ziyrak yaxshi. 3. Qomati baland bo‘lgan har kishining
qimmati ham baland emas. 4. Yomon kishilarga hamroh bo‘l-
sang, qozonga o‘xshab qorasini yuqtiradi. 5. Nodonga pand
aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo‘ladi. (Sa’diy
hikmatlaridan) 6. Bek dono, botir, sheryurak bo‘lishi lozim.
Uning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiq
yuzlilik bekning yaxshi fazilatlaridan biri. (Yusuf Xos Hojib)
28-mashq.
Uyga vazifa. «Sog‘ tanda sog‘lom aql» mavzusida matn
tuzing. Unda qo‘llangan ot va sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlariga e’tibor
bering.
13
SON VA RAVISH SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Sonlarga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring.
2. Sodda, qo‘shma va juft sonlarga misollar ayting.
3. Sonlarning imlosi haqida so‘zlang.
4. Ravishning qanday ma’no turlari bor?
5. Ravishlarning yasalishi haqida so‘zlang.
6. Sodda, qo‘shma, juft va takroriy ravishlarga misollar keltiring.
29-mashq.
Matnni o‘qing. Sonlarning ma’no turlarini aniqlang.
Muhammad al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud
topgan. U algebra va geometriya, geografiya kabi fanlarning
rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Muhammad al-Xorazmiyning «Al-jabr» kitobi uch bo‘lim-
dan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarni
tenglama yordamida yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Asar 1145-yili R. Chester tomonidan lotin tiliga tarjima
qilingan. «Al-jabr» so‘zi «algebra», Al-Xorazmiy esa «algoritm»
deb atalgan. (S. Ahmedov)
30-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ravishlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Kamtarlik haqida fikrlashing.
1. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq-
chasiga va mardlarcha fikr bildiring. (A. Abdullayev) 2. Barcha
maqtanchoqlarning birdan bir qismati shuki, ular ertami-kechmi
pand yeyishadi. (V. Shekspir) 3. Kishi o‘z fazilatlari haqida
qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. (R. Emerson) 4. Xalq
ahvolidan doimo boxabar bo‘l. (Amir Temur) 5. Birdan
koridorning narigi chetida kimningdir tez yurib kelayotgani
eshitildi. (P. Qodirov) 6. Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq
yugurar ekan. (S. Maxsumov)
31-mashq.
Uyga vazifa. «Buyuk allomalar yurti» mavzusida matn tu-
zing. Unda son va ravish so‘z turkumiga oid so‘zlardan foydalaning.
?
14
M A T N
MATNDA KO‘P MA’NOLI, MA’NODOSH
SO‘ZLARDAN FOYDALANISH
1-topshiriq. Matnni ko‘chiring, unda ishlatilgan «unmoq» va
«o‘smoq» so‘zlariga izoh båring.
Tuproqning eng katta hikmati shundaki, unda har qanday urug‘
unadi, o‘sadi, kamol topadi. Adabiyot ham shunga o‘xshaydi. Unda
ham eng go‘zal fikrlar va tuyg‘ularning unib-o‘sishini ko‘rasiz.
(Eshqobil Shukur)
2-topshiriq. Kuch borki, hayot borki, oldinga intilib yasha-
mog‘imiz kårak. (E.Vohidov) Gapdagi «hayot» so‘zi o‘rnida «umr»,
«oldinga» so‘zi o‘rnida «olg‘a» so‘zlarini ishlatib bo‘ladimi? Shu
haqda fikrlashing.
So‘zlarning o‘z yoki ko‘chma ma’noda ishlatilayotgani
matn ichida bilinadi. Ko‘p ma’noli va ma’nodosh so‘z-
lardan foydalanish matnning ta’sirchanligini, ifodaviy-
Qiziqarli malumotlar
7 sinf algebra darslik 2023 pdf скачать