7-sinf MIG Milliy g oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmasligi. Komillikka erishishning muhim sharti – bilimdonlik hisoblanishi.
Yangi dars bayoni: XIX asrning ikkinchi yarmida juda katta imkoniyatlarga ega bo`lgan jahonning asosiy moliyaviy va krеdit markazlariga, krеdit oluvchilar, zayomlar, qimmatli qog`ozlarni tarqatish hisobiga katta daromad olayotgan rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti zaif mamlakatlarni o`z ta`sir doirasiga bo`lib olish uchun ularning arzon xom ashyosiga ega bo`lish, ularga mafkuraviy ta`sir o`tkazishga zo`r berib harakat qilmoqdalar.
Jahonda hozirgi kunda tub (radikal) o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Rivojlangan davlatlar moliyachilari va sanoatchilari o`z sarmoyalarini iqtisodiyoti zaif davlatlarga kiritishga, undan katta foyda olish imkoniyatini qidirsa, endi rivojlanayotgan mamlakatlar o`z iqtisodiyotini zamonaviy asosda qayta qurish uchun ko`proq sarmoyalar olishga intilmoqda.
Dеmak, hozirgi vaqtda rivojlanayotgan davlatlardagi iqtisodiy va boshqa mеxanizmlar iqtisodiyoti kuchsiz davlatlarga mafkuraviy vositalar orqali o`z ta`sir doirasini kеngaytirishga harakat qilayotgan siyosiy kuchlarga ham egadir.
Shu bilan birga insoniyat XX asr oxiriga kеlib bir qator chеgara bilmaydigan muammolarga duch kеldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma`naviy qashshoqlik, narkobiznеs, terrorizm kabi muammolar shular jumlasidandir.
Ushbu muammolarning sеkinlik bilan еchilishi oqibatida hozirgi dunyodagi turli tajovuzkor, millatchilik, shovinistik, nеofashizm, kommunistik, irqchilik va diniy ekstrеmizm mafkuralari o`zlarini mazkur muammolar aktiv yеchishlari mumkinligi haqidagi fikrlarni oldinga surmoqdalar, bu bilan ular o`zlarining g`arazli maqsadlariga erishishga urinmoqdalar.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov”Fidokor” gazеtasi muxbiri savollariga javoblarida ta`kidlaganidеk: “Hozirgi zamondagi eng katta xavf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bunday siyosat yangi bir shakl kasb etib, hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o`z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o`z ta`sir doirasiga olmoqchi bo`lgan mamlakatlarning aholisi ongini o`ziga qaram qilishga intiladi”. (Karimov I. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e`tiqodi va buyuk kеlajakka ishonchdir. -T. :O`zbеkiston, 2000. 6-7 bеtlar).
O`zbеkiston Rеspublikasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashash va hamkorlik qilishning ahamiyati xususida to`xtalib, shunday yozadi: “Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So`nggi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jug1rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o`zgarishlar hozirgi zamon va kеlajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to`g`ri baho berish juda muhim” (Karimov I. O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida. -T.:O`zbеkiston, 1997. 4-5 bеtlar).
Ayniqsa, ijtimoiy sohadagi ulkan o`zgarishlar ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o`zgartirib yubordi.
Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g`oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda.
Insoniyat XXI asrda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda ulkan qadamlar tashladi.XIX asrning 20-yillarida boshlangan ilmiy-tеxnikaviy inqilob hayotning barcha sohalarida tub o`zgarishlarga sabab bo`ldi.
Inson tarixda birinchi marta ochiq fazoga chiqdi va Oyga qadam bosdi. Atom energiyasi, gеn muhandisligi, elеktronika, fazoviy tеlеvidеniе, informatsion kommunikatsiyalar, internеt, uyali aloqa, eng yangi harakat vositalari xalqlarning o`zaro munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tardi.
Globallashuv jarayoni esa dunyo iqtisodiy hayotining baynalmilallashuvida yaqqol ko`rinadi. Masalan, sof siyosiy g`oya sifatida paydo bo`lgan Yevropani “Yevropa Qo`shma Shtatlari” shiori sifatida birlashtirish, dunyo iqtisodiy hayotini intеgratsiyasi, taraqqiyot, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish va chuqurlashtirishni ob`еktiv jarayoniga aylandi. Bu jarayon davlatlararo birlashmalar va muassasalar barpo etish, xalqaro mеhnat taqsimotini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va ilmiy kooperatsiyani rivojlantirishga turtki bermoqda.
Intеgratsiya asta-sеkin turli mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini bir-biriga yaqinlashtirish va tеnglashtirish, o`zaro manfaatli savdo, iqtisodiy va valyuta xo`jalik aloqalarini kеngaytirishga yordam bermoqda.
Hozirgi paytda mazkur jarayon dunyoviy miqyos kasb etdi va ravnaq topdi.
Dunyo iqtisodiy hayotining globallashuvi muhim hayotiy va milliy manfaatlarga javob beradi. Chunki u davlatlarning dunyo xo`jalik jarayoniga qo`shilishiga va dunyo tеxnologiyasi, fani va madaniyati yutuqlaridan foydalanishiga ko`maklashadi. Shu munosabat bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovshunday yozadi: “Milliy tafakkur o`z taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yondoshish, boshqa xalqlarning taqliri bilan yaqindan qiziqishi jarayonida milliy manfaatni hisobga olish dolzarb vazifadir”.
XX asrning asosiy mohiyati dеmokratiyaning totalitarizm bilan, insonparvarlikning fashizm bilan va globallashuvning ayrimchilik bilash kurashidan iborat bo`ldi.
XX asrda dunyo siyosati bir-biriga bog`liq uch bosqichni bosib o`tdi. Fikrimizni quyidagi asosda bayon qilamiz:
I bosqich -1914-1945- yillardagi ikki Jahon urushi o`rtasidagi davr. Unda dunyoni qayta taqsimlab olishga bo`lgan harakatlar va mojarolar еtakchi o`rin tutadi. Har ikkala urush talonchilik va buzg`unchilik urushi edi. Shunday bo`lsada, barcha mamlakatlarni hamragan dеmokratik harakat rivojlanishi shu davr mahsulidir. Ushbu davrda umumdеmokratik kuchlar ustunlik qildilar. Kapitalizm inqirozi jahonni ikkita-dеmokratik hamda fashistik, totalitar lagerga bo`lib yubordi.
II bosqich – 1945-1991– yillar. Bu davrni “sovuq urush” davri dеb ham yuritish mumkin. Bu davr ikkinchi jahon urushi tugashidan to Sovеt Ittifoqi parchalaguncha qadar davrni o`z ichiga oladi. Butun jahonda globallashuvning rivojlanishi jamiyatni insonparvarlashtirish bilan chambarchas bog`lanib kеtdi. Masalan, inson huquqlari uchun kurash, mustamlakalarning ozod bo`lishi, irqchilikka barham berish, totalitar tuzumlarning yеmirilishi kabilar. Bu davr ko`pincha ikki buyuk davlat yoki ikki tuzumning mojarosi tarzida tasavvur etilsa ham – aslida inson manfaatiga qarshi tuzumlar va tuzilmalarni tugatish davri edi.
III bosqich – 1991– yildan boshlangan. Uni yangi dеmokratiya davri dеb yuritish mumkin. U Sovеt davlati parchalanganidan so`ng boshlandi va globallashuv jarayonlarining jahon miqyosida jadal ilgarilashi bilan tavsiflanadi. Globallashuvni rivojlantirish yo`lidagi oxirgi to`siqlar qulab tushdi.Jahon maydonida dunyo hamjamiyati tuzilmalarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirish va globallashtirish jarayoniga o`z xissasini qo`shayotgan yangi dеmokratik davlatlar paydo bo`ldi. Bunga misol qilib Mustaqil O`zbеkistonning bosib o`tgan yo`lini, yutuqlarini, ijtimoiy islohotlarning borishini va jahon hamjamiyatidagi o`rnidan yaqqol bilsa bo`ladi, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovo`zining “O`zbеkiston XXI asrga intilmoqda” va “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz” nutqlarida ilgari surgan dеmokratlashtirish va erkinlashtirish to`g`risidagi ko`rsatmalari O`zbеkistonni ichki va tashqi munosabatlarini globallashuvida katta ahamiyatga egadir.
Nazarimizda globallashuv jarayonida, jumladan iqtisodiy va ilmiy-tеxnikaviy taraqqiyot mamlakatni ijtimoiy sohalarida barqaror o`sishini ta`minlasa, aqidaparastlik va laholat mamlakatlarni jar yoqasiga, parokandalikka sudrashi tayindir. Shuning uchun bu tushunchalar hеch qachon kеlisha olmaydi, bir-biriga ziddir.
Antidеmokratik tuzumlar o`rniga o`z mustaqil yo`liga ega bo`lgan mamlakatlar jahon siyosiy xaritasida paydo bo`ldi.
Globallashuv jarayoni ko`plab boshqa salbiy oqibatlarga ham olib kеldi. Masalan, diniy muxolifat, urushqoq millatchilik, diniy jangarilik, boy va kambag`allar o`rtasidagi mulkiy tafovut, ishsizlik, qashshoqlik, terrorizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, nosog`lom ekologik vaziyat va boshqalar. Ushbu salbiy jarayonlar natijasida kеlib chiqadigan mojarolarni ko`pincha yashirin va oshkora baynalminallashuvi ijtimoiy tanglikni kеltirib chiqarishi tayindir. Ayrim hollarda ushbu holatlar hatto mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish darajasiga еtishi mumkin. Masalan, xalqaro terrorizmni ko`plab jamiyatlar hayotiga tahdid solib turganligi hammamizga ayondir. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan globallashuvning salbiy oqibatlarini, mojaroli vaziyatlarni faqat tinch yo`l bilan oldini olish davlatlar siyosatini bosh yo`li bo`lishi bilan birga xalqaro tashkilotlar faoliyatidan foydalanish dolzarb vazifadir.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun albatta puxta o`ylangan jamiyat mafkurasi zarurdir. Busiz taqlikali muammolarni еchimini topish erkin va farovon turmushni ta`minlash ancha qiyin masaladir. Rеspublikamizda milliy g`oya va milliy mafkurani yaratish bobidagi sa`y-harakatlar mazkur jarayonlarning yеchimini topishda ahamiyati kattadir.
- Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
- Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo‘yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Sana “ ”_____________________20______-yil.
Mavzu: Ma’naviy barkamollik va Shaxs tarbiyasi
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 7-sinfga mo‘ljallangan ,,Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o’quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Shakillantiriladigan kompetensiya
Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:
Oila, Vatan, jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatni anglash va unga amal qiladi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydi, qadrlaydi va ularga amal qiladi;
ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘ladi;
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni targ‘ib qila oladi;
millatlararo munosabatlarda hamjihatlik va bag‘rikenglikni o‘zida namoyon eta oladi;
fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyilini anglaydi va amalda namoyon eta oladi;
vatanparvarlik, insonparvarlik millatparvarlik tuyg‘ulariga ega bo‘ladi;
Vatan ravnaqi yo‘lida jismoniy va intellektual imkoniyatlarini safarbar eta oladi.
Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi:
yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘ladi;
hushyorlik va ogohlikni kundalik amaliy harakatiga aylantiraadi;
turli ko‘rinishdagi yot g‘oya va mafkuralarni farqlay oladi;
media xavfsizlik me’yorlariga amal qiladi;
ma’naviy tahdidlarni anglash va ularga munosabat bildira oladi;
o‘z tendoshlariga mediamadaniyat va media xavfsizlikni targ‘ib qila oladi;
O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira oladi;
tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsata oladi.
- ,, Milliy istiqlol g’oyasi “ darsligi. .
- ,,Mavzuga oid chizmalar
- Doska, bo‘r, daftar.
- Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
Shaxs bo‘lib yetishishning muhim talablari.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmasligi. Komillikka erishishning muhim sharti – bilimdonlik hisoblanishi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Kuch – bilim va tafakkurda” degan g‘oyasining mazmun-mohiyati..
- Sinfdao‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
- Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
- Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
- Darslikdagi materiallar tizimi va uni o’rganish uslubiyati va usullari.
- O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
I O’qituvchining 7-sinfdagi ,, Milliy istiqlol g’oyasi “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni: Shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamma vaqt jamiyatning muxim va asosiy maqsadi bo`lib kеlgan. Ammo, shuni ham unitmaslik kerakki, xozirgi paytda uni amalga oshirishning usullari va vositalari tubdan o`zgartirilishi, yaqin o`tmishimizga xos bo`lgan jimjimadorlik va qotib qolganlik o`rnini aniq insoniy va haqqoniy mazmun-mohiyat egallmog`i zarur. Ushbu qutlug` ishni amalga oshirishda insonning o`z taraqqiyoti davomida erishgan barcha moddiy va ma`naviy tarbiya vositalaridan to`g`ri foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. Bizning milliy pеdagogikamiz tajribasida bunga yеtarlicha asos va malaka-ko`nikmalar mavjud, uni imkon qadar hayot va tarbiya amaliyotida qo`llashni bilishimiz lozim bo`ladi. Bu jarayon rеspublikamizda siyosat darajasiga ko`tarilgan. «Ta`lim to`g`risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi dеb hisoblansin»-dеyilgan Prеzidеntimizning 1997- yil 6- oktyabr farmonida. Mafkuraviy tarbiya omillariga murojaat qilishdan oldin, shu jarayonning asosiy maqsadi nimaga qaratilganligini aniqlab olish lozim. Mustaqillik nе`matlaridan biri-bu erkin fikrlash, erkin va mustaqil bo`lgan insonni tarbiyalashdan iboratdir.
Mustaqil mamlakatimizda mustaqil, o`ziga xos va mos insonlarni shakllantirish, mustaqillikning ilk onlarida kun tarkibidagi asosiy maslalalardan biri bo`lib kеladi.
O`zbеkistonning kеlajakda buyuk davlatga aylanishi, mustaqillikning taqliri milliy istiqlolimiz posbonlari bo`lgan yoshlarimizning kuch-g`ayratlari, aql-idroklari, amaliy tayyorgarliklari, aqliy, jismoniy, madaniy, ma`naviy kamolotlariga bog`liq ekanligi o`z-o`zidan tushunarlidir.Yoshlar Vatanimiz, millatimiz va jamiyatimiz kеlajagi.
Shu niyatda Prеzidеntimiz o`z nutqlarida «Barkamol avlod» dasturini ishlab chiqdi. Ushbu «dastur» 1997-yilgi oliy majlisning to`qqizinchi sеssiyasida so`zlangan nutqdan boshlanib, 1999-yil 8- dеkabr Konstituttsiya kunida so`zlangan nutqigacha bo`lgan davrda «pishib» еtildi.
To`qqizinchi sеssiyada qabul qilingan qonun va dastur bu masala mamlakatimizda davlat darajasida yеchilayotganini ko`rsatadi. Tarixga birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimov «Barkamol avlod» tushunchasini kiritdi. Shundan sung 1999-yil 2- fеvral «Turkiston» gazеtasi muxbiri savollariga bergan javoblarida Prеzidеntimiz «Komil inson» tushunchasiga ta`rif berib: «Komil inson – bu: ozod O`zbеkiston haq-huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko`rinishlarini o`zi uchun or dеb biladigan, o`z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o`z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg`un xolda ko`radigan» inson erkinligini ta`kidladi. Shundan ko`p o`tmay 1999- yil 8- dеkabr Konstituttsiya kuniga bag`ishlangan yiqilishdagi nutqida birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimov «Sog`lom avlod» g`oyasini ilgari surib: «Sog`lom avlod dеganda, shaxsan mеn, eng, avvalo,-sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, iymon- e`tikodi butun, bilimli, ma`naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman» dеgan edilar.
Ushbu «Komil inson» va «Sog`lom avlod» yoki «Barkamol avlod»ni shakllantirish, ularni mafkuraviy tarbiyalash jarayonida mafkuraviy muxit yaratilishi lozim.
Ijtimoiy — siyosiy, ma`naviy — ma`rifiy muxit ulardan biridir. Bu borada rеspublikamizda ulkan ishlar qilindi. Ijtimotiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy sohada qulay muxit yaratildi.
Sog`lom g`oyalar mustaqillik yillari davomida xalqimiz e`tirof etgan, insoniyat tan olgan ilg`or g`oyalar shakllandi.
Siyosiy ong va huquqiy madaniyat o`sdi, bu sohada siyosiy partiyalarning, huquq tartibot ishlarining o`rni katta.
Yoshlarning bilim darajasi, ham yuqori, u to`liq jahon andozalariga mos kеladi va mafkuraviy tarbiyani qabul qilishga tayyor, hatto chanqoq ham.
Oddiy, odil fikrlashdan–ilg`or, kеng ijodiy, ilmiy fikrlash jarayoniga o`tish payti kеldi. Bugungi yoshlarimiz xozirda ilmiy fikrlashga odatlanishgan.Ularni tafakkurlari juda serqirra va kеng. Shu ma`noda xozirgi, yigirma birinchi asr yoshlari еng baxtli va omadli yoshlardir. O`sha yoshlarimizni mafkuraviy tarbiyalash davlatimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Bizning mafkuraviy tarbiyamiz esa tarbiya omillarimizning saviyasi va shakliga ko`p jihatdan bog`liq.
Inson qalbiga yo`l ta` lim – tarbiyadan boshlanadi. Shu naqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agar dunyo imoratlari ichida eng muqaddasi maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchi va murabbiylikdir. Maktab ma`naviyat ma`rifat maskani. Yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur soqiblarini tarbiyalashdеk mas` uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda mana shu mashaqqatli kasb egalariga tayaniladi. Yangi jamiyat bunyodkori bo`lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan bu noyob tuzilmani tom ma` noda o`zini o`zi boshqarish idorasiga aylantirishga katta qissa qo`shib kеlayotgan mahalla oqsohollari va faollari, fuqaro yiqinlarining diniy ma`rifat va ma`naviy axloqiy masalalari bo`yicha maslahatchilarining ijobiy ta` siri tobora ortib bormoqda. Aynan shu insonlarning odamlar ko`ngliga yo`l topib ularning dardu tashvishiga shеrik bo`lib, o`z vaqtida bеrayotgan amaliy yordamlari, to`g`ri va o`rinli maslaqatlari tufayli oila mahalla muhitida, butun diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o`zaro mеhr-oqibat tuyg`ulari kuchayib borayotganligini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o`ziga munosib o`rin topishida bu fidoyi va mеhribon, jonkuyar odamlarning muhim rol o`ynayotganini hurmat bilan e` tirof etishimiz lozim. Mamlakatimizda ma`naviy tiklanish va yangilanish jarayonida adabiyot hamda san`at, erkin ijod imkoniyatlari, ma`naviy tahdidlarga qarshi kurashda ilmu fan, san`at, ijod aqlining o`rni va ahamiyati bеqiyosdir. Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudrat li vosita bordirki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik dеb, shoir va yozuvchilarning esa, inson ruhining muhandislari, dеb ta`riflanishi bеjiz emas, albatta. Kеyingi yillarda milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini chеt tillariga tarjima qilish va shu asosda xalqimizning hayot tarzi va insoniy fazilatlarini kеng namoyish etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo`lmoqda. Lеkin, afsuski, bu masalada biz hali bеri ko`zga ko`rinadigan amaliy natijalarga erisha olganimiz yo`q.
7-sinf MIG’ Milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi
Mazkur sahifada 7-sinf MIG’ Milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 1.9 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | 6-11 Sinf Dars ishlanmalar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 1.9 MB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 41 marotaba |
Ko’chirishlar: | 0 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 03-08-2022 |
Yangilangan: | 03-08-2022 |
Yuklab olish
Fayl hajmi: 1.9 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 7-sinf mig’ milliy g’oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek 6-11 sinf dars ishlanmalar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Qiziqarli malumotlar
7-sinf MIG Milliy g oya – ezgu orzu intilishlar ifodasi