Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X, Qarshiboyev M, 2015
Ziqnadan uzoq yur, saxiyga yondosh,
Vatan tuyg’usi
Vatan — inson uchun bebaho boylik. Vatanning borligi odamga beqiyos kuch-qudrat, g‘ayrat-shijoat baxsh etadi. Men uyda ota-onamdan, buvim va buvamdan, kollejdagi ustozlarimdan hamda meni o‘rab turuvchi ziyoli insonlardan Vatan haqida ko‘p gaplarni eshitganman. Vatanparvar insonlar haqida film va spektakllar ko‘rganman, kitoblar mutolaa qilganman. Ona yurt haqida she’rlar yod olganman, o‘rtoqlarim bilan qo‘shiqlar kuylab, rasmlar chizganman. Bu tuyg‘u insonlarning qalbidan chuqur o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham inson borki, barchasi o‘z vatanini sevib ardoqlaydi, uni hech qanday boylikka alishmaydi. Unga nisbatan biror-bir xavf tug‘iladigan bo‘lsa, yurtini himoya qilish uchun kurashga otlanadi.
E’tibor berib qaraganda, dunyodagi barcha mard va qahramon insonlar, avvalo, Vatanni sevgani uchun qalblarida Vatan tuyg‘usi jo‘sh urgani uchun ham botirlik ko‘rsatib, nom qozonganlar. Shu tuyg‘u bois, kishilar Vatan haqida kuylaydilar, yurtning taqdiriga kuyunadilar, uning ravnaqidan quvonadilar. Demak, ona yurt insonni o‘z bag‘rida voyaga yetkazibgina qolmay, unga eng muqaddas tuyg‘ularni, eng go‘zal taassurotlarni bag‘ishlaydi.
Vatan tuyg‘usi insonlarga umri davomida hamroh bo‘ladi va yillar sayin sayqallanib boradi. Uning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq tuyg‘ular ham shunchalik bebahodir. Shuning uchun ham, ularni yoshlikdan tarbiyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddas, sajdagohdek pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak”.
Vatanni bilish — dunyoni bilish, o‘zlikni anglash, har bir insonning butun bashariyat bilan qanchalik bog‘liq, aloqador ekanini tushunish yo‘li ham demakdir.
Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan Donishmand shu qasrda yashar ekan.
Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag’oyat xushta’m noz-ne’matlariga to’la edi.
Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi.
Nihoyat, Donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi.
«Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin».
Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning ro’parasida yana namoyon bo’ldi.
«Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi Donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdi-mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?»
Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi, negaki, uning butun diqqat-e’tibori Donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog’da bo’lgan ekan.
«Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti Donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo’lmaydi».
Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olipti. Donish-mandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining ham-masini birma-bir sanab beribdi.
«Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ qani?» — deb so’rabdi Donishmand.
Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan.
«Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur».
Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi.
Rizouddin ibn Faxruddin “Ahli ayol” kitobida yozadi: “Odam bolasining bahosi, qadru hurmati axloqiga qarab bilinur. Go‘zal axloqli kimsalar eng mo‘’tabar bo‘lib, axloqsizlar esa xalq qoshida qadrsiz bo‘lurlar. Odam bolasining yosh chog‘ida o‘rgangan odobi qabriga qadar birga yo‘ldosh bo‘lib boradur. Shuning uchun go‘zal axloqni yosh vaqtida o‘rgatish kerak. Go‘zal axloq har bir kishi uchun ham zarur, biroq qizlar uchun ko‘proq zarurdir. Ahloqsiz qizlar xalq orasida yaxshi ism chiqara olmaslar, e’tiborlari ham bo‘lmas. Go‘zal xulqlarning onasi hayo ila iffatdir. Bir qizda agar hayo ila iffat bo‘lsa, unda barcha yaxshi xulqlar jam bo‘ladi”.
Abdulloh Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansoriy bir kishi oldidan o‘tayotgandilar, u ansoriy birodariga uyalishdan qaytarib nasihat qilib turgan edi. (ya’ni juda qattiq hayoli bo‘lma! O‘zingga qiyin bo‘ladi, deb). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Buni o‘z holiga qo‘ygin. Chunki hayo iymondandir”, dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) (“Riyozus solihin”)
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): “Avval odob, so‘ng ta’lim beringlar”, dedilar.
Abu Abdulloh Balxiy: “Nafsning odobi ilmning odobidan ko‘proq, ilmning odobi ilmning o‘zidan kattaroq”, deganlar.
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: “Agar menga, bir kishida avvalgilaru oxirgilarning ilmi bor, deb sifatlashsa-yu, unda odob bo‘lmasa, u bilan uchrashmaganimga afsuslanmayman, agar bir kishi haqida nafs odobi bor deb eshitsam, unga yo‘liqishni orzu qilaman, uchrashmasam afsuslanaman”. (“Bo‘stonul orifin”. Abu Lays Samarqandiy)
Ibn Sino inson hayoti to‘g‘risida shunday degan: “Insonda doim turadurg‘on husn ila latofat hayo ila ibodur. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidur”.
Abu Nasr Farobiy esa inson o‘zining yaxshi odobi bilan baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. O‘tgan asrimizning yirik ma’rifatparvarlaridan bo‘lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqli, jismoniy sog‘lomligida hamda odobi va xushxulqida, deb biladi.
Abdulla Avloniy ahloq – bu xulqlar majmuasidir, ammo yaxshi xulq o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerakligini aytadi. Va tarbiyaning bola kamolotida tutgan o‘rni to‘g‘risida shunday deydi: Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo‘lar olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa ham, bo‘lg‘usi zolim!
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, odob – millatimiz ko‘rki, hayotimizning mag‘zidir degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday ekan, Biz yoshlar ajdodlarimiz bizlarga omonat qilib qoldirgan bu yuksak ma’naviy meros – odob-axloqni kelajak avlodga pokiza holda qoldirish uchun mas’ulligimizni unutmasligimiz kerak.
Xasislik, ziqnalik yomon – illat!
“Xasislik, ziqnalik yomon odatdir,
U bir falokatdir, bir kasofatdir.
Ziqnadan uzoq yur, saxiyga yondosh,
Xotamlik toledir, xasislik ofat!”
Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.
Учебник по чувство родины для 6 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» hamda «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Unda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik asoslarini shakllantiradigan mavzular o‘quvchilarning o‘ziga xos tushuncha-tasavvurlarini hisobga olgan holda, qiziqarli misollar, hayotiy dalillar hamda zamonaviy metodik usullar vositasida yoritib berilgan.
AFG‘ON QIZINING ARMONI.
Fransuz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Budda ham uyatdan portlab ketdi» deb nomlangan badiiy filmda jajji bir qizaloqning butun borlig‘i bilan ilm olishga intilishi, lekin Afg‘onistondagi notinch vaziyat, jaholatga berilgan kimsalarning bunga xalaqit berishi haqida hikoya qilinadi. Qizaloq ne-ne azoblar bilan ozgina pul topadi va daftar sotib oladi. Ammo ruchkaga puli yetmaydi. Oyisining pardoz qalamini olib, maktabga otlanadi. Yo‘lda faqat urushni umrining mazmuni deb biladigan yo‘lto‘sar bolalarga duch keladi. Ular qizchani «asir» olib, tiriklayin yerga ko‘mmoqchi bo‘lishadi. Qizcha ularning qo‘lidan qochib, bir maktabga yetib keladi. Afsuski, bu o‘g‘il bolalar maktabi bo‘lib chiqadi.
Muallim uni ko‘chaga haydab soladi. Qizcha endi olis qishloqdagi qizlar maktabiga yo‘l oladi. Ammo boshqa qishloqdan kelgani uchun u yerdan ham quviladi. Shu tariqa ko‘chada qolishdan, o‘zi dastlab duch kelgan qaroqchi bolalarga, ya’ni jaholatga yem bo‘lishdan boshqa iloji qolmaydi.
MUNDARIJA.
Birinchi bob. Vatan ozodligi – oliy saodat.
Eng ulug’, eng aziz ayyom.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!.
Vatanimiz poytaxti.
O‘zbekiston Milliy bog‘i.
Buyuk qadamjolar.
Tarixiy xotira.
Qadimiy Registon.
Takrorlash.
Ikkinchi bob. Jahon mardni tan oladi.
Moddiy va ma’naviy hayot.
Amaliy mashg‘ulot. Oliyjanoblik.
O‘tda yonmaydigan meros.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston buyuk allomalar yurti.
Milliy qadriyatlarimiz.
Umumbashariy qadriyatlar.
Biz – O‘zbekiston fuqarosimiz.
Vatanparvarlik.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekistonning fidoyi farzandlari.
Vatanni ulug‘lash.
Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi.
Takrorlash.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
6 sinf vatan tuyg’usi kitobi
Dunyodagi tirik mavjudotning barchasi sezish qobiliyatiga ega, ular tashqi ta’sirlardan, ya’ni issiq va sovuqdan, yorug’lik va qorong’ilikdan ta’sirlanadi. Lekin rang-barang va go’zal, yuksalib, kamol topib boradigan his-tuyg’ular bilan yashash faqat insonga xos. Borliqdagi narsalarning hammasi odamda qandaydir his-tuyg’u uyg’otadi, uning sezgilariga ta’sir qiladi. His-tuyg’u esa narsalarning mohiyatini sezish va bilishga yordam beradi, Ya’ni, yaxshi va yoqimli narsalar go’zal his-tuyg’ularni uyg’otsa, yomon va xunuk narsalar salbiy his-tuyg’ularni uyg’otadi. Sog’lom fikrli insonlarning doimiy ravishda kamolotga intilib yashashining boisi ham ularning his-tuyg’ularining yaxshi, mukammal va ibratli narsalardan muttasil ta’sirlanishi bilan bog’liq. Umuman, inson zoti ta’sirlanuvchandir. Insonning ichki, ruhiy sezgilari his-tuyg’u deyiladi. His-tuyg’u ikki mustaqil so’zdan (his va tuyg’u so’zlaridan) iborat bo’lib, tuyish, sezish natijasida hosil bo’ladigan ruhiy holatni bildiradi.Inson quvonganida ruhi bir shaklda namoyon bo’lsa, qayg’uga tushganida butunlay boshqacha shaklda namoyon boiadi. Ya’ni, ruh o’zgaruvchan. Chunki u dunyoni o’zida yaqqol aks ettirib turadi. Dunyo esa doimiy harakatda, inson aniq bir makonda yashaydi. Binobarin, uning qalbi ta’sirlanadigan narsa-hodisalar ham ma’lum bir joyda yuz bergani uchun ular o’sha joy bilan bog’liq holda xotirada muhrlanib qoladi. Oddiy qilib aytganda, o’sha joy o’zining tabiiy ta’sirlari vositasida insonning moddiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, uning qalbini, ichki dunyosini ham shakllantiradi. Qalb arabcha so’z bo’lib, ko’ngil, yurak, dil ma’nolarida ishlatiladi, har qanday makon insonda avvalo muayyan tuyg’ularni uyg’otadi. Keyin ularni o’ziga, o’zining betakror xususiyatlariga moslab tarbiyalaydi. Shuning uchun ham odamning his-tuyg’ulari, xotiralari, ma’naviy tarbiyasi, avvalo, u tug’ilgan, voyaga yetgan Vatan bilan bog’liq. Shu bois, Vatan tuyg’usi insonga bir umr hamroh, hamnafas bo’ladi. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag’rida o’tgan yillarimiz esimizga tushadi, qalbimizda go’zal manzaralar, his-tuyg’ular uyg’onadi. Masalan, Toshkent shahrining Ko’kcha dahasida o’sib-ulg’ayganlar bu nomni eshitishi bilan hayajonlanib ketadi. Yoki Samarqand shahrining Registon yoxud Buxoroning Labi hovuz maydoni atrofida voyaga yetganlar bu nomlarni eshitishi bilan noyob me’moriy obidalarimizni ko’z oldiga keltirib, o’z bolaligini eslaydi, o’sha yillarni qo’msaydi. Vatan ramzlarini ko’rganda, yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning moddiy va ma’naviy boyliklaridan bahramand bo’lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko’rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Ramz so’zi belgi, ishora, dalolat degan ma’nolarni bildiradi. Davlat ramzi deb, qonun bilan tasdiqlangan, mamlakatning mustaqilligi, davlatchilik tarixi, xalqining xohish-irodasi va ko’hna qadriyatlari mujassami bo’lgan rasmiy belgi – ramzga aytiladi. Masalan, davlatimiz bayrog’i, gerbi va madhiyasi qalbimizga g’ururi iftixor tuyg’ularini uyg’otadigan muqaddas timsollardir. Vatanning moddiy resurslari deganda, uning yer osti va yer usti boyliklarini tushunamiz. Moddiy resurslarga qazilma boyliklar, daryo va tog’lar, shahar va qishloqlar, korxonalar, binolar, o’simlik va hayvonot dunyosi umuman, yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan barcha moddiy boyliklar kiradi. Vatanning ma’naviy boyliklari deganda, xalqning ongi, dunyoqarashi va fazilatlarining yuksalishiga xizmat qiladigan, aqlimiz va ruhimiz oziqlanadigan boyliklar tushuniladi.Ma’naviy boyliklarga xalqning madaniy merosi, tarixi, tili va dini, ilm-fani, adabiyoti, san’ati, me’moriy obidalari, muzeylar, kutubxona va teatrlar-umuman, insonning aqliy hamda ruhiy salohiyati bilan yaratilgan va shu salohiyatni oshirishga xizmat qiladigan barcha qadriyatlar kiradi. Vatan tuyg’usi insonga ona allasi, bobolar o’giti, ota ibrati, oila tarbiyasi, ustoz-murabbiylar ta’limi bilan singadi. Kishi bu tuyg’u vositasida o’z atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. Vatan tuyg’usi og’ir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, o’z xalqini sharaflashga, ajdodlar an’anasiga sodiq bo’lishga da’vat etadi. Televizorda ko’p ko’rganmiz, prezidentlar, davlat boshliqlari yurtimizga tashrif buyursa, ularning sharafiga yuksak martabali mehmon mansub bo’lgan davlatning bayrog’i ko’tarilib, madhiyasi ijro etiladi. Bizning Prezidentimiz xorijiy davlatlarga tashrif buyurganida ham Vatanimiz va xalqimizga, Yurtboshimizga hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz bayrog’i ko’tarilib, yurtimiz madhiyasi yangraydi. Yoki sport maydonlarida ikkita mamlakatning futbol terma jamoasi o’zaro bellashmoqchi bo’lsa, o’yin oldidan dastlab ularning davlat madhiyasi ijro etiladi. Bu orqali, avvalo, ushbu sport jamoalari vakil bo’lib kelgan davlatga, uning xalqiga hurmat bajo keltiriladi. Shuningdek, bunday marosimlar vositasida ushbu jamoalar o’rtasidagi halol kurashdan ko’zlangan asosiy maqsad Vatanni sharaflash, uning nomini ulug’lash ekaniga urg’u beriladi. Oddiy fuqarolar ham qaysidir chet davlatga bormoqchi bolsa, o’zi bilan birga Vatanini eslatib turadigan biror-bir narsani oladi. Qadimda ota-bobolarimiz uzoq o’lkalarga ketayotganlarida bir siqim yurt tuprog’ini ro’molchaga tugib olganlar. Ana shu tuproq orqali Vatanning hidini tuyganlar. Ulug’ insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg’usi shunchalik kuchli bo’ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko’z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog’iga yaqinroq bo’lishni orzu qiladi. Olis Hindiston o’lkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz ham vafotidan so’ng o’z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo’lgan joy — Afg’onistonning hozirgi poytaxti bo’lmish Qobul shahriga qo’yishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Kobul shahrida. Bobur tug’ilgan yurt — Andijon shahrida esa mustaqillik yillarida uning ramziy qabri va ulkan bog’i barpo etildi. Vatan tuyg’usi insondagi vorisiylik tuyg’usi bilan uzviy bog’liq. Vorisiylik eng muhim xususiyat va qadriyatlarning otadan bolaga ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o’tishini bildiradi. Demak, vatan tuyg’usi ham avloddan avlodga o’tadi. Masalan, hozirgina tilga olganimiz Bobur bobomiz vorislari — boburiylar sulolasining aksariyat namoyandalari ham ota yurti — Turkiston zaminida yashamagan bo’lsalar-da, vatan tuyg’usi ularni bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan. Ularning bugungi avlodlari ham mana shu zaminni o’zlarining tarixiy Vatani deb biladi. Bizning ota-bobolarimiz vorislik an’analarini saqlash uchun o’zlarining nasl-nasab tarixi — shajarasini yozib borgan. Bu ham Vatanga muhabbat, uning tarixini muqaddas saqlashga bo’lgan intilishning bir ko’rinishidir. Qolaversa, ular shu tariqa nasl-nasabini tola saqlab, o’z avlodlarining har tomonlama sog’lom bo’lib voyaga yetishini ta’minlagan. Chunki avlodlar sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetsagina o’z yurtiga haqiqiy egalik qilib, uning ozodligi va tinchligini ko’z qorachig’idek asrab yashaydi. Dunyodagi har bir inson zimmasida ana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifa bor. Bu vazifaning sharafliligi shundaki, kimki o’z nasl-nasabini toza saqlab, o’zidan munosib farzandlar qoldirsa, kelajakda buning mevasini ko’radi. Bu vazifaning mas’uliyatliligi shundaki, tarbiyada adashib, xato qilib qo’ysa, noqobil farzand o’stirsa, buning oqibatida nafaqat o’sha insonning o’zi, balki uning xalqi va Vatani ham ziyon ko’radi. Bu yo’lda adashmaslik uchun esa har bir vatandoshimiz ota-bobolarimizning kimligini, ularning tarixi va merosini, yurtimiz shuhratini yuksaltirish yo’lida qilgan xizmatlarini yaxshi bilishi lozim. Vatanimizdan yetishib chiqqan allomalar haqida ko’p eshitgansiz. Alloma arabcha so’z bo’lib, olimlarning ulug’i, olimlarning olimi degan ma’nolarni bildiradi. Bizning alloma bobolarimiz faqat olamshumul kashfiyotlar yaratibgina qolmay, yurtimiz nomini butun dunyoga taratishda ham beqiyos xizmatlar qilgan. Chunki ular, vatan tuyg’usi har ishda, har qadamda madadkor bo’lsin deb, o’z ismi shariflariga tug’ilgan joylarining nomini qo’shib yozganlar. Buxoriy, Zamahshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Toshkandiy, Farg’oniy, Marg’inoniy, Xorazmiy, Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda paydo bo’lgan. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho’lpon kabi ajdodlarimizning ulkan hasrat bilan yozilgan maqola va she’rlarini o’qiganda Vatan tuprog’ida turib, Vatandan judolik dardi bilan yashash qanchalik og’ir dard ekanini his etamiz. El-yurt ozod, mamlakat mustaqil bo’lsa, inson uning ravnaqi yo’lida bor kuch-qudratini safarbar etadi, Vatan bilan bog’liq hislari g’urur-iftixor tuyg’usiga aylanadi. Bugun Vatanimiz haqida gap ketsa, avvalo, ana shunday g’urur-iftixor hislarini tuyamiz. Chunki yurtimiz ozod bo’lib, kundan kunga taraqqiy etib bor-moqda.Vatan tuyg’usi vatanparvarlik fazilatlariga asos bo’ladi. Vatanparvarlikning mohiyati Prezident Islom Karimovning quyidagi so’zlarida o’z ifodasini topgan: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi.
Vatanparvarlik Vatan manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi fidoyilikdir. Fidoyilik o’zini biror-bir ishga bag’ishlash, to’la safarbar etish, kerak bo’lgan taqdirda esa, ezgu maqsad yo’lida hatto jon berish demakdir.
Qiziqarli malumotlar
2015, 6 sinf, Qarshiboyev M, Sultonov X, Vatan tuyg‘usi