Ramazon oyida jinsiy aloqa qilish….
Ramazon oyida jinsiy aloqa qilish….
DO`STLARGA ULASHING:
Savol: assalomu alaykum.
Ramazon oyida er-xotin ro’za
tutmagan bo’lsa, kunduzi ham
jinsiy aloqa qilsa bo’ladimi yoki
bu ishni kechqurun qilish
kerakmi?Javob: va alaykumus salom.
Ramazon oyida ro’za tutmagan
odamning qaysi vaqtda jinsiy
aloqa qilishining farqi yo’q. U
o’z nikohidagi ayol bilan jinsiy
aloqa qilgani uchun emas, balki
ro’za tutmagani uchun
gunohkor bo’ladi. Aslida qodir
bo’lgan odam Ramazon oyida
ro’za tutmasligi mutlaqo
mumkin emas. Sababi bu farz
ro’za bo’lib, tuta olmaganlar
bemorlikdan sog’aygach qazo
ro’zasini tutib beradilar. Biron
uzr sababli ro’za tutmaganlar,
Ramazon oyi, qolaversa
musulmonlar hurmati yuzasidan
oshkora holda eb-ichishdan
saqlanishlari afzal. Demak, Ramazon oyida sog’lom odam
farz ro’zani tutishi kerak. Ro’za
tutmasdan nikohidagi ayol bilan kunduzi jinsiy aloqa qilsa, faqat ro’za tutmagani uchun gunohkor bo’ladi. Ro’za tutgan
kishi Ramazonning tunlarida o’z
jufti haloli bilan muomala qilishi
joiz. Lekin shuni ham eslatib o’tish
lozim, ro’zador odamning
Ramazon kunduzida qasdan
jinsiy aloqa qilishi mumkin
emas. Ulamolar bu ishning haromligiga ittifoq qilishgan.
Sababi bu bilan ro’za buzilib, uning qazosi va kafforatini ado
qilish vojib bo’ladi. Bunda maniy to’kilishi yoki to’kilmasligi,
ayolning oldi yoki harom bo’lsa voydodshou.net dan olingan ham orqa yo’liga qo’shilishning
farqi yo’q. Bunday holatda ikki
tarafning ham ro’zasi buzilib,
er-xotinga qazo va kafforat
vojib bo’ladi. Ya’ni, kim ro’zador
holida qasdan, bilib turib jinsiy
aloqa qilsa, bir qul ozod qilishi,
bunga qodir bo’lmasa, orasini
uzmasdan, Ramazon va Qurbon
hayiti bo’lmagan vaqtlarda ikki
oy ro’za tutishi, agar bunga
ham imkon topa olmasa, bir
kunda ikki marta – ertalab va
kechqurun 60 kambag’alning
qornini to’yg’azishi kerak.
To’rt mazhab ulamolari nazdida,
Ramazon kunduzida qasdan jinsiy aloqa qilinganida ayolga
ham kafforatni ado qilish vojib
bo’ladi. Sababi u ro’zaning buzilishi va kafforat vojib
bo’lishiga sabab bo’ldi. Hanafiylar ayolga kafforat vojib
bo’lishiga uning jinsiy aloqada
ishtirok etganini emas, balki
aynan farz ro’zaning buzilishiga
sabab bo’lganini vaj(h) qilib
keltirishgan.
Hanbaliylardan Ibn Aqiylga ko’ra, agar xotin Ramazon
kunduzida eri tomonidan jinsiy
aloqaga majburlansa va o’sha ish sodir bo’lsa, ayolga ham
kafforat vojib bo’ladi. Agar ayol uxlab yotganida bu ish qilinsa,
ayolga kafforat vojib bo’lmaydi.
Demak, Ramazon kunduzida
musulmon va ro’zador er- xotinning jinsiy aloqa qilishi
mumkin emas. Bu ishni tunda qilsalar bo’ladi.
Ramazon kunduzida uzrsiz voydodshou.net dan olingan ro’za tutmay yurish musulmon
odamga to’g’ri kelmaydi. Ro’za
tutmagan odam jinsiy aloqa
qilsa, avvalo ro’za tutmagani,
qolaversa, bu oyga nisbatan
hurmatsizlik qilgani sabab
malomatga qolishi mumkin.
Biz bunda erning o’z nikohidagi
ayoli bilan jinsiy aloqa qilishini
nazarda tutdik. Ammo noshar’iy
jinsiy aloqa, ya’ni zino hamma
vaqt, xoh Ramazon, xoh
Ramazondan tashqari bo’lsin,
xoh kunduzi, xoh kechqurun
bo’lsin, mutloq haromdir.
Zinodan saqlanish shart.
Ayniqsa, Ramazon oyida mana
shunday noshar’iy ishlardan
tavba qilib, to’g’ri yo’lda yurish
harakatida bo’lish maqsadga
muvofiqdir. Tavfiq Allohdan!Manba: uzbaby.uz
Ramazon oyida jinsiy aloqa qilish….