Olot somsa
Xamiriga: 1 kg Mol go’shti Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi. Sho’roq qilib qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz. Go’sht mantiga to’g’ralgandek no’xatdan mayda moshdan kattaroq qilib, to’g’rab olinad. Piyoz mayin qilib to’g’raladi. Pomidorni po’stnin ajrtib maydalanadi. Ozroq charvi yog’i ham maydalanadi. Tabga ko’ra tuz, murch, zira va ozroq suv solib aralashtirib bir chetga tindirib qo’yamiz. Dam olgan xamirimizni 30 gramdan pilta qilib uzib olamiz.Un sepib o’rtasi sal qalinroq chetlari yupqa qilib yoyib olamiz. Qiymani solib, uchburchak qilib bukiladi, suv chiqib ketmasligi uchun uchlari qayirilib qo’yiladi. Gaz lalisiga bukilgan tomoni yuqoriga qilib terib chiqamiz va ustuga ozroq suv sepipiladi. Qizdirilga gaz pechida juda baland olovda uzog’i bilan 10-12 daqiqa yuzasi qizarguncha pishirib olinadi. Undan ko’broq gazda tursa yuzi qotib, ichi quriq bo’lib pishadi. Buxoroning Olot somsalari tayyor. Pomidorli sous bilan birga dasturxonga tortiladi. Yoqqimli ishtaxa!Olot somsa
DO`STLARGA ULASHING:
Un
tuz
suv
Qiymasi uchun:
500 gr piyoz
3-4 dona pomidor
Tayyorlanishi:
Olot somsa