Balish tayyorlash resepti
Kerakli masalliqlar: 1. Un — 1 kg. Qiyma tayyorlanishi: Kartoshka, dumba mayda kubik qilib to’g’raladi. Ko’katlar tozalab to’g’raladi. Ziravorlar qo’shib aralashtiriladi. Hamir tayyorlanishi: Un ichiga margarinni to’g’rab solamiz. Va urvoq xoliga keltiramiz.Balish tayyorlash resepti
DO`STLARGA ULASHING:
2. Tuhum — 1 dona.
3. Margarin — 300 gr.
4. Qatiq — 1 piyola.
5. Iste’mol sodasi — 0.5 choy qoshiq.
6. Kartoshka — 4 dona.
7. Dumba — 50 gr.
8. Ko’katlar (yalpiz, jandiq, ismaloq).
9. Ziravorlar.
10. Tuz.
Qatiqni kosaga solib, va iste’mol sodasi, tuz, tuhum oqini qo’shib, yahshilab aralashtiramiz. Va unli massaga qo’shib, hamir qoramiz. Tayyor hamir 2ga bo’linadi va tindirib qo’yiladi.
Zuvalaning bittasi yoyilib, duhovka listi ichiga joylashtiriladi. Tayyorlangan qiyma solinib, bir tekisda taqsimlanadi. Ustiga ikkinchi zuvala yoyilib, chetlari birlashtiriladi. Ustiga tuhum sarig’i surtiladi.
Oldindan qizdirilgan gaz duchovkasida qizargunicha pishiriladi.
Balish tayyorlash resepti