Toshkentcha osh (palov) tayyorlash resepti
Kerakli masalliqlar: 1. Qo’y go’shti — 1 kg. Tayyorlanishi: Qozonga yog’ solinadi. Va u qizigach, go’sht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga to’g’ralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab o’zgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni ko’p qizartirib qovurmang. Agar piyozni go’sht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda bo’ladi. Qizargan piyoz ustiga to’g’ralgan sabzini solamiz. Sabzi ezilib, yo’q bo’lib ketmasligi uchun uni uzoq qovurmang. Sabzi biroz o’lgach, masallliqlar ko’milgunicha suv solamiz. Keyin, oshda dumba erib, yo’q bo’lib ketmasligi uchun suvga dumba solinadi. Agar dumbani ta’bingiz ko’tarmasa, qozonga solinadigan yog’ning miqdorini ikki barobar ko’p soling. So’ng, ta’bga ko’ra tuz, zira, dumba va no’hotni solamiz. Ushbu daqiqada osh uchun mahsus ziravorlar to’plamini solishingiz xam mumkin. Masalliqlar 15-20 daqiqa qaynagach, tuzini yana bir marotaba tekshirib ko’rib, yetarli bo’lmasa, sozlaymiz. Qozon tagidagi olov balandlanib, ustiga guruch solamiz. Bunda, guruchni ikki hil usulda solish mumkin. Birida guruch tozalanib, yuvilib, solinadi. Ikkinchisida guruch avvaldan suvda ivitib qo’yiladi. Ikkinchi usul qo’llangan xolatda qozondagi qaynayotgan masalliq suvi miqdori kamroq bo’lishi lozim. Chunki guruch ivitilgan vaqtda kerakli suvni shimib olgan bo’ladi. Qozonga solingan guruch suvi tortilgunicha aralashtirilmay qaynatilinadi. Bunda qozondagi guruch bir hilda qaynashi lozim. Aks xolda, qaynayotgan tomon guruchi yetilib, qaynamagan joyi guruchi esa tirik bo’lib qolishi mumkin. Suv tortilganini qozon chetiga kapgirni tiqib ko’rib, bilamiz. Suv tortilgandan so’ng guruch o’rtaga do’ppidek yig’ilib, o’rtasiga kapgir sanchiladi. Bu kapgir sanchish guruch atrofida bug’ aylanishini ta’minlaydi. So’ng, qozon usti yopilib, osh 15-20 daqiqa past olovda dimlanadi. Yoqimli ishtaxa!Toshkentcha osh (palov) tayyorlash resepti
DO`STLARGA ULASHING:
2. Qo’y dumbasi — 200 gr.
3. Sariq sabzi — 1 kg.
4. Piyoz — 0,5 kg.
5. Guruch — 1 kg.
6. Ivitilgan no’hot — 1 stakan.
7. Ziravorlar.
8. Zig’ir (pahta) yog’i — 1 cho’mich
Toshkentcha osh (palov) tayyorlash resepti