Kiyim haqida maqollar
Ko’lning otini balig’i chiqarar.
Kiyim haqida maqollar
Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
“Barakalla”ga qul mehnat qilib o‘lar.
Dorining achchig‘i yaxshi,
Dunyoni yel buzar,
Duo bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
Er boyligi – yo‘lda,
So‘z boyligi – tilda.
Gap egasini topar.
Gapning qisqasi – yaxshi,
Qisqasidan hissasi – yaxshi.
Iliq so‘z – shakar,
Sovuq so‘z – zahar.
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar.
Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.
Kuch egmaganni so‘z egar.
Ko‘p gap – eshakka yuk.
Mazali so‘zga quloq charchamas.
Ma’qul gapga qoruv yo‘q.
Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.
Sen ham bir og‘izdan,
Ilon inidan chiqar.
Musulmon dinidan chiqar.
So‘z ko‘rki – maqol.
So‘z suyakdan o‘tar,
So‘z chumchuq emas,
Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.
So‘zdan so‘zning farqi bor,
O‘ttiz ikki narhi bor.
Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.
Til – dil kaliti.
Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.
Til yugurigi – boshga,
Oyoq yugurigi – oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
Tili shirinning do‘sti ko‘p.
Tilingda bo‘lsa boling,
Kulib turar iqboling.
Toza suvni yer olar,
Yaxshi so‘zni el olar.
Tuya ham muomalaga cho‘kar.
Uzun tilim – uzgun tilim,
Qisqa tilim – tizgin tilim.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Yaxshi so‘z kuldirar,
Yomon so‘z o‘ldirar.
Yaxshi so‘z – yurakka malham,
Yomon so‘z – yurakka g‘am.
Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.
Kunda tariqday yomonlik qo‘shilar emish.
Yomon gap – bosh qozig‘i,
Yaxshi gap – jon ozig‘i.
Yomon gap tarsakidan yomon.
Yomon gapning oyog‘i olti.
Qizil tilim bo‘lmasa,
Qishlar edim elimda.
Yashil tilim bo‘lmasa,
Yayrar edim elimda.
Quloqdan kirgan sovuq so‘z
Ko‘ngilga borib muz bo‘lar.
Просмотр: 1632 | Добавиль: MILLIONER
Похожие информация
| SMS Sevgi sherlari [177] |
| SMS Ayriliq [96] |
| SMS Sog’inch sherlar [78] |
| SMS Tabrik sherlar [55] |
| SMS odnoklassniki [20] |
| SMS Ota-Ona haqida sherlar [81] |
| SMS Do’stlik sherlari [7] |
| SMS Hazil sherlar [28] |
| SMS 8-mart sherlar va tabriklar [61] |
| SMS Tug’ilgan kun sherlar va tabriklar [45] |
| SMS Navro’z sherlar [55] |
| SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar [12] |
| Foydali maqolar [24] |
| Latifalar [224] |
| Talabalar haqida Latifalar [88] |
| Hayotiy hikoyalar [51] |
| Qo’shiqlar matni [39] |
| Tasirli Hayoti shelar [44] |
| Yangiyil bayram sherlari [25] |
Статистика
Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Вход • Регистрация
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм и музыка будет удален по требованию правообладателя!
DMCA/Правообладателя:
Kamoliddinkarimov000@gmail.com
Kiyim haqida maqollar
Ўзбек мақоллари ва нақлларининг энг катта тўплами фақат Maqollar.uz сайтида. Мақоллар ҳақида қизиқарли маълумотлар, батафсил изоҳлари билан. Ота-она, ватан, меҳнат, илм, дўстлик, севги, бахт ва яна турли мавзуларда жамланган. Ҳар бир мақол ўзбек, рус ва инглиз тилида келтирилган. Мақолларга қўшимча ёзилган изоҳларда уларнинг асл мазмуни, ишлатиш жоиз бўлган ҳолатлар ёритилган.
Maqollar.uz сайтининг асосий мақсади: ўзбек тилининг ривожланишига, халқ оғзаки ижодини оммалашишига, ёшларнинг саводхонлик даражасини, сўз бойлигини оширишга ҳисса қўшишдир. Ҳар бир мақол ва нақлнинг асл моҳиятини очиб бериш, қаерда ишлатиш ўринли эканлигини кўрсатиш, асрлар давомида тилдан тилга, авлоддан авлодга ўтиб келаётган бой маданий меросимизни юртдошларимиз орасида кенг ёйилишига замин яратиш ҳамда интернетдаги ўзбек тилидаги сифатли ва бехато контентни сайтимиздаги маълумотлар орқали бойитиш олдимизга қўйилган мақсадларимиздандир.
Сайтимизни ижтимоий тармоқларда ҳам канал ва саҳифалари бор. Жумладан Telegram, Instagram, Facebook, Twitter’да мақолларни кенг оммага етказамиз ва секс, порно, зўравонлик, 18+ саҳифаларга мутлоқ қаршимиз. Маънавиятимизни мустаҳкамлаш йўлида ёшлар орасида эротика ва порнография тарқалишига қарши қилинаётган ҳаракатларни қўллаб қувватлаймиз
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Лойиҳаларимиз
Lotin.uz — фойдаланувчиларга берилган матнни лотиндан кириллга ва аксинча ўгириш хизматини таклиф этади.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Ўзбек Исмларнинг тўлиқ, батафсил маъноси, келиб чиқиши, шакллари. Ўзингиз ва яқинларингизни исмлари маъносини билиб олинг.
Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.
Ўзбекча телеграм каналларининг энг катта каталоги. Фақт фаол каналлар, рукнларда ва батафсил статистикаси билан.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
Валютани юқори курсда алмаштириш учун яқин пунктларни аниқлаб берувчи сервис. Пункт жойлашувини картада кўрсатади.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
TVinfo.uz — Бугун, эртага ва кейинги ҳафта учун тўлиқ теледастурлар.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
Ҳар куни энг сара латифалар ва кулгули расмлар. Ўзбек тилидаги кулгу маркази!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Kiyim haqida maqollar
Araq ichgan,
O’ziga kafan bichgan.
Aroqxo’r,
O’ziga qonxo’r.
Achchiq — dushman, aql — do’st.
Baliq chuqur soyni,
Odam yaxshi joyni istar.
Barimtadan qo’rqqan mol yig’mas,
Chigirtkadan qo’rqqan ekin ekmas.
Bekorga mushuk oftobga chiqmas.
Befoyda so’zni aytma,
Foydali so’zdan qaytma.
Befoyda o’g’irdan bo’sh kunda yaxshi.
Bir anor ming bemorga davo.
Bir balosi bo’lmasa,
Shudgorda quyruq na qilur.
Bir miri — hayon,
Uch miri — ziyon.
Bir qo’yning boshi ketguncha,
Necha qo’chqorning boshi ketar.
Biya o’lsa, qulun — bosh,
Qulun o’lsa, ko’zing — yosh.
Bozorga kech bor, erta qayt.
Boylik o’zingga dushman.
Bordan yuqar, boldan tomar.
Borib olsang — foyda,
Keltirib berish qayda.
Buromad bo’lmasa, daromad bo’lmas.
Bo’yoqning yaxshisi — bo’zchining boyligi.
Gapirib pushaymon yegandan,
Gapirmay dog’da qol.
Giyranda kulib yig’lar,
Toy bersang, erib yig’lar.
Go’sht shirinligini tashlasa,
O’g’ri o’g’riligini tashlar.
Daryo toshsa, quduqqa zarar.
Daryodan — bir tomchi,
To’ng’izdan — bir tuk.
Daromadga qarab buromad.
Dorining achchig’i yaxshi.
Yegan bilmas, yedirgan bilar.
Yeganning yarasi tez bitar.
Yedirganga yem berar,
Yedirmaganga ne berar.
Yedirsang, yeyarsan,
Kiydirsang, kiyarsan.
Yomonga el bo’lguncha,
Yaxshiga bel bo’l.
Yomonga el bo’lguncha,
Yag’ir otga bel bo’l.
Yomondan naf kelsa,
Keyinidan zarb kelar.
Yomonning oshiga borguncha,
Yaxshining ishiga bor.
Yomonning oshnasi ko’p,
Joniga foydasi yo’q.
Yomonning to’rida bo’lguncha,
Yaxshining go’rida bo’l.
Yomonning to’rida yotguncha,
Yaxshining bo’sag’asida yot.
Yomonning o’yini yomon,
Buqaning — bo’yni.
Yomonning o’g’li bo’lguncha,
Yaxshining quli bo’l.
Yomonning xizmatini qilguncha,
Yaxshining qurboni bo’l.
Yomonning qo’liga berguncha,
Yaxshining yo’liga ber.
Yoshligingda eksang terak,
Ulg’ayganda o’zingga kerak.
Jag’likka jag’ bo’lguncha,
Aqllikka qui bo’l.
Jinchiroq ostiga yog’du bermas.
Irimchi irim etar,
Irimi qirin ketar.
Itni o’ldirganning o’zi ko’mar.
Ishlaganing — menga,
O’rganganing — o’zingga.
Yo’qolib topilgan mol — o’lja,
Og’rib sog’aygan jon — o’lja.
Kabob seli bilan.
Karvon o’tar, izi qolar.
Kasalni mayiz emas,
Achchiq dori tuzatar.
Katta-katta gapiiguncha,
Katta burda non tishla.
Keksa qassob tushiga
Tunda mingta qo’y kirar.
Kengashda kenglik ko’p.
Kengashli el kamimas.
Ketar kishiga yo’l yaxshi.
Kirimiga qarab chiqimi.
Kishini ish ovutar,
Kasalni — dori.
Kulchali bola suyumh kelar.
Ko’z ko’radi-yu, qosh sezmas.
Ko’lning otini balig’i chiqarar.
Ko’ngil uchun ko’z ber,
Yaxshilarga so’z ber.
Ko’p gap eshakka yuk.
Ko’p gapirgan bozor,
Ko’p yugurgan ozar.
Ko’p ko’rganning kuni ortiq.
Ko’p so’zlagan oz o’rganar.
Ko’rga kecha-kunduz barobar.
Ko’rganning ko’zidan ketmas.
Ko’rpa to’n bo’lmas,
O’ynash er bo’lmas.
Ko’chada ko’p kishi,
Kim bilan kimning ishi.
Lo’lining eshagini sug’or, puhni ol.
Maraz bo’lsang yong’oq ye,
Qusung’a bo’lsang — qalampir.
Ma’arakada teng bo’lmasa, tarakada teng bo’lar.
Mol achchig’i — jon achchig’i.
Mol semirsa — foyda,
Odam semirsa — ziyon.
Moli yo’q deb erdan kechma,
Cho’pi yo’q deb — yerdan.
Molni cho’pon tashlasa ham, egasi tashlamas.
Nari borsam, ho’kiz o’lar,
Beri kelsam, arava sinar.
Nortuya — tuyalarning nori,
Vaqti kelsa, garmdori ham dori.
Obro’ni izlashdan ish ko’rsatgan afzal.
Oz bo’lsin, soz bo’lsin,
Bedana bo’lsin, yog’ bo’lsin.
Oz yeganga bor davo,
Ko’p yeganga ne davo.
Oz-oz yegan mazadur,
Ko’p-ko’p yegan ozadur.
Oy yorug’i o’g’riga yoqmas.
Olam olma, odam ol.
Olag’on qo’lim — berag’on.
Olgan bir yozug’lik,
Oldirgan ming yozug’lik.
Ortiqcha davlat bosh yormas.
Ortiqcha maqtov — ishlashga g’ov.
Ota moli — bolaga uyutqi.
Ota-ona duosi,
O’tga, suvga botirmas.
Ota rozi — xudo rozi.
Otadan oltov bo’lguncha,
Onadan ikkov bo’l.
Otang qarisa, qui olma,
Onang qarisa — cho’ri.
Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.
Otaning ochgan yo’li bor,
Onaning bichgan to’ni bor.
Otasini og’ritgan
El ichida xor bo’lar,
Onasini og’ritgan
Parcha nonga zor bo’lar.
Oti chiqmagan yigitdan teva yaxshi.
Oxirini otangga berma.
Och tovuq omborga yugurar.
Oqsoqdan — hazar, ko’rdan — ofat.
Og’iz og’izdan yel olar.
Og’iz qo’lni tanir.
Pul pulni topar,
Yo’l yo’lni topar.
Pul — qo’lning kiri.
Puling bo’lsa, yer ol.
Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.
Savdo ko’p yerda g’avg’o ko’p.
Savdo — soqol siypaguncha.
Savdo g’avg’osiz bo’lmas.
Salomda bo’shlik yo’q,
Savdoda — do’stlik.
Sovrilgan sayohatdan
Tuhmatli jarohat yaxshi.
Suyuq osh ichdim, qornim to’q,
O’rnimdan tursam, hech narsa yo’q.
So’z bergan bilan bo’lma,
Bo’z bergan bilan bo’l.
Taka bo’lsin, suti bo’lsin,
Quyon bo’lsin, eti bo’lsin.
Tiyin,
Tiyinning ishi qiyin.
Tozining oshnasi ko’p,
Boshiga foydasi yo’q.
Tuya ham sovg’a,
Tugma ham sovg’a.
Tuyada yukim yo’q,
Yiqilsa, g’amim yo’q.
To’ng’izdan bir tuk uzgan naf.
Uyquning ozi ham chaksa,
Ko’pi ham chaksa.
Foyda bilan zarar bir xurjinning ko’zida.
Foydadan foyda chiqmasa,
Qora sigir qayda.
Foydang qursin zarariga yetmagan,
Tuyang qursin piyodadan o’tmagan.
Foydasi yo’q boydan qoch,
Panasi yo’q soydan qoch.
Foydasi yo’q farishtadan
Oshno dev yaxshi.
Foydasiz odamdan
Xizmatkor eshak afzal.
Foydasiz tulpordan toy yaxshi,
Foydasiz shunqordan — turumtoy.
Xo’roz hamma yerda bir xil qichqirar.
Chamanda — gul, otasi — pul.
Chiqadigan chiqmasdan,
Kiradigan kirmaydi.
O’lik arslondan tirik sichqon afzal.
O’rik yeb og’rigandan, olma yeb o’lgan yaxshi.
O’tniki — o’tga, suvniki — suvga,
Qoldi qatiqning puli.
O’g’riga otashkurak ham mol.
Qamishdan cho’g’ tushmas.
Qarz ol-da, xotin ol,
Qarzdor qarzin olar,
Xotin yoningga qolar.
Qassobga oq qo’y ham bir,
Qora qo’y ham bir.
Qiz boqquncha, qisir sigir boq.
Qiz ortib ketar,
O’g’il — tortib.
Qimordan kelgan qimorga ketar.
Qo’y egasi bilan cho’ponning sanog’i to’g’ri kelmas.
Qo’lga olganning og’iri yo’q.
Qo’ling bilan berasan,
Oyog’ing bilan yurasan.
Har ziyon — bir pand.
Har kallada ming xayol.
Har kim o’z uyiga qarab tortar.
Har chinordan bir yaproq.
Qiziqarli malumotlar
Kiyim haqida maqollar