Kiyim ilgichdan foydalanishning siz bilmagan ajoyib usullari

Kiyim ilgichdan foydalanishning siz bilmagan ajoyib usullari

Daryo
  • Internet-nashr
  • Tahririyat haqida
  • Aloqa ma’lumotlari
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Yangiliklar arxivi
  • Instagram | Rasmiy
  • Instagram | Lifestyle
  • Instagram | Sport
  • Facebook | Rasmiy
  • OK | Rasmiy
  • YouTube
  • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
  • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
  • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
  • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
  • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
  • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Kiyim ilgichlardan boshqa maqsadlarda foydalanish usullari

Ijodkor odam uchun kiyim ilgich interyerni bezashda ilhom manbasi bo‘lishi mumkin. Kiyim ilgich nafaqat dekorativ, balki amaliy funksiyalarni ham bajara oladi. Quyida kiyim ilgichlardan boshqa maqsadlarda foydalanishning 9 usulini taqdim etamiz .

Taqinchoqlar uchun sandiqcha o‘rniga

Odatda taqinchoqlar qutida yoki sandiqchada saqlanadi. Ularning ichidan keraklisini topish qiyin, chunki ular bir-biriga o‘ralashib qoladi.
Yog‘och kiyim ilgich odatiy saqlash usuliga ajoyib alternativ bo‘la oladi. Buning uchun uni biroz takomillashtirish kerak: pastki qismidan teshikchalar ochib, mitti ilgichlar o‘rtanish lozim.

Romdagi fotosuratlar uchun tutqich

Kiyim ilgichdan romdagi fotosuratlar uchun o‘ziga xos tutqich qilish mumkin. Bunday predmet, ayniqsa, eski yoki eskicha uslubdagi fotosurat bilan mutanosib ko‘rinadi. Romni devordagi mixga ilingan kiyimilgachga mustahkam biriktirish kerak, xolos.

Poyabzallar uchun organayzer

Ham yog‘och, ham plastmassa kiyim ilgichlar nafaqat kiyimlar, balki poyabzallar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Muhimi – poyabzallarni ilish uchun vertikal biriktirilgan qistirgichlar ham bo‘lishi kerak.

Kitoblar uchun kundalik tutqich

Bu qurilmani tayyorlash uchun faqat simli kiyim ilgichlar mos keladi. Unga kerakli shakl berish kerak, xolos.

Sochiq uchun ilgich

Sochiqlar uchun maxsus tutqichlar odatda asossiz ravishda qimmat turadi. Vannaxonada maxsus tutqich o‘rniga kiyimilgichni qo‘llashingiz mumkin. Mehmon kelsa, sochiq ilish uchun kiyim ilgichlar miqdorini oshirsa ham bo‘ladi. Har bir kiyim ilgichga sochiq egasining ismini yozib qo‘ysangiz, ularni adashtirib yuborish ehtimoli kamayadi.

Ko‘zoynaklar uchun organayzer

5-10 ta ko‘zoynagi borlarga qulay organayzer kerak. Buning uchun ingichka simdan qilingan kiyim ilgich mos keladi. Shunda kerakli ko‘zoynakni topish osonlashadi.

Jurnallar uchun

Jurnallar uchun osig‘liq turgan kiyim ilgich interyerning o‘ziga xos bezagiga aylanadi.

Sharflar uchun organayzer

Oddiy kiyimilgich va parda uchun halqalardan sharf iladigan ajoyib organayzer hosil qilish mumkin.

Qo‘lqoplar uchun tutqich

Kiyim ilgichga qo‘lqoplarni yoki boshqa mayda-chuydalarni ilib qo‘yish mumkin. Buning uchun kiyim ilgichga bir qancha qistirgichlarni biriktirish lozim.

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Qiziqarli malumotlar
Kiyim ilgichdan foydalanishning siz bilmagan ajoyib usullari