Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B. Q, Sariqov E. S, Qo‘chqorov A. Sh, 2019

Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B. Q, Sariqov E. S, Qo‘chqorov A. Sh, 2019

«KICHIK GURUHLARDA ISHLASH» usuli:
Kichik guruhlarda ishlash -o`qituvchi tomonidan bеrilgan ma’lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning еchish yo`llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi usulddir.

Geometriya sinf: 9-sinf

Mavzu: O`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangеnsi va kotangеnsi.

Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga o`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangеnsi va kotangеnsi haqida tushuncha bеrish. O`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangеnsi va kotangеnsi ta’riflaridan еr ustida o`lchash ishlarida foydalanishni o`rgatish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarning o`tkir burchak sinusi, kosinusi, tangеnsi va kotangеnsi to`g`risidagi bilimlari va dunyoqarashlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning bilimlarini zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar asosida boyitish, mustaqil fikrlashga undash, mustaqil ishlashga o`rgatish, nutq va madaniyatini rivojlantirish.

Dars turi: Nazariy mashg`ulot.

Dars tipi: Ma’ruza, amaliyot va suhbat asosida intеrfaol usullardan foydalanib yangi bilimlarni o`rganish.

Kutilayotgan natija: a) O`qituvchidan: yangi tеxnologik usullarni qo`llash; mavzu bo`yicha maqsadni tushuntirish; o`quvchilarda qiziqish uyg`otish; o`quvchilar bilimini shakllantirish.

b) O`quvchilardan: o`tkir burchak sinusi, kosinusi, tangеnsi va kotangеnsi haqida ma’lumotga ega bo`lish; ulardan еr ustida o`lchash ishlarinida foydalanishni qo`llay bilish; mavzuga taalluqli barcha ma’lumotlarni qiziqish bilan qabul qilish.

Dars jihozi: Kodoskop, rangli ko`rgazmali qurollar, ko`rgazmali slaydlar.

Dars o`tish joyi: Matеmatika xonasi.

Darsning tеxnologik xaritasi.

b) Davomatni aniqlash.

I. Tashkiliy qism .

Darsning boshlanishida o`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash va tozalikni tеkshirish ishlari amalga oshiriladi.

II. Asosiy qism.
2.1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. «Ko`pburchaklar o`xshashligi» mavzusi bo`yicha guruhlarga savollar bo`lib bеrish. (Kichik guruhlarda ishlash» usuli bo`yicha).

«Kichik guruhlarda ishlash» usuli orqali sinfdagi o`quvchilar to`rtta guruhga bo`linadi. Har bir guruhga o`tilgan «Ko`pburchaklar o`xshashligi» mavzusi to`rtta qismga ajratilgan holda savol qilib bеriladi. Har bir guruh savollar bilan tanishgach, qisqa fursat ichida o`zaro kеlishib o`z guruhining taqdimotini o`tkazib bеrishlari lozim bo`ladi.

«KICHIK GURUHLARDA ISHLASH» usuli:
Kichik guruhlarda ishlash -o`qituvchi tomonidan bеrilgan ma’lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning еchish yo`llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi usulddir.

Ushbu usul qo`llanilganda o`quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, bir-biridan o`rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi.

Kichik guruhlarda ishlash mеtodi qo`llanilganda o`qituvchi boshqa noan’anaviy mеtodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki o`qituvchi bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» usulini qo`llash bosqichlari:

  1. Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog`liq bo`lgan masalalar bеlgilanadi.
  2. Kichik guruhlar bеlgilanadi. O`quvchilar guruhlarga 3-5 kishidan bo`linishlari mumkin.
  3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
  4. O`qituvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar bеriladi va o`qituvchi tomonidan yo`naltirib turiladi.
  5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
  6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
  7. Kichik guruhlar baholanadi.

Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019

Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019.

Учебник по геометрии для 9 класса на узбекском языке.

9-sinfda geometriyaning planimetriya qismini – yassi geometrik shakllarning xossalarini o‘rganish davom ettiri ladi. Unda siz geometrik almashtirishlar, shakllarning o‘xshashligi, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar, aylana uzunligi va doira yuzi, uchburchak va aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz.
Mazkur darslikning mazmuni qat’iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. Unda nazariy materiallar imkon boricha sodda va ravon tilda bayon etilgan. Barcha mavzu va tushunchalar turli-tuman hayotiy misollar orqali ochib berilgan. Har bir mavzudan so‘ng berilgan savollar, isbotlash, hisoblash, yasashga doir masala va misollar o‘quvchini ijodiy fikrlashga undaydi, unga o‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirishga va mustahkamlab borishga yordam beradi. Darslik o‘zining o‘zgacha dizayni va dars materialining ko‘rgazmali qilib taqdim etilishi bilan ham ajralib turadi. Unda keltirilgan rasm va chizmalar dars materialini yaxshiroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Примеры.
Ikki kapitan Jek va Huk Jumavoy orolidan o‘z kemalarida safarga chiqishdi (20-rasm). Birinchisi 15 km/h tezlik bilan shimolga, ikkinchisi esa 19 km/h tezlik bilan g‘arbga tomon suzib ketishdi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?

A nuqtadan ota 16 km/h tezlik bilan sharqqa, o‘g‘il esa 20 km/h tezlik bilan velosipedda janubga qarab harakatlanmoqda (19-rasm). 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?

Amaliy topshiriq. 10-rasmda keltirilgan shakllarni katakli daftaringizga chizib oling. Ularning yuzini topish uchun qanday usullarini taklif qilasiz? Daftaringiz kataklaridan foydalangan holda ularning yuzini
taxminan qanday aniqlash mumkin?

MUNDARIJA.
Takrorlash.
1. Uchburchaklar va to‘rtburchaklar.
2. Pifagor teoremasi va uning tatbiqlari.
3. Geometrik shakllarning perimetri va yuzini hisoblashga doir masalalar.
4. 3D-geometriya – fazoviy jismlarda planimetriya masalalari.
5. Loyiha ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
I bob. Geometrik almashtirishlar va o‘xshashlik.
6. Ko‘pburchaklarning o‘xshashligi.
7. O‘xshash uchburchaklar va ularning xossalari.
8. Uchburchaklar o‘xshashligining birinchi alomati.
9. Uchburchaklar o‘xshashligining ikkinchi alomati.
10. Uchburchaklar o‘xshashligining uchinchi alomati.
11. To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning o‘xshashlik alomatlari.
12. O‘xshashlik alomatlarining isbotlashga doir masalalarga tatbiqlari.
13. Amaliy mashq va tatbiq.
14. Bilimingizni sinab ko‘ring.
15. Tekislikda geometrik almashtirishlar. Harakat va parallel ko‘chirish.
16. O‘qqa nisbatan simmetriya.
17. Markaziy simmetriya va burish.
18. Geometrik shakllarning o‘xshashligi.
19. O‘xshash ko‘pburchaklarning xossalari.
20. Gomotetiya va o‘xshashlik.
21. O‘xshash ko‘pburchaklarni yasash.
22. Amaliy mashq va tatbiq.
23. Masalalar yechish.
24. Bilimingizni sinab ko‘ring.
II bob. Uchburchak tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar.
25. 0° dan 180° gacha bo‘lgan burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi.
26. Masalalar yechish.
27. Uchburchak yuzini burchak sinusi yordamida hisoblash.
28. Sinuslar teoremasi.
29. Kosinuslar teoremasi.
30. Sinuslar va kosinuslar teoremalarining ba’zi tatbiqlari.
31. Ikki vektor orasidagi burchak va ularning skalar ko‘paytmasi.
32. Uchburchaklarni yechish.
33. Masalalar yechish.
34. Amaliy mashq va tatbiq.
35. Bilimingizni sinab ko‘ring.
III bob. Aylana uzunligi va doira yuzi.
36. Aylanaga ichki chizilgan ko‘pburchak.
37. Aylanaga tashqi chizilgan ko‘pburchak.
38. Muntazam ko‘pburchaklar.
39. Muntazam ko‘pburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar.
40. Muntazam ko‘pburchakning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orasidagi bog‘lanish.
41. Bilimingizni sinab ko‘ring.
42. Aylana uzunligi.
43. Aylana yoyi uzunligi. Burchakning radian o‘lchovi.
44. Doira yuzi.
45. Doira bo‘laklari yuzi.
46. Amaliy mashq va tatbiq.
47. Bilimingizni sinab ko‘ring.
IV bob. Uchburchak va aylanadagi metrik munosabatlar.
48. Kesmalar proyeksiyasi va proporsionallik.
49. Proporsional kesmalarning xossalari.
50. To‘g‘ri burchakli uchburchakdagi proporsional kesmalar.
51. Berilgan ikkita kesmaga o‘rta proporsional kesmani yasash.
52. Aylanadagi proporsional kesmalar.
53. Amaliy mashq va tatbiq.
54. Bilimingizni sinab ko‘ring.
55. Yakuniy nazorat ishi.
Planimetriyaga oid asosiy tushuncha va ma’lumotlar.
Javoblar va ko‘rsatmalar

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Geometriya. 7, umumta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009

Geometriya. 7, umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009.

7-sinfda geometriyaning planimetriya qismini-yassi geometrik shakllarning xossalarini muntazam ravishda o’rganishga kirishiladi. Bunda sizsodda geometrik shakllar va ularning asosiy xossalari, geometrik o’lchashlar, uchburchaklar, ularning turlari va xossalari, uchburchaklarning tenglik alomatlari, parallel to’g’ri chiziqlar va ularning xossalari, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar hamda yasashga doir masalalar bilan tanishasiz. “Geometriya-7” darsligi mazmunan aksiomatik tizim asosiga qurilgan bo’lsa-da, nazariy materiallarni erkin tarzda, sodda va ravon tilda ifoda etishga harakat qilingan. Barcha mavzu va tushunchalarturli hayotiy misollarorqali ochib beriladi. Har bir mavzudan so’ng keltirilgan savollar, isbotlashga, hisoblashga va yasashga doir ko’plab masala va misollar sizni ijodiy fikrlashga undaydi, o’zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirishga va mustahkamlab borishga yordam beradi.

Geometriya fani va predmeti. Geometriya fanining vazifalari.

Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar, bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo’lgan. O’sha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash uchun bu maydonlarda belgilash va o’lchash ishlarini bajarishga to’g’ri kelgan (1-rasm). Qadimgi yunon olimlari yer o’lchash usullarini misrliklardan o’rganib, uni geometriya deb ataganlar. “Geometriya” yunoncha so’z bo’lib, “geo” — yer, “metrio” — o’lchash degan ma’noni anglatuvchi qismlardan tuzilgan. Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar Qadimgi Bobilda ham paydo bo’lgan. Xususan, ta-rixchilar Pifagor teoremasi Bobilda topilgan deb hisoblashadi. Mil.aw. VII—VI asrlarda Qadimgi Xorazmda ham Misrdagi kabi Amudaryoning quyi qismida yer o’lchash ishlari bajarilgan.

MUNDARIJA.

I bob. Planimetriya. Boshlang’ich geometrik ma’lumotlar
II bob. Uchburchaklar
III bob. Yasashga doir masalalar
IV bob. Parallel to’g’ri chiziqlar
V bob. Geometriya kursining aksiomatik qurilishi
VI bob. Takrorlash
Javoblar va ko’rsatmalar

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya. 7, umumta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать djvu
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
2019), 9 sinf, GEOMETRIYA, Qo‘chqorov A. Sh, Sariqov E. S, Xaydarov B. Q