Liboslar milliy qadriyatlarimiz asosida yaratiladi

Liboslar milliy qadriyatlarimiz asosida yaratiladi

— Arablarning milliy kiyimlari Xitoy davlatida ishlab chiqariladi, — deydi investor. — Lekin Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxta xom ashyosi sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Qoʻrgʻon gruk” MCHJ bilan hamkorlikda arablar milliy kiyimlarini tayyorlashni rejalashtirdik. Buning uchun Andijonda barcha sharoit mavjud.

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir.

Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi.

Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy bosh kiyimda kelish odat bo’lmoqda.

Xalq ustalari aytishicha, oq qalpoq qorli choqqilardan andoza olgan. Sof matodan ishlangan qalpoq qishda inson boshini sovuqdan saqlaydi, yozda – issiqdan.

Mustaqillik yillari milliy bosh kiyim keng tarqala boshladi. Kattayu-kichik oq qalpoqni iftixor bilan kiyib yuradi. Hurmatli mehmonlarga, jumladan, rasmiy safar bilan kelgan xorij arboblariga, qadrli sovg’a sifatida aynan oq qalpoq taqdim etiladi.

Mahalliy bozorlarda tabiiy toza materialdan tayyorlangan qalpoq 700 somdan 1500 somgacha (taxminan 10-20 AQSh dollari) turadi, sintetik matoligi esa o’n baravar arzon.

Bayramlar, to’y-hashamlar uchun alohida bezatilgan, qimmatbaho qalpoqlar tavsiya qilinadi.

Quyidagi suratlar O’sh shahrining ayyomlar maskanlari, saylgohlari va ko’chalarida olingan.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

Liboslar milliy qadriyatlarimiz asosida yaratiladi

Joriy yilning 17-19 dekabr kunlari Marg‘ilon shahrida aholi, jumladan yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

Festivalning dastlabki kunida Marg‘ilon shahri “Hunarmandlar markazi” binosida milliy liboslar ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ijtimoiy hayotda ayollarning o‘rni ortib borgan sari ularning kiyinishiga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor ham asosiy o‘ringa chiqmoqda. Xotin-qizlar o‘rtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos ravishdagi kiyimlar andozasini muntazam ravishda targ‘ib qilib borishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Qolaversa, ayollar liboslarini milliy qadriyatlarimiz asosida yaratish, bunda o‘zbek milliy moda yo‘nalishini shakllantirish mazkur tanlovning asosiy maqsadlaridan biri. U 4 ta asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lib, “Ishbilarmon va yetakchi ayol, “Talaba qiz”, “Ijodkor ayol”, “O‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash san’ati” nominasiyalari bo‘yicha baholandi.

Bundan tashqari ishtirokchilar “Yilning eng yaxshi yosh modelyer-dizayneri”, “Milliy yo‘nalishdagi eng yaxshi modelyer-dizayner” ko‘shimcha nominasiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

“Nafosat-2020” festivali doirasida dizaynerlar, yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bugungi kundagi o‘zbek qizlari va ayollarining zamonaviy imidji yuzasidan qator savollar ko‘tarildi.

Shuningdek, festival doirasida «Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati» mavzusida seminar-trening o‘tkazilib, unda bir qator mahalliy va chet ellik mutaxassislar, ilg‘or dizaynerlar «Etakchi mutaxassislar va o‘zbek dizaynerlari tomonidan zamonaviy o‘zbek ayolining imidji» kabi bir qancha dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Festival ishtirokchilari Farg‘ona viloyati yetakchi ishlab chiqarish korxonalariga borib, yosh dizaynerlar bilan davra suxbatlari, master-klasslarda ishtirok etishdi.

Uzbek milliy kiyimlari

Saudiya Arabistonining Madina shahridan tashrif buyurgan Abdulbosit Abdulhodiy Andijonda tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha istiqbolli loyihani taqdim etdi.

— Arablarning milliy kiyimlari Xitoy davlatida ishlab chiqariladi, — deydi investor. — Lekin Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxta xom ashyosi sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Qoʻrgʻon gruk” MCHJ bilan hamkorlikda arablar milliy kiyimlarini tayyorlashni rejalashtirdik. Buning uchun Andijonda barcha sharoit mavjud.

Loyiha amalga oshirilgach, dastlab 100 ta ish oʻrni yaratiladi. Bu esa “Qoʻrgʻon gruk”ning ishlab chiqarish surʼati uch barobar ortishiga sabab boʻladi. Hamkorlikdagi rejalar ijobati natijasida qoʻrgʻontepalik chevarlar tomonidan tikilgan mahsulotlar “Al Andijoniy” brendi ostida dunyo bozoriga kirib boradi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Ahmad Fargʻoniy haykali poyiga gul qoʻydi
Oʻzbekiston Prezidentining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo’larsiz?

Qiziqarli malumotlar
Liboslar milliy qadriyatlarimiz asosida yaratiladi