O‘sha kuni men mast emasdim”. Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda kelgani uchun ishdan bo‘shatilgan shifokor kasal bo‘lganini aytmoqda
Eshmamat Botirov. Foto: “Daryo”
Bir odamni o’ldirish uchun: bu tushni qanday izohlash mumkin?
Tushingiz sizni odamni o’ldirayotganingizda ogohlantiryaptimi? Izohlar Tushdagi odamni o’ldirish faqatgina uyqudan keyin butun kunning kayfiyatini buzadigan kabus emas. Bundan tashqari, mashhur tush kitoblar tomonidan turli xil talqin qilingan kuchli belgi. Uyquni aniqroq tushuntirish uchun, voqealarning qanday rivojlanganligini, qanday jinoyat sodir bo’lganligida qanday his-tuyg’ularni boshdan kechirganingizni esga olishingiz kerak. Ushbu tafsilotlarni xotirada saqlab, siz javob uchun tush o’quvchilariga ishonch bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Kelajakda odamlarni tushimda o’ldiradigan bo’lsak, nimani kutishimiz mumkin?
Tushlarning xilma-xil variantlari mavjud, tushda tushlar insonni o’ldiradi. Ba’zi mashhur tanqidiy kitoblar bu hikoyani turmush o’rtog’ingiz bilan jiddiy suhbatlashishi haqidagi e’lon deb tushuntiradi, shundan keyin katta janjal kuzatiladi. Bu vaziyatdan qochishning imkoni yo’q, chunki oilangizdagi mojaro uzoq vaqt davomida pishiradi. Bundan tashqari, bu tarjimonlar o’zlarining yarmini faqat haqiqatni gapirishni va agar siz noto’g’ri narsa mavjud bo’lsa, tan olishingizni tavsiya qiladi. Bu tushning oqibatini jiddiy muammo deb hisoblamang. Kelajakda tushunmovchilik va tushunmovchiliklardan qochish uchun yordam beradigan saboq sifatida uni yaxshiroq qiling.
Bu erda qotillik haqida nima deyish mumkinligini o’qing.
Boshqa orzu kitoblarida, sizning moliyaviy ahvolingiz ta’sir ko’rsatadigan bir oz boshqacha talqinni topasiz. Bunday tushdan keyin siz oson boyitishingiz mumkin. Ehtimol, u sizni katta meros bilan qoldirilgan reklama, foydali xulosani yoki yangiliklar bilan bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, tush, katta, qimmat sotib olish va’da qiladi. Bu biznes, qimmatbaho avtomobil yoki ko’chmas mulk bo’lishi mumkin.
Çingene tushlari kitobiga murojaat qilib, siz tushida insonni o’ldirishni tushunishingiz mumkin, yaqin orada siz moddiy qadriyatlarga aloqador xiyonat yoki aldashni boshdan kechirasiz. Siz o’zingizning ota-onangizni o’ldiradigan orzuning, yaqinda hayotingizda jiddiy baxtsizlik paydo bo’lishini aytadi.
Millerning tush kitobida odamni o’ldirish ham qiyinchiliklar va yomon yangiliklarga tez yondashishni anglatadi. Sharhda aytib o’tilganidek, bu hikoya sharmandali va hatto jinoiy hodisalarda ishtirok etishi haqida ogohlantiradi, bu agressiv va yovuz odamning belgisini qoldiradi. Uyqudan keyin katta partiyalardan qochishga harakat qiling, hech qanday sarguzasht va sarguzashtlarga aralashmang. Agar tushingizda siz o’ldirganingizdan zavq olsangiz, demak, haqiqiy hayotda siz juda murakkab va sirli odamsiz. Sizdan kimdir sizga nisbatan nafrat yoki nafratni boshdan kechirayotganidan mamnuniyat his qilyapsiz. Bir so’z bilan aytganda, bunday tush – siz energiya vampirisiz.
Agar odamlarni pichoq bilan o’ldiradigan bo’lsak, qanday izoh bo’ladi?
Buning tafsiri avvalgisiga juda o’xshash bo’ladi, lekin tushda sovuq qurol borligi sababli, ba’zi o’zgarishlarga duch keladi. Misol uchun, pichoq yoki boshqa o’tkir metall ob’ektning ramzi, haqiqiy hayotdagi tushni zulm, tajovuz yoki adolatsizlikka duchor bo’lishini anglatadi. Ko’rib turganingizdek, siz moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelasiz.
Agar tushida odamni o’ldirishga to’g’ri kelsa, xafa bo’lmang. Bu hikoyada har qanday manikakka moyillik haqida hech narsa aytilmaydi. Va bu talqinni sizga foydali saboq beradigan oqilona so’zlovchi so’z sifatida qabul qilishga harakat qiling.
“O‘sha kuni men mast emasdim”. Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda kelgani uchun ishdan bo‘shatilgan shifokor kasal bo‘lganini aytmoqda
30-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Qoraqum qishlog‘ida shifokor chaqiruvga mast holda borganligi iddao qilingan video tarqaldi.
Video ortidan esa O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining videodagi shifokor avval ham kasb etikasiga rioya etmagani aniqlangani, u ishdan bo‘shatilganiyu, tuman tibbiyot birlashma rahbari ham jarima bilan “siylangani” to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilindi.
“Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Muborak tumanida bo‘ldi.
— 28-aprel kuni kechki payt soat 21:00 larda o‘g‘lim Dilshodda tutqanoq tutib, qaltiray boshladi, — deydi Dilshod Mamatovning onasi Matluba Ibragimova. – Bu holat birinchi marotaba bo‘lgani bois, qo‘rqib ketdik. Qo‘shnilar yordamga chiqishdi. O‘sha payt kimdir tez yordamga telefon qilib chaqiribdi. Oradan bir soat o‘tgach, soat 22:30 lar atrofida tez yordam keldi. Ammo shifokor oyog‘ida turolmaydigan darajada mast ekan. Kulgilisi shifokorning bir oyog‘ida oyoq kiyimi ham yo‘q edi. Eshikdan kirib kelishi bilan muvozanatini saqlolmay ayol qo‘shnimizning ustiga yiqilib tushdi.
Matluba Ibragimova. Foto: “Daryo”
Matluba Ibragimovaning bu gaplarini o‘sha kuni voqea ishtirokchisi bo‘lgan qo‘shnisi Nargiza Qurbonova ham tasdiqlab, shunday deydi: “Tez yordam shifokori uyga kirishda eshikka suyanib, oyog‘idagi “tapochka”sini yechishga urinyapti, ammo o‘sha oyog‘ida oyoq kiyim yo‘q edi. Shu darajada mastligidan bir oyog‘ida oyoq kiyim yo‘qligini hatto sezmadi ham. Damas’dan tushayotganda bir poy oyoq kiyimini mashinada qoldirgan shekilli, uyga bir poy oyoq kiyimda kirib keldi. Keyin qo‘shnilar shifokorga oyoq kiyimingizni yechgansiz degandi, o‘shandan keyin ichkariga kirdi. Eshikdan kirishda qo‘shnimizning ustiga yiqilib tushdi. O‘tiraman degandi, o‘tirolmay yana yiqildi”.
Nargiza Qurbonovaning aytishicha, shifokorni mast holda ko‘rgan qo‘shnilar shifokorga “bu holatda qanday qilib bemorga yordam ko‘rsata olasiz”, deya so‘rashgan. Shifokor esa bemorni davolay olishini bildirgan.
Nargiza Qurbonova. Foto: “Daryo”
— Nima uchun “post”da turganda bunday ichib yuribsiz, — deya savol berganimda do‘xtir menga “men xalqning xizmatini qilib yuribman, sen nima qilib qo‘yding xalq uchun”, deya javob berdi, — deydi Nargiza Qurbonova. — Oyog‘ida oyoq kiyimi bor-yo‘qligini sezmayotgan shifokor yosh bolaning organizmidagi dardni qanday bilishi mumkin?
O‘sha kungi voqeaga guvoh bo‘lgan qo‘shnilarning ta’kidlashicha, tez yordam shifokori bilan kelgan hamshira shifokorning mast ekanligini rad etgan.
— Hamshiradan do‘xtir ichganmi deb so‘radik, — deydi Nargiza Qurbonova. – Hamshira “yo‘q ichmagan” dedi. Ammo shifokorning mast ekanligi shundoq ko‘rinib turardi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni shifokor mastligiga shubha qilgan qo‘shnilar va Dilshod Mamatovning onasi bemorni shifokorga ko‘rsatishni xohlamagan. Dilshod Mamatovning tog‘asi Shomil Ibragimov va Yodgor Aliqulov voqea bunday tus olavergach, holatni telefoniga syomka qilgan.
Yodgor Aliqulov. Foto: “Daryo”
— Jiyanim Ahmadning farzandi Dilshodning tobi qochganligini bilganimdan so‘ng, tezda yetib bordim, — deydi Yodgor Aliqulov. – Shifokor mast bo‘lganligi bois qo‘shnilar uyga yetaklab olib kirishgan ekan. Kirsam, shifokor bemor jiyanim oldida baland ovozda gapirayotgan ekan. Jiyanim qo‘rqqanidan hatto o‘rnidan turib ketdi. Shunda shifokorga mast ekanligini aytib bu holatda jiyanimga qanday yordam berishi mumkinligini so‘radim. Do‘xtir shu holatda ham aniq tashxis qo‘yishini, yordam berishini aytdi. Shunda holatda videoga oldim.
Dilshod Mamatov. Foto: “Daryo”
Yodgor Aliqulovning aytishicha, o‘sha kuni ular shifokor mast bo‘lganligi sabab ham tez yordamni rad etib, “brigada”ni qaytarib yuborgan.
— Tez yordamni rad etib, jiyanimni Koson tuman tibbiyot birlashmasiga olib bordik, — deydi Yodgor Aliqulov. – Ular jiyanimga birinchi yordamni ko‘rsatishdi. So‘ngra Buxoroga olib borib davolatib keldik.
Xitoy qishlog‘ida joylashgan 24-QOP — qishloq oilaviy poliklinikasi operatori Gulbahor Mamatova 28-aprel kuni tungi 22:00 da Chorvador qishlog‘idan bo‘lgan 3-chaqiruv yashirilgan raqam orqali qabul qilinganini aytmoqda.
Gulbahor Mamatova. Foto: “Daryo”
— O‘sha kuni tungi soat 22:00 da yashirilgan raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va Chorvador qishlog‘ida bemor ahvoli og‘irligini, tutqanoq berayotganini aytishdi, — deydi Gulbahor Mamatova. — Ammo kimsiz, bemor kim, bemorni nima bezovta qilayapti degan savollarimga javob bermasdan, “bugun qaysi haydovchi ishda” deb so‘rashdi. Haydovchini aytganimda, tanishligini telefon raqamini berishimni so‘radi. Mumkin emasligini aytishimga qaramasdan takror-takror so‘rashdi. Shunda bemor haqida batafsil aytar deya navbatchi haydovchi Qurbon Murodovning telefon raqamini berdim.
— Chaqiruvda yurgan paytimiz kechki soat 22:00 da “dispetcher”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, — deydi o‘sha kuni chaqiruvga shifokor bilan birga borgan hamshira Roziya Nortojiyeva. – “Dispetcher” Chorvador qishlog‘idan chaqiruv tushganligini, ammo bemor kim va aniq manzili haqida aytishmaganini bildirdi. Keyin “haydovchiga qo‘ng‘iroq qilishar ekan” – dedi.
Roziya Nortojiyeva. Foto: “Daryo”
— 28-aprel kuni kechki soat 22:09 da avval yashirilgan raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, javob bermadim, — deydi tez yordam havdovchisi Qurbon Murodov. – So‘ngra ikkinchi marotaba sinfdoshim Husan Yoqubov telefon qildi. Javob bersam sinfdoshim “O‘rtoq Ahmad akaning o‘g‘li shaytonlab qoldi, chaqiruvdan ekansiz telefon qilib bildim, tez yetib keling”, – dedi. Shundan so‘ng shifokor va hamshirani Ahmad akaning uyiga olib bordim. Keyingi voqealardan xabarim yo‘q.
Qurbon Murodov “Daryo” muxbirining “Dispetcher tomonidan chaqiruv haqida xabar berilmasa ham, tanishlaringiz telefon qilsa shu tartibda chaqiruvga chiqib ketaverasizmi”, — degan savoliga javob berar ekan, dispetcher hamshiraga Chorvador qishlog‘idan tushgan chaqiruv haqida bildirganda, hamshira bilan birga bo‘lganligini va Chorvadordan bo‘lgan chaqiruv aynan shu ekanligini bilishganidan so‘ng, manzilga yo‘l olganini aytdi.
Qurbon Murodov. Foto: “Daryo”
— Chaqiruv bo‘lgach, Xitoy qishlog‘idan Chorvadorga 14 daqiqada yetib bordik, — deydi haydovchi Qurbon Murodov. – O‘sha menga qo‘ng‘iroq qilgan sinfdoshim ham buni tasdiqlaydi.
Tez yordam hamshirasi Roziya Nortojiyeva hamda haydovchi Qurbon Murodovlar shifokor Eshmamat Botirovning o‘sha kuni spirtli ichimlik ichganini sezmaganini aytishmoqda.
— Chaqiruvga yetib borib, uyga kirishimiz bilan odamlar Botirov keldimi deb so‘rashdi, — deydi tez yordam hamshirasi. – Shifokor kirgach esa “Siz ichganmisiz”, deya haqoratlab ketishdi. Keyin syomka qilishdi. Xullas bemorga yordam berishimizga yo‘l qo‘yishmadi.
Tez yordam shifokori Eshmamat Botirov ham tez yordam chaqirgan kishilar “sen ichgansan” deya og‘ziga kelgan so‘zlar bilan haqorat qilishgani yetmagandek bemorga yordam berishga imkon berishmaganini aytmoqda.
— O‘sha kuni xonadonga borganimizda ikki nafar erkak va bir nafar ayol meni o‘rtaga olib sen ichgansan, deya haqoratlab ketishdi, — deydi shifokor Eshmamat Botirov. – “Bemorni olib keling” deyishimga qaramasdan bemorni ko‘rsatishmadi.
Eshmamat Botirov. Foto: “Daryo”
Tez yordam shifokori Eshmamat Botirov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida spirtli ichimlik ichganini, faqat bir kun oldin to‘yda ichganini aytdi.
— Bir kun oldin, ya’ni shanba kuni ukam kelin tushirgandi, o‘shanda to‘yda rosa xizmat qilib toliqqanim uchun ichgandim, — deydi shifokor. – Ertasi kuni navbatchilik kunim bo‘lgani uchun ishga chiqdim. Videoda ichimlik ta’sirida ekanim aytilyapti, ammo o‘sha kuni ichmagandim.
Tez yordam hamshirasi va haydovchi Qurbon Murodovlar shifokor Eshmamat Botirov o‘sha kuni bemorga yordam berish layoqatiga ega bo‘lganligini aytar ekan, o‘sha voqeadan so‘ng yana 3 ta chaqiruvga borishganini aytishdi.
Eshmamat Botirov o‘sha kuni voqea guvohi bo‘lgan qo‘shnilarning shifokor bir poy oyoq kiyim bilan kelgandi degan iddaolariga javob berar ekan, qandli diabet kasali borligini, agar kasallik bezovta qilsa kishi xuddi mast odam kabi harakatlanishi mumkinligini aytmoqda.
— O‘sha kuni mast emasdim, qandli diabet kasalim bezovta qilganligi va to‘yda rosa charchaganim uchun karaxt ahvolda bo‘lganman, — deydi Eshmamat Botirov. — Bunday paytda haqiqatdan ham oyog‘imda oyoq kiyim bor yoki yo‘qligini ham sezmay qolaman.
Muborak tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bahriddin Xudoyberdiyev ham shifokor Eshmamat Botirov 10 yildan beri qandli diabet kasalligidan aziyat chekib kelayotganini, spitrli ichimlik ichmasa ham xuddi mast odamga o‘xshab ko‘rinishiga shu sabab ekanini aytmoqda.
— Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda chiqib ketgach, 30-aprel kuni 24-sonli QOPga bordim va holat haqida so‘radim, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bahriddin Xudoyberdiyev. – Keyin bemor xonadoniga borib, xabarlashdim. Voqea tafsilotlarini o‘rganganimda, shifokor Eshmamat Botirov bir kun oldin ichgani aniqlandi. Shu boisdan ham 30-aprel kuni Eshmamat Botirov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shifokor ishdan bo‘shatildi.
Bahriddin Xudoyberdiyev. Foto: “Daryo”
1-may kuni tuman tibbiyot birlashmasida mazkur ish yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqamasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bugungi kun shifokorining mas’uliyati haqida so‘z bordi.
Voqea tafsilotlarini o‘rganayotgan paytimiz qishloq ahli ham, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ham shifokor Eshmamat Botirovni juda yaxshi mutaxassis, tuman tibbiyoti uchun kerakli xodim deya ta’riflashdi. Shuningdek, Eshmamat Botirovning 12 yil jonlantirish bo‘limida shifokor, 16 yil bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ish olib borganini ham aytishdi. To‘g‘ri, malakali tibbiyot xodimlari yetishmay turgan bir paytda yaxshi mutaxassisdan voz kechish tuman tibbiyoti uchun juda og‘ir. Ammo qilmishga yarasha javob berilishi lozimligini ham unutmaslik kerak. Ana shundagina bu kabi holatlar takrorlanmas, shifokorlar mas’uliyati yanayam ortsa ajabmas.
Odamlar ishonadigan irim-sirimlar va ularning kelib chiqishi
Ba’zi xalqlarda juma kuni 13-sanaga to’g’ri kelsa, baxtsizlik keltiradi degan irim bor. Bu irimning kelib chiqishi haqida bir necha rivoyatlar mavjud.
Ulardan biri Qadimgi Ahd diniy kitobidan olingan. Unda yozilishicha shu kuni Qobil ukasi Hobilni o’ldirgan. O’shandan beri juma kuni 13-sanaga to’g’ri kelsa, bu kun baxtsizliklar belgisiga aylanib qolgan.
Yana bir rivoyat bo’yicha bu kun tampliyerlar ordeni voqeasi bilan bog’liq. 1307 yilning 13 oktyabri juma kuniga to’g’ri kelgan. Aynan shu kuni Fransiya qiroli Phillip IV papa Kliment V ning muhri bosilgan maxfiy hujjatga tayanib, orden a’zolarini hibsga olishni buyuradi. Orden a’zolari dinga qarshi chiqishda va fahsh ishlarida ayblanadi. Natijada orden tarqatib yuboriladi, hibsga olingan tampliyerlar esa qiynoqqa solinib, so’ngra qatl qilinadi.
Ostonadan turib narsani oldi-berdi qilish mumkin emas
Gap shundaki, qadim zamonlarda o’liklar kuli uy ostonasi tagiga ko’milgan. Shuning uchun ostonada turib oldi-berdi qilish ularning ruhini bezovta qilishi mumkin deb hisoblanar edi. Aynan ana shu sababli ostonada o’tirish ham mumkin emas.
Bundan tashqari ostona – bexavotir uy bilan xavfli dunyo yoki yanaham qo’rqinchlisi – tiriklar dunyosi bilan o’liklar dunyosi o’rtasidagi chegara hisoblanadi.
Yarim yo’ldan qaytish mumkin emas
Bu irim ham ikki dunyo oralig’i hisoblangan ostona bilan bog’liq. Maqsadiga erisholmasdan yarim yo’lda qaytayotgan odam kuchsiz holda bo’ladi. Bu esa ruhlar bezovtaligiga sabab bo’ladi. Yoki bizning olamga kirib olishni istagan mavjudodlar uchun imkoniyat bo’ladi.
Soat hadya qilish mumkin emas
Hattoki hozirgi o’ta madaniyatli zamonda ham soat hadya qilish nomaqbul sovg’a hisoblanadi. Bu irim qadimgi Xitoydan kirib kelgan. Unda aytilishicha soatni sovg’a sifatida qabul qilish janozaga taklif qilishni bildiradi.
40 yoshni nishonlash mumkin emas
Taxmin qilinishicha, qadimgi Kiyev Rusida o’lganlarning jasadi 40 kun davomida tekshirilar edi. Agar jasad chirimasa u o’lgan odam yoki avliyo bo’lgan, yoki begunoh ketgan deb hisoblanar edi.
Uydan chiqish oldidan ozgina o’tirish kerak
Ba’zi xalqlarda tarqalgan bu irimning jin va parilar bilan bog’liqligi ma’lum. Uydagi parilar odamga ko’chaga chiqganda chalg’itib, uyga qaytishga majbur qilishi mumkin, deb hisoblangan. Yo’lga chiqishdan oldin ozgina o’tirib olinsa, jinlarni chalg’itish mumkin, ular hech kim hech qayerga ketmayapti, deb o’ylaydilar va ziyraklikni boy beradilar.
Pichoqdan narsa yeb bo’lmaydi
Qadim zamonlardan beri pichoq nafaqat mehnat quroli, balki har xil dushmanlardan va ins-jinslardan himoyalanish vositasi, deb hisoblanib kelingan. Shuning uchun ham irim bo’yicha pichoqdan narsa yeyish ins-jinslarni g’azabini keltirish mumkin, bu esa o’z navbatida odamni jaxhldor va agressiv qilishi mumkin degan tushuncha mavjud.
Chorrahadan hech narsa olish mumkin emas
Aytishlaricha, agar biror kasallik yoki baxtsizlikni qandaydir narsaga o’tkazib, keyin bu narsani chorrahaga tashlab ketilsa, ins-jinslar ularni olib ketadilar. Aynan shuning uchun ham chorrahadan topib olingan narsani olish ko’ngilsizliklar olib kelishi mumkin. Topib olingan narsa qanchalik qimmatbaho bo’lsa, kasofati ham shunchalik kuchli bo’ladi.
Bir poy oyoq kiyimda yurish mumkin emas
Bu irim ham qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlarning aytishicha, bir poy oyoq kiyim kiyish erta yetim bo’lishga olib kelar ekan.
Quyosh botgandan keyin axlat tashlab bo’lmaydi
Bu ham keng tarqalgan irimlardan biri. Uni hamma biladi, biroq kelib chiqishini ko’pchilik bilmaydi. Irimga ishonadigan bo’lsak, kechqurun axlat tashlash siz haqingizda g’iybatlar ko’payishiga sabab bo’lar ekan. Chunki kechqurun qoron’gi, ko’pchilikdan sir berkitish mumkin. Demak sizning qandaydir aybingiz bor.
Qiziqarli malumotlar
O‘sha kuni men mast emasdim”. Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda kelgani uchun ishdan bo‘shatilgan shifokor kasal bo‘lganini aytmoqda