Курс доллара ЦБ РФ к рублю на сегодня

Курс доллара ЦБ РФ к рублю на сегодня

Yakkasaroy tuman sudi raisi

Toshkentda haydovchi do‘pposlandi. Sababi ma’lum

Yo‘llarda piyoda va mashina boshqaruvidagi haydovchilarning o‘zaro “iliq” munosabatlariga tez-tez guvoh bo‘lamiz. Gohida yo‘lovchi “yashil chiroq piyodaning harakatlanishi uchun yondi” deya hotirjam yo‘ldan o‘tishni boshlasa, haydovchi toqatsizlik qiladi va aksincha. O‘zi va atrofdagilarni hurmat qilmaydigan bu kabi ba’zi piyoda hamda haydovchilar orasida tortishuv kelishib chiqishi esa ularni sud kursisigacha yetaklaydi. Ana shunday galdagi betoqatlik har ikki tarafga ham foyda olib kelmadi.

Maktab paytidan tanish bo‘lgan, shar sotib tirikchilik qiladigan 2002 yilda tug‘ilgan tengdoshlar bir guruh bo‘lib, Yakkasaroy tumanida joylashgan bozorning avtomashinalar qatnaydigan joyida oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro bilan hech bir sababsiz o‘zaro janjallashishadi.

O‘sha kuni Muqimiy ko‘chasida joylashgan ovqatlanish shahobchasi oldida ko‘rishdik, tushlik qildik. So‘ng shar sotish maqsadida birgalikda piyoda Yakkasaroy tumanida joylashgan bozorga bordik. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan vaqtimizda jabrlanuvchi o‘z boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinada bizga signal chalib, yo‘ldan tezroq o‘tishimizni aytdi. Sherigim avtomashina qatnaydigan yo‘l yuzidan tez o‘tib oldi, men esa sekin o‘tayotganimda jabrlanuvchi avtomashinani ustimga qarab haydamoqchi bo‘ldi. Uning harakatlaridan norozi bo‘lib, yo‘ldan o‘tib olganimdan so‘ng avtomashinaning orqa tomonidan taqillatib, “oka, qaravoring”, dedim. Avtomashinada yana ikki nafar yo‘lovchi ham bor edi. Jabrlanuvchining o‘zi avtomashinadan tushib, “nima gaping bor?” deganida, chekkaga o‘tib, o‘zaro gaplashib olishni bildirdim. U esa gapimga quloq solmay, yo‘lda turaverdi. Uning qo‘lidan ushlab, chekkaga tortdim. Nima sababdan ustimga avtomashinasini haydab qo‘rqitmoqchi bo‘lganini so‘raganimda o‘rtamizda tortishuv chiqdi. Qo‘lim bilan jabrlanuvchining yuz qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazdim. Sherigim bu holatni ko‘rib turgandi. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatidan yerga yotib qoldi va o‘rnidan turib menga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni aytdi. Jahlim chiqib, yana qo‘lim bilan urdim. Bu gal ariqqa yotib qoldi. Qilmishimdan pushaymonman, jabrlanuvchidan kechirim so‘rayman, unga yetkazilgan moddiy zararni qisman qopladim. Qolgan moddiy zararni ishlab qoplab beraman, – dedi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan sudlanuvchi.

Ikkinchi sudlanuvchi esa aybiga iqror bo‘lmadi. Vaholarki, u ham jabrlanuvchining yuz qismiga urgan.

Sudlanuvchi chekkaga tortganida “shu yerda gaplashib olamiz”, dedim. U bo‘lsa to‘satdan yuz qismimga qo‘li bilan urib qoldi, yuzimni qo‘llarim bilan to‘sib olganimda badanimga bir nechta zarba kelib tushdi. Sherigi ham qo‘li bilan bosh qismiga urib, oyoq qismimga tepdi. Shu payt hushimni biroz yo‘qotib, yerga yotib qoldim. Kaltak yeyayotganimni ko‘rib, avtomashinamda o‘tirgan ikki do‘stim tushib, sudlanuvchilarni uzoqlashtirishga harakat qilishdi. Shunda sudlanuvchilardan biri yugurib kelib, yotgan joyimda yuz qismimga oyog‘i bilan tepdi. Sog‘ligim yomonlashib, yerda yotaverdim. Do‘stlarim o‘rnimdan turg‘azib, yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan shoshilinch tez tibbiy yordamga olib borishdi. 3 kun davolandim, voqea kuni hech kimni haqoratlamaganman. Olgan muolajalarim natijasida moddiy zarar va ma’naviy ziyon ko‘rdim. Davolanish uchun jami 9 059 000 so‘m sarf-xarajat qildim. Hali yana jarrohlik amaliyotini o‘tkazishim kerak. Buning uchun qo‘shimcha 3 500 000 so‘m sarf-xarajat qilishim lozim. Sudlanuvchilar tomonidan menga yetkazilgan moddiy zarardan sud jarayonida 3 800 000 so‘mi qoplandi. Hozirda qoplanmay qolgan moddiy zarar 8 759 000 so‘mni tashkil etadi, -deydi moddiy zararni undirib berishni so‘ragan jabrlanuvchi.

Jabrlanuvchiga turli darajadagi, ya’ni bosh miya yopiq jarohati va chayqalishi, burun suyaklari yopiq sinishi, yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘z oldi yumshoq to‘qimalari qontalashi kabi hayot uchun xavfli bo‘lmagan og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari yetkazishgan.

Sudning hukmi bilan sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Ularga ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchi foydasiga solidar tartibda 5 259 000 so‘m hukm qonuniy kuchga kirgach undirilishi belgilandi. Jabrlanuvchiga qolgan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar yuzasidan sudlanuvchilarning yashash manzilidagi tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.

Alisher Jalilov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Yakkasaroy tuman sudi raisi

Курс доллара ЦБ РФ к рублю на сегодня

Центробанк РФ установил следующий курс доллара к рублю на сегодня:

74,7588 RUB за 1 USD

Курс доллара Центробанка РФ на завтра

Изменение курса

За день 0,0000 0,00%
С начала недели 0,0000 0,00%
С начала месяца +4,2414 +6,01%
За 30 дней +6,0932 +8,87%
С начала года +4,4213 +6,29%

График курса доллара ЦБРФ

1 мес 3 мес 6 мес 1 год Вся история

Последние значения

2023-02-20 пн 74,7588 0,0000 0,00%
2023-02-19 вс 74,7588 0,0000 0,00%
2023-02-18 сб 74,7588 −0,0050 −0,01%
2023-02-17 пт 74,7638 +0,5561 +0,75%
2023-02-16 чт 74,2077 +0,3432 +0,46%

Курс доллара в других Центробанках

Нацбанк РБ 1 USD 2,8122 BYN

Курс рубля к доллару на сегодня от Центробанка РФ

Курс доллара (USD) на сегодня установлен ЦБ РФ на уровне 74,7588 рубля.

Каждый рабочий день приказом Банка России устанавливается курс доллара. Официальный курс доллара устанавливается на следующий календарный день и действует до вступления в силу следующего приказа ЦБР.

Курс доллара ЦБР на сегодня установлен Центробанком России в предыдущий рабочий день.

В блоке Изменение курса выводится динамика курса доллара за день, месяц и с начала года. Ниже расположен график курса доллара онлайн к российскому рублю, на котором можно посмотреть динамику изменения USD к RUB за желаемый промежуток времени и узнать курс доллара ЦБ РФ на завтра.

Конвертер курсов ЦБ РФ
RUB
USD
EUR
KZT
BYN
UAH
PLN
Все валюты

Qiziqarli malumotlar
Курс доллара ЦБ РФ к рублю на сегодня