Kechki libos va kiyimlar ayollar uchun

Kechki libos va kiyimlar ayollar uchun

Ortodoksal yahudiylar orasida ular nafaqat kelin libosi, balki kuyov kiyimi bilan ham ajralib turishadi. Kuyovning haybatli bosh kiyimi albatta, raqs jarayonida juda xalaqit beradi.

Koreys milliy libosi – Xanbok haqida ma’lumotlar

Xanbok – koreys ayollarining milliy libosi bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilinganda “koreys kiyimi” degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda ushbu libos rasmiy tadbirlar, oilaviy va milliy bayramlar kiyimiga aylangan, desak, adashmagan bo’lamiz.

G’arbning kuchli ta’siriga qaramasdan ayrim koreys kelinchaklari hanuzga qadar milliy to’y libosi kiyishni afzal biladilar. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli to’y libosi kiysalar-da, kelin va kuyov uchun milliy libosda mahsus fotosessiya o’tkaziladi.

Xanbok “hogori” deb ataluvchi kalta jaket va “Chima” (yoki chxima) nomli keng yubkadan iborat.

Chogori – jaketi (ko’rinishidan boleroga o’xshab ketadi)ning yeng qismi pere deb ataladi. Chogori ikki tasmadan tashkil topgan bir ilmoqli bant bilan bog’lanadi. Bunda ilmoq yurak tomonga qarab turmog’i lozim. Tasmalar uchi yubka bo’ylab tushib turadi.

Chima –Xanbok yubkasi. U ko’krakning pastki qismidan boshlanadi va chogori ostidan kiyiladi. Uning bir qavatli, ikki qavatli va qaviqli turlari mavjud.

Chima ostidan sokchxima ( ichdan kiyiladigan yubka), shuningdek, poson – maxsus paypoqlar va poyabzal kiyiladi.

Chogori –xanbokning yuqori qismidagi jaketi.

Tonchjon –yoqa. Oq tasmadan tashkil topgan bog’ich jaketning bo’yin qismiga biriktiriladi.

Otkorim –ayollar libosi bezagi. U yubka ustiga tushib turadi.

Pere –jaket yengining pastki chizig’i.

Chima –ayollar yubkasi.

Naqshlar –xanbokda tasvirlangan naqshlar uning nafisligiga urg’u beradi.

Xanbok turlari:

Xollebok –to’y xanboki. U kundalik liboslardan farqli ravishda tantanavor ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu libos chima va chogoridan tashqari, vonsam deb ataladigan uzun poltodan tashkil topgan. Kelinchak sochi esa “Chokturi” nomli tojsimon usulda turmaklanadi.

Tol xanbok– bolalar xanboki, u bolakayning ilk tug’ilgan kunida kiydiriladi.

Kechki libos va kiyimlar ayollar uchun

Yangi film yulduzi kabi bayramda qizil yo‘lakda yarqirashni istamagan ayol bo‘lmasa kerak. Har bir nozik xilqat vakilasi – bu bolalikda malika va barcha yoshlarda go‘zallik qirolichasidir. Aynan shuning uchun qirolichalik unvonini va go‘zallik nufuzini saqlab turish juda ham muhim, ustingizda chiroyli ko‘ylak yoki oqshom libosi bo‘lsa, bu haqiqiy baxtning o‘zginasi!

Biroq o‘zingizga mos libosni topish oson ish emas, agar bunday noyob kiyimni topsangiz ham, uning narxi shubhasiz juda qimmat bo‘ladi! Shahardagi barcha do‘konlarni aylanib, vaqt va pul sarflab, oxirida ko‘nglingiz sovishidan yomoni bo‘lmasa kerak.

Allso.uz sizni ortiqcha ovoragarchilik va keraksiz xarajatlardan xalos etadi. Qulayroq joylashib oling va saytimiz bo‘ylab qiziqarli sayohatni boshlang. Oqshom ko‘ylagini qidiryapsizmi? Muammosiz!

Sizning e’tiboringizga eng yaxshi dizaynlar, noyob ranglar va har qanday qomat uchun mos eksklyuziv modellar taqdim etiladi! Sizning to‘plamingiz sifatli kiyim-kechakdan iborat bo‘lib, u sizni hali takror va takror xursand qiladi.

Kechki ko‘ylaklar, ayollar obrazi – bu orzularning ro‘yobga chiqishidir! O‘z go‘zalligingizga urg‘u bergan holda o‘zingiz va yaqinlaringizni albatta xursand qiling!

Saytning siyosati arzon va past narxlarga asoslangan, chunki biz o‘z mijozlarimiz haqida qayg‘uramiz va ularni baxtiyor qilamiz! Biroq bu hammasi emas.

Sifatli mahsulotlar, mukammal obrazlar, qiziqarli dizaynlar va arzon narxlardan tashqari biz saytimizning ishini ham mukammallashtirdik. Xohlagan narsangizni tanlang va buyurtmani tezlik bilan rasmiylashtiring.

Sizga qulay bo‘lishi uchun biz ham Toshkent shahrida, ham O‘zbekistonning boshqa shahar va viloyatlarida ishlaydigan yetkazib berish xizmatini tashkillashtirdik.

Allso.uz – bu go‘zallik!

Dunyoning eng bejirim va noodatiy to‘y liboslari

Zamonaviy yosh kelin-kuyovlar o‘z to‘yida an’analardan chetlashgan holda, g‘arb uslubiga xos kiyimlar kiyishni afzal biladi. Biroq dunyoning ayrim hududlarida to‘y tantanalariga va azaliy qadriyatlarga katta e’tibor berib keladigan insonlar ham ko‘p uchraydi.

Ayrim xalqlarning nikoh liboslari noodatiy, g‘ayritabiiy va bejirim ko‘rinishga ega bo‘lib, ular uchun ushbu liboslar “baxt, oila, sevgining abadiyligi”ni anglatadi.

Marhamat, dunyoning eng antiqa va shu bilan birga chiroyli to‘y liboslari bilan tanishing.

Turkiya

O‘z otasi uyini tark etishdan avval turk qizi to‘y libosining eng muhim bezagi – bokiralik belbog‘ini qabul qiladi. Uni beliga bog‘lab qo‘yishadi. Odatda, u qizil rangda bo‘ladi va omad, joziba baxt ma’nosini anglatadi.

Bolgariya

Bu mamlakatda kelin yuzi an’anaga ko‘ra, oq rang bilan bo‘yaladi va zarlar sepiladi. Bu esa qizning shu ondan e’tiboran barcha narsaga huquqi bor ayolga aylanganini bildiradi.

Makedoniya

Makedoniyada kelinlar libosi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u oppoq bo‘lishi kerak. Libos soflik, tozalik timsolidir. Kelin dugonalari esa to‘yga deyarli bir xil libosda kelishadi. Kelindan ajralib turish uchun esa qizil soch popugi taqib olishadi.

Xakasiya

Rossiyaning Xakasiya shahrida qadimiy to‘y an’analarini muqaddas deb hisoblashadi. Bu yerda kelinga mo‘ynali yopinchiq va shapka kiydirishadi. Bu esa ob-havo ta’siri natijasidir – mazkur hudud yetarlicha sovuq.

Isroil

Ortodoksal yahudiylar orasida ular nafaqat kelin libosi, balki kuyov kiyimi bilan ham ajralib turishadi. Kuyovning haybatli bosh kiyimi albatta, raqs jarayonida juda xalaqit beradi.

Tojikiston

Tojikistonda kelinchakni mehmonlarga ham, kuyovga ham ko‘rsatishni istashmaydi. Shu sababli, nikoh libosi uning yuzini ham berkitishi kerak. Shunga qaramay, kelinga to‘y davomida bir necha kiyimlar almashtirishiga ruxsat berishadi.

Indoneziya

Bu hududda ko‘plab to‘y an’analari mavjud, demak, nikoh ko‘ylaklari ham turlicha. Biroq qimmatbaho kashtachilik bilan tikilgan og‘ir liboslarni deyarli barchasida uchratish mumkin.

Pokiston

Pokistonda kelinlar binafsharang, qizil yoki pushtirangli liboslar kiyishadi. Keyinroq, bo‘lajak er va xotin qasam ichadigan vaqtda bir-biriga “sevgi” timsoli bo‘lgan turli gulchambarlar taqishadi.

Eritreya

Qizil dengiz qirg‘og‘idagi bu mamlakat to‘y an’analariga katta e’tibor qaratadi. Bu yerda kelin va kuyov duxobadan toj taqadi. Libos esa tilla va safsar ranglarda bo‘ladi.

Falastin

Falastinlik kelinga to‘y libosi uning onasi tomonidan uzoq yillar davomida tikilishi kerak. Libosning asosiy qismi – kelinni atrofdagi ko‘zlardan himoyalab turuvchi yopinchiqdir.

Peru

Perulik kelinni katta olomon oldida bemalol topib olish mumkin. Chunki bu yurtda hech qanday oq libos kiyilmaydi. Ularning asosiy rangi – qizil va qora.

Koreya

Ming yillik tarix davomida Koreya xalqi nikoh ko‘ylagi an’anasini o‘zgartirmagan. Libos keng va uzun yengli kamzul va ipak matoli gullar bilan bezalgan yubkani o‘z ichiga oladi.

Nigeriya

Nigeriyada to‘y libosi eng qimmat matodan tikiladi va ko‘plab to‘rlar bilan bezaladi. Ko‘ylak to‘ygacha Hindistonda buyurtma orqali keltiriladi. Libosning noodatiy aksessuari – marjon donalari va betakror Nigeriya bosh kiyimi.

Iroq

Iroqlik kelin to‘y payti eng ko‘p kiyim almashtiradi. U kamalakning har bir rangiga monand to‘y libosi kiyadi. Eng birinchisi qizil rangda bo‘lib, sevgi timsolini anglatadi.

Marokash

Kiyimning qatlami qancha ko‘p bo‘lsa, bu marokashliklarning an’anasini anglatadi. Kelin o‘z libosini o‘zgartirishi mumkin. Biroq kiyim u tug‘ilgan hudud madaniyatini aks ettirishi lozim.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda ayni damda kelinlar yevropacha urfda bo‘lgan oppoq liboslarni kiyishiga qaramay, azaliy an’analarimizdan bo‘lgan milliy liboslar hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmagan. Liboslar barcha viloyatlarda turlicha ko‘rinishga ega. Biroq milliy adras-u atlaslar, bejirim kashta tushirilgan liboslar, go‘zal tillaqosh va do‘ppilarni barcha hududlarda uchratish mumkin. Shuningdek, kelin ustidan tushirilgan fata ham uning chiroyini o‘zgalarga ko‘z-ko‘z qilishdan asraydi.

Qiziqarli malumotlar
Kechki libos va kiyimlar ayollar uchun