Toshkentda ichki kiyimlar doʻkonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi

Toshkentda ichki kiyimlar doʻkonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi

Unutmang, 9 dan 25-fevralgacha “IDEAL”ga keling, taqdim etilgan imkondan foydalanib IDEAL kiyimlar sohibiga aylaning!

Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konidan modellar surati oldirib tashlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan Milavitsa brendining ichki kiyimlar do‘koni tashqi vitrinasidagi modellar surati internetda tanqid qilingan video tarqaldi. Shundan so‘ng do‘kon modellar suratlarini olib tashladi.

Videoni suratga olgan shaxs tuman rahbarlariga murojaat qilib, «bu yo‘ldan ularning voyaga yetmagan bolalari ham o‘tishini» aytgan.

«Mana bunga ahamiyat bering. Yaxshilab qarang. (Bolalarning — tahr.) ko‘zlarini tezroq ochilsin deb bunga ruxsat berdinglarmi? To‘rtinchi, beshinchi sinf o‘quvchilari shu yerdan o‘tadi. Bunga chora ko‘rasizlarmi?», — deydi u videoda.

Keyinroq muallif yana bir video e’lon qildi. Unda do‘kon oynasida modellarning fotosuratlari yo‘qligini ko‘rish mumkin.

«Bollar, mana buni qaranglar. Kechagi videodan keyin bu yerdagi fohishalarning rasmini olib tashlashibdi. Rahbarlarga tushungani uchun rahmat. Ko‘ryapsizmi, hammamiz bir jamoa bo‘lib mushtni bir joyga ursak, ko‘p ishlarni hal qilib tashlasak bo‘ladi», — deya murojaat qildi u obunachilarga.

«Gazeta.uz» Milavitsa do‘konlar tarmog‘i rahbariyati bilan bog‘langanda, ular hokimlik talabiga ko‘ra modellarning suratlarini olib tashlashganini aytishdi. Shuningdek, rahbar bu talabni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ammo taqiq qo‘yuvchilar buning huquqiy asosini keltirib berishi kerak, deb hisoblashini aytdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, do‘kon vakillari bilan modellarning ichki kiyimdagi suratlari «inson nuqtai nazaridan» to‘g‘ri kelmasligi yuzasidan «tushuntirish suhbati» o‘tkazilgan.

«Bu yerdan har kuni 5−6 ming odam o‘tadi. Bunday fotosuratlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — deyiladi hokimlik xabarida.

  • # milavitsa
  • # mirzo ulug‘bek tumani

Toshkentda ichki kiyimlar doʻkonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi

Avvalroq, u videomurojaat yoʻllab, unda mutasaddilardan ushbu bannerni olib tashlashini soʻragan edi.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ichki kiyimlar savdo doʻkonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Sh.A. mazkur doʻkondagi reklama bannerlarini tanqid qilib, uning munosabatidan keyin mutasaddi rahbarlar reklama mahsulotlarini olib tashlagan edi.

Holatni oʻrganish maqsadida joriy yilning 16-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi 1999-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.A. Chirchiq shahar IIO FMB taklif etilgan. Oʻtkazilgan suhbat davomida fuqaro yuqorida keltirilgan doʻkondagi reklama bannerlariga nisbatan munosabatini oʻzining diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini maʼlum boʻlgan.

Oʻrganishlar davomida Sh.A. turli diniy mavzudagi materiallarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” gi qonuniga asosan oʻtkazilgan profilaktik suhbat davomida mazkur fuqaroga qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirib oʻtilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” gi qonunning 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan sud idoralari tomonidan fuqaro Sh.A.ga nisbatan MjtKning 184-2-moddasiga asosan, BHMning 3 barobari (900 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

“IDEAL” do‘konidan ideal aksiya

Mukammal did sohiblari, bejirim shakl va qulaylikni xush ko‘ruvchilar, Sizlarni “IDEAL” klassik erkaklar kiyimi do‘koni mega aksiyaga chorlaydi!

Joriy yilning 9-fevralidan 25-fevraligacha “IDEAL”ga tashrif buyurib, siz yoqtirgan, zamonaviy dizayinda yaratilgan kiyimni, karmonbop narxda xarid qiling hamda “IDEAL”dan sovg‘a oling!

“IDEAL”dagi ideal aksiya har bir xaridorning ko‘nglini olish uchun ajoyib imkon yaratmoqda:699 000 so‘mga palto xarid qiling “IDEAL” esa sizga 190 000 so‘mlik sviter, yoki 140 000 so‘mlik ko‘ylak yoki bo‘lmasa 175 000 so‘mlik jinsini sovg‘a qiladi.

Yana bir ajoyib taklif, 599 000 so‘mga kostyum xarid qilsangiz “IDEAL” istagingizga ko‘ra sizga 140 000 so‘mlik ko‘ylakni yoki 199 000 so‘mlik shimni hadya etadi.

Maqolani o‘qib hali ham aniq qarorga kelmagan bo‘lsangiz, mana sizga yana bir ideal taklif!

“IDEAL” klassik erkaklar kiyimi do‘konida aynan 9—25-fevralgacha 10% dan 30% gacha CHEGIRMAlar amalda!

Unutmang, 9 dan 25-fevralgacha “IDEAL”ga keling, taqdim etilgan imkondan foydalanib IDEAL kiyimlar sohibiga aylaning!

Manzil: Malika bozori, Korzinka.uz binosining, birinchi qavatida joylashgan 22-sonli “IDEAL” do‘koni.

Telefon: +998 94 644 00 40

Reklama huquqi asosida.

Qiziqarli malumotlar
Toshkentda ichki kiyimlar doʻkonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi