Oyoq kiyim bilan namoz o’qish
14. Janoza namozida.
a) oyoq kiyim bilan namozni o’qisa bo’laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o’qish a’loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o’qish lozim.
To’g’ri javob: oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o’qish a’loroq.
Izoh: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya», «Hadiyyatus su’luk»).
Oyoq kiyim bilan namoz o’qish
Namozxonning libosi qanday bo‘lishi kerak? 13.08.2016
Savol:
Assalomu alaykum, ustoz. Ko‘cha-ko‘yda ishlar bilan yuramiz. Gohida ko‘p joylarda bo‘lamiz. Zaruriyat bilan hojatxonaga kiriladi. Savolim quyidagicha: kun bo‘yi bitta kiyimda yurib, har xil joylarda bo‘lgan holda shu kiyimda namoz o‘qisa bo‘laveradimi yoki uyga borib, namoz uchun boshqa maxsus kiyim kiyib o‘qish kerakmi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
Javob:
Va alaykum assalom. Namozxonning libosi najosatlardan pok bo‘lishi, avratni yopib turishi lozim. Kiyimga najosat tekkani aniq bo‘lsa, uni poklamaguncha o‘sha kiyimda namoz o‘qib bo‘lmaydi.
Agar kiyimning ko‘p qismiga najosat tekkan bo‘lsa, u bilan o‘qilgan namoz buziladi, qaytadan o‘qish kerak. Agar ozroq, aniqrog‘i bir dirham miqdorda tekkan bo‘lsa, joiz. Fiqh kitoblarida og‘ir najosatlarning bir dirham miqdordagisi avf qilinishi aytilgan. Bu quyuq najosatda bir dirhamning vaznicha bo‘lgan miqdor ya’ni bir misqol yoxud yigirma qiyrot vazndagi najosat, suyuqda esa dirhamning yuzasi miqdoricha bo‘lgan najosat bo‘lib, bu kaft ochilgan paytda uning botiq joyi miqdorichadir. Dirhamning og‘irligi 2.975 grammni tashkil etadi. Mana shu miqdordagi og‘ir najosat libosga tekkanda, u bilan o‘qilgan namoz to‘g‘ri bo‘ladi. Sababi bu miqdordagi najosatdan poklanish qiyin. Ammo, kiyimga tekkan najosat mazkur miqdorga yetgan bo‘lsa, va kiyimni almashtirishning imkoni bo‘lsa, shu holatda namoz o‘qish tahrimiy makruh bo‘ladi. Bizning mazhabda igna miqdoridagi siydik ham avf qilinadi. Bu ba’zida qazoi hojat qilayotganda bavldan inson libosiga bilinar-bilinmas sachraydigan peshobdir. Ammo, jumhur ulamolar nazdida peshobning ozi ham afv qilinmaydi.
Najosat bilan chang-g‘uborning farqi bor. Maniy, bavl kabi narsalar libosga tegsa, najosat tekkan joy yaxshilab yuvib tashlanadi. Agar kiyimga chang teksa, changni qoqib namoz o‘qish mumkin. Ustalar, og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar alohida libos qilishlari odatiy hol. Agar ularning libosi aslida pok bo‘lib, chang, zang kabi narsalar tegsa, ularni ham qoqib, o‘sha kiyimda namoz o‘qish mumkin.
Aslida ko‘chaga kiyiladigan kiyimlarga biron nopok narsa tegmagan bo‘lsa ham namoz uchun alohida libos qilib qo‘yish mustahabdir. Chunki biz bilgan-bilmagan holda mayda najosat tomchilari libosga tegib ketishi mumkin.
Demak, namozni pokiza libosda o‘qish kerak. Ibodat uchun alohida libos qilish qo‘yish shart emas. Ko‘chaga kiyadigan, asli pok ish kiyimi bilan namoz o‘qisa bo‘ladi. Ammo imkonini topganlar namoz uchun alohida libos qilib qo‘ysalar, yaxshi bo‘ladi. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim, dinimizda “ibodat libosi” degan tushuncha yo‘q. Bu boshqa millat vakillariga xos. Musulmon banda namozda ham, namozdan tashqarida ham pok bo‘lishi kerak. Musulmon banda namozda ham, namozdan tashqarida ham avratini berkitishi lozim! Vallohu a’lam.
Oyoq kiyim bilan namoz o’qish
1. Namozning birinchi rukni “Harom qiluvchi takbir”( “Takbiri tahrima”) hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar
To’g’ri javob: Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun.
Izoh: Harom qiluvchi takbir, deyilishiga sabab uni aytib namozga kirishi bilan kishiga namozdan tashqarida qilib yurgan, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchundir. Takbirni “Allohu akbar” lafzi bilan aytish vojibdir. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi
To’g’ri javob: Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi.
Izoh: Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning namozi buziladi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo’lsa to’liq o’qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa
To’g’ri javob: Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa.
Izoh: Zam sura qisqa oyatlardan 3 oyat, uzun oyatlardan bir oyat bo’lishi kerak. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi
To’g’ri javob: Xato sajdasi bir marta qilinadi.
Izoh: Sahv sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechasi sodir bo’lsa-da, sajdai sahv bir marta qilinadi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham
To’g’ri javob: Yo’q, aytilmaydi.
Izoh: Tilovat sajdasini qilish uchun ham namozdagidek shartlar lozim bo’ladi. Faqat bunda takbiri tahrima bo’lmaydi. Tilovat sajdasini ikki takbir o’rtasida bir marta sajda qilish sunnatdir. Tik turgan holida takbir bilan sajdaga boradi va “Subhana Robbiyal a’lo” , deb uch marta tasbehlarni aytadi-da, yana qiyomga qaytadi va tik tirgan holida tilovat sajda duosini o’qishlik mustahabdir. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
6. Shariatda “Ahli tartiblar” deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar
To’g’ri javob: Vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. Agar bomdodning qazosini o’qimay peshinning qazosini o’qisa, peshin buziladi va bomdodning qazosini o’qigach, yana peshinni qaytadan o’qishi vojib bo’ladi.Ahli tartib vitrga ham rioya qiladi. Ya’ni uni o’qimasdan bomdodni o’qishi durust emas. Ammo, qaqchonki qazo namozlarining vaqti vitrdan tashqari olti vaqtga etsa, endi u kishidan tartibga rioya qilish vojibligi soqit bo’ladi. Shunda ham tartib bilan qazolarni o’qisa ma’qul, lekin xohlaganini oldin, xohlaganini keyin o’qishiga ixtiyori bo’ladi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
7. “Ahli tartib” bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi…
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
To’g’ri javob: Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
Izoh: Tartibning vojibliga yana 2 holatda soqit bo’ladi:
1. Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa, shunda tartib soqit bo’ladi va qazo bo’lmagan namozni oldin, qazo bo’lganini keyin o’qib qo’yadi.
2. Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa-da, keyingi namozni o’qisa ham tartib soqit bo’ladi. Misol uchun bomdodni qazo qilganligi esidan chiqib, peshinni o’z vaqtida o’qib qo’ysa, peshindan so’ng bomdodni o’qib qo’yadi. Peshinni esa qaytarib o’qimaydi. Ammo bomdodni qazo qilganligi yodida bo’laturib peshinni o’qigan bo’lsa, bu peshinni bomdodni qazosini o’qigandan so’ng qaytarib o’qib qo’yadi. Chunki bunda tartibga amal qilish soqit bo’lmagan hisoblanadi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)
9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish.
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish vojibdir. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy) .
10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish.
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har ra’katida tashahhud, ya’ni attahiyatni abduhu va rasuluhugacha o’qish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy) .
11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish.
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy) .
12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish.
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Ikki sajda orasida biroz o’tirish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy) .
13. Bir salom bilan namozni tugatish.
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom
To’g’ri javob: Harom.
Izoh: Bir salom bilan namozni tugatish harom. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy) .
14. Janoza namozida.
a) oyoq kiyim bilan namozni o’qisa bo’laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o’qish a’loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o’qish lozim.
To’g’ri javob: oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o’qish a’loroq.
Izoh: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya», «Hadiyyatus su’luk»).
15. Masjidda jamoat namozi o’qib bo’lindi. Ba’zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o’girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkinmi?
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o’girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo’ladi.
To’g’ri javob: Bu hol makruh amaldir.
Izoh: Jamoat namozi tugaganidan so‘ng, garchi kechikib kelganlar hali namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar-da, ularga yuzlangan holda duo qilish makruhdir. Namoz o‘qiyotgan kishiga, u qaysi safda bo‘lsa-da, yuzlanib o‘tirish makruh bo‘ladi. («Radd ul-muxtor»).
16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo’ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.
To’g’ri javob: 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
Izoh: Hayz va nifosdagi ayol azonga javob qaytarmaydi. Ammo junub kishi azonga javob qaytarishi lozim («Radd ul-muxtor»).
17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo’ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo’ladi.
b) Bo’lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.
To’g’ri javob: Bo’lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
Izoh: Iqomat azon kabi bir joyda turib aytiladi. Namozni kutayotgan jamoat esa, iqomatning «Hayya ‘alassolah!» lafzlari aytilgandagina turishlari kerak. («Hidoya»).
18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo’ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo’ladi.
b) 1) kirib bo’lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.
To’g’ri javob: 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo’ladi.
Izoh: Junubni masjidga kirishdan qaytarishdan maqsad uni tezroq g‘usl qilib pok bo‘lishga undashdir. Mushrik masjidga kirishdan qaytarilsa, iymondan uzoqlashadi. Shuning uchun mushrik masjidga kirishdan qaytarilmaydi. (Ashboh va Nazoir).
19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
To’g’ri javob: Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
Izoh: To‘rt holatda jamoat imom qilganini bajarmaydi. Bular quyidagilar:
1. Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
2. Iyd namozlarida imom to‘rt takbirdan ko‘proq takbir aytsa, jamoat bunday qilmaydi.
3. Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavm bunday qilmaydi.
4. Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
Agar imom to‘rtinchi rakatdan so‘ng tashahhud o‘qimay, beshinchi rakatga turib ketsa, qavm o‘tirib tashahhud o‘qisa, ammo imom qaytmay, beshinchi rakatga sajda qilsa, hammaning namozi buziladi. (“Dinda savolim bor”)
20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi.
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o’qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.
To’g’ri javob: Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
Izoh: Bunday holda oldingi to‘rt rakat sunnat o‘qilmaydi. Imomga iqtido qilinadi. Zero, juma namozining xutbasi va farzi orasida namoz o‘qish makruhdir. U o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qilmaydi («Durrul Muxtor»).
Oyoq kiyim bilan namoz o’qish
Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм
Аллоҳнинг Ўзигагина ҳамдлар, Унинг пайғамбари Муҳаммад ибн Абдуллоҳга, у зотнинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар бўлсин.
Бугунги кунда кўпчилик аёлларни намоз ўқишганида уйчи кийим, иштон, лозим, халат ёки шу каби тор, калта кийимларда намоз ўқиётганларини гувоҳи бўламиз. Бундай кийимларда ўқилган намоз қабул бўладими ёки йўқми деган савол кўпчилик мусулмонларни, хусусан муслима опа-сингилларимизни қизиқтирса ажаб эмас.
Аввало шуни эслаб ўтишимиз лозимки, Аллоҳ таоло намоз ўқишга тараддуд кўраётганларга зийнатланишини амр қилди. Аллоҳ таоло айтади:
«Эй Одам болалари, ҳар бир сажда чоғида зийнатланингиз, ҳамда (хоҳлаганингизча) еб-ичаверинглар, фақат исроф қилманглар. Зотан, У исроф қилгувчи кимсаларни севмас» (Аъроф: 31).
Шундай қилиб, кимки намоз ўқимоқчи бўлса, ўшанга намоз учун зийнатланиши буюрилган. Кўпчилик мусулмонлар эса ушбу буйруққа хилоф равишда тунги пижамасида ёки иш кийимида намоз ўқийди ва ўзини намоз учун зийнатламайди. Аллоҳ эса гўзалдир ва гўзалликни яхши кўради.
Уламоларнинг фикрича зийнатланишликнинг энг оз миқдори, бу авратни ёпишликдир. Шундан келиб чиқиб улар айтишдики, авратни ёпиш намозни қабул бўлишидаги муҳим шартларидан бири ҳисобланади. Кимки авратини ёпмаса, намози қабул бўлмайди.
Уларнинг «авратни ёпиш» деган сўзларидан шу нарса тушуниладики, авратни ёпишлик фарз ва бунда нимадан фойдаланилганликнинг фарқи йўқ. Бу ҳолатда намоз раво бўлади, ҳатто аврат шаклини билинтириб турадиган кийим бўлса ҳам.
Бу турли мазҳаб уламолари баён қилган ҳақиқатдир. Қуйида айтилган сўзларга баъзи шарҳларни келтирамиз.
1 – Ҳанафий мазҳаби:
«Ад-Дур ал-Мухтор» (2/84)да айтилади: «Агар у тор ва тана шаклини билинтириб туришининг фарқи йўқ». Иқтибос тугади. Яъни, бу ерда намозда кийиладиган кийим назарда тутилган.
Ибн Обидийн роҳимаҳуллоҳ ўзининг «ад-Дур ал-Мухтор»га қилган шарҳида деди: ««Агар у тана шаклини билинтириб туришининг фарқи йўқ» ибораси шуни англатадики, агар ушбу кийим думбага ёпишиб турса деганидир. Бироқ агар кийим қалин бўлса ва унинг ортидан тер рангини ажратиб бўлмаса, шунингдек агар у тана аъзоларига ёпишиб турса ва унинг шаклини тана аъзолари кўриниб тургандек кўрсатиб турса – ҳатто шундай бўлса ҳам бу намоз раво бўлмайди дегани эмас. Чунки аврат ҳали ҳам ёпилиб турибди». Ибн Обидийндан иқтибос тугади.
2 – Шофиий мазҳаби:
Имом Нававий роҳимаҳуллоҳ «ал-Мажмуъ»да (3/176) айтади: «Агар (тери) ранги бекилса, аммо тана аъзоси катталиги билиниб турса, масалан, тизза ёки думба ва ҳоказолар, (бундай ҳолатда) намоз раво бўлади. Чунки аврат бекилган. Доримий ва «ал-Баён» муаллифи айтишдики, агар тана шакли кўринса намоз раво бўлмайди. Бироқ бу очиқ хатодир». Имом Нававийдан иқтобос тугади.
3 – Моликий мазҳаби:
«Ал-Фаваки ал-Даваний»да (1/216) айтилади: ««Агар одам битта кийимда намоз ўқиса, намози раводир»: бу керакли шартларга жавоб беради. Бу эса кийимнинг бирор нарсани кўрсатмайдиган даражада қалин бўлишлигидир. Акс ҳолда макруҳ бўлади. Яна кийим унинг бутун танасини ёпиб туриши керак. Агарда кийим шахсийроқ ҳисобланган фақатгина авратни беркитиб турадиган бўлса ёки аврат шаклини кўрсатиб турса, бунда (кийимда) намоз ўқиш макруҳ бўлади ва агар етарлича вақт қолган бўлса намозни такроран ўқиши керак бўлади». Иқтибос тугади.
Эслатиб ўтмоқчимизки, авратни шаклини билинтириб турадиган кийимда намоз ўқишлик макруҳ, ҳаром эмас.
«Ҳошия ад-Дасуқий»да айтиладики, аврат шаклини билинтириб турадиган кийимда ўқилган намоз раво, аммо макруҳ бўлади. Агар етарлича вақт қолган бўлса намозни қайта ўқиб қўйишлик мустаҳаб бўлади.
«Балғатул Салик»да (1/283) айтиладики: «Мато қалин бўлиши керак, яъни кўриниши шаффоф бўлмаслиги керак ва умуман ичи кўринмаслиги керак ёки диққат билан қараганда шаффоф бўлиши мумкин. Агар мато бир қараганингдаёқ ичи кўринадиган бўлса, бу худди унинг бўлмаганидек (яъни бу худди ялонғоч намоз ўқиётганингдек бўлади, чунки у беркитмайди). Аммо агар мато яхшилаб қараганингда ичи кўринса, агар вақт бўлса у намозни қайта ўқиши керак бўлади. Бу худди кийим аврат шаклини билинтириб турганидек. Чунки бундай кийимда намоз ўқишлик, тўғри қарашга кўра – макруҳ». Иқтибос тугади.
4 – Ҳанбалий мазҳаби:
Баҳутий роҳимаҳуллоҳ «ар-Рауд ал-Муробаъ»да (1/494) айтади: «Кийим бадан шакли ёки қисмини кўрсатмасин дейишлик шарт ҳисобланмайди. Чунки бундан сақланишнинг имкони йўқ».
Ибн Қосим роҳимаҳуллоҳ «ар-Рауд ал-Муробаъ»га қилган шарҳларида, юқорида келтирилган Баҳутий сўзларига қуйидагича изоҳ беради: «Бу уч имом – Абу Ҳанифа, Молик ва Шофиий роҳимаҳумуллоҳлар иттифоқ қилган қавлдир. Яъни ушбу масаладаги имом Аҳмаднинг қарашлари, уч бошқа имомларнинг қарашига мувофиқ келади».
Ибн Қудома роҳимаҳуллоҳ «ал-Муғний»да (2/287) деди: «Агар у рангни бекитса, бироқ шаклини кўрсатса, намоз раво бўлади. Чунки бундан сақланиш имконсиз». Иқтибос тугади.
Мардавий «ал-Инсоф»да (1/471) деди: «ал-Мажд ибн Таймия деди: Баданининг қисми катталигини кўрсатиб туриши учун кийимга бирор нарсани боғлашлик (масалан камар) аёллар учун макруҳ. Ибн Тамим ва бошқалар айтишдики: Бели атрофини бирор нарса билан боғлаб, масалан камар ва ҳоказо, намоз ўқишлик аёллар учун бу макруҳ». Иқтибос тугади.
Шайх Саййид Собиқ роҳимаҳуллоҳ «Фиқҳус Сунна»да (1/97) айтадилар: «Авратни ёпадиган кийим кийишлик вожиб, ҳатто у тор ва аврат шаклини билинтириб турса ҳам». Иқтибос тугади.
Бу авратни билинтириб турадиган даражада тор кийимда намоз ўқишлик борасидаги уламоларнинг сўзлари эди. Улар очиқ-ойдин айтишмоқдаки, бундай ҳолатда намоз раво бўлади.
Бироқ бу одамларни тор кийимда намоз ўқишликка тарғиб қилинади дегани эмас. Аксинча, улар тор кийим киймасликлари ёки унда намоз ўқимасликлари керак. Чунки бу намоз учун қилиниши буюрилган зийнатланишга хилоф бўлади. Бу ерда кўпроқ гап бу намоз равоми ёки йўқми деган масала устида борган.
Шайх Солиҳ Фавзон агар аёл киши авратининг шакли кўринадиган даражада тор кийимда намоз ўқиса, унинг намози раво, бироқ у бу кийимни кийгани учун гуноҳкор бўлади деб фатво берганлар.
У киши айтадилар: «Аёл киши тана аъзосини, шаклини ва думбасини билинтириб турадиган тор кийим кийишлиги жоиз эмас. Тор кийим эркак киши учун ҳам, аёл киши учун ҳам жоиз эмас. Бироқ бу айниқса аёллар учун жоиз эмас. Чунки уларнинг ҳолатида фитна кўпроқ.
Ёлғиз ҳолатдаги намозга келсак, агар инсон аврати ёпилган ҳолда мана шундай кийимда намоз ўқиса, унинг намози раво бўлади. Бироқ у тор кийимда намоз ўқигани учун гуноҳкор. Чунки у тор кийим кийишлик билан намоз талаб қилган буйруқлардан бирини бузди. Бу биринчи жиҳат. Бошқа жиҳат шуки, бу фитнага сабаб бўлади ва эътиборни қаратади, айниқса аёллар ҳолатида. Шундай қилиб, аёллар ўзларини кенг кийимлар билан тўсишлари керак. У кийим уларни бекитиши ва баданларидаги ҳар қайси аъзоларини кўрсатмаслиги ёки эътиборни жалб қилмаслиги керак. Аниқроғи, бу аёл кишини тўлиқ беркитадиган кийим бўлиши лозим». Иқтибос тугади («ал-Мунтақо мин Фатава шайх Солиҳ ал-Фавзон» 3/454).
Баъзи уламолар Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг: «Кийинган, аммо яланғоч аёллар» деган сўзларини, бу тор кийим кийган аёлларга қаратилган деб шарҳлашган. Валлоҳу аълам.
Аллоҳ пайғамбаримизга, унинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар йўлласин.
Qiziqarli malumotlar
Oyoq kiyim bilan namoz o’qish